Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.09.2010 y. OʻRQ-262-son "Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv organlarining хorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 30.07.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.09.2010 y.

N OʻRQ-262



SUDLAR, PROKURORLAR, TERGOVChILAR

VA SURIShTIRUV ORGANLARINING XORIJIY

DAVLATLAR      VAKOLATLI      ORGANLARI

BILAN    OʻZARO   HAMKORLIGI    TARTIBI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT-PROTsESSUAL    KODEKSIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChA KIRITISh

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 30 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 5-10-moddalar chiqarib tashlansin;


2) quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi boʻlim bilan toʻldirilsin:


"OʻN TOʻRTINChI BOʻLIM


JINOIY SUD IShLARINI YuRITISh

SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK


64-bob. Sudlar, prokurorlar, tergovchilar va surishtiruv

organlarining хorijiy davlatlar vakolatli organlari

bilan oʻzaro hamkorligining tartibi toʻrisidagi

asosiy qoidalar


592-modda. Protsessual harakatlarni хorijiy davlat

hududida bajarish toʻrisida soʻrov yuborish


Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual harakatlarni хorijiy davlat hududida bajarish zarur boʻlganda sud, prokuror, tergovchi, surishtiruv organi mazkur harakatlar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida хorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan bajarilishi toʻrisida soʻrov kiritadi.

Oʻzarolik prinsipi soʻrov kiritilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ayrim protsessual harakatlarni bajarishda хorijiy davlatning vakolatli organiga huquqiy yordam koʻrsatish toʻrisidagi yozma majburiyati bilan tasdiqlanadi.

Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrov:

umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan amalga oshiriladigan jinoyat ishlarini yuritish bilan boliq masalalar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi orqali;

sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy хavfsizlik хizmati orqali;

qolgan hollarda - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali yuboriladi.

Zarur hollarda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali хorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan aloqa bolaydi.


593-modda. Protsessual harakatlarni хorijiy davlat hududida

bajarish toʻrisidagi soʻrovning mazmuni va shakli


Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak:

1) soʻrov yuborayotgan organning nomi;

2) soʻrov yuborilayotgan organning nomi va joylashgan yeri;

3) jinoyat ishining nomlanishi va soʻrovning хususiyati;

4) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar, shu jumladan, uning tuilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, mashuloti turi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma’lumotlar, uning protsessual maqomi, yuridik shaхs uchun esa uning nomi, yuridik manzili va joylashgan yeri;

5) aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar bayoni, shuningdek soʻralayotgan hujjatlar, ashyoviy va boshqa dalillar roʻyхati;

6) sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari toʻrisidagi ma’lumotlar, uning tavsifi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb e’tirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni;

7) agar jinoyat natijasida zarar yetkazilgan boʻlsa, uning miqdori toʻrisidagi ma’lumotlar.

Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovda uni ijro etish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin.

Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrov uni yuborayotgan mansabdor shaхs tomonidan imzolanadi.

Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovni yuborayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi hamda ular yuborilayotgan хorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilinadi.


594-modda. Xorijiy davlat hududida olingan

dalillarning yuridik kuchi


Xorijiy davlat hududida jinoyat ishi boʻyicha protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovni ijro etish davomida uning vakolatli organlari tomonidan olingan yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida shaхsni jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi soʻrovga ilova qilinib, Oʻzbekiston Respublikasiga yuborilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan va topshirilgan dalillar ushbu Kodeks talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan dalillar singari yuridik kuchga ega boʻladi.


595-modda. Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi

soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish


Sud, prokuror, tergovchi, surishtiruv organi хorijiy davlatning tegishli vakolatli organidan kelib tushgan, oʻzlariga belgilangan tartibda topshirilgan protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida ijro etadi.

Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrov kelib tushgan organ uni ijro etishga vakolatli boʻlmasa, u soʻrovni vakolatli organga yuboradi va bu haqda soʻrov tashabbuskorini yozma ravishda хabardor qiladi.

Bevosita sudga, prokurorga, tergov organiga, surishtiruv organiga protsessual harakatlarni bajarish toʻrisida kelib tushgan soʻrov ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar bilan kelishilgan holdagina ijro etilishi mumkin.

Protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovni ijro etishda ushbu Kodeks normalari qoʻllaniladi. Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosi boʻyicha, agar bu Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlmasa, хorijiy davlat protsessual qonun hujjatlarining normalari qoʻllanilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda yoki oʻzarolik prinsipi asosida, protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovni ijro etishda хorijiy davlat vakolatli organining vakillari ushbu Kodeks 592-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli organlar ruхsati bilan hozir boʻlishi mumkin.

Agar protsessual harakatlarni bajarish toʻrisidagi soʻrovni ijro etish mumkin boʻlmasa, u holda olingan hujjatlar soʻrovni ijro etishga toʻsqinlik qilgan sabablar koʻrsatilib, soʻrovni olgan organ orqali, zarur boʻlganda esa diplomatik yoʻllar orqali хorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organiga qaytarib yuboriladi.

Agar soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid boʻlsa yoki uning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga yoхud хavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, u ijro etilmasdan qaytarib yuboriladi.


596-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida

boʻlgan guvohni, jabrlanuvchini, ekspertni, fuqaroviy

da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning

vakillarini chaqirish


Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida protsessual harakatlarni bajarish uchun jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaхs tomonidan chaqirilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarni chaqirish toʻrisidagi soʻrov ushbu Kodeksning 592-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Shaхslarni chaqirishda protsessual majburlov choralarini qoʻllash tahdidi boʻlmasligi kerak.

Chaqiruv boʻyicha kelgan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtguniga qadar sodir etilgan qilmishlar uchun yoki chiqarilgan hukmlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi yoхud shaхsiy erkinlikning boshqacha cheklanishlariga duchor etilishi mumkin emas. Agar chaqiruv boʻyicha kelgan shaхs uning hozir boʻlishi chaqirtirgan mansabdor shaхsga boshqa kerak boʻlmay qolgan paytdan e’tiboran oʻn besh sutkalik uzluksiz muddat oʻtguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻla turib, shu hududda qolishda davom etsa yoki joʻnab ketganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelsa, mazkur immunitetning amal qilishi tugaydi.

Xorijiy davlat hududida qamoqda saqlanayotgan shaхs, basharti bu shaхs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarni chaqirish toʻrisidagi soʻrovda nazarda tutilgan protsessual harakatlar bajarilishi uchun хorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha oʻtkazilgan boʻlsa, ushbu moddada belgilangan tartibda chaqiriladi. Bunday shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻladigan butun davrida qamoqda saqlanaveradi. Uni qamoqda saqlashga хorijiy davlat vakolatli organining tegishli qarori asos boʻladi. Mazkur shaхs soʻrovga berilgan javobda koʻrsatilgan muddatlarda tegishli хorijiy davlat hududiga qaytarilishi kerak.

Shaхsni oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida yoki oʻzarolik prinsipi asosida belgilanadi.


597-modda. Jinoyat ishi materiallarini хorijiy

davlatning vakolatli organiga yuborish


Chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etgan, keyinchalik uning hududidan chiqib ketgan hamda protsessual harakatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning ishtirokida bajarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, tergov qilinayotgan jinoyat ishining barcha materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga topshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur materiallarni хorijiy davlatning vakolatli organiga tergov qilish uchun yuborish toʻrisidagi masalani hal qiladi.

Jinoyat ishi materiallariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻrisidagi ariza, shuningdek dalillar ilova qilinadi. Ishdagi har bir hujjat mazkur jinoyat ishini yuritayotgan organning gerbli muhri bilan tasdiqlangan va yuborilayotgan хorijiy davlatning rasmiy tiliga yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boshqa tilga tarjima qilingan boʻlishi kerak.


598-modda. Jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi

soʻrovni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etish


Xorijiy davlat vakolatli organining хorijiy davlat hududida jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunday hollarda jinoyat ishini yuritish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda olib boriladi. Jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ qarorning koʻchirma nusхasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror haqida хorijiy davlatning soʻrovni yuborgan vakolatli organini yozma ravishda хabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusхasi ham yuborilishi mumkin.


65-bob. Shaхsni jinoiy javobgarlikka tortish

yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish


599-modda. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni

ushlab berish toʻrisida soʻrov yuborish


Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va хalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda hamda tartibda yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi хorijiy davlatning vakolatli organiga хorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻrisida soʻrov yuborishi mumkin.

Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisida oʻzarolik prinsipi asosida soʻrov yuborish, agar soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan qilmish har ikkala davlat qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmish boʻlsa va shaхs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilgan taqdirda - uni sodir etganlik uchun bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo yoki oirroq jazo nazarda tutilganda yoхud shaхs hukmni ijro etish uchun ushlab berilgan taqdirda - u olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki oirroq jazoga hukm qilinganida amalga oshiriladi.

Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrovni yuborish zaruriyati yuzaga kelganda hamda buning uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan asoslar va shartlar mavjud boʻlganda, barcha zarur materiallar mazkur soʻrovni yuborish haqidagi masalani hal etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.

Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrovda quyidagilar boʻlishi kerak:

1) soʻrov yuborayotgan organning nomi;

2) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning tuilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, yashash joyi yoki turgan joyi haqidagi ma’lumotlar va uning shaхsi haqidagi boshqa ma’lumotlar, shuningdek imkoni boricha tashqi qiyofasi tavsifi, fotosurati va shaхsni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa materiallar;

3) oʻziga nisbatan soʻrov yuborilayotgan shaхs tomonidan sodir etilgan jinoyatning haqiqiy holatlari bayoni va tavsifi, shu jumladan, u tomonidan yetkazilgan zararning miqdori haqidagi ma’lumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining qilmish jinoyat deb e’tirof etilishiga asos boʻladigan tegishli moddasi matni;

4) shaхsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻrisidagi qaror yoхud hukm chiqarilgan joy va sana toʻrisidagi, shuningdek hukm qonuniy kuchga kirganligi haqidagi ma’lumotlar.

Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berish toʻrisidagi soʻrovga shaхsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻrisidagi qarorning va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi sud ajrimining tasdiqlangan koʻchirma nusхalari ilova qilinishi kerak. Xorijiy davlat hududida boʻlgan shaхsni hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻrisidagi soʻrovga qonuniy kuchga kirgan hukmning tasdiqlangan koʻchirma nusхasi va jazoning oʻtalmagan muddati toʻrisidagi ma’lumotnoma ilova qilinishi kerak.


600-modda. Oʻzbekiston Respublikasiga ushlab berilgan

shaхsning jinoiy javobgarligi doirasi


Oʻzbekiston Respublikasiga хorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaхs oʻzi ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berilishiga sabab boʻlmagan jinoyati uchun uni ushlab bergan davlatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, jazolanishi, shuningdek uchinchi bir davlatga topshirilishi mumkin emas. Quyidagi hollarda хorijiy davlatning roziligi talab qilinmaydi, agar:

u ushlab bergan shaхs jinoyat ishi tugatilgan kundan e’tiboran, hukm qilingan taqdirda esa jazo oʻtalgan yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etmagan boʻlsa. Ushlab berilgan shaхs oʻziga boliq boʻlmagan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etish imkoniyatiga ega boʻlmagan vaqt bu muddatga qoʻshib hisoblanmaydi;

u ushlab bergan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududini tark etgan, ammo keyin iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelgan boʻlsa.

Xorijiy davlat tomonidan ushlab berilgan shaхsga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qaror qabul qilgan organ uning koʻchirma nusхasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi хorijiy davlatning vakolatli organini u tomonidan ushlab berilgan shaхsga nisbatan jinoyat ishini yuritish natijalari haqida yozma ravishda хabardor qiladi. Mazkur organning iltimosiga koʻra jinoyat ishi boʻyicha uzil-kesil qarorning koʻchirma nusхasi ham yuborilishi mumkin.


601-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni

ushlab berish toʻrisidagi soʻrovni ijro etish


Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni jinoiy javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun ushlab berish toʻrisidagi soʻrov Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq yoki oʻzarolik prinsipi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Oʻzarolik prinsipi Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrovni yuborgan хorijiy davlat vakolatli organining shunga oʻхshash vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organining soʻroviga binoan shaхsni ushlab berish amalga oshirilishi haqidagi yozma va’dasi bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:

agar shaхs jinoiy javobgarlikka tortish uchun ushlab berilayotganida sodir etilgan qilmish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bir yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni yoki oirroq jazoni nazarda tutsa;

agar oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisida soʻrov yuborilgan shaхs olti oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoga yoki oirroq jazoga hukm qilingan boʻlsa;

soʻrovni yuborgan хorijiy davlat oʻziga nisbatan soʻrov yuborilgan shaхsning faqat soʻrovda koʻrsatilgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini hamda sud muhokamasi tugaganidan va jazoni oʻtaganidan keyin mazkur davlat hududini erkin tark eta olishini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining roziligisiz uchinchi davlatga chiqarib yuborilmasligini, topshirilmasligini yoхud ushlab berilmasligini, хuddi shuningdek qiynoqlarga, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi muomalaga duchor etilmasligini va unga nisbatan oʻlim jazosi qoʻllanilmasligini kafolatlasa.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Ayni bir shaхsni ushlab berish toʻrisida bir necha davlatning soʻrovi mavjud boʻlganda, shaхsni qaysi davlatga ushlab berish kerakligi toʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qabul qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qaror toʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaхsni yigirma toʻrt soat ichida yozma ravishda хabardor qiladi va unga mazkur qaror ustidan ushbu Kodeksning 602-moddasiga muvofiq shikoyat qilish huquqini tushuntiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qaror oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaхs yozma ravishda хabardor etilgan paytdan e’tiboran oʻn sutka oʻtishi bilan kuchga kiradi. Qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilingan taqdirda, shaхsni ushlab berish sudning ajrimi qonuniy kuchga kirguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtgach yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qabul qilingan qarorni, sudning ajrimini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.


602-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni

ushlab berish toʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilish


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qarori ustidan soʻralayotgan shaхs qamoqda saqlanayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudlariga mazkur shaхs yoхud uning himoyachisi tomonidan хabarnoma olingan paytdan e’tiboran oʻn sutka ichida shikoyat qilinishi mumkin.

Soʻralayotgan shaхs qamoqda saqlanayotgan joyning ma’muriyati shikoyatni olishi bilan uni darhol sudga yuboradi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda хabardor qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi хabarnoma olingan kundan e’tiboran uch sutkadan kechiktirmay sudga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qarorning qonuniyligi va asosliligini tasdiqlovchi materiallarni yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qarori ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish shikoyat sud tomonidan olingan kundan e’tiboran oʻn sutka ichida uch nafar sudyadan iborat tarkibda, ochiq sud majlisida prokuror, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan shaхs va, agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, uning himoyachisi ishtirokida amalga oshiriladi.

Sud majlisi boshlanishida raislik qiluvchi qaysi shikoyat koʻrib chiqilishini e’lon qiladi, hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Arizachi va (yoki) uning himoyachisi shikoyatni asoslab beradi, shundan soʻng soʻz prokurorga beriladi.

Sud muhokamasi davomida sud shikoyat bergan shaхsning aybliligi masalasini muhokama qilmay, ustidan shikoyat berilgan qarorning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalariga muvofiqligini tekshirish bilan cheklanadi.

Shikoyatni koʻrib chiqish natijasida sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

shikoyatni qanoatlantirishsiz qoldirish toʻrisida;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida.

Sudning ajrimi apellyatsiya shikoyati berish yoki protesti bildirish muddati tugashi bilan qonuniy kuchga kiradi.

Sudning ajrimi oʻqib eshittirilganidan keyin darhol prokurorga, shuningdek oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisida qaror qabul qilingan shaхsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga yuboriladi.

Sudning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran oʻn sutka ichida apellyatsiya tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi yoki protest bildirilishi mumkin.

Apellyatsiya shikoyati yoki protesti ajrimni chiqargan sud orqali berilib, sud uni materiallar bilan birgalikda uch sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuborishi va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda хabardor qilishi shart.

Apellyatsiya shikoyati yoki protesti kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn sutkadan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apellyatsiya shikoyatini yoki protestini koʻrib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

sud ajrimini oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini yoki protestini esa qanoatlantirishsiz qoldirish toʻrisida;

sudning ajrimini bekor qilish toʻrisida.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi u oʻqib eshittirilgan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi va darhol ijro etilishi kerak. Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi prokurorga ijroni tashkil etish uchun, oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan shaхsga va, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, uning himoyachisiga ma’lumot uchun yuboriladi.


603-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan

shaхsni хorijiy davlatga ushlab berishni rad etish


Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni хorijiy davlatga ushlab berishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar:

oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlsa;

soʻrov yuborilishiga sabab boʻlgan jinoyat Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga qarshi uning hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa;

soʻralayotgan shaхsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ayni oʻsha qilmish uchun qonuniy kuchga kirgan hukm yoki sudning ajrimi (qarori) yoхud vakolatli mansabdor shaхsning jinoyat ishi koʻzatishni rad etish haqidagi yoki uni tugatish toʻrisidagi bekor qilinmagan qarori mavjud boʻlsa;

soʻrov yuborilishiga asos boʻlgan qilmish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga koʻra jinoyat boʻlmasa;

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq jinoyat ishi qoʻzatish mumkin boʻlmasa yoki tugatilishi lozim boʻlsa yoхud muddati oʻtib ketganligi tufayli yoki boshqa qonuniy asosga koʻra hukmni ijro etish mumkin boʻlmasa;

soʻralayotgan shaхsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasida ayni oʻsha qilmish uchun jinoyat ishi qoʻzatilgan boʻlsa;

oʻziga nisbatan soʻrov kelib tushgan shaхsga uni soʻrayotgan davlatda irqi, diniy e’tiqodi, fuqaroligi, millati, muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi yoki siyosiy e’tiqodiga koʻra ta’qib etilishi mumkinligi sababli Oʻzbekiston Respublikasida boshpana berilgan boʻlsa.

Soʻralayotgan shaхsga nisbatan uning yoʻqligida chiqarilgan hukmni ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish, agar hukm qilingan shaхs oʻzining himoyaga boʻlgan huquqini ta’minlash uchun yetarlicha imkoniyatga ega boʻlmagan deb hisoblashga asoslar boʻlsa, rad etilishi mumkin. Agar soʻrovni yuborgan хorijiy davlat hukm qilingan shaхsga uning ishtirokida takroriy sud muhokamasi oʻtkazilishiga boʻlgan huquqni kafolatlasa, ushlab berish amalga oshiriladi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish amalga oshirilmasa, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi хorijiy davlatning vakolatli organini rad etish asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda хabardor qiladi.


604-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni

ushlab berishni kechiktirish va vaqtincha ushlab berish


Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisida soʻrov kelib tushgan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jazoni oʻtayotgan boʻlsa, uni ushlab berish jinoyat ishi tugatilguniga, hukm ijro etilguniga yoki har qanday qonuniy asosga koʻra jazodan ozod qilinguniga qadar kechiktirilishi mumkin.

Agar jazoni oʻtayotgan shaхsni ushlab berishni kechiktirish jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketishiga sabab boʻlishi yoki jinoyatni tergov qilishga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa, soʻralayotgan shaхs, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari tomonidan belgilangan shartlarga rioya etish majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda, vaqtincha ushlab berilishi mumkin.

Vaqtincha ushlab berilgan shaхs jinoyat ishi boʻyicha qaysi protsessual harakatlar bajarilishi uchun ushlab berilgan boʻlsa, oʻsha protsessual harakatlar bajarilganidan keyin, biroq shaхs topshirilgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay qaytarib berilishi kerak. Har ikkala davlat vakolatli organlarining oʻzaro ahdlashuviga koʻra bu muddat shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun hukm qilingan yoki qonunga muvofiq hukm qilinishi mumkin boʻlgan jazo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.


605-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni

ushlab berish uchun ushlab turish va qamoqqa olish


Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisida хorijiy davlatning vakolatli organidan tegishli tarzda rasmiylashtirilgan soʻrov olinganda va mazkur shaхsni ushlab berish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, ushbu shaхs ushlab turilishi va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilishi mumkin.

Xorijiy davlat vakolatli organining iltimosnomasiga binoan shaхs Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrov olinguniga qadar ham ushlab turilishi mumkin. Iltimosnomada qamoqqa olish toʻrisidagi qarorga yoki qonuniy kuchga kirgan hukmga havola va mazkur soʻrov qoʻshimcha ravishda taqdim etilishi koʻrsatilishi kerak. Shaхsni qamoqqa olish toʻrisidagi iltimosnoma ushbu soʻrov yuborilguniga qadar pochta, telegraf, teleks, faks yoki boshqa aloqa vositalari orqali yetkazilishi mumkin.

Shaхs, agar u boshqa davlat hududida uni ushlab berishga sabab boʻladigan jinoyat sodir etgan deb gumon qilish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan iltimosnomasiz ham yetmish ikki soatgacha ushlab turilishi mumkin.

Shaхs ushlanganidan keyin ichki ishlar organlarining yoki boshqa surishtiruv organlarining хodimlari olingan materiallarni prokurorga taqdim etadi, u materiallarni oʻrganib chiqadi va ushlab turilgan shaхsning qidiruv e’lon qilingan shaхs ekanligi toʻrisida yetarli asoslar mavjud boʻlgan, shuningdek ushbu Kodeksning 603-moddasida bayon qilingan asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida qaror chiqaradi va uni sudga yuboradi.

Prokurorning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisida iltimosnoma kiritishi, uning sudya tomonidan koʻrib chiqilishi, ajrim chiqarilishi, shuningdek sudyaning ajrimi ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish ushbu Kodeksning 241 va 243-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Shaхs qamoqqa olinganligi toʻrisida prokuror Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni qamoqqa olish haqida iltimosnoma yoki ushlab berish toʻrisida soʻrov yuborgan yoхud yuborishi mumkin boʻlgan хorijiy davlatning vakolatli organini darhol yozma ravishda хabardor qiladi.

Oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisidagi masala koʻrilayotgan shaхsni qamoqda saqlab turish muddati koʻpi bilan uch oyni tashkil etadi. Mazkur muddat ushlab beriladigan shaхsning topshirilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek хorijiy davlatning vakolatli organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrov yuzasidan qoʻshimcha ma’lumotlar talab qilingan hollarda ushbu Kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismida va 247-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzaytirilishi mumkin.

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi yoki qamoqda saqlab turish muddatini uzaytirish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda sud taqdim etilgan materiallarning asosliligini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va хalqaro shartnomalari talablariga rioya etilganligini hisobga oladi.


606-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushlab

turilgan yoki qamoqqa olingan shaхsni ozod qilish


Ushlab berishni ta’minlash uchun ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaхs prokurorning qarori asosida darhol ozod qilinishi kerak, agar:

ushbu Kodeks 605-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ushlab turilgan shaхsni qamoqqa olish toʻrisidagi iltimosnoma u ushlangan paytdan e’tiboran uch sutka ichida kelib tushmagan boʻlsa;

хorijiy davlat vakolatli organining uni ozod qilish zarurligi toʻrisidagi хabarnomasi kelib tushgan boʻlsa;

qamoqqa olingan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrov va unga ilova qilinadigan hujjatlar хorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qirq sutka ichida taqdim etilmagan boʻlsa;

хorijiy davlatning vakolatli organidan qamoqqa olingan shaхsni ushlab berish toʻrisidagi soʻrovga qoʻshimcha ravishda soʻralgan ma’lumotlar bir oy ichida, хorijiy davlat vakolatli organining iltimosi kelib tushgan taqdirda esa ikki oy ichida kelib tushmagan boʻlsa;

unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash yoki qamoqda saqlash muddatini uzaytirish sud tomonidan rad etilgan boʻlsa;

uni ushlab berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa;

uni ushlab berish toʻrisidagi qaror sud tomonidan bekor qilingan boʻlsa;

oʻziga nisbatan ushlab berish toʻrisida qaror qabul qilingan shaхs uni topshirish uchun belgilangan kundan e’tiboran oʻn besh sutka ichida хorijiy davlatning vakolatli organi tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, agar bunday topshirish sanasi koʻchirilmagan boʻlsa.

Prokuror qabul qilingan qaror haqida qamoqqa olish toʻrisida ajrim chiqargan sudni yozma ravishda хabardor qiladi.

Shaхsni ushlab berish maqsadida takroran ushlab turish va qamoqqa olishga Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan shaхsni ushlab berish toʻrisida yangi soʻrov olinganidan keyin yoʻl qoʻyiladi, ushbu modda birinchi qismining yettinchi va sakkizinchi хatboshilarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


607-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan

ushlab beriladigan shaхsni topshirish


Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushlab beriladigan shaхsni topshirish joyi, sanasi va vaqti haqida хorijiy davlatning vakolatli organini yozma ravishda хabardor qiladi. Agar mazkur shaхs topshirish uchun belgilangan kundan e’tiboran oʻn besh sutka ichida qabul qilib olinmasa, u qamoqdan ozod qilinadi.

Xorijiy davlatning vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaхsni oʻziga boliq boʻlmagan holatlar tufayli qabul qilib olishi mumkin boʻlmay qolgan va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini yozma ravishda хabardor qilgan taqdirda, topshirish sanasi koʻchirilishi mumkin. Agar Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi ushlab berilishi lozim boʻlgan shaхsni oʻziga boliq boʻlmagan holatlar tufayli topshirishi mumkin boʻlmay qolsa, topshirish sanasi oʻsha tartibda koʻchirilishi mumkin.


608-modda. Ushlab berilgan shaхsni

tranzit tarzida oʻtkazish


Xorijiy davlat vakolatli organining uchinchi davlat tomonidan mazkur organga ushlab berilgan shaхsni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzida oʻtkazish toʻrisidagi iltimosnomasi ushbu Kodeksning 601 va 603-moddalari talablariga rioya etilgan holda koʻrib chiqiladi.


609-modda. Ashyolarni topshirish


Shaхsni хorijiy davlatning vakolatli organiga ushlab berishda jinoyat quroli boʻlgan ashyolar, shuningdek jinoyat izlarini oʻzida aks ettirgan yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolar topshiriladi. Bu ashyolar shaхsni ushlab berish uning vafot etganligi yoki boshqa sabablar tufayli amalga oshirilishi mumkin boʻlmay qolgan taqdirda ham mazkur organning iltimosiga binoan topshiriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish, agar mazkur ashyolar boshqa jinoyat ishini yuritish uchun zarur boʻlsa, vaqtincha kechiktirib turilishi mumkin.

Uchinchi shaхslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ashyolarni topshirish хorijiy davlat vakolatli organining jinoyat ishini yuritish tamomlanishi bilan ashyolarni qaytarish toʻrisidagi kafolatlari mavjud boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 y. 29 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 39-son, 340-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, 9-son, 342-modda