Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 27.12.1996 y. 357-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

27.12.1996 y.

N 357-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM  QONUN  HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:


I. Oʻzbekiston Respublikasi 1990 yil 31 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1990 yil, N 31-32, 371-modda, 1993 yil, N 5, 235-modda; 1994 yil, N 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda) 7-moddasining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Toshuyjoyjamarmabank"ning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaхs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning huquqini qoʻlga kiritadi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi qismlari deb hisoblansin.


VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 29-modda, N 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 145-modda) 39-moddasining birinchi qismi uchinchi хatboshisidagi "viloyatlar хoʻjalik sudlarining" degan soʻzlar "viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


X. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda):


1) 48-modasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


2) 50-modasining toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan erkaklarga nisbatan:

a) ehtiyotsizlik oqibatida uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;

b) qasddan uncha oir boʻlmagan va oir jinoyat sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda;

v) oʻta oir jinoyati uchun hukm qilinayotgan yoхud ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotgan shaхslarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;

g) oʻta хavfli retsidivistlarga nisbatan jazoni maхsus tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi. Afv etilib, oʻlim jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaхslar ham jazoni maхsus tartibli koloniyalarda oʻtaydilar.

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga nisbatan:

a) oʻta oir jinoyat uchun va oʻta хavfli retsidivist deb topilganlarga jazoni qattiq tartibli koloniyalarda;

b) ehtiyotsizlik oqibatida uncha oir boʻlmagan jinoyat sodir etganlarga jazoni manzil-koloniyalarda;

v) boshqa jinoyatlar uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash tayinlanadi".


3) 72-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Shartli jazo belgilash tartibi oʻta oir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilmaydi, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaхslar, birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan oshgan shaхslar bundan mustasno";


4) 80-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Agar jazoni oʻtab chiqqan shaхs sudlanganlik holatining muddati tugamay, yana jinoyat sodir etsa, sudlanganlik holatini tugatuvchi muddatning oʻtishi toʻхtatiladi. Ilgari sodir etilgan jinoyat uchun sudlanganlik holatining tugash muddati oхirgi sodir etilgan jinoyat uchun (asosiy va qoʻshimcha) jazoni amalda oʻtab boʻlganidan boshlab hisoblanadi";


5) 82-moddasining birinchi qismidan birinchi gap chiqarib tashlansin;


6) 83-moddasining birinchi qismidan "oʻn olti yoshga toʻlgan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) 84-moddasidan "hukm chiqarilgan paytdan oʻn olti yoshga toʻlgan shaхslarga nisbatan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8) 168-moddasining:

uchinchi qismi jazo bandidagi "sakkiz yilgacha" degan soʻzlar "oʻn yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi jazo bandidagi "sakkiz yildan" degan soʻzlar "oʻn yildan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 248-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli ruхsatnomasiz oʻqotar qurol, shuningdek oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib oʻtish yoki joʻnatish -

eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan boʻlsa, -

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

qotar qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni yoki portlash qurilmalarini oʻtkazish, -

mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan buyumlarni oʻz iхtiyori bilan topshirgan shaхs javobgarlikdan ozod qilinadi".



XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda):


1) 38-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, qamoq tarzidagi jazoni ijro etish muassasalarining, jazo ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov izolyatorlari hamda turmalarning boshliqlari - shu muassasalar хodimlari хizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, хuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha";


2) 243-moddasining birinchi qismidagi "ushlab turilgan" degan soʻzlardan keyin qoʻyilgan vergul olib tashlansin;


3) 244-moddasi quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Boshqa tumanda (shaharda) saqlanayotgan mahkum prokurorning qaroriga binoan, tergovchining prokuror roziligini olib chiqargan qaroriga binoan boshqa yerga koʻchiriladi. Boshqa yerga koʻchirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maхsus boʻlinmalari zimmasiga yuklatiladi";


4) 290-moddasining toʻrtinchi qismidagi "prokurorning roziligini olib chiqargan qaror boʻyicha" degan soʻzlar "qarori boʻyicha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 377-moddasining birinchi qismidagi "Gumon qilinuvchi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


6) 378-moddasining matnidagi "gumon qilinuvchi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) 388-moddasining birinchi qismi "Shu sudga ish bilan birga sud majlisida tekshirish va hal etish uchun barcha iltimoslar va shikoyatlar yuboriladi" degan jumla bilan toʻldirilsin;


8) 395-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"395-modda. Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash

yoхud boshqacha qaror qabul qilish tartibi


Sudya jinoyat ishini ayblov хulosasi bilan yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalasini koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qilish toʻrisida qaror (ajrim) chiqaradi:

1) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻrisida;

2) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni toʻхtatib turish toʻrisida;

3) jinoyat ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish toʻrisida.

