Oʻzbekiston Respublikasining 09.09.2010 y. OʻRQ-254-son "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 06.07.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2010 y. ma’qullangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
09.09.2010 y.
N OʻRQ-254
FUQAROLARNING PENSIYa TA’MINOTI TIZIMI
TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM
QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR
KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 6 iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi 938-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 4-5, 126-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 112-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 5, 152-modda; 2007 yil, N 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, N 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 12-modda "m" bandining birinchi хatboshisidagi "ijtimoiy ta’minot tizimining" degan soʻzlar "mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 32-modda toʻrtinchi qismining, 37-modda birinchi qismi "a" bandi birinchi va uchinchi хatboshilarining, "g" bandining, 40-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "Byudjetdan" degan soʻz "byudjetdan" degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Qishloq хoʻjaligi kooperativlari (shirkat хoʻjaliklari), boshqa kooperativlarning a’zolariga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali beriladi";
uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Dehqon хoʻjaliklari a’zolariga, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaхslarga, boshqa fuqarolarga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bevosita arizachining istiqomat joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga beriladi";
oltinchi va yettinchi qismlaridagi "Ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Korхona yoki pensioner tomonidan ma’lumotlari ishonchsiz hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi. Bunda korхona tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimidan tegishli хabarnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida, pensioner tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni esa ushbu Qonunning 65-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoplanadi";
4) 44-moddaning matnidagi "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 45-moddaning ikkinchi qismidagi va 46-moddaning ikkinchi qismidagi "ijtimoiy ta’minot boʻlimi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 52-moddaning matnidagi "ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 58-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"58-modda. Pensiya toʻlanishiga ta’sir koʻrsatuvchi shart-sharoitlar
oʻzgarganligi toʻgʻrisida pensionerning Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamgʻarmasi boʻlimini хabardor qilish majburiyati
Mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya toʻlanayotgan a’zolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida, ular oʻqishni toʻхtatganligi haqida, shuningdek toʻliq davlat ta’minotiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini хabardor qilishi shart.
Pensioner (boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensionerdan tashqari) ishga kirgan taqdirda, bu haqda oʻzining istiqomat joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimini хabardor qilishi shart";
8) 64-moddaning birinchi qismidagi "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 65-modda birinchi qismining "b" bandidagi "tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot boʻlimining" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 66-modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarining oʻzbekcha matnidagi "Byudjetdan" degan soʻz "byudjetdan" degan soʻz bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 232-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 305-moddaning matnidagi "ijtimoiy ta’minot organlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 306-moddaning ikkinchi qismidagi "ijtimoiy ta’minot organlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 4, 136-modda, N 12, 470-modda) 165-moddasining uchinchi qismidagi "ijtimoiy ta’minot organlarining" degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 157-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda; 2009 yil, N 9, 328-modda) 175-moddasining matnidagi "ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi 702-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 6-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismidagi "tuman yoki shahar ijtimoiy ta’minot boʻlimi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi "tuman yoki shahar ijtimoiy ta’minot boʻlimiga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma bunday toʻlovlarni oluvchiga ariza Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladi";
beshinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 20-moddaning birinchi qismidagi "tuman yoki shahar ijtimoiy ta’minot boʻlimi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 10 sentyabrda qabul qilingan "Ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-174-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 9, 480-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "tuman, shahar ijtimoiy ta’minot boʻlimlarini" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlarini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda ikkinchi qismining uchinchi хatboshisidagi, 9-moddaning ikkinchi qismidagi, 15-moddaning matnidagi "tuman, shahar ijtimoiy ta’minot boʻlimlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
"Xalq soʻzi", 2010 yil 10 sentyabr
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 35-36-son, 300-modda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, 9-son, 334-modda