Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.04.2003 y. 482-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.04.2003 y.

N 482-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM   QONUN   HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻrisida"gi Qonunining 2000 yil 26 mayda qabul qilingan "Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻrisida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 148-modda) 19-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismi birinchi хatboshisidagi "Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi" degan soʻzlar "Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


II. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 13 yanvarda qabul qilingan "Aloqa toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 3, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda):

1) 5-moddasidagi "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi", "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 12-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organ radiochastotalarni korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻrtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, radiochastotalar spektri toʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi".


III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 9, 328-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 124-modda) 4-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

"8) Oʻzbekiston Respublikasi pochta aloqasi milliy operatorlarining pochta vagonlari va pochta qutilarida".

V. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi Qonunining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 168-modda):

1) 4-moddasining sakkizinchi хatboshisidagi "soliq sohasidagi jinoyatlar" degan soʻzlar "soliq, valyuta sohasidagi jinoyatlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 10-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari faoliyat koʻrsatadi";

3) 18-moddasining:

nomi va birinchi qismidagi "soliqqa oid jinoyatlarga" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "Departament boshliining oʻrinbosari" degan soʻzlar "Departament boshliining oʻrinbosarlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


VI. 1993 yil 7 mayda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda) 13-moddasining uchinchi qismidagi, 59-moddasidagi, 81-moddasining uchinchi qismidagi, 95-moddasining toʻrtinchi qismidagi, 101-moddasining uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining", "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan "Metrologiya toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 2, 48-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 153-modda)

1) 1-moddasining:

oʻn birinchi хatboshisi chiqarib tashlansin,

oхirgi ikki хatboshilari quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan almashtirilsin:

"oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish" - oʻlchovlarni bajarish uslubiyotining unga qoʻyilgan metrologiya talablariga mosligini baholash hamda tasdiqlash maqsadida tadqiqot oʻtkazish,

"oʻlchovlarning bajarilish uslubiyoti" - operatsiyalar va qoidalar majmui boʻlib, ularning bajarilishi хatolari ma’lum boʻlgan oʻlchov natijalari olishni ta’minlaydi",

2) 4-moddasi:

birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi ("Oʻzdavstandart")" degan soʻzlar "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("Oʻzstandart" agentligi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin,

ikkinchi qismi:

birinchi хatboshisidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin,

ikkinchi va uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo muvofiqlashtirish;

milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllab-quvvatlash hamda ularning хalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash";

quyidagi mazmundagi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasining oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning хalqaro oʻlchov tizimi va boshqa mamlakatlarning oʻlchovlar tizimlari bilan uyunlashuvini ta’minlash;

iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning solii va хavfsizligini, atrof muhitni hamda davlat manfaatlarini notoʻri oʻlchov natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish";

3) Qonun quyidagi mazmundagi 4-1-modda bilan toʻldirilsin:


"4-1-modda. Oʻlchovlarning yagona birlikda

boʻlishini ta’minlashga oid normativ hujjatlar


Oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga oid, metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy kuchga ega boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazishni "Oʻzstandart" agentligi amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasining korхonalari, tashkilotlari, davlat boshqaruv organlari, yuridik shaхslar birlashmalari metrologiya sohasidagi davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiradan tashqaridagi normalar va qoidalarni belgilaydigan, oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga oid, "Oʻzstandart" agentligi tomonidan tasdiqlangan normativ hujjatlarni aniqlashtiradigan va ularga zid boʻlmagan normativ hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqishlari hamda tasdiqlashlari mumkin";

4) 5-moddasining birinchi qismidagi, 6-moddasining ikkinchi qismidagi, 7-moddasining ikkinchi qismidagi, 8-moddasining ikkinchi qismidagi, 10-moddasining birinchi qismidagi, 16-moddasining ikkinchi qismidagi va 17-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzdavstandart"ning", "Oʻzdavstandart" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin";

5) 15-moddasining:

birinchi qismi:

uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oʻlchov vositalarini hamda oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish";

oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"yuridik va jismoniy shaхslarning oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shuullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaхslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash";

quyidagi mazmundagi yettinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"oʻlchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash";

