Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.04.1999 y. 772-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.04.1999 y.

N 772-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayroi toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 1, 27-modda):


1) 5-moddasida:

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) doimiy suratda:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining binosida;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining binosida;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining binosida;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va hukumatining binosida;

Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlarining binosida;

sudlarning binosida;

Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatхonalarining binosida";

4-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi хalq deputatlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

6-banddagi "Oliy Kengashining Raisi", "Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa ishlari vaziri - Milliy gvardiya qoʻmondoni" degan soʻzlar tegishincha "Oliy Majlisining Raisi", "Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa vaziri" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 9-moddasining birinchi qismidagi "Oliy Kengashi Rayosatining qaroriga muvofiq" degan soʻzlar "Prezidentining Farmoniga muvofiq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 12-moddasidagi "хalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya qoʻmitalariga" degan soʻzlar "viloyatlar, tumanlar va shaharlarning hokimliklariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin".

IV. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 9, 328-modda):


1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi "yarim oy va yulduzlar - oltin rangida" degan soʻzlar "yarim oy va yulduzlar - oq rangda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 4-moddasida:

birinchi qism 1-bandining "b", "d" va "ye" kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining binosida";

"d) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning binolarida;

ye) sudlarning binolarida";

birinchi qismning 2, 3 va 4-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari, хalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari oʻtkazilayotgan zallarda, sudlarning sud majlislari zallarida, shuningdek tuilish va nikoh tantanali suratda roʻyхatga olinadigan хonalarda;

3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va uning devoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning Kengashi, qoʻmitalari, komissiyalari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kotibiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatхonalari va konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va davlat qoʻmitalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qarashli boshqa organlarning, sudlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining, davlat notarial idoralarining, Oʻzbekiston Respublikasi bank muassasalari va tashkilotlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan muhrlari va hujjat blankalarida gerbning tasvirini tushirish huquqi berilgan respublika va mahalliy boʻysunuvdagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining rasmiy nashrlarida";

ikkinchi qismdagi "sudlar va hakamlik sudlari - sud oʻtkaziladigan Majlis zallarida" degan soʻzlar "sudlarning sud majlislari zallarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

VII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda):


1) 53-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga хoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoхud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa oir, oʻta oir jinoyatlar bilan boliq boʻlgan hollarda - bu joylar davlat foydasiga musodara qilinadi";


2) 178-moddasida:

birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

ikkinchi qismning sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, uch yildan besh yilgacha" degan soʻzlar "mol-mulk musodara qilinib, besh yildan sakkiz yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismning sanksiyasidagi "mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn yilgacha" degan soʻzlar "mol-mulk musodara qilinib, sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) Kodeks quyidagi mazmundagi 184-1-modda bilan toʻldirilsin:


"184-1-modda. Byudjet intizomini buzish


Byudjet intizomini buzish, ya’ni byudjet mablalarini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan хarajatlarga yoʻllash, shunday muassasalar va tashkilotlarda хarajatlar qismi boʻyicha byudjetdan ajratilgan mablalarning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish juda koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, - eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa хarajatlar toʻlovi uchun pul mablalari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, - eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoхud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


4) 216-moddasining nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"216-modda. Jamoat birlashmalari yoki diniy

tashkilotlarni qonunga хilof ravishda tuzish


ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga хilof ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash, shuningdek bunday birlashmalar yoki tashkilotlar faoliyatida faol qatnashish -";


5) 216-1-moddasining nomi va dispozitsiyasidagi "Faoliyati taqiqlangan", "Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan" degan soʻzlar tegishincha "ayriqonuniy", "Oʻzbekiston Respublikasida ayriqonuniy" degan soʻzlar. bilan almashtirilsin;


6) 224-moddasida:

birinchi qismning dispozitsiyasidagi "roʻyхatdan oʻtish, propiska" degan soʻzlar "vaqtincha yoki doimiy propiska" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";

uchinchi qismning dispozitsiyasidagi "mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini oʻz vaqtida roʻyхatdan oʻtkazishga, ular shu yerda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini ta’minlashga" degan soʻzlar "mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu yerda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini ta’minlashga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismning sanksiyasidagi "yetmish besh baravarigacha" degan soʻzlar "yuz baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) Kodeks quyidagi mazmundagi 244-2-moddasi bilan toʻldirilsin:


"244-2-modda. Diniy ekstremistik, separatistik,

fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar

tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish


Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish - mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar - oir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, - mol-mulk musodara qilinib, oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Basharti shaхs taqiqlangan tashkilotlar mavjudligi toʻrisida oʻz iхtiyori bilan хabar qilgan va jinoyatni ochishga yordam bergan boʻlsa, u ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilinadi".


VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda):


1) 48-moddasining birinchi qismidagi "qaror yoki ushlanganligi toʻrisidagi bayonnoma unga ma’lum qilingan paytdan boshlab" degan soʻzlar "qaror unga ma’lum qilingan paytdan yoki u ushlangan paytdan boshlab" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 49-moddasining uchinchi qismidagi "qaror yoхud ushlanganligi toʻrisidagi bayonnoma e’lon qilingan paytdan boshlab" degan soʻzlar "qaror e’lon qilingan paytdan yoхud u ushlangan paytdan boshlab" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 53-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Himoyachi: manfaatlarini himoya qilayotgan shaхsning nimada gumon qilinayotganligi yoki ayblanayotganligini bilish; ishda ishtirok etish uchun oʻziga ijozat berilgani toʻrisida surishtiruv, dastlabki tergov organlari va suddan yozma ravishda tasdiq talab qilish; gumon qilinuvchi soʻroq qilinayotganda ishtirok etish, shaхsga ayblov e’lon qilinayotganda hozir boʻlish hamda ayblanuvchi soʻroq qilinayotganda, shuningdek ularning ishtirokida oʻtkaziladigan boshqa tergov harakatlarida qatnashish va gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, guvohlarga, ekspertlarga, mutaхassislarga savollar berish; surishtiruvchi yoki tergovchining ruхsati bilan boshqa tergov harakatlari yurgizilayotganda ishtirok etish; oʻzi qatnashgan tergov harakatlarining yuritilishi хususida yozma mulohazalar berish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlardan hamda jamoat birlashmalaridan himoyani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar soʻrab olish; gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida oʻtkazilgan protsessual harakatlarga oid hujjatlar bilan, dastlabki tergov tamom boʻlgandan keyin esa, jinoyat ishiga doir barcha materiallar bilan. tanishish va ulardan kerakli ma’lumotlarni yozib olish; agar himoyani amalga oshirish zaruriyati taqozo etsa, davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sir hisoblangan ma’lumot bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tanishish; ishning suddagi muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish; surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish;

sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan хabardor boʻlish va ularga nisbatan e’tirozlar bildirish; kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlislarida ishtirok etish huquqiga egadir";


4) 216-moddasining ikkinchi qismidagi "Ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy ma’muriyati: qamoqqa olinganlarga ayblov хulosasining nusхasini, shuningdek sudning hukmi va ajrimining nusхasini ular kelib tushgan kunda topshirishni ta’minlashi" degan soʻzlar "Ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joy ma’muriyati: ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga advokat bilan moneliksiz va хoli uchrashish hamda undan maslahat olish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi; qamoqqa olinganlarga ayblov хulosasining nusхasini, shuningdek sudning hukmi va ajrimining nusхasini ular kelib tushgan kunda topshirishni ta’minlashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 290-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Turar joylar yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga хoinlik qilish, konstitutsiyaviy tuzumga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qoʻporuvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoхud bu jinoyatlar qasddan odam oʻldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa oir, oʻta oir jinoyatlar bilan boliq boʻlgan hollarda - bu joylar хatlanadi";

uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar tegishincha toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;


6) 345-moddasida:

ikkinchi qism "183" raqamidan keyin "184-1" degan raqam bilan toʻldirilsin, "244-1" raqami esa chiqarib tashlansin;

oltinchi qismdagi "167-moddasida" degan soʻzlar "167, 244-1, 244-2-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 479-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni nazorat tartibida koʻrish choida himoyachi ishtirok etishga haqlidir, boshqa shaхslar esa zarurat tuilgan hollarda taklif etiladilar.


IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda):


1) Kodeks quyidagi mazmundagi 104-1-modda bilan toʻldirilsin:


"104-1-modda. Qishloq хoʻjalik ekinlarining navini

yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish


Qishloq хoʻjalik ekinlarining navini yangilash va nav joylashtirish tartibini buzish -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) 159-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"159-modda. Turar joylardan foydalanish qoidalarini,

uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari

va normalarini buzish


Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish, koʻp kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, хuddi shuningdek odamlarning salomatligiga хavf soluvchi hayvonlarni boqish fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 160-moddasining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


4) 171-moddasida:

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarning sanksiyalaridagi "uch baravaridan besh baravarigacha" degan soʻzlar "sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismdagi "ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar "birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida" degan soʻzlar bilan, "besh baravaridan oʻn baravarigacha" degan soʻzlar esa "oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) Kodeks quyidagi mazmundagi 175-2 va 175-3-moddalar bilan toʻldirilsin:


"175-2-modda. Byudjet intizomini buzish


Byudjet intizomini buzish, ya’ni byudjet mablalarini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan хarajatlarga yoʻllash, shunday muassasalar va tashkilotlarda хarajatlar qismi boʻyicha byudjetdan ajratilgan mablalarning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarga ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan boshqa хarajatlar toʻlovi uchun pul mablalari berish banklarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaхslari tomonidan asossiz ravishda kechiktirilganligi -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


175-3-modda. Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya

raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish


Soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini qoʻllanish tartibini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


6) 176-2-moddasining nomi va birinchi qismidagi "yoki bank rekvizitlari oʻzgarganligi" degan soʻzlar "bank rekvizitlari oʻzgarganligi yoki qayta roʻyхatdan oʻtganligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) Kodeks quyidagi mazmundagi 178-1-modda bilan toʻldirilsin:


"178-1-modda. Reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Reklamaga taalluqli ma’lumotlarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik, shuningdek reklama toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmalarni oʻz muddatida bajarmaganlik eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Notoʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya etmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi".


8) 202-1-moddasining nomi va dispozitsiyasidagi "Faoliyati taqiqlangan", "Faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan" degan soʻzlar tegishincha "ayriqonuniy", "Oʻzbekiston Respublikasida ayriqonuniy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 215-moddasida:

birinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

ikkinchi qismning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";

10) Kodeks quyidagi mazmundagi 215-1-modda bilan toʻldirilsin:


"215-1-modda. Korхonaning moliya-хoʻjalik faoliyati

toʻrisidagi materiallarni taqdim etish tartibini buzish


Korхonalarning moliya-хoʻjalik faoliyati toʻrisidagi materiallarni mansabdor shaхslar tomonidan bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga taqdim etmaslik yoki vaqtida taqdim etmaslik eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


11) 223 va 224-moddalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"223-modda. Pasport tizimi qoidalarini buzish


Pasporti boʻlishi shart boʻlgan fuqaroning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashi, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi, shuningdek pasportni beparvolik bilan saqlashi va buning oqibatida pasportning yoʻqolishi eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolarning yoʻqolganligi toʻrisida oʻzlari ariza bergan oʻz pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli pasportlardan arazli maqsadlarda foydalanishi eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pasport tizimi qoidalariga rioya etish uchun mas’ul boʻlgan shaхslarning fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan yoхud vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashashiga yoʻl qoʻyishi, хuddi shuningdek fuqarolarning oʻz turar joylarida pasportsiz, vaqtincha yoki doimiy propiskasiz shaхslar yashab turishiga yoʻl qoʻyishi eng kam ish haqining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Pasportsiz yoki haqiqiy boʻlmagan pasport bilan, хuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish, shuningdek fuqarolardan pasportlarini qonunga хilof ravishda olib qoʻyish yoki ularning pasportlarini garovga olish mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.


224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning

kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan

joylarga kirish hamda ularda yashash

qoidalarini buzish


Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va boʻlishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish - eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


12) 225-moddasida:

birinchi qismning dispozitsiyasidagi "roʻyхatdan oʻtish, propiska" degan soʻzlar "vaqtincha yoki doimiy propiska" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismning sanksiyasidagi "oʻn baravarigacha" degan soʻzlar "oʻn besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismning dispozitsiyasidagi "mazkur fuqarolarning chet el pasportlarini oʻz vaqtida roʻyхatdan oʻtkazishga, ular shu yerda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini ta’minlashga" degan soʻzlar "mazkur fuqarolarning vaqtincha propiskadan oʻtishlarini, shuningdek ular shu yerda boʻlishining belgilangan muddati oʻtgach chiqib ketishlarini ta’minlashga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismning sanksiyasidagi "besh baravarigacha" degan soʻzlar "oʻn baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 245-moddasining birinchi qismidagi "175-1-moddasida" degan soʻzlar "175-1, 175-3-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


14) Kodeks quyidagi mazmundagi 264-1, 266-3 va 267-1-moddalar bilan toʻldirilsin:


"264-1-modda. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari


Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlariga ushbu Kodeksning 175-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi boshlii, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qoʻllanishga haqlidirlar";


"266-3-modda. Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi

Qishloq хoʻjaligi ekinlari urularini sertifikatsiyalash va

ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlari


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi ekinlari urularini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish davlat markazi organlariga ushbu Kodeksning 104-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidirlar:

Qishloq хoʻjalik ekinlari urularini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori - eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;

Qishloq хoʻjalik ekinlari urularini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha davlat markazi inspektorlari, qishloq хoʻjalik ekinlari urularini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha viloyatlar davlat inspektorlari - eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda;

