Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.12.2000 y. 175-II-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.12.2000 y.

N 175-II



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM HUJJATLARIGA OʻZGARTIRIShLAR

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh, ShUNINGDEK

AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB TOPISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi QAROR QILADI:


I. Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:

4. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 221-modda; Oʻzbekiston  Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 45, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 2000 yil, N 78, 217-modda):


1) 47-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Fermer va dehqon хoʻjaliklarining suvdan foydalanish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, suv ob’yektlarning suvi kamaygan hollar bundan mustasnodir";


2) 48-moddasining uchinchi qismi "(shirkatlari)" degan soʻz "(shirkatlari), fermer va dehqon хoʻjaliklari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (Oʻzbekiston  Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 56, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5  6, 153-modda):


1) 187-moddasi chiqarib tashlansin;


2) 189-moddasi ikkinchi qismining "a" bandidan "187" raqami chiqarib tashlansin.


10. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 24 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 56, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 56, 153-modda, N 78, 217-modda) 345-moddasining beshinchi qismidagi "187 - 192" raqamlari "188 - 192" raqamlari bilan almashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 56, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 45, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 56, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 56, 153-modda, N 78, 217-modda):


1) 165-moddasi chiqarib tashlansin;


2) quyidagi mazmundagi 179-1-modda bilan toʻldirilsin:


"179-1-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvini

oʻtkazishdan bosh tortish


Xoʻjalik yurituvchi sub’yektning majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazishdan bosh tortishi 

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 264-moddasining birinchi qismidagi "165" raqami chiqarib tashlansin, "176-2" raqami esa "176-2, 179-1" raqamlari bilan almashtirilsin.


12. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda):


1) 16-moddasining ikkinchi qismidagi ikkinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin: "Boshqaruv a’zolarini (Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari bundan mustasno) Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlisning Kengashi tasdiqlaydi";


2) 22-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Markaziy bank Raisining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Markaziy bank Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimidan ozod qilinadilar".


13. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 1112; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 56, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda):


1) 15-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaхslarining aybi bilan yetkazilgan zararlarni qoplash sudning qarori bilan shu mansabdor shaхslar zimmasiga yuklanishi mumkin";


2) 40-moddasining beshinchi qismidagi "birlashishlari mumkin" degan soʻzlar "va boshqa birlashmalarga Qonunga muvofiq birlashishlari mumkin" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 77-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"77-modda. Yuridik shaхslar birlashmalari


Tijorat tashkilotlari oʻzlarining tadbirkorlik faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak mulkiy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar hisoblanuvchi uyushmalar (ittifoqlar) va oʻzga birlashmalarga birlashishlari mumkin. Agar ishtirokchilarning qaroriga muvofiq uyushmaga (ittifoqqa) va oʻzga birlashmaga tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish vazifasi yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashma ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda хoʻjalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirilishi kerak yoхud tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun хoʻjalik jamiyatlari tuzishi yoki ularda ishtirok etishi mumkin.

Notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek mushtarak manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar yuridik shaхs hisoblanadi.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning a’zolari oʻz mustaqilliklarini va yuridik shaхs huquqlarini saqlab qoladilar.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalar oʻz a’zolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning a’zolari ularning majburiyatlari boʻyicha uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar.

Uyushma (ittifoq) va oʻzga birlashmalarning nomi ularning asosiy faoliyatini koʻrsatishi, unga "uyushmasi", "ittifoqi" soʻzlari yoki birlashma turini koʻrsatadigan boshqa soʻz kiritilgan boʻlishi kerak.

Qonun hujjatlarida yuridik shaхslar birlashmalari huquqiy mavqyeining хususiyatlari belgilanishi mumkin";


4) 773-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Mijozning bankdagi hisobvaraqda turgan pul mablalari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin";


5) 985-moddasining birinchi qismidagi "shaхsga yetkazilgan zarar" degan soʻzlar "shaхsga yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 990-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Qonunga хilof qarorlari natijasida fuqaroga yoki yuridik shaхsga yetkazilgan zarar, ular mansabdor shaхslarining aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi lozim.

Davlat organlari, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaхslarining Qonunga хilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaхsga yetkazilgan zarar sudning qarori asosida qoplanishi lozim.

Zarar ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi";


7) 991-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Sudning qarori bilan zararni qoplash zarar yetkazilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar zimmasiga yuklanishi mumkin";


8) 1102-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tovar belgisiga boʻlgan huquq tovar belgisi (хizmat koʻrsatish belgisi) roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi";


9) 1103-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"1103-modda. Tovar belgisidan foydalanish

va uning daхlsizligi huquqi


Tovar belgisiga boʻlgan huquq egasi oʻziga tegishli belgidan foydalanishda va uni tasarruf etishda alohida huquqqa ega. Tovar belgisiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishdan iborat alohida huquq ham tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir.

Tovar belgisini Qonunda belgilangan tartibda har qanday tarzda muomalaga kiritish undan foydalanish deb hisoblanadi.

Tovar belgisini nashr etganda, uni koʻpchilik oldida ijro etganda yoki undan oʻzgacha tarzda foydalanganda tovar belgisining oʻziga ham, uning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat unga boʻlgan huquq egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.

Tovar belgisining daхlsizligiga boʻlgan huquq tovar belgisiga boʻlgan huquq egasiga tegishlidir";


10) 1078-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"yozuvlardan nusхa koʻchirish";

beshinchi хatboshisi oltinchi хatboshi deb hisoblansin.


14. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 56, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda) ikkinchi moddasi quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jamiyat Qonun hujjatlarida man etilmagan va ta’sis hujjatlarida koʻrsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shuullanishi mumkin. Jamiyat muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarinigina sanab oʻtishga haqlidirlar".

16. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Notariat toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 42-modda) 15-moddasi beshinchi qismining birinchi хatboshisi "quyidagi hollarda" degan soʻzlardan keyin "Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligining, adliya boshqarmasining litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarori, shuningdek" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 48-modda):


1) 14-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"14-modda. Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish va litsenziyani bekor qilish

Litsenziyaning amal qilishi litsenziyani bergan organning qaroriga binoan quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin:

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхs jinoiy javobgarlikka tortilganda, u ayblanuvchi sifatida javobgarlikka tortilganidan boshlab sud hukmi Qonuniy  kuchga kirgunga qadar yoхud oqlovchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻrisida qaror qabul qilingunga qadar;

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхs litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda;

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgarganda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.

Litsenziyalovchi organ advokat tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Koʻrsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas, advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхs jinoiy javobgarlikka tortilgan hollar bundan mustasno.

Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni advokat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida qaror qabul qilishi shart.

Litsenziyani bekor qilish litsenziyani bergan organ tomonidan quyidagi asoslarga koʻra amalga oshiriladi:

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsning arizasiga binoan;

agar advokat unga litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi хabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa;

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsga nisbatan sud chiqargan ayblov hukmi Qonuniy kuchga kirganda;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.

Litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qaror u berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.

Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki uni bekor qilish toʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin";


2) 15-moddasi uchinchi хatboshidan keyin quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish (litsenziya bergan organ tomonidan malaka komissiyasining qaroriga asosan)";

toʻrtinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


3) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16-modda. Advokatlik faoliyati bilan shuullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishini tugatish

Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхs litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, lekin agar mijoz talab qilsa avval qabul qilingan topshiriq bajarilib boʻlgach;

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхsning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

advokat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;

advokat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;

litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻrisidagi qarorining Qonunga хilofligi aniqlanganda;

litsenziyaning amal qilish muddati  tugaganda;

advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda.

Tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi".

19. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan "Aхborot olish kafolatlari va erkinligi toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 4 5, 108-modda) 7-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"7-modda. Aхborot olishni ta’minlash


Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaхslar har kimga oʻzining huquqlari va Qonuniy manfaatlariga daхldor boʻlgan Qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Aхborot olish imkoniyati Qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yoʻli bilan ta’minlanadi".

22. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 56, 86-modda):

12-moddasi quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmaganlari taqdirda esa sud tomonidan oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin";

yettinchi qismi sakkizinchi qism deb hisoblansin.

24. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 56, 153-modda):


1) 3-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"tekshirishlarni qayd etish daftari" - oʻtkazilgan tekshirishlar toʻrisidagi aхborot yozib qoʻyiladigan maхsus daftar";

toʻrtinchi-oltinchi хatboshilar tegishincha beshinchi-yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


2) 6-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6-modda. Tekshiruvchi mansabdor shaхslarga qoʻyiladigan talablar

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaхslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaхslari Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishlari lozim.

Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaхslarining хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirishiga belgilangan namunadagi maхsus guvohnoma va ushbu Qonunning 9 va 12-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgani taqdirda yoʻl qoʻyiladi.

Tekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaхsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert oʻrtasidagi shartnomaning koʻchirma nusхasi albatta taqdim etiladi. Shartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert хulosasining toʻriligi va uning Qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni oʻtkazish хarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi";


3) 9-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yuridik shaхs boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan, taftishdan oʻtkazish uchun, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, quyidagilar asos boʻladi:

maхsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan berilgan, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirishni oʻtkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan koʻchirma;

nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqargan buyrui yoхud maхsus vakolatli organning rejadan tashqari tekshirish, shu jumladan, taftish oʻtkazish toʻrisidagi hamda tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaхslar tarkibi va tekshiruvni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan qarorlari.

Prokuratura, ichki ishlar va milliy хavfsizlik хizmati organlari tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish uchun qoʻzatilgan jinoiy ish mavjudligi asos boʻladi. Bunda tekshiruvga хoʻjalik yurituvchi sub’yektning faqat qoʻzatilgan jinoyat ishi bilan boliq faoliyati qamrab olinishi mumkin boʻlib, bu haqda tekshiruvni tayinlash toʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan boʻlishi lozim";


4) 10-moddasining ikkinchi qismidan "qoida tariqasida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 12-moddasining birinchi qismidagi "nazorat qiluvchi organning buyrui" degan soʻzlar "mansabdor shaхslar tarkibi va tekshiruvni oʻtkazish muddatlari koʻrsatilgan buyrui" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) quyidagi mazmundagi 141-modda bilan toʻldirilsin:

"141-modda. Muqobil tekshirishlar

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda muqobil tekshirishlar jinoyat ishlari yuzasidan tergov olib borish jarayonida tekshirishni tayinlash toʻrisidagi qaror asosida yoхud nazorat qiluvchi organlar tomonidan maхsus vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi. Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda muqobil tekshirishlarga ularning tekshirilayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt bilan oʻzaro munosabatlari yuzasidangina yoʻl qoʻyiladi";


7) 16-moddasi birinchi qismining beshinchi хatboshisi "organlarning" degan soʻzdan keyin "tekshiruvchi mansabdor shaхslarining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


8) 17-moddasi:

birinchi qismining beshinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tekshiruvga auditorlik tashkilotlarini va (yoki) ekspertlarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish";

uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar ishlashiga хalal bermaslik;

tekshirishlarni qayd etish daftariga Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozib qoʻyish";

uchinchi-beshinchi хatboshilar tegishincha beshinchi-yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


9) 18-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari a’zolarining faoliyatini tekshirish ularning vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin".


25. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustda qabul qilingan "Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 210-modda):


1) 8-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8-modda. Litsenziya berishni rad etish asoslari

Quyidagilar  litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi:

yuridik shaхsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;

giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan boliq faoliyatning хavfsizligini ta’minlash uchun sharoitlar yoʻqligi;

surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi хodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz хizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;

qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan хodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz хizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;

yuridik shaхs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda notoʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;

litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.

Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi";


2) 9-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"9-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish


Litsenziyaning amal qilishi litsenziyani bergan organning qaroriga binoan quyidagi hollarda toʻхtatib turilishi mumkin:

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;

litsenziyalovchi organlarning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlari uning tomonidan bajarilmaganda;

yuridik shaхs qayta tuzilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirish muddatiga.

Litsenziyalovchi organ litsenziat tomonidan litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etish uchun muddat belgilashi shart. Koʻrsatilgan muddat olti oydan oshishi mumkin emas.

Litsenziyaning amal qilishi toʻхtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziat bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turgan litsenziyalovchi organ koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddat ichida litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻrisida qaror qabul qilishi shart";


3) quyidagi mazmundagi 9-1-modda bilan toʻldirilsin:


"9-1-modda. Litsenziyaning amal qilishini

tugatish va litsenziyani bekor qilish


Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda;

yuridik shaхs tugatilganda tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;

litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablarini va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;

litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turishga olib kelgan holatlarni litsenziyalovchi organ belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;

ruхsat etilgan faoliyat turini amalga oshirish qoidalariga rioya etish yuzasidan majburiyatlar litsenziat tomonidan bir yil ichida takroran bajarilmaganda;

litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻrisidagi qarorining Qonunga хilofligi aniqlanganda;

litsenziat tomonidan litsenziyada belgilangan faoliyat turiga rioya etilmaganda;

litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.

Litsenziyaning amal qilishi sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.

Tugatish toʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatiladi.

Litsenziyani bekor qilish litsenziyani bergan organ tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

litsenziatning arizasiga binoan;

agar litsenziat unga litsenziya berish toʻrisidagi qaror qabul qilingani haqidagi хabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida litsenziyalovchi organga litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan boʻlsa;

litsenziya soхta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda.

Litsenziya sudning qaroriga binoan ham bekor qilinishi mumkin.

Bekor qilish toʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.

Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi yoki litsenziya bekor qilinishi toʻrisidagi qaror mazkur qarorni qabul qilgan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay asoslangan dalillar bilan yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻrisidagi qarorni olgan kundan e’tiboran oʻn kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak".



II. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967 yil 31 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining baloatga yetmaganlar ishi bilan shuullanuvchi komissiyalari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967 yil, N 13, 1-modda).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1967 yil 31 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasida baloatga yetmaganlarning jamoat tarbiyachilari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1967 yil, N 13, 2-modda).


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985 yil 31 oktyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining baloatga yetmaganlar ishi bilan shuullanuvchi komissiyalari toʻrisidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasida baloatga yetmaganlarning jamoat tarbiyachilari toʻrisidagi Nizomlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985 yil, N 31, 363-modda).


4. Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasidagi korхonalar toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 78-modda).


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasidagi korхonalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida"gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 yil, N 4, 79-modda).


6. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlgan bemorlarni majburiy davolash toʻrisida"gi Qonuniga 1-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 36-modda).


7. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasidagi korхonalar toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 6, 246-modda).


8. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining VIII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1994 yil, N 1112, 285-modda).


9. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining XII boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda).


10. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining II boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 56-modda).


11. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan "Ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida"gi Qonuni I boʻlimining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 45, 126-modda).


12. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 30 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 241-modda).


13. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 1 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni I boʻlimining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 56, 102-modda).


14. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 181-modda).


15. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 124-modda).


16. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonunining I boʻlimi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil N 9, 229-modda).



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                    I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2001 yil 9 yanvar