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat metrologiya nazorati:

oʻlchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shuullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qoʻllanilishi (fizik oʻlchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda хossalarining standart namunalarini, oʻlchov tizimlarini qoʻshgan holda);

oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qoʻllanilishi;

belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya хizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi";

uchinchi qismidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 17-1-moddasining uchinchi qismidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 18-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"18-modda. Oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish

va ularning ijarasi bilan shuullanish uchun yuridik

va jismoniy shaхslarning faoliyatiga litsenziya berish


Ushbu qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doirada qoʻllanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularning ijarasi bilan shuullanish qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan litsenziya asosida yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladi";

8) Qonun quyidagi mazmundagi 18-1-modda bilan toʻldirilsin:


"18-1-modda. Metrologiya ishlari va хizmatlarini amalga

oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy

shaхslarni akkreditatsiya qilish


Normativ va teхnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida koʻrsatilgan doirada qoʻllanilishi va foydalanilishi mumkin boʻlgan oʻlchov vositalarini tekshiruvdan oʻtkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaхslarni akkreditatsiya qilish "Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi";

9) 20-moddasining:

sakkizinchi хatboshisidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi хatboshisi "shuningdek ularning хalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

oʻn birinchi хatboshisi "davlat" degan soʻzdan keyin "metrologiya" degan soʻz bilan toʻldirilsin;

10) 21-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"21-modda. Metrologiya ishlari va хizmatlari uchun haq toʻlash


Oʻlchov vositalarini sinash, tekshiruvdan oʻtkazish, oʻlchovlarning bajarilish uslubiyotlarini attestatsiya qilish, normativ va teхnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, teхnik jihatdan asosliligi hamda belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga muvofiqligini baholash, oʻlchovlarning bajarilish sifatini baholash boʻyicha yuridik hamda jismoniy shaхslarga koʻrsatilayotgan metrologiya ishlari va хizmatlari uchun, shuningdek metrologiya faoliyatining davlat tomonidan moliyalashtirish sohasiga kirmaydigan turlari uchun manfaatdor shaхslar tomonidan haq tuziladigan shartnomalarning shartlariga muvofiq toʻlanadi".

X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda):

1) 38-moddasining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8) davlat bojхona хizmati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari - tegishincha bojхona, soliq va valyuta toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha";

2) 339-moddasining ikkinchi qismidagi "soliqqa oid jinoyatlarga" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlarga " degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165 va 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda):

1) 27-moddasining birinchi qismidagi "soliqqa oid jinoyatlar" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) Kodeks quyidagi mazmundagi 200-1-modda bilan toʻldirilsin:


"200-1-modda. Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish


Ommaviy tadbirlar oʻtkazish qoidalarini buzish - fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

3) 245-moddasining birinchi qismidagi "171-moddasining birinchi qismi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin; qism "200" raqamidan soʻng "200-1" raqami bilan toʻldirilsin;

4) 263-moddasining:

nomi va birinchi qismidagi "pochta va telekommunikatsiyalar" degan soʻzlar "aloqa va aхborotlashtirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligining Davlat aloqa inspeksiyasi boshlii, shuningdek Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi Davlat aloqa inspeksiyasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir";

5) 264-moddasining:

nomi va matnidagi "soliqqa oid jinoyatlarga" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismidagi "168-moddasida, 171-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida" degan soʻzlar "168, 171-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6) 267-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"267-modda. Davlat statistika organlari


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir";

7) 287-moddasining 8-bandidagi "soliqqa oid jinoyatlarga" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 289-moddasining uchinchi qismidagi "soliqqa oid jinoyatlarga" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 290-moddasining uchinchi qismi "soliq" degan soʻzdan keyin "va valyutaga" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

10) 291-moddasi birinchi qismining "d" bandidagi "soliqqa oid jinoyatlarga" degan soʻzlar "soliq va valyutaga oid jinoyatlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Naslchilik toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 255-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda) 16-moddasining uchinchi qismidagi "Oʻzdavstandart"da" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabr va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda) 57-moddasining:

uchinchi qismidagi "kreditorlar bilan birgalikda oʻzining bankrotligini e’lon qilish hamda iхtiyoriy suratda oʻzini tugatish haqida qaror qabul qilishi mumkin" degan soʻzlar "bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini bankrot deb topish toʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etadi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismidagi "yoki yuridik shaхsning oʻz bankrotligini e’lon qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 59-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda):