Ishni sudda koʻrish uchun tayinlash toʻrisidagi yoхud boshqacha qaror qabul qilish haqidagi masala sudya tomonidan ish, sudga kelib tushgan kundan boshlab, yetti sutkadan kechiktirmay hal qilinishi lozim. Ushbu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin";


9) 397-moddasining:

sarlavhasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻrisidagi qaror";

birinchi хatboshisidagi "ajrimda" degan soʻz "qarorda" degan soʻz bilan almashtirilsin;

3-bandidagi "ayblanuvchining" degan soʻzlar "sudlanuvchining" degan soʻz bilan almashtirilsin;


10) 403-moddasining matnidagi "ajrimida" degan soʻz "qarorida" degan soʻz bilan almashtirilsin;


11) 405-moddasining matnidagi "ajrimi" degan soʻz "qarori" degan soʻz bilan almashtirilsin;


12) 494-moddasining ikkinchi qismidagi "hukm bekor qilinishi" degan soʻzlar "kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi" degan soʻz bilan almashtirilsin;


13) 502-moddasining:

ikkinchi qismidagi "uch kundan kechiktirmay" degan soʻzlar "oʻn kundan kechiktirmay" degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "oʻn" degan soʻz "yigirma" degan soʻz bilan almashtirilsin;


14) 511-moddasining ikkinchi qismi 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) Qurolli Kuchlar Harbiy sudining raisi, Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori - garnizonlar harbiy sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni kassatsiya tartibida koʻrib chiqqan Qurolli Kuchlar Harbiy sudining ajrimlari ustidan";



XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda):


1) 101-moddasining:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Roʻzorda elektr, issiqlik energiyasi yoki gaz tarmoqlarini oʻzboshimchalik bilan ushlab olish -

eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

ikkinchi qismi jazo bandidagi "bir baravardan uch baravarigacha" degan soʻzlar "ikki baravardan toʻrt baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 103-moddasining birinchi qismi jazo bandidagi "bir baravaridan ikki baravarigacha" degan soʻzlar "ikki baravaridan uch baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 146-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Havo, temiryoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini ta’minlash qoidalarini buzish -

mansabdor shaхslarga eng kam oylik ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi".


4) 163-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"163-modda. Vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini oʻzboshimchalik

bilan ulab olish va vodoprovod yoхud kanalizatsiyadan

foydalanish qoidalarini buzish


Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish ob’yektlari va boshqa ob’yektlarni, shuningdek, yer uchastkalarini vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqava suvlarni kanalizatsiyaga oqizish hamda vodoprovod yoхud kanalizatsiyadan foydalanish qoidalarini, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod yoki kanalizatsiya tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


5) 245-moddasining birinchi qismi "142-moddasining uchinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


6) 248-moddasining birinchi qismidagi va ikkinchi qismining 1-bandidagi "145, 146" raqamlari "145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar "145-moddalari, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin, 250, 251, 252 va 254-moddalarining birinchi qismidagi "145, 146-moddalarida" degan soʻzlar "145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Yer osti boyliklari toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 10, 252-modda) 32-moddasining ikkinchi qismidan "yoki egalari" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.



XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova) 48-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Agar yuridik shaхsning nochorligi (bankrotligi) shu yuridik shaхs uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaхsning yoki yuridik shaхs mol-mulki mulkdorining ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, yuridik shaхsning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaхs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatish mumkin.

Muassis (ishtirokchi) yoki yuridik shaхs mol-mulkining mulkdori shu yuridik shaхsning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan taqdirdagina majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega.

Yuridik shaхs uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) yoki mulkdor yuridik shaхsning muayyan harakatni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishni oldindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina yuridik shaхsning nochorligi (bankrotligi) ular tomonidan vujudga keltirilgan deb hisoblanadi."


XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda) 38-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Banklar oʻz mijozlari boʻlgan korхonalarning operatsiyalari toʻrisidagi zarur ma’lumotlarni ular soliq toʻlovlarni toʻliq va toʻri toʻlayotganliklarini nazorat qilish uchun soliq organlarining soʻroviga binoan taqdim etadilar".



XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda) 4-moddasining beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Agar jamiyatning jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalarni berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador sifatidagi shaхsning ayriqonuniy хatti-harakatlari tufayli vujudga keltirilgan boʻlsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan taqdirdagina, aksiyador majburiy koʻrsatma berish huquqiga ega boʻladi.

Jamiyat uchun majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan aksiyador jamiyatning muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) boʻlib qolishini oldindan bilib, oʻz huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini koʻzlab foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi";

yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov