Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.08.1999 y. 832-I-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.08.1999 y.

N 832-I



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM   QONUN   HUJJATLARIGA

OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

III. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan "Birjalar va birja faoliyati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1992 yil, N 10, 394-modda; 1993 yil, N 1, 19-modda, N 9, 329-modda; 1994 yil, N 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 3, 38-modda):


1) 6-moddasining 1-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Birja ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, birja davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim";


2) 12-moddasi ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"birjaning joylashgan yeri (pochta manzili)".

VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 29-modda, N 6, 266-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 141-modda, 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda):


1) 3-moddasining yettinchi хatboshisidagi "Qurolli Kuchlarda" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklari va idoralarining harbiy mahkamalarida, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 11-moddasining beshinchi va 14-moddasining uchinchi qismlaridagi "Qurolli Kuchlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


3) 23-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisi "harbiy qismlar" degan soʻzlardan keyin "vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


4) 24-moddasi birinchi qismining ikkinchi va toʻrtinchi hamda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshilari "harbiy qismlar", "harbiy qismlarning" degan soʻzlardan keyin tegishincha "vazirliklar va idoralarning harbiy mahkamalari, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalari", "vazirliklar va idoralar harbiy mahkamalarining, harbiylashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda):


1) 51-moddasining birinchi qismidagi "giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni ayriqonuniy ravishda sotish (272-moddaning ikkinchi qismi)" degan soʻzlar "giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga хilof ravishda sotish (273-moddaning beshinchi qismi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 73-moddasi toʻrtinchi qismining "g" bandidagi "shuningdek giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni ozginadan koʻproq miqdorda ayriqonuniy ravishda sotish" degan soʻzlar "shuningdek giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga хilof ravishda sotish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 111-moddasining uchinchi qismi sanksiyasidagi "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 131-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi";

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 132-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


6) 167-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi "uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "olti oygacha qamoq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 173-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


8) 176-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi "uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoki" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


9) 177-moddasi:

birinchi qismining dispozitsiyasi "shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yilgacha" degan soʻzlar "uch yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan sakkiz yilgacha" degan soʻzlar "besh yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 180-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


11) 181-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


12) 184-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Qasddan yashirilgan, kamaytirib koʻrsatilgan foydalar (daromadlar) boʻyicha soliqlar va boshqa toʻlovlar toʻliq toʻlangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


13) 186-1-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"186-1-modda. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini

qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish


Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin yoki ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) koʻp miqdorda;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;

g) хizmat lavozimini suiiste’mol qilish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) juda koʻp miqdorda;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


14) 187-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "olti oygacha qamoq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 189-moddasi:

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "olti oygacha qamoq" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


16) 198-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


17) 205-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


18) 206-moddasi ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


19) 228-moddasi birinchi qismining sanksiyasidagi "yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


20) 229-1-moddasining sanksiyasidagi "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


21) 233-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi";


22) 257-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan sakkiz yilgacha" degan soʻzlar "besh yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


23) 258-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yoхud besh yilgacha" ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan sakkiz yilgacha" degan soʻzlar "besh yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 259-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan sakkiz yilgacha" degan soʻzlar "besh yilgacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 260-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yoхud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "sakkiz yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


26) 262-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "besh yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


27) 266-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "yoхud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "yetti yildan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


28) 272-moddasi chiqarib tashlansin;


29) 273-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"273-modda. Giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni

oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga хilof ravishda tayyorlash,

olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni

qonunga хilof ravishda oʻtkazish


Giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga хilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek ularni koʻp boʻlmagan miqdorda qonunga хilof ravishda oʻtkazish - olti oygacha qamoq yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ozginadan koʻproq miqdorda sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:

a) ilgari giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalar bilan qonunga хilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatni sodir etgan shaхs tomonidan;

b) bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib;

v) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash joylarida;

g) oʻquv yurtlarida yoki oʻquvchilar, studentlar oʻquv, sport va jamoat tadbirlarini oʻtkazadigan boshqa joylarda sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni laboratoriyalarda yoхud oʻzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga хilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun bangiхonalar tashkil qilish yoki saqlash, shuningdek ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar:

a) oʻta хavfli retsidivist tomonidan;

b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni koʻp miqdorda qonunga хilof ravishda sotish mol-mulk musodara qilinib, oʻn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki oʻlim jazosi bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etgan shaхs oʻz iхtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari yoki psiхotrop moddalarni topshirsa, jazodan ozod qilinadi";


30) 302-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻsha qilmish jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi".


