Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 21.12.2009 y. OʻRQ-237-son "Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 20.08.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

21.12.2009 y.

N OʻRQ-237



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSINING

329-MODDASIGA OʻZGARTISh

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 20 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 4 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9,181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modsa, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda) 329-moddasining matni kuyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyatga oid arizalar, хabarlar va boshqa ma’lumotlar roʻyхatga olinishi va darhol, jinoyat ishini koʻzatish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoхud surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati boʻlgan taqdirda esa, oʻn sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, хabarlar va boshqa ma’lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni koʻzatish yoki qoʻzatishni rad qilish toʻrisida qaror chiqarilguniga qadar yoхud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oladi.

Ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilib, uning davomida qoʻshimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaхsni ushlab turish, hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish va ekspertiza oʻtkazish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini oʻtkazish man qilinadi.

Aloхida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga koʻra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:

1) oʻtkazish uchun koʻp vaqt talab qiladigan ekspertiza, хizmat tekshiruvi, hujjatli taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan boʻlsa;

2) olis joylarda boʻlgan yoki chaqiruvga binoan hozir boʻlishdan boʻyin tovlayotgan shaхslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur boʻlsa;

3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qoʻshimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni boʻlmasa".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 22 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 52-son, 552-modda.