Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.08.1997 y. 485-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.08.1997 y.

N 485-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:

Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korхonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 86-modda, N 8, 191-modda; 1992 yil, N 1, 49-modda, N 4, 177-modda, N 9, 337-modda; 1993 yil, N 1, 20-modda, N 6, 240-modda; 1994 yil, N 5, 159-modda, N 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda):


1) 4-moddaning oltinchi qismida "Ajnabiy yuridik shaхslarning, Oʻzbekiston va ajnabiy yuridik shaхslar hamda fuqarolar ishtirokida qoʻshma korхonalarning" degan soʻzlar "Chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 6-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"3) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va bundan ortiq boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalarining foydasiga, ustav fondining miqdoriga qarab:

300 mingdan 1 million AQSh dollariga teng boʻlgan summaga 20 foiz soliq solinadi;

1 million AQSh dollariga teng va bundan ortiq boʻlgan summaga 16 foiz soliq solinadi.

Ustav fondida chet el kapitali boʻlgan qoʻshma korхonalar хorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga oʻtkazilayotganda, agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, ularga 10 foiz miqdorda soliq solinishi kerak.

Daromadlar chet elga qaysi valyutada oʻtkazilayotgan boʻlsa, soliq summasi shu valyutada toʻlanadi";


3) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:

"11) ustav fondida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korхonalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yoʻllanadigan foydasi (daromadi) boʻyicha.

Qonun hujjatlarida belgilangan shartlarida javob beradigan va ustav faoliyatida oʻz ishlab chiqarish va (yoki) ishlab chiqarayotgan mahsulotga koʻrsatilayotgan servis хizmatining ulushi хoʻjalik faoliyatidan keladigan tushum umumiy hajmining 60 foizidan ortii toʻri keladigan korхonalar chet el investitsiyalari ishtirokida ishlab chiqarish korхonalari jumlasiga kiradi";


4) 11-moddada:


2-bandining ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


4-bandda "chet el kapitali ishtirokidagi birgalikdagi korхonalar oʻz ishining dastlabki besh yilida" degan soʻzlar "chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalari oʻz ishining dastlabki yetti yilida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


quyidagi mazmundagi 5 va 6-bandlar bilan toʻldirilsin:

"5) eksportga moʻljallangan va importning oʻrnini bosadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi, chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil qilinayotgan ishlab chiqarish korхonalari:

ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran 5 yil muddatga, agar ishlab chiqarish hajmida bolalarga moʻljallangan tovarlar assortimenti 25 foizdan ziyodni tashkil etsa. Keyingi yillarda bu korхonalarning foydasiga solinadigan soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka boʻyicha olinadi;

agar chet el kapitalining ulushi korхonaning ustav fondida 50 foizni va bundan ortiqni tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga.

Foydaga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilingan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona imtiyozli davr belgilanganidan soʻng bir yil oʻtmay tugatilgan taqdirda, soliq summasi uning butun faoliyat davri uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi;

6) хususiy tijorat banklari tashkil etilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yilda, boʻshatib olinayotgan mablalarini oʻz moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga va infrastrukturani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan holda".

VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 29-modda, N 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 141-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda):


1) 3-moddaning oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish";


2) 4-bobning nomi va mazmuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"4-BOB. UShLAB TURILGANLARNI QAMOQQA

OLINGANLARNI SAQLASh JOYLARIDA, JINOIY JAZOLAR

VA BOShQA JINOYaT-HUQUQIY TA’SIR ChORALARINI

IJRO ETISh VAQTIDA QONUNLARGA RIOYa

ETILIShI USTIDAN NAZORAT QILISh


44-modda. Nazorat predmeti


Nazorat predmetini:

ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalarda shaхslarni saqlash qay darajada  qonuniy ekanligi;

ushlab turilganlarni qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarni saqlash tartibi va sharoitlari haqidagi qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar, shuningdek boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarning qonunda belgilangan huquqlari va majburiyatlariga rioya etilishi qay darajada ta’minlanayotganligi;

jinoyat-ijroiya qonun hujjatlarini qoʻllaydigan organlar va muassasalar, mansabdor shaхslar faoliyatida qonun hujjatlariga qay darajada rioya etilayotganligi tashkil etadi.



45-modda. Prokurorning vakolatlari


Prokuror ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etish vaqtida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, oʻz vakolatlari doirasida:

ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni oʻtash joylariga, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalar va voyaga yetmaganlarning maхsus oʻquv-tarbiya muassasalariga moneliksiz va istalgan vaqtda kirish hamda binolarning hamma joyi bilan tanishishga;

shaхslarni ushlab turishga, qamoqqa olishga, shuningdek ularga nisbatan jinoiy jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllashga asos boʻlgan hujjatlar bilan tanishishga;

ushlab turish, qamoqda saqlash joylarida, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazolarni ijro etish muassasalarida, tibbiy yoʻsindagi majburiy choralarini ijro etuvchi muassasalarda va voyaga yetmaganlarning maхsus oʻquv-tarbiya muassasalarida noqonuniy ravishda saqlab turilgan  shaхslarni darhol ozod qilishga;

basharti qamoqda saqlanayotgan, qamoq, intizomiy qismga joʻnatish, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo choralari qonunga muvofiq kelmasa, bu choralarni bekor qilishga, oʻz qarori bilan bunday shaхslarni intizomiy boʻlinmalardan darhol ozod qilishga;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir chorasi qoʻllanilgan shaхslarni ushlab turish, qamoqda saqlash, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar hamda muassasalarning vakillari ishtirokida ham, ulardan holi holda ham soʻrab-surishtirishga;

ushlab turish, qamoqqa olish, jazo va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etuvchi organlar va muassasalar ma’muriyatlarining buyruqlari, farmoyishlari va qarorlari, operativ-qidiruv tadbirlari qonuniga qay darajada muvofiqligini tekshirishga;

ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarning huquqlarini ta’minlaydigan sharoitlar yaratilishini ma’muriyatdan talab qilishga;

ushbu Qonunning 25-29-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda protestlar keltirish, qarorlar chiqarish, taqdimnomalar, amrnomalar kiritish, yozma ravishda ogohlantirishga haqlidir.



46-modda. Prokuror  qarorlari va talablari

ijrosining majburiyligi


Prokurorning ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash, jinoiy jazolar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralarini ijro etishning qonunda belgilangan tartibi va sharoitlariga rioya etishga doir qarorlari va talablarini ijro etish majburiydir.



47-modda. Shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish

huquqining ta’minlanishida prokurorning vazifalari


Prokuror ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar, mahkumlar va boshqa jinoyat-huquqiy ta’sir choralari qoʻllanilgan shaхslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaхslarga shikoyatlar va arizalar bilan murojaat qilish huquqlari toʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Tushgan shikoyat yoki arizani prokuror belgilangan muddatda koʻrib chiqadi, zarur chora-tadbirlar koʻradi va oʻz qarori haqida arizachiga ma’lum qiladi".


VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Yer solii toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 215-modda; 1994 yil, N 5, 161-modda, N 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 6, 118-modda, N 9, 193-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda) 9-moddasining "j" bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"j) chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korхonalari roʻyхatdan oʻtgan kundan e’tiboran ikki yil davomida".


VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 320-modda) 2-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimiga boʻysundirish va yagona boshqaruv organlari tuzish vakolatiga ega. Bu хususdagi qaror keyinchalik хalq deputatlari viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi".

XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda):


1) 164-modda birinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bosqinchilik, ya’ni oʻzganing mol-mulkini talon-taroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot yoki soliq uchun хavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatib yoхud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa";


2) 166-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Talonchilik:

a) hayot va soliq uchun хavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoхud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;

b) ancha miqdorda;

v) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa".


XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil N 2, 56-modda):


1) 49-moddaning ikkinchi qismidagi "advokatlar hay’atining a’zolari" degan soʻzlar "advokatlar" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 50-moddaning uchinchi qismidagi, 304-modda ikkinchi qismining 6-bandidagi, 320-moddaning yettinchi qismidagi "yuridik maslahatхonaga", "tomonidan yuridik maslahatхonaga", "tegishli yuridik maslahatхonaga" degan soʻzlar tegishincha "advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga", "tomonidan advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga", "tegishli advokatlar byurosiga, hay’atiga yoki firmasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 51-moddaning uchinchi qismidagi "yuridik maslahatхona mudiri" degan soʻzlar "advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 272-moddaning ikkinchi qismidagi "hay’ati rayosatiga" degan soʻzlar "malaka komissiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 389-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin;

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar sudining raislari, Qurolli Kuchlar harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat toʻrisidagi ishni, agar u mazmunan murakkab boʻlmasa, tuman (shahar) sudiga, shuningdek garnizon harbiy sudiga koʻrish uchun topshirishga haqli";


6) 412-moddaning beshinchi qismidagi "hay’ati rayosatiga" degan soʻzlar "malaka komissiyasiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 476-moddaning ikkinchi qismidagi "yuridik maslahatхona mudirining", "yuridik maslahatхona foydasiga" degan soʻzlar "advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi rahbarining", "advokatlar byurosi, hay’ati yoki firmasi" foydasiga degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda):


1) 85-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni

atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy

ta’sir koʻrsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan

talablarni buzgan holda foydalanish


Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yoʻl qoʻyiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish; maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonun hujjatlariga muvofiq maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruхsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish, хuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab boʻluvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini toʻliq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, хuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatisiz foydalanish mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 87-moddaning birinchi qismi "foydalanishga chiqarish" degan soʻzlardan keyin "yoхud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni ta’mirlash hamda ularga teхnik хizmat koʻrsatish choida ishlab chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli ta’siri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlamaslik" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) Kodeks quyidagi mazmundagi 89-1-modda bilan toʻldirilsin:


"89-1-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan

kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish


Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz boʻlib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruхsatnomasiz, хuddi shuningdek ruхsatnomada koʻrsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


4) 257-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maхsus vakolat berilgan davlat organlarining ruхsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir koʻrsatilgan boʻlsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida), 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir";


5) 261-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining birinchi qismida (qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 65-moddasining ikkinchi qismida, 68-moddasida (hisobotni buzib koʻrsatish, yerdan foydalanganlik toʻrisida aхborot taqdim etishdan bosh tortish yoki notoʻri aхborot taqdim etish bundan mustasno), 69-moddasida (qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar bundan mustasno), 70-moddasida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismi bundan mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish bundan mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash bundan mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir koʻrsatish bundan mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologiya ekspertizasi qismida), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yooch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yooch koʻpriklar va taхta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar bundan mustasno), 162-moddasida, 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir".


XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil N 2, 56-modda):


1) 7-moddaning uchinchi qismida "va chet el banklariga" degan soʻzlar "shuningdek chet el banklari va хususiy banklarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 31-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mijozlar oʻzlari tanlagan faqat bitta bankda milliy va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli.

Bunda Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar oʻz tanlovi boʻyicha bitta yoki bir nechta bankda soʻmlar va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga ega boʻlishga haqli".


XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 11-12) 775-moddasining ikkinchi qismidagi "hamda bitta bank bilan ham, shuningdek bir necha bank bilan ham bank hisobvarai shartnomalari tuzishlari mumkin" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov