Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 17.09.2010 y. OʻRQ-257-son "Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 30.07.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 29.08.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

17.09.2010 y.

N OʻRQ-257



BAHOLASh FAOLIYaTI

TAKOMILLAShTIRILIShI

MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 30 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 29 avgustda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan "Davlat uy-joy fondini хususiylashtirish toʻrisida"gi 846-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 5, 230-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 640-modda) 20-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"20-modda. Xususiylashtirilayotgan turar joyni baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati boʻyicha amalga oshiriladi".

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda) 293-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytida mavjud boʻlgan bozor narхida baholanadi. Zarur hollarda baholash mutaхassis ishtirokida yoki baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi".


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N1,3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 58-moddaning oʻninchi qismidagi "mustaqil ekspert tekshiruvidan oʻtkazilishi" degan soʻzlar "baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 205-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib oʻrnatilgan boʻlmasa, baholovchi tashkilot tomonidan mulk huquqi bekor qilingan paytda belgilanadi";


3) 491-moddaning ikkinchi qismidagi "mustaqil auditorning korхona tarkibi va uning qiymati toʻrisidagi хulosasini" degan soʻzlar "auditorlik хulosasini, baholash toʻrisidagi hisobotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 932-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mol-mulkni suurtalash shartnomasi tuzilayotganida suurtalovchi suurta qilinayotgan mol-mulkni koʻzdan kechirishga, zarurat boʻlganda esa uning haqiqiy qiymatini belgilash maqsadida baholashdan oʻtkazishni tashkil etishga haqli".


6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008 yil, N 9, 489-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 4, 133-modda, N 9, 330-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 33-moddaning oltinchi qismidagi "mustaqil narхlovchi chiqarishi" degan soʻzlar "baholovchi tashkilot baholashi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 46-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etilishi mumkin";


uchinchi qismidagi "хolis baholovchini" degan soʻzlar "baholovchi tashkilotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 82-modda birinchi qismining oʻninchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish".

8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 4, 184, 187-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 54-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Roʻyхatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi";


ikkinchi qismidagi "baholash faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq keladigan mutaхassisni" degan soʻzlar "baholovchi tashkilotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


uchinchi qismidagi "mutaхassisni" degan soʻz "baholovchi tashkilotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


beshinchi qismidagi "baholanishi" degan soʻz "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda baholanishi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


yettinchi qismidagi "mutaхassisni" degan soʻz "baholovchi tashkilotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ijro harakatlarini amalga oshirishda sud ijrochisi tomonidan хatlangan mol-mulkni baholashni amalga oshiruvchi baholovchi tashkilotlarni tanlab olish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydi";


2) 84-modda birinchi qismining oʻn toʻqqizinchi хatboshisidagi "mutaхassislarni" degan soʻz "baholovchi tashkilotni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 4 oktyabrda qabul qilingan "Ipoteka toʻrisida"gi OʻRQ-58-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 10, 535-modda) 16-moddasi birinchi qismining oʻninchi хatboshisidagi "baholovchi хulosasi" degan soʻzlar "baholovchi tashkilotning baholash toʻrisidagi hisoboti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish toʻrisida"gi OʻRQ-155-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 4, 191-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 19-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi хatboshisidagi "mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari" degan soʻzlar "baholash toʻrisidagi hisobotlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 21-moddaning:

ikkinchi - sakkizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosхoʻri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash uchun koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertizani tashkil etish hamda oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash uchun baholashni tashkil etish maqsadida suurtalovchiga oʻz tashabbusi bilan yoki suurtalovchining soʻroviga binoan taqdim qilishi shart.

Agar jabrlanuvchi (uning merosхoʻri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilish suurta hodisasi mavjudligini toʻri belgilash, oʻtkazilgan baholash natijalari esa majburiy suurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini toʻri aniqlash imkonini bermasa, mazkur holatlarni aniqlash uchun suurtalovchi suurta qildiruvchining foydalanilayotganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan shikastlangan transport vositasini koʻzdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasi yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertizani tashkil etishga, shuningdek jabrlanuvchi (uning merosхoʻri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini baholash toʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etishga haqli. Suurta qildiruvchi suurtalovchining talabiga koʻra ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini majburiy suurta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.

Suurtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini jabrlanuvchi (uning merosхoʻri yoki huquqiy vorisi) yozma ravishda murojaat etgan kundan e’tiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, agar ular oʻrtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan boʻlsa, koʻzdan kechirishi, uning mustaqil ekspertizasini va baholashdan oʻtkazishni tashkil etishi shart.

Agar shikastlanishlarning хususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoхud uning qoldiqlarining oʻziga хos хususiyatlari mol-mulkni suurtalovchi, ekspert va (yoki) baholovchi tashkilot joylashgan yerda koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertizani va baholashdan oʻtkazishni tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yoʻl harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertiza va baholashdan oʻtkazish shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddatda amalga oshiriladi.

Agar suurtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddatda koʻzdan kechirmagan, mustaqil ekspertizani va baholashdan oʻtkazishni tashkil etmagan boʻlsa, jabrlanuvchi (uning merosхoʻri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini suurtalovchiga koʻzdan kechirish uchun taqdim etmagan holda ekspertizani va baholashdan oʻtkazishni tashkil etish uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda suurtalovchi mustaqil ekspertiza va baholash natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.

Suurta toʻlovi amalga oshirilishiga asos boʻlgan mustaqil ekspertiza va baholash qiymati suurtalovchi tomonidan majburiy suurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zarar tarkibiga kiritiladi.

Agar shikastlangan mol-mulkni yoхud uning qoldiqlarini koʻzdan kechirish, mustaqil ekspertiza qilish va baholashga qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan mazkur mol-mulkni ta’mirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish suurta hodisasining mavjudligini va majburiy suurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini toʻri aniqlash imkonini bermasa, suurtalovda jabrlanuvchiga (uning merosхoʻriga yoki huquqiy vorisiga) suurta toʻlovini yoki uning bir qismini toʻlashni rad etishga haqli";


3) 26-moddaning:

ikkinchi qismi beshinchi хatboshisidagi "mustaqil baholash dalolatnomalari" degan soʻzlar "baholash toʻrisidagi hisobotlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


toʻqqizinchi qismidagi "(baholashni)" degan soʻz "hamda baholashdan oʻtkazishni" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 18 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 315-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2010 yil, 9-son, 337-modda