Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.12.2002 y. 447-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.12.2002 y.

N 447-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM   QONUN   HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1990 yil 31 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1990 yil, N 31-33, 371-modda; 1993 yil, N 5, 235-modda; 1994 yil, N 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda) 28-moddasi chiqarib tashlansin.

V. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda) 144-moddasining birinchi qismidagi "ayriqonuniy rad etish" degan soʻzlar "asossiz rad etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda):

1) 128-moddasi:

ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida хuddi shu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har qanday huquqbuzarliklarni sodir etish";

oʻzbekcha matnining toʻrtinchi qismi sanksiyasidagi "olti oygacha" degan soʻzlar "olti oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 215-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "besh baravaridan yetti baravarigacha" degan soʻzlar "yetti baravaridan oʻn baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "yetti baravaridan oʻn ikki baravarigacha" degan soʻzlar "oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 337-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo boʻlgan narsani musodara qilish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sud ijrochilari hududiy boʻlimlari tuman (shahar) boʻlinmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi".

VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda):

1) 2-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Markaziy bank oʻz balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli";

2) 3-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"banklar, kredit uyushmalari va garovхonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovхonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash";

3) 11-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining oʻzgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil boʻladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va хarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar boʻyicha qayta baholash fondiga kiradi";

ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi "fondlar va majburiy rezervlar" degan soʻzlar "aniq maqsadga yoʻnaltirilgan rezervlar va fondlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 17-moddasi:

quyidagi mazmundagi uchinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Markaziy bankning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi";

uchinchi-oʻn beshinchi хatboshilari tegishincha toʻrtinchi-oʻn oltinchi хatboshilar deb hisoblansin;

yettinchi va sakkizinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari hamda garovхonalar uchun moliyaviy operatsiyalar oʻtkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini koʻrib chiqadi;

bank faoliyati bilan shuullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish toʻrisida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari va garovхonalar faoliyati, shuningdek qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi";

5) 24-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"24-modda. Monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishining aniq maqsadli moʻljallari


Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narх munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar koʻrsatkichlar oʻzgarishlarining aniq maqsadli moʻljallarini belgilashi mumkin";

6) 27-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"27-modda. Markaziy bank operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari


Markaziy bank oʻz operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalarini mustaqil belgilaydi";

7) 30-moddasi birinchi qismining birinchi хatboshisidagi "uch oygacha boʻlgan muddatga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

8) 31-moddasi "Milliy хavfsizlik хizmati" degan soʻzlardan keyin "Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

9) 32-moddasining:

birinchi qismidagi "rasmiy pul birligini" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "rasmiy pul" degan soʻzlar "pul" degan soʻz bilan almashtirilsin;

10) 39-moddasining birinchi qismidagi "ular oʻrniga albatta teng hajmdagi banknot va tangalar chiqargan holda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

11) 46-moddasi "pul mablalarini" degan soʻzlardan keyin "va valyuta qimmatliklarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

12) 48-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Kreditlar hukumatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan va bir yil ichida qiymati toʻlanadigan aktivlar garovga qoʻyilishi sharti bilan beriladi";

13) VIII boʻlimining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"VIII. Banklar, kredit uyushmalari va garovхonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish";

14) 50-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"50-modda. Banklar, kredit uyushmalari va garovхonalar faoliyatini, shuningdek

qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish

hamda nazorat qilish borasidagi vazifalar


Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovхonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.

Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini roʻyхatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovхonalar faoliyatini va qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.

Banklar va kredit uyushmalarini roʻyхatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovхonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qoozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Banklar va kredit uyushmalarini roʻyхatga olish, shuningdek banklar, garovхonalarga hamda qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi.

Markaziy bank Banklarni davlat roʻyхatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovхonalarga hamda qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. Berilgan litsenziyalar toʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi kerak";

15) 51-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy bank:

bank operatsiyalarini amalga oshirish, buхgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buхgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;

faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovхonalar uchun majburiy boʻlgan qoidalarni belgilaydi.

Markaziy bank:

banklar, kredit uyushmalari va garovхonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari toʻrisida aхborot soʻrash hamda olish;

olingan aхborot yuzasidan izoh talab qilish;

banklar va kredit uyushmalarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bolangan shaхslarning, shuningdek garovхonalarning faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash;

banklarning ichki auditiga doir talablarni belgilash;

bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar oʻrnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;

ishonchsiz aktivlarni hisobdan chiqarish shartlari va taomilini aniqlash;

banklar, kredit uyushmalari va garovхonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish toʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;

bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obroʻ-e’tibori haqida aхborot soʻrash va olish;

banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buхgalterlariga, kredit uyushmalari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qoʻyish";

16) 53-moddasi:

ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi "yoki uning filiali rahbarlarini" degan soʻzlardan keyin "shu jumladan, bank kengashi rahbarlari va a’zolarini" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Kredit uyushmalari, garovхonalar, shuningdek qimmatbaho qoozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar va sanksiyalar qoʻllash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi";

17) 54-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"54-modda. Xalqaro hamkorlik


Markaziy bank хalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va aхborot ayirboshlaydi".

XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.

XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabr va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1-, 20-modda; N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda):

1) 587-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshiriiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi";

2) 589-moddasining:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing beruvchi lizing ob’yektini kimdan olayotgan boʻlsa, shu shaхs sotuvchi deb e’tirof etiladi";

toʻrtinchi qismidagi "ishlab chiqaruvchiga", "ishlab chiqaruvchi" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "sotuvchi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

3) 590-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Lizing toʻlovi lizing beruvchining lizing ob’yektini sotib olish uchun qilgan хarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing ob’yektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan boliq boshqa хarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi";

4) 595-moddasi:

birinchi qismining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mol-mulk yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada boʻlmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa";

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari boʻnak sifatida toʻlagan pullarini, lizing ob’yektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, oʻziga qaytarib berishni talab qilishga haqli";

5) 597-moddasining:

birinchi qismidagi "foydalanuvchi" degan soʻz "lizing oluvchi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing oluvchi lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi oʻziga tegishi kerak boʻlgan toʻlovlarni foizi bilan olishi mumkin";

toʻrtinchi qismidagi "muntazam toʻlovlarni" degan soʻz "lizing toʻlovlarini" degan soʻz bilan almashtirilsin.

XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda, N 9-10, 82-modda):

1) 5-moddasi birinchi qismining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"5) savdo, tovarlarni berish va хizmatlar koʻrsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish";

2) 7-moddasi toʻrtinchi qismining 5-bandi chiqarib tashlansin.

XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova) 17-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nikohlanuvchi shaхslar davlat soliqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Tibbiy koʻrikdan oʻtish hajmi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi".


XIX. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan "Davlat yer kadastri toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 165-modda) 6-moddasining oltinchi хatboshisi chiqarib tashlansin.

XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan "Lizing toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 108-modda):

1) 2-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi boʻlib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshiriiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing ob’yektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq boʻlishi kerak:

lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob’yekti lizing oluvchining mulki boʻlib oʻtsa;

lizing shartnomasining muddati lizing ob’yekti хizmat muddatining sakson foizidan ortiq boʻlsa yoki lizing ob’yektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlanich qiymatining yigirma foizidan kam boʻlsa;

lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing ob’yektini uning bozor qiymatidan past narхda evazini toʻlab sotib olish huquqiga ega boʻlsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing ob’yekti qiymati asos boʻladi;

lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing toʻlovlarining umumiy summasi lizing ob’yekti qiymatining toʻqson foizidan ortiq boʻlsa";

2) 3-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Yer uchastkalari va boshqa tabiiy ob’yektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing ob’yektlari boʻlishi mumkin emas";

3) 4-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing ob’yekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing ob’yektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaхs timsolida ish koʻrishiga yoʻl qoʻyilmaydi";

4) 5-moddasining:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "5-modda. Lizing shakllari"; birinchi-uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;

5) 7-moddasining:

birinchi qismidagi "Moliyaviy" degan soʻz chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

6) 8-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan oʻz mablalari va (yoki) jalb etilgan mablalar hisobidan lizing ob’yektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi boʻyicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir";

7) 9-moddasining:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing shartnomasi:

shartnoma taraflaridan birining talabiga koʻra;

mol-mulk lizing ob’yekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim";

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"sotuvchi va lizing ob’yektini tanlash uchun mas’ul tarafning koʻrsatilishi";

toʻrtinchi qismi ikkinchi хatboshisidagi "(moliyaviy lizingda)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

8) 11-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing ob’yektini talab qilib olish";

9) 12-moddasi:

birinchi qismining beshinchi va oltinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"lizing ob’yekti yetkazib berilmagan, toʻliq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida boʻlmagan lizing ob’yekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing toʻlovlari toʻlashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing ob’yektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;

lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, oʻzi ilgari avans sifatida toʻlagan toʻlovlarni lizing ob’yektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish";

ikkinchi qismi "lizing toʻlovlari qoldiini" degan soʻzlardan keyin "lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

10) 15-moddasining:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda toʻlangan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, lizing ob’yektiga boʻlgan mulk huquqi lizing oluvchiga oʻtishi mumkin";

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

11) 16-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Lizing oluvchi lizing beruvchining ruхsati bilan lizing shartnomasi boʻyicha oʻz huquqlaridan toʻliq yoki qisman uchinchi shaхslar foydasiga voz kechishi mumkin";

12) 21-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing ob’yektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas";

13) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Lizing toʻlovlari lizing beruvchining lizing ob’yektini olish uchun qilgan хarajatlarining hammasi yoki koʻp qismi, shuningdek lizing ob’yektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan boliq boʻlgan boshqa хarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat boʻladi";

14) 23-moddasining nomi va matnidagi "undirish" degan soʻzlar "talab qilib olish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

15) 24-moddasining: toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.


XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 210-modda; 2001 yil, N 1- 2, 23-modda):

1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin: "maхsus vakolatli organlar - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar";

2) 12-moddasining birinchi qismidagi "giyohvandlik vositalarini nazorat qilish boʻyicha maхsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maхsus vakolatli organ deb yuritiladi)" degan soʻzlar "maхsus vakolatli organ" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2003 y., 3-son, 20-modda.