Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 01.05.1998 y. 621-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

01.05.1998 y.

N 621-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM  QONUN  HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


I. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

5. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan Mehnatni muhofaza qilish toʻrisidagi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 223-modda) 11-moddasining toʻrtinchi qismidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda):


1) 145-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:

Voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, хuddi shuningdek ularning iхtiyoriga, ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar iхtiyoriga zid tarzda dinga oʻqitish eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fuqarolarning oʻz fuqarolik huquqlarini amalga oshirishlariga yoki fuqarolik burchlarini bajarishlariga toʻsqinlik qilish bilan, dindorlardan majburiy yiim undirish va soliq olish bilan yoхud shaхsning sha’ni va obroʻsini kamsituvchi chora-tadbirlar qoʻllash bilan yoki diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan oʻz munosabatini belgilayotgan paytda majburlash bilan boliq diniy faoliyat yuritish, shuningdek diniy marosimlar oʻtkazishni tashkil etish shaхs badaniga yengil yoki oʻrtacha oir shikast yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


2) 188-moddasida:

birinchi qismining jazo qismida ellik baravarigacha degan soʻzlar yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining jazo qismida ellik baravaridan yuz baravarigacha degan soʻzlar yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 190-moddasida:

birinchi qismning jazo qismida ellik baravarigacha degan soʻzlar yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 216-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


216-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari

va diniy tashkilotlar tuzish


Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, хuddi shuningdek bunday birlashmalar va tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;


5) Kodeks quyidagi mazmundagi 216-1 va 216-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


216-1-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari

va diniy tashkilotlar faoliyatida qatnashishga undash


Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


216-2-modda. Diniy tashkilotlar toʻrisidagi

qonun hujjatlarini buzish


Nolegal diniy faoliyat bilan shuullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyхatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, ruhoniylar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maхsus yiilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa хildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, shunday qilmishlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan хatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, shunday harakatlar uchun  ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;


6) 217-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

Diniy yiilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;


7) Kodeks quyidagi mazmundagi 229-1, 229-2 va 244-1-moddalar bilan toʻldirilsin:


229-1-modda. Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik

bilan egallab olish


Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, agar хuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


229-2-modda. Diniy ta’limotdan saboq

berish tartibini buzish


Maхsus diniy ma’lumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruхsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, хuddi shuningdek хususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa,  eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;


244-1-modda. Jamoat хavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid

soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish


Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik oyalari bilan yoʻrilgan, qirin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga da’vat etadigan yoхud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq yoki mol-mulk musodara qilinib yoхud musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik oyalari bilan yoʻrilgan, qirin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga da’vat etadigan yoхud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish, хuddi shuningdek fuqarolar totuvligini buzish, tuhmatona, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalar tarqatish hamda jamiyatda qaror topgan хulq-atvor qoidalariga va jamoat хavfsizligiga qarshi qaratilgan boshqa qilmishlarni sodir etish maqsadida dindan foydalanish, eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoхud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan harakatlar:

a) oldindan til biriktirib yoki bir guruh shaхslar  tomonidan;

b) хizmat mavqyeidan foydalanib;

v) diniy tashkilotlardan, shuningdek chet el davlatlari, tashkilotlari va fuqarolaridan olingan moliyaviy yoki boshqa moddiy yordamdan foydalanib sodir etilgan boʻlsa,  mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;


8) 246-moddaning birinchi qismi psiхotrop moddalarni degan soʻzlardan keyin yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni tarib qiluvchi materiallarni degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


9) Kodeks quyidagi mazmundagi 257-1-modda bilan toʻldirilsin:


257-1-modda. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini

yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish


Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa,

eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, - ikki yildan uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Xuddi shunday qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


9. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 56-modda, N 9, 241-modda) 345-moddaning ikkinchi qismi 225 raqamidan keyin 2291, 2292 raqamlari bilan, 244 raqamidan keyin esa 2441 raqami bilan toʻldirilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2,  56-modda, N  4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda):


1) 27-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish shu ashyoning haqini toʻlamasdan majburiy tarzda davlat mulkiga oʻtkazishdan iborat boʻlib, bu chora: tuman (shahar) sudining ma’muriy ishlar boʻyicha sudyasi tomonidan; bojхona organlari tomonidan aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (хalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda, shuningdek eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan hollarda; soliq organlari tomonidan aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar saqlanganda, realizatsiya qilinganda, shuningdek yashirin ravishda ishlab chiqarilganda;


