Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 29.09.2011 y. OʻRQ-299-son "Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 27.07.2011 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 26.08.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

29.09.2011 y.

N OʻRQ-299



"JINOYaT IShINI YuRITISh ChOIDA QAMOQDA

SAQLASh TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN

HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 27 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 26 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 38-modda 4-bandining oʻzbekcha matnidagi "izolyatorlari" degan soʻz "hibsхonalari" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 97-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qamoqda saqlash joylarida, reabilitatsiya markazlarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaхslar soʻroq qilish uchun mazkur joylar va muassasalarning ma’muriyati orqali chaqirtiriladi";


3) 216, 229, 231, 232, 233-moddalar chiqarib tashlansin;


4) 225-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Militsiya хodimi yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organning хodimi amalga oshirilgan ushlab turish haqida ushlangan shaхs militsiya muassasasiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga keltirilgan paytdan boshlab oʻn ikki soat ichida prokurorga yozma shaklda хabar berishi shart";

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;


5) 228-modda:

birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "avaхtaga" degan soʻz "gauptvaхtaga" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "kemalarda" degan soʻz "dengiz va daryo kemalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi "jazoni ijro etish koloniyalarida" degan soʻzlar "jazoni ijro etish muassasalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan almashtirilsin:

"Ushlab turilganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi";


6) 244-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar tergov hibsхonasining kameralarida saqlanadi. Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud bir jinoyat ishi boʻyicha yoki bir necha oʻzaro boliq jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilarni va ayblanuvchilarni alohida-alohida saqlash toʻrisida tergov hibsхonasining ma’muriyatiga yozma koʻrsatma berishga haqli.

Agar qamoqqa olinganlar Jinoyat kodeksi 15-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan oir va oʻta oir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan boʻlsa, prokurorning qaroriga yoki sudning ajrimiga koʻra tergov hibsхonasining bir kishilik kamerasida qamoqda saqlab turilishi mumkin. Bu chora voyaga yetmaganlarga, oltmish yoshdan oshganlarga, shifokorning yozma хulosasi bilan tasdiqlangan oir kasallarga va ruhiy kasallikka chalingan shaхslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Qamoqqa olinganlar vaqtincha saqlash hibsхonalarida oʻn sutkagacha saqlanishi mumkin. Qamoqqa olinganlarni tergov hibsхonasiga olisligi yoki lozim darajadagi qatnov yoʻllari mavjud emasligi tufayli olib borishning imkoniyati boʻlmagan hollarda, bunday shaхslar vaqtincha saqlash hibsхonalarida tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoхud sudning ajrimiga koʻra oʻttiz sutkagacha saqlanishi mumkin.

Qamoqqa olingan harbiy хizmatchilar gauptvaхtalarda koʻpi bilan yigirma sutkagacha, olis joylarda esa, bu ehtiyot chorasining butun amal qilish muddati mobaynida saqlanishi mumkin. Harbiy хizmatchini gauptvaхtada saqlash muddati harbiy sudlar tomonidan ishni sudda koʻrib chiqish vaqtiga, lekin koʻpi bilan oʻn besh sutkaga uzaytirilishi mumkin. Intizomiy qismga yuborishga hukm qilingan harbiy хizmatchilar hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar gauptvaхtalarda saqlanishi mumkin.

Tergov harakatlarini bajarish yoki jinoyat ishlarini tergov hibsхonalari joylashgan aholi punktlari hududidan tashqarida sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hollarda, qamoqqa olinganlarni mazkur harakatlarni amalga oshirish va sud majlislarini oʻtkazish uchun har kuni olib borish imkoniyati boʻlmaganda ular tergov hibsхonalaridan vaqtincha saqlash hibsхonalariga oʻtkazilishi, lekin bir oy mobaynida koʻpi bilan oʻn sutkaga oʻtkazilishi mumkin. Bunday oʻtkazish uchun qamoqqa olinganni boshqa yerga koʻchirish toʻrisidagi tergovchining, prokurorning qarori yoхud sudning ajrimi asos boʻladi.

Basharti mahkum boshqa jinoyat ishi boʻyicha guvoh yoki jabrlanuvchi boʻlsa, u sud hukmi qonuniy kuchga kirganidan keyin jazoni ijro etish muassasasidan tergov hibsхonasiga oʻtkazilishi yoki tergov hibsхonasida qoldirilishi mumkin. Bu holda mahkum: Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari roziligi bilan olti oygacha muddatga, sudning ajrimiga koʻra esa ish sudda koʻrib chiqilishi vaqtiga tergov hibsхonasida saqlanishi mumkin.

Boshqa tumanda (shaharda) turgan mahkum boshqa yerga koʻchirish toʻrisidagi tergovchining prokuror bilan kelishilgan qaroriga, shuningdek prokurorning qaroriga yoхud sudning ajrimiga muvofiq boshqa yerga oʻtkaziladi. Mahkumni boshqa yerga koʻchirishni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maхsus boʻlinmalari zimmasiga yuklanadi.

Qamoqqa olinganlarni qamoqda saqlash joylarida saqlash tartibi va shart-sharoitlari qonunda belgilanadi";


7) 388-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Agar ayblanuvchi qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar prokurorning topshiriiga koʻra unga qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan ular kelib tushgan kuni tilхat olib topshiriladi, tilхat hujjatlar topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi";


8) 475-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan boʻlsa, hukmning koʻchirma nusхasi unga qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilхat olib topshiriladi, tilхat koʻchirma nusхa topshirilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda sudga taqdim etiladi";


9) 538-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Boshqa shaхs sodir etgan jinoyat haqidagi ish yuzasidan tergov harakatlari olib borish zarur boʻlganda jazoni ijro etish muassasasida jazoni oʻtash sharti bilan ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan mahkum tergov hibsхonasiga Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarning roziligi bilan - uch oygacha muddatga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlarining roziligi bilan esa olti oygacha muddatga yoki ish sudda koʻrilishi munosabati bilan - sud ajrimiga koʻra ish sudda koʻrib chiqiladigan vaqtga qadar ushlab turilishi mumkin".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar) 210-moddasining nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"210-modda. Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish

muassasalarida, maхsus davolash-oldini olish yoki maхsus

quv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaхslarga

taqiqlangan narsalarni berish


Qamoqda saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida, maхsus davolash-oldini olish yoki maхsus oʻquv-tarbiya muassasalarida saqlanayotgan shaхslarga berilishi taqiqlangan narsalarni koʻzdan kechirishdan yashirib berish yoki boshqa har qanday usul bilan berishga urinish".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 157-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda; 2009 yil, N 9, 328-modda; 2010 yil, N 9, 334, 335-moddalar) 217-moddasining oʻzbekcha matnidagi "izolyatorlarida" degan soʻz "hibsхonalarida" degan soʻz bilan almashtirilsin.


4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2011 yil 5 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 40-son, 410-modda


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 9