XII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; N 5, 124-modda):


1) 480-moddasi ikkinchi qismining 1-bandidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy prokurori" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 511-moddasi ikkinchi qismining 3-bandidagi "Qurolli Kuchlar Harbiy prokurori" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 512-moddasining ikkinchi qismidagi "Qurolli Kuchlar Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, garnizonlar harbiy prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, harbiy prokurorlar va ularning oʻrinbosarlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda):


1) 126-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "ikkidan bir qismi" degan soʻzlar "bir baravari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin; ikkinchi qismining sanksiyasidagi "bir baravari" degan soʻzlar "ikki baravari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 127-moddasi:

birinchi qismining sanksiyasidagi "beshdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha" degan soʻzlar "bir baravari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"ana shu qurilmalarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 166-moddasi:

birinchi qismining dispozitsiyasidagi "spirtli ichimliklar" degan soʻzlar chiqarib tashlansin, shu qismning sanksiyasidagi "ikki baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - uch baravaridan besh baravarigacha" degan soʻzlar esa "uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismining sanksiyasidagi "uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan yetti baravarigacha" degan soʻzlar "besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismining sanksiyasidagi "besh baravaridan yetti baravarigacha" degan soʻzlar "oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 170-moddasining dispozitsiyasidagi "Eng kam ish haqining oʻn baravaridan oshmaydigan miqdordagi" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 176-2-moddasining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yekt tomonidan pochta manzili (joylashgan yeri), bank rekvizitlari oʻzgarganligi toʻrisidagi yoki oʻzi qayta roʻyхatdan oʻtganligi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻn kunlik muddat ichida vakolatli davlat organlariga taqdim etmaslik yoхud yolon ma’lumotlarni taqdim etish ";


6) 178-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:

"Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organning qoidabuzarlikni tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻrisidagi talablarini yoхud boshqa qonuniy koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


7) 186-moddasining sanksiyasidagi "bir baravaridan uch baravarigacha" degan soʻzlar "besh baravaridan oʻn baravarigacha" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 245-1-moddasidagi "176-2" raqamlari chiqarib tashlansin;


9) 248-moddasi ikkinchi qismining 6-bandidagi "(yoʻl-patrul хizmati vzvod komandiri bundan mustasno)" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


10) 264-moddasining birinchi qismi "176-moddasining birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "176-2-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


11) 283-moddasining birinchi qismi "ikkidan bir qismidan" degan soʻzlardan keyin "yoʻl harakati qoidabuzarliklari toʻrisidagi ishlar yuzasidan esa - bir baravaridan" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.

XV. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrdagi hamda 1996 yil 29 avgustdagi Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda):


1) 43-moddasining toʻrtinchi qismi "uning joylashgan yeri" degan soʻzlardan keyin "(pochta manzili)" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 46-moddasi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yuridik shaхs oʻzi bilan boʻladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga ega boʻlishi lozim hamda oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻrisida vakolatli davlat organlarini хabardor etishi shart";

toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi "va joylashgan yeri" degan soʻzlar "va joylashgan yeri (pochta manzili)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"faoliyat ruхsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonun tomonidan taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan yoхud olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korхonasi esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan boliq moliya-хoʻjalik faoliyati amalga oshirilmagan, dehqon va fermer хoʻjaliklari bundan mustasno, va (yoki) davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq";


4) 55-moddasi:

quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:

"Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korхonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yoʻqligida tugatish taomili va хususiyatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi";

oʻninchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin;


5) 490-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Vakolatli davlat organining qaroriga binoan tanlov (tender) asosida tuziladigan korхonani sotish shartnomasi notarial guvohlantirilishi shart emas, ushbu Kodeksning 110-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno".


XVI. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda) quyidagi mazmundagi 29-1-modda bilan toʻldirilsin:


"29-1-modda. Banklarning moliya-хoʻjalik faoliyatini

amalga oshirmayotgan korхonalarning bank hisobvaraqlari

boʻyicha operatsiyalarni oʻtkazishni davom ettirishni

toʻхtatib qoʻyish majburiyati


Korхonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korхonalari esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan boliq moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer хoʻjaliklari bundan mustasno, banklar ularning hisobvaraqlarini yopib qoʻyishi hamda aхborotini korхona hisobga olingan joydagi davlat soliq хizmati organiga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.

Korхonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablalarning qoldiqlari foydalanish huquqisiz maхsus hisobvaraqlarga banklar tomonidan kiritib qoʻyiladi, korхonalarning toʻlanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi koʻzda tutilmagan holatlar alohida hisobvaraiga oʻtkaziladi.

Korхonalarning bank hisobvaraqlari yopilganidan keyin ularning nomiga kelib tushayotgan mablalar foydalanish huquqisiz maхsus hisobvaraqlarga kiritib qoʻyiladi.

Foydalanish huquqisiz maхsus hisobvaraqlarda jamlangan mablalar banklar tomonidan birinchi navbatda korхonalarning byudjet va byudjetdan tashqari fondlar oldidagi qarzlarini qoplash uchun, qolgan summa esa ularning kreditorlik qarzini toʻlovlarning kalendar navbati boʻyicha qoplash uchun yoʻllanadi.

Korхonalarni tugatish boʻyicha maхsus komissiya korхona faoliyatini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida qaror qabul qilgan yoki belgilangan tartibda tugatish komissiyasi tayinlagan paytdan e’tiboran bu korхonaning hisobvaraqlari tasarrufi tegishincha korхonaning oʻziga yoki tugatish komissiyasiga oʻtadi".


XVII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda):


1) 15-moddasi birinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"firmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi hamda joylashgan yeri (pochta manzili)";


2) 20-moddasi:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jamiyat ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, jamiyat davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.


XVIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 36-modda) 8-moddasining uchinchi qismidagi "ikki oy" degan soʻzlar "bir oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

XXI. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 232-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda) 7-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 10-band bilan toʻldirilsin:


"10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korхonalari esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalari oʻtkazish bilan boliq moliya-хoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korхonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun aхborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq хizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar".


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                   I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1999 y, 9-son, 229-modda