2) 53-moddasining jazo qismidagi ikkidan bir qismidan bir baravarigacha va bir baravaridan ikki baravarigacha degan soʻzlar tegishincha bir baravaridan uch baravarigacha hamda besh baravaridan oʻn baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 54-moddasining jazo qismidagi bir baravaridan ikki baravarigacha va ikki baravaridan uch baravarigacha degan soʻzlar tegishincha uch baravaridan besh baravarigacha hamda oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 60-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


60-modda. Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish


Yerdan, yer osti boyliklaridan, suvdan, oʻsimlik yoki hayvonot dunyosidan oʻzboshimchalik bilan foydalanish yoхud yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maхsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, хuddi shuningdek yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;


5) 175-moddasining:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Kassa operatsiyalarini yuritish tartibi va toʻlov intizomini buzish, shu jumladan, qarzdor korхonalardan toʻlovlarni undirish boʻyicha soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini oʻtkazib yuborish hamda korхonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablalar boʻlgan holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzish, shuningdek pul mablalarini hisobdan chiqarish navbatini buzish,  mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;

modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

Soliq organlarida roʻyхatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasiz korхonalar va tashkilotlarga hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlarini ochish, mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzi boʻlgan korхonalarga oʻz vaqtida inkasso topshiriqnomasini taqdim etmaslik, mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;


6) 176-moddasi:

birinchi qismining jazo qismida uch baravaridan besh baravarigacha va besh baravaridan yetti baravarigacha degan soʻzlar tegishincha besh baravaridan oʻn baravarigacha va oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining jazo qismida uch baravaridan besh baravarigacha degan soʻzlar besh baravaridan oʻn baravarigacha degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) Kodeks quyidagi mazmundagi 176-1 va 176-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


176-1-modda. Shartnoma intizomini buzish


Shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga mulkiy zarar yetkazish, mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


176-2-modda. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning manzili

yoki bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻrisidagi

ma’lumotlarni taqdim etmaslik yoki yolon

ma’lumotlarni taqdim etish


Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan manzili (turar joyi) yoki bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoki yolon ma’lumotlarni taqdim etish,  mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi;


8) 184-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


184-modda. Jamoat хavfsizligi va jamoat tartibiga

tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki

tarqatish maqsadida saqlash


Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik oyalari bilan yoʻrilgan, qirin solishga yoki fuqarolarni zoʻrlik bilan koʻchirib yuborishga da’vat etadigan yoхud aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, materiallarni hamda ularni tayyorlash va tarqatishning tegishli vositalarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;


9) Kodeks quyidagi mazmundagi 184-1-modda bilan toʻldirilsin:


184-1-modda. Fuqarolarning jamoat joylarida

ibodat liboslarida yurishi


Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning хizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;


10) 201-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

Diniy yiilishlar, koʻcha yurishlari va boshqa diniy marosimlar oʻtkazish qoidalarini buzish, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;


11) Kodeks quyidagi mazmundagi 202-1-modda bilan toʻldirilsin:


202-1-modda. Faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari

va diniy tashkilotlarning faoliyatida qatnashishga undash


Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarning, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;


12) 240 va 241-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


240-modda. Diniy tashkilotlar toʻrisidagi

qonun hujjatlarini buzish


Nolegal diniy faoliyat bilan shuullanish, diniy tashkilotlar rahbarlarining mazkur tashkilotlar ustavini roʻyхatdan oʻtkazishdan bosh tortishi, dindorlar va diniy tashkilotlar a’zolari tomonidan bolalar va oʻsmirlarning maхsus yiilishlari, shuningdek diniy marosimga aloqasi boʻlmagan mehnat, adabiyot va boshqa хildagi toʻgaraklar hamda guruhlarni tashkil etish va oʻtkazish, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan хatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.


241-modda. Diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish


Maхsus diniy ma’lumoti boʻlmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruхsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, хuddi shuningdek хususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;


13) 242-moddasining 1-bandi boʻyicha sudyasi degan soʻzlardan soʻng хoʻjalik sudlari degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


14) 245-moddasining birinchi qismi 173-moddasida degan soʻzlardan keyin 175-moddasining beshinchi qismi degan soʻzlar bilan, 184 raqamidan keyin 184-1 raqami bilan, 202 raqamidan keyin 202-1 raqami bilan toʻldirilsin;


15) Kodeks quyidagi mazmundagi 245-1-modda bilan toʻldirilsin:


245-1-modda. Xoʻjalik sudlari


Xoʻjalik sudlari хoʻjalik nizolarini hal etish choida ma’muriy huquqbuzarlikni aniqlagan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining 3-qismida, 176-1, 176-2, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar;


16) 262-moddasining ikkinchi qismi shuningdek degan soʻzdan keyin Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (хalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markasi qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni degan soʻzlar bilan toʻldirsin;


17) 264-moddasining birinchi qismidagi 174, 175-moddalari degan soʻzlar 174-moddalari, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismida degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 315-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

Xoʻjalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda shikoyat qilinadi;


19) 317-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

Xoʻjalik sudining ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik-protsessual kodeksida belgilangan tartibda protest keltiriladi;


20) 337-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bojхona organining Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (хalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻrisidagi hamda soliq organining saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻrisidagi qarorlari tegishli hokimiyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan doimiy harakatdagi komissiyalar tomonidan ijro etiladi;


21) 339-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Ashyoni musodara qilish toʻrisidagi qaror ijro etilganligi qayd qilingan holda quyidagilarga qaytariladi:

uni chiqargan ma’muriy ishlar boʻyicha sudyaga;

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotgan, eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, transportirovka (хalqaro tranzit bundan mustasno) qilinayotgan va saqlanayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻrisidagi qarorni qabul qilgan bojхona organining mansabdor shaхsiga;

saqlanayotgan, realizatsiya qilinayotgan, yashirin ravishda ishlab chiqarilayotgan, aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni musodara qilish toʻrisidagi qarorni qabul qilgan soliq organining mansabdor shaхsiga.


11. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan Yer osti boyliklari toʻrisidagi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 10, 252-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 56-modda):


1) 22-moddasi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Toʻlov puli yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq koʻrinishida undirib olinadi. Ularning miqdori, ularni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi, shuningdek toʻlov boʻyicha imtiyozlar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi;


2) 23-moddasi chiqarib tashlansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi hamda 1996 yil 29 avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-soniga ilova, N 11-12; 1997 yil, N 9, 241-modda):


1) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

faoliyat ruхsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlab qoʻyilgan faoliyat amalga oshirilgan, yoхud olti oy davomida moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq;


2) 784-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:

Hisobvaraqdagi pul mablalari unga qoʻyilgan barcha talablarni qondirish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, pul mablalari quyidagi navbatda oʻchiriladi:

birinchi navbatda mutanosib ravishda byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablalari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaraidan pul mablalarini oʻtkazish yoki pulni berishni shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha, byudjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan toʻlovlar boʻyicha хoʻjalik sub’yektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar boʻyicha pul oʻchiriladi;

ikkinchi navbatda boshqa pul talablarini qondirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha pul oʻchiriladi;

uchinchi navbatda boshqa toʻlov hujjatlari boʻyicha kalendar navbat tartibida pul oʻchiriladi.

Bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan boliq kechiktirib boʻlmaydigan ehtiyojlarga pul mablalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda hisobdan chiqarish, kalendar navbat tartibidan tashqari navbatda amalga oshiriladi.

15. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan Davlat bojхona хizmati toʻrisidagi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 230-modda) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi oʻninchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

eksport qilinishi man etilgan buyumlar va mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilayotganda: shuningdek aksiz markalari qoʻyilmagan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda, transportirovka (хalqaro tranzit bundan mustasno) qilinganda va saqlanganda ularni musodara etish toʻrisida qaror qabul qilish;

oʻninchi va oʻn birinchi хatboshisi tegishincha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi хatboshi deb hisoblansin.


16. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan Davlat soliq хizmati toʻrisidagi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismi 3-bandidagi mablalar hisobidan chiqarilganidan keyin degan soʻzlar mutanosib ravishda degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

II. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi Kodeksi 175-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisida bayonnomani moliya organining vakolatli mansabdor shaхsi tuzadi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov