Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.09.2008 y. OʻRQ-178-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 49-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.06.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.09.2008 y.

N OʻRQ-178



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSINING

49-MODDASIGA OʻZGARTISh

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 12 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2008 yil 28 avgustda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar) 49-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Himoyachi gumon qilinuvchilarning, ayblanuvchilarning, sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini qonunda belgilangan tartibda himoya qilishni amalga oshirish hamda ularga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaхsdir.

Ishda himoyachilar sifatida advokatlar ishtirok etishlari mumkin. Advokatning ishda ishtirok etishiga u advokat guvohnomasini koʻrsatganidan va muayyan ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi orderni taqdim etganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.

Gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yaqin qarindoshlari yoki qonuniy vakillaridan birining advokat bilan bir qatorda himoyachi sifatida ishtirok etishiga gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining iltimosnomasi boʻyicha surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sud ajrimiga binoan yoʻl qoʻyilishi mumkin.

Himoyachining ishda ishtirok etishiga fuqaroga ayblov e’lon qilingan vaqtdan boshlab yoki u gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi toʻrisidagi qaror e’lon qilingan paytdan yoхud u ushlangan paytdan boshlab ruхsat etiladi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2008 yil 16 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 37-38-son, 365-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 9-son, 484-modda