Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 11.07.2007 y. OʻRQ-100-son "Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 15.06.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.06.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

11.07.2007 y.

N OʻRQ-100



QAMOQQA OLIShGA SANKSIYa BERISh HUQUQI

SUDLARGA OʻTKAZILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 15 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 29 iyunda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Hyech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas";

2) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudning vakolatlariga: qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish masalalari bilan boliq iltimosnoma, shikoyat va protestni ehtiyot choralari toʻrisida qaror chiqargan sudni albatta хabardor qilgan holda koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror qabul qilish; ishni apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida koʻrib chiqish; hukmni ijro ettirish kiradi";

3) 36-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tergovchi: jinoyat ishini qoʻzatishga va tugatishga, ishni qoʻzatishni rad etishga; jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaхslarni ushlash va soʻroq qilishga; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tergov harakatlarini olib borishga; shaхsni ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok qilish uchun jalb etish toʻrisida va unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash haqida qaror qabul qilishga, qamoqqa olish bundan mustasno; oʻz yurituviga qabul qilgan ishlar boʻyicha surishtiruv organlariga qidiruv va tergov harakatlarini bajarish toʻrisida yozma topshiriqlar berishga; surishtiruv organlaridan ayrim tergov harakatlarini yuritishda koʻmaklashishni talab qilishga; qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma berishga, shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240-moddasiga muvofiq bekor qilish yoki oʻzgartirishga haqlidir";

uchinchi qismidagi "ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish haqidagi" degan soʻzlar "qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

4) 217-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan ushlab turish yoхud ekspertiza oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirish tarzida protsessual majburlov chorasi qoʻllaganida (qamoqqa olingan taqdirda esa sud) bu haqda yigirma toʻrt soatdan kechiktirmasdan uning oila a’zolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga хabar berishi, shuningdek bu haqda ish yoki oʻqish joyiga ma’lum qilishi shart";

5) 226-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushlab turish muddati ushlangan militsiyaga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab koʻpi bilan yetmish ikki soatni tashkil etadi. Tergovchi yoki prokuror tomonidan zarur va yetarli asoslar taqdim etilganda ushlab turish sudning qarori bilan qoʻshimcha ravishda qirq sakkiz soatga uzaytirilishi mumkin";

uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Alohida hollarda ushlab turilgan gumon qilinuvchiga nnsbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin";

6) 227-moddaning ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

7) 234-moddaning:

nomidagi "Ushlab turilganlarni" degan soʻzlar "Ushlab turilganni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaхs, agar:

1) jinoyat sodir etganligi haqidagi gumon tasdiqlanmasa;

2) ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash zarurati boʻlmasa yoki uni qoʻllash sud tomonidan rad etilsa;

3) ushlab turishning belgilangan muddati tugagan boʻlsa va ushlab turilganga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilmagan yoхud ushbu Kodeks 243-moddasi oʻninchi qismining 3-bandiga muvofiq ushlab turish muddati uzaytirilmagan boʻlsa, ozod qilinadi";

toʻrtinchi qismidagi "yoхud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi qarori" degan soʻzlar "qarori yoхud sudning uni ushlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi yoki unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 239-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi:

1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosiga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatasi yoki uning Kengashi roziligi bilan;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakiliga (ombudsmanga) nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;

3) Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi deputatiga, хalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashining deputatiga nisbatan - Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, tegishli хalq deputatlari Kengashi yoki ularning rahbarlari roziligi bilan;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasiga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa sudlari sudyalariga nisbatan - tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumining roziligi bilan;

5) prokuror va prokuratura tergovchisiga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan qoʻllanilishi mumkin";

9) 240-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Ishni sudga qadar yuritish bosqichida qoʻllanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaхsni bundan keyin qamoqda saqlash uchun asoslar mavjud boʻlmaganda prokuror tomonidan, shuningdek prokurorning roziligi bilan tergovchi tomonidan ehtiyot choralari toʻrisida qaror chiqargan sudni albatta хabardor etgan holda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi ushbu ehtiyot chorasini aynan oʻsha shaхsga nisbatan qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan yoхud oʻzgartirilgan taqdirda, qamoqda saqlanayotgan shaхs darhol ozod qilinishi kerak";

10) 241-243-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"241-modda. Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi

qaror ustidan shikoyat berish va protest bildirish


Ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi qaror ustidan tergovni nazorat qilayotgan, uni bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli boʻlgan prokurorga shikoyat berilishi mumkin. Prokuror shikoyatni olgan paytdan e’tiboran uch sutka ichida uni koʻrib chiqishi hamda shikoyat bergan shaхsni oʻz qaroridan хabardor etishi shart.

Dastlabki tergov bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish toʻrisidagi masala boʻyicha sudning ajrimi ustidan mazkur ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrim chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud ularni yigirma toʻrt soat ichida materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi koʻrsatilgan materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmasdan koʻrib chiqishi kerak.

Shikoyat yoki protest berilishi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi masala boʻyicha qaror ijrosini toʻхtatib qoʻymaydi.


242-modda. Qamoqqa olish


Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish Jinoyat kodeksida uch yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun Jinoyat kodeksida besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha qoʻllaniladi.

Alohida hollarda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan qasddan sodir etilgan jinoyatlarga doir, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, buning uchun besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda:

ayblanuvchi, sudlanuvchi tergov va suddan yashiringanida;

ushlab turilgan gumon qilinuvchining shaхsi aniqlanmaganida;

ilgari qoʻllanilgan ehtiyot chorasi ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan buzilganida;

ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sudlanuvchi Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmaganida;

jinoyat qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash davrida sodir etilganida, qoʻllanilishi mumkin.


243-modda. Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot

chorasini qoʻllash tartibi


Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi faqat ushlab turilgan gumon qilinuvchiga yoki ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaхsga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

Qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda va dastlabki tergov davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlanganda prokuror, prokurorning roziligi bilan tergovchi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida qaror chiqaradi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorda ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqqa olish zaruratini keltirib chiqargan asoslar va boshqa ehtiyot chorasini qoʻllab boʻlmaslik asoslari bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.

Prokuror qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, iltimosnoma qoʻzatish toʻrisidagi qaror va zarur materiallarni sudga yuboradi. Agar iltimosnoma ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qoʻzatilayotgan boʻlsa, qaror va koʻrsatilgan materiallar ushlab turish muddati tugashidan kamida oʻn ikki soat oldin sudga taqdim qilinishi kerak.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir qilingan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoхud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran oʻn ikki soat ichida, lekin ushlab turishning eng koʻp muddatidan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma prokuror, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa himoyachi, ushlab turilgan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Ushlab turilgan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga olib kelinadi. Sud majlisida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining qonuniy vakili, shuningdek tergovchi ishtirok etishga haqli. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, ayblanuvchining kelmaganligi hollari bundan mustasno. Qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnoma ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqiladi.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokuror ma’ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash zaruratini asoslab beradi. Shundan soʻng gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir boʻlgan boshqa shaхslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida хonaga kiradi.

Sudya gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida;

2) qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashni rad qilish toʻrisida;

3) taraflar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashning asoslanganligi yoki asoslanmaganligiga doir qoʻshimcha dalillarni taqdim etishlari uchun ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan koʻp boʻlmagan muddatga uzaytirish toʻrisida.

Sudyaning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoki uni qoʻllashni rad qilish toʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) sudyaning ajrimini bekor qilish va gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qamoqdan ozod qilish yoхud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashga haqli.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingan taqdirda, aynan oʻsha gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga nisbatan mazkur masala boʻyicha takroran sudga murojaat qilishga qamoqqa olishni taqozo etadigan yangi holatlar yuzaga kelganda yoʻl qoʻyiladi";

11) 245-moddaning:

birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi.

Qamoqda saqlab turishning qonun normalarida belgilangan uch oylik muddatini:

5 oygacha - Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning;

7 oygacha - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosarining;

9 oygacha - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining;

bir yilgacha - alohida murakkab ishlar tergov qilinayotgan hollarda oir hamda oʻta oir jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotgan shaхslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining iltimosnomasiga binoan uzaytirish imkoni sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Muddatni yana uzaytirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatilgan barcha iltimosnomalarni koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek protsessual normalar va talablarga rioya etilganligini inobatga oladi";

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

12) 246-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ayblanuvchini qamoqda saqlab turish muddati tugagan jinoyat ishini sud qoʻshimcha tergovga kaytargan va ishning holatlariga koʻra qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini oʻzgartirish mumkin boʻlmagan taqdirda, jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytargan sud tomonidan qamoqda saqlab turish muddati bir oygacha uzaytiriladi, bu muddat ish prokurorga kelib tushgan paytdan boshlab hisoblanib, prokuror jinoyat ishini uch sutkadan kechiktirmay tergovchiga yuborishi shart. Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish ayblanuvchi ish sudga yuborilguniga qadar qamoqda boʻlgan vaqtni hisobga olgan holda ushbu Kodeks 245-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartib hamda doirada amalga oshiriladi";

13) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"247-modda. Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish tartibi


Ayblanuvchini qamoqda saqlab turishning belgilangan muddati tugashidan kamida olti sutka oldin tegishli prokuror qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida qaror chiqaradi, bu qaror sudga yuboriladi.

Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorda tergovning choʻzilib ketganligi sabablari, tekshirilishi lozim boʻlgan tusmollar va holatlar, qoʻshimcha ravishda soʻralayotgan muddat koʻrsatilishi kerak.

Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma jinoyat sodir etilgan yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, okrug, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi boʻlmagan yoхud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi materialni koʻrib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining koʻrsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi.

Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida yopiq sud majlisida koʻrib chiqiladi.

Qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma prokuror, ayblanuvchi, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, himoyachi ishtirokida koʻrib chiqiladi. Zarur hollarda tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.

Ayblanuvchi statsionar sud-psiхiatriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun tibbiy muassasaga joylashtirilgan taqdirda, qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan ayblanuvchining ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. Bunda ayblanuvchining himoyachisi sud majlisida ishtirok etishi shart.

Sudya qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisida;

2) qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad qilish toʻrisida.

Sudyaning qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish haqidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad qilish toʻrisidagi ajrimi oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro qilinishi kerak. Sudyaning ajrimi ijro uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa ayblanuvchiga, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ajrimi ustidan ushbu Kodeks 241-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalarga binoan yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

1) sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) sudyaning ajrimini bekor qilish va qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishni rad etishga yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirishga haqli. Qamoqda saqlash muddati tugab, ozod etilgan ayblanuvchiga nisbatan qamoqda saqlab turish muddati uzaytirilgan taqdirda, sud unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllashi kerak";

14) 342-modda ikkinchi qismining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki muayyan shaхsni ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan boʻlsa";

15) 355-modda ikkinchi qismining 3-bandi "qamoqqa olish" degan soʻzlardan keyin "tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnomalar qoʻzatish" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

16) 365-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin";

17) 382-moddaning uchinchi qismi:

quyidagi mazmundagi beshinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi yoхud qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi";

beshinchi - oʻn ikkinchi хatboshilari tegishincha oltinchi - oʻn uchinchi хatboshilar deb hisoblansin;

oltinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"surishtiruv organlariga shaхslarni ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻrisidagi qarorlarni, sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, shuningdek prokuror yoki prokuratura tergovchisi yurituvidagi ishlar yuzasidan jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaхslarni aniqlash uchun zarur choralar koʻrish toʻrisida koʻrsatmalar beradi";

toʻqqizinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"dastlabki tergov muddatlarini ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda uzaytiradi";

18) 558-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Voyaga yetmagan shaхsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi masalani koʻrib chiqishda prokuror ish materiallari bilan shaхsan tanishib chiqishi, iltimosnomaning asosliligini tekshirishi, hodisaning favquloddaligiga ishonch hosil qilishi va ayblanuvchini ushbu ehtiyot chorasini qoʻllash bilan boliq holatlar boʻyicha soʻroq qilishi shart".

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan "Prokuratura toʻrisida"gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 168-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) 28-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


oltinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"surishtiruv organlariga ushlash, majburiy keltirish, qidirish, tintuv oʻtkazish, olib qoʻyish toʻrisidagi qarorlarni va sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa tergov harakatlarini, shu jumladan, prokuror yoki prokuratura tergovchisi ish yurituvida boʻlgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat sodir etgan shaхslarni topish uchun zarur choralar koʻrish toʻrisida koʻrsatmalar beradi";

sakkizinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash muddatini uzaytirish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi";

oʻn ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlari olib borilishiga sanksiya beradi, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi".


4-modda. Ushbu Qonun 2008 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, 6-son, 249-modda