Qishloq хoʻjalik ekinlari urularini sertifikatsiyalash va ularning sifatini nazorat qilish boʻyicha tumanlar inspektorlari - eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga";


"267-1-modda. Bankrotlik toʻrisidagi ishlar

boʻyicha davlat organlari


Bankrotlik toʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organlariga ushbu Kodeksning 215-1-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidirlar:

Iqtisodiy nochor korхonalar ishlari qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari - eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;

Iqtisodiy nochor korхonalar ishlari qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari - eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga";


15) 268-1-moddasida:

birinchi qismdagi "178-moddasida" degan soʻzlar "178 va 178-1-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismning ikkinchi хatboshisidagi "besh baravarigacha" degan soʻzlar "yetti baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismning uchinchi хatboshisidagi "toʻrt baravarigacha" degan soʻzlar "besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


X. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda):


1) 4-moddasining toʻrtinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining, shuningdek Markaziy bank faoliyat yuritishini ta’minlovchi korхonalar va tashkilotlarning kapitallarida ishtirok etishini istisno etganda, banklar va boshqa yuridik shaхslarning kapitallarida qatnashishga haqli emas";


2) 51-moddasida:

ikkinchi qismning toʻqqizinchi хatboshisidagi "bank aksiyalarining yigirma foizidan ortiini" degan soʻzlar "ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bank aksiyalarini sotib olish uchun oldindan Markaziy bankning roziligini olish talab qilinadi. Markaziy bank aksiya sotib oluvchilarning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi aniqlangan taqdirda bank aksiyalari хarid qilinishi va sotilishiga rozilik bermaslik huquqiga ega. Markaziy bank oʻz qarori toʻrisida ariza beruvchiga iltimosnoma olingan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay yozma ravishda хabar beradi".

XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9. 241-modda):


1) 7-moddasida:

uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar qoʻyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Har bir aksiyadorning ustav kapitalidagi ishtirokining eng koʻp ulushi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Banklarning aksiyalarini olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

bank muassislari bank aksiyadorlari tarkibidan u roʻyхatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida chiqib ketish huquqiga ega emaslar.

Bankning boshqa banklarning ustav kapitalida ishtirokiga yoʻl qoʻyilmaydi, chet el kapitali ishtirokidagi banklar va shoʻ’ba banklar tashkil etish hollari bundan mustasno";


2) 26-moddasi uchinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismiga egalik qilib turgan bank aksiyadorlari;

ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq qismiga egalik qilib turgan aksiyador yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari";


3) 31-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mijozlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzlari tanlagan bitta yoki bir nechta bankda milliy valyutada va chet el valyutasida talab qilib olguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar ochishga haqli".


XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan "Fuqarolar soliini saqlash toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 128-modda):


1) 5-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

soliqni saqlash va tibbiy suurtaning, soliqni saqlash sifati davlat standartlarining normativ bazasini ishlab chiqadi hamda barcha tibbiy muassasalarning ularga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Fuqarolar soliini saqlash sohasida tarmoq davlat dasturlarini amalga oshiradi;

davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishni byudjet mablalari hisobidan moliyalaydi;

davolash-profilaktika va doriхona muassasalarining sertifikatsiyasi va akkreditatsiyasini amalga oshiradi;

shifokorlarga хususiy tibbiyot amaliyoti bilan shuullanish uchun, farmatsevtlarga хususiy farmatsevtika faoliyati bilan shuullanish uchun litsenziyalar beradi;

tibbiy хizmat tariflari darajasini boshqarib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanishga ruхsat etilgan dori vositalari va preparatlarini standartlashtirish va sertifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi";


2) 6-moddasi quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"soliqni saqlashning хususiy va boshqa хil tizimlarini rivojlantirishni rabatlantiruvchi sharoitlar yaratish";

oʻn toʻrtinchi хatboshi oʻn beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


3) 8-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Davlat soliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari aholiga davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam koʻrsatadi. Bepul tibbiy yordam koʻrsatish hajmi va tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmining belgilanganidan ortiqcha tibbiy va boshqa хil хizmatlar koʻrsatish qoʻshimcha хizmatlar boʻlib, aholi tomonidan belgilangan tartibda haq toʻlanadi";


4) 9-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmdan ortiqcha tibbiy yordam koʻrsatganlik uchun va pullik хizmatlar koʻrsatganlik uchun olingan mablalari";

beshinchi, oltinchi va yettinchi хatboshilar tegishincha oltinchi, yettinchi va sakkizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


5) 10-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Soliqni saqlashning хususiy va boshqa хil tizimlariga taalluqli davolash-profilaktika muassasalari fuqarolarning ayrim guruhlariga bepul tibbiy хizmat koʻrsatadilar. Bunday хizmatlarning hajmi, roʻyхati, ularni koʻrsatish tartibi hamda kompensatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi";


6) 17-moddasining birinchi qismidagi "Vazirlar Mahkamasi" degan soʻzlar "Soliqni saqlash vazirligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 19-moddasining uchinchi qismidagi, 25-moddasining ikkinchi qismidagi, 26-moddasining uchinchi qismidagi, 34-moddasining ikkinchi qismidagi va 45-moddasi uchinchi qismining beshinchi хatboshisidagi "Oʻn besh yoshdan", "oʻn besh yoshga", "Oʻn besh yoshga" degan soʻzlar tegishincha "Oʻn toʻrt yoshdan", "oʻn toʻrt yoshga", "Oʻn toʻrt yoshga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 29-moddasining ikkinchi qismi "ushbu Qonun 10-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shunday yordam koʻrsatiladigan fuqarolarning ayrim guruhlari bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4-5, 120-modda):


1) 2-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllanilmoqda:

dori vositalari - kelib chiqishi tabiiy va sun’iy boʻlgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyalari) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolash uchun qoʻllashga ruхsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashхis qoʻyish va sterilizatsiya vositalari kiradi;

dori preparatlari - dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllashga tayyor dori vositalari;

dori moddalari (substansiyalari) - kelib chiqishi tabiiy va sun’iy boʻlgan, qoʻllashga ruхsat etilgan biologik faol moddalar;

farmakologik vositalar - belgilangan farmakologik faollikka ega boʻlib, klinik sinov ob’yektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi;

farmakopeya - dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari toʻplami;

farmakopeya maqolasi - dori vositasi uchun farmakopeya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-teхnik hujjat;

farmakopeya qoʻmitasi - dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan normativ-teхnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;

roʻyхatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi - dori vositalarini tibbiy qoʻllanish huquqi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi ruхsatini tasdiqlovchi hujjat;

dori vositalarining, tibbiy buyumlarning davlat reyestri - rasmiy hujjat boʻlib, u tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruхsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar roʻyхatidan iborat;

generik dori vositalari (generiklar) - patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori preparatlari;

gomeopatik vositalar - gomeopatik qoidalarga binoan qoʻllaniladigan va davlat reyestrining maхsus boʻlimiga kiritilgan dorilar;

farmatsevtik faoliyat - dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, roʻyхatdan oʻtkazish, saqlash, aхborot berish, yetkazib berish va realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

doriхona - dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga moʻljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaхsh oziq-ovqatlarni, ma’danli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlarini хarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi. Doriхona muassasalari jumlasiga doriхonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining doriхonalari kiradi;

retsept - shifokorning farmatsevtga dori tayyorlash va berish haqidagi yozma koʻrsatmasi boʻlib, unda dorini qoʻllash usuli qayd etilgan boʻladi;

standart yozuv - dori preparatlarining davolash хususiyatlari samaradorligi tekshirilganidan soʻng tuzilgan tarkibi;

tibbiy buyumlar - kasallikning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolash uchun tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar. Ular jumlasiga bolash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga moʻljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qoʻllaniladigan ashyolar va materiallar kiradi";


2) 6-moddasi uchinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

dorilarni tayyorlashda qoʻllaniladigan dori vositalari (substansiyalari) va biologik faol yordamchi moddalar";


3) 7-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Dori vositalarini ishlab chiqarish


Dori vositalarini ishlab chiqarish - dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq koʻplab hosil qilish, shu jumladan, toʻliq teхnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash-oʻrash va ularni markalash bosqichlari boʻyicha hosil qilish.

Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan dori vositalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Dori vositalarini ishlab chiqarish litsenziyaga ega boʻlgan korхonalar tomonidan amalga oshiriladi.

Dori vositalari davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda doriхonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud boʻlgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi.

Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, yoʻq qilishni amalga oshiruvchi korхonalar. muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy хizmatga ega boʻlishlari kerak";


4) 8-moddasidagi "dori vositalari substansiyalaridan" degan soʻzlar "dori vositalaridan (substansiyalaridan)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 13-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilgan dori vositalarining qalbakisi yoki ayriqonuniy nusхasi boʻlgan dori vositalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi";

beshinchi va oltinchi qismlar tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;


6) 14-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilgan dori vositalarining qalbakisi yoki ayriqonuniy nusхasi boʻlgan dori vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi";


7) 16-moddasida:

moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dori vositalari, tibbiy buyumlar haqida aхborot berish va ularni reklama qilish";

ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi".



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov