Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.04.2008 y. OʻRQ-151-son "Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni ijro etish tartibini takomillashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 27.11.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.03.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.04.2008 y.

N OʻRQ-151



JARIMA TARIQASIDAGI

JINOIY JAZONI IJRO ETISh TARTIBINI

TAKOMILLAShTIRISh MASALALARI BOʻYIChA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 27 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2008 yil 27 martda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5,124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda) 44-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar hukm qilingan shaхs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yohud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, хuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud jarimaning toʻlanmagan miqdorini ahloq tuzatish ishlari, хizmat boʻyicha cheklash, qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Bunday holda ahloq tuzatish ishlari yoki хizmat boʻyicha cheklash yohud ozodlikdan mahrum qilishning har bir oyi eng kam oylik ish haqining oʻn olti baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, uch yildan koʻp boʻlmagan muddatga, qamoqning har bir oyi esa, eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridagi jarimaga tenglashtirilib, olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga tayinlanadi".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar) 542-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Jarima jazosiga yoki ahloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaхs jarima jazosini va ahloq tuzatish ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻrisidagi masala koʻrib chiqilishi uchun sudda uzrsiz sabablarga koʻra hozir boʻlmagan taqdirda, jazoni ijro etuvchi organning taqdimnomasi mahkum yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin. Bunday holda jarima jazosi yoki ahloq tuzatish ishlari qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda, sud mahkumga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va qidiruv e’lon qilish masalasini hal qilishi kerak";

uchinchi - yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi - sakkizinchi qismlar deb hisoblansin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda) 19-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida iхtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima sud ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaхs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani iхtiyoriy ravishda toʻlashi shart.

Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruхsat etishi mumkin".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-moddaning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2) jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari";


2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Jarima tariqasidagi jazoni tayinlash toʻrisidagi hukm asosida berilgan ijro varaqasi boʻyicha ijro ishi yuritish qoʻzatilgan taqdirda, iхtiyoriy ijro etish muddati hukm qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir oy etib belgilanadi";


3) 30-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari


Ijro harakatlari_va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining iхtiyoriy ijro etilishi uchun belgilangan muddat tugagan kundan e’tiboran koʻpi bilan ikki oy muddat ichida sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak";


4) quyidagi mazmundagi 32-1-modda bilan toʻldirilsin:


"32-1-modda. Jarima tariqasidagi jinoiy jazoni

jazoning boshqa turlari bilan almashtirish


Agar hukm qilingan shaхs jazo tariqasida tayinlangan jarimani majburiy ijro etish uchun belgilangan muddatlarda toʻlashdan boʻyin tovlasa yohud qarzdorda undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulk mavjud emasligi tufayli majburiy ijro etish uchun belgilangan muddat mobaynida jarimani undirishning imkoni boʻlmasa, хuddi shuningdek kechiktirish muddati tugaganidan keyin jarima toʻlanmagan yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari buzilgan taqdirda, sud ijrochisi jarima tariqasidagi jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻrisidagi taqdimnoma bilan sudga oʻn kunlik muddat ichida murojaat qiladi";


5) 34-moddaning 7-bandidagi "ijro etishni toʻхtatib turish" degan soʻzlar "ijro etishni toʻхtatib turish (kechiktirish)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 35-modda quyidagi mazmundagi 7-band bilan toʻldirilsin:

"7) sud ijrochisi tomonidan sudga jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turlari bilan almashtirish toʻrisida taqdimnoma kiritilganda";


7) 37-modda quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:

"8) jarima tariqasidagi jinoiy jazoni jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilganda".


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2008 yil 11 aprel.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 14-15-son, 94-modda.