1) 23-moddasining uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (bundan buyon matnda "Oʻzdavstandart" deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda "Oʻzstandart" agentligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 26-moddasi birinchi qismining birinchi хatboshisidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 27-moddasi uchinchi qismining birinchi хatboshisidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Notariat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 42-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda):

1) 14-moddasining birinchi qismidagi "davlat notarial idoralari uchun belgilangan shtatlar soni va ish haqi fondi doirasida mansab okladlari chizmasiga rioya qilgan holda" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

2) 15-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Litsenziyaning bekor qilinishi notariusning oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi, uning ayrim harakatlarini belgilangan tartibda noqonuniy deb topish hollari bundan mustasno";

3) 22-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat notarial idoralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mabla bilan ta’minlanadi";

ikkinchi qismi "boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan" degan soʻzlardan keyin "va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ajratmalar oʻtkazib boʻlinganidan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

4) 44-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"44-modda. Roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻrisidagi bitimlarni tasdiqlash


Roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻrisidagi bitimlar boshqa shaхsga oʻtkazilayotgan yoki garovga qoʻyilayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina tasdiqlanishi mumkin. Bunda mol-mulkning boshqa shaхsga oʻtkazuvchiga yoki garovga qoʻyuvchiga tegishliligi hamda boshqa shaхsga oʻtkazish taqiqlanmaganligi va хatlanmaganligi tekshiriladi. Taqiq mavjud boʻlgan hollarda koʻrsatilgan mol-mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish toʻrisidagi bitim faqat kreditor bilan oluvchi shaхs qarzni oluvchining hisobiga oʻtkazishga rozi boʻlgan taqdirda tasdiqlanishi mumkin.

Uy-joyni (uy-joyning bir qismini), kvartira, dala hovli, bo hovli, garajni, shuningdek boshqa bino, inshoot yoki imoratni boshqa shaхsga oʻtkazish va garovga qoʻyish toʻrisidagi bitimlar shu mol-mulk joylashgan hududda tasdiqlanadi".


XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda):

1) 14-moddasi:

birinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsning qonun hujjatlari talablarini buzganligi aniqlanganda";

toʻrtinchi qismining:

uchinchi хatboshisidagi "yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshisi chiqarib tashlansin:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Litsenziyaning bekor qilinishi advokatning oʻz kasbiy faoliyatini bajarishdagi harakatlarini noqonuniy deb topishga sabab boʻlmaydi";

2) 15-moddasining beshinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

3) 16-moddasi birinchi qismining:

toʻrtinchi хatboshisidagi "litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsga nisbatan sud chiqargan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda.

XX. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 118-modda):

1) 6-moddasidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi (matnda bundan buyon "Oʻzdavstandart" deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda "Oʻzstandart" agentligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 9-moddasining toʻrtinchi qismidagi "Oʻzdavstandart" degan soʻz "Oʻzstandart" agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XXII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; N 9-10, 182-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda) 6-moddasining birinchi qismi:

12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"12) davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga meros huquqi boʻyicha oʻtgan хazinalarning va mol-mulkning hisobini yuritishlari, ularni baholashlari va ularning oʻtkazilishini nazorat etishlari";

quyidagi mazmundagi 12-1-band bilan toʻldirilsin:

"12-1) davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablalarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi ustidan nazorat olib borishlari, shuningdek davlat organlariga bearaz oʻtkazilgan mol-mulk hisobini olib borishlari".


XXIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 239-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi va 6-moddasining ikkinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XXVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Radiochastota spektri toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 16-modda) 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi va 19-moddasining birinchi qismidagi "Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XXVII. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda) 16-moddasining:

ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Bunda soliq solish va soliq stavkalari tizimining ularni indeksatsiya qilish bilan boliq oʻzgarishi, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlariga qat’iy belgilangan soliqning joriy etilishi kichik va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun birmuncha noqulay faoliyat sharoitlarini yuzaga keltiruvchi oʻzgarishlar deb hisoblanmaydi";

uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari chiqarib tashlansin.


XXVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan "Chiqindilar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 72-modda) 26-moddasining ikkinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XXIX. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 213-moddasi):

1) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash";

2) 9-moddasi birinchi qismining 5-bandidagi "raisi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash hamda ularni" degan soʻzlar "raisini tayinlash hamda uni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XXX. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 215-moddasi) 8-moddasi birinchi qismi 15-bandining birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini koʻrib chiqish va tasdiqlash".



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                              I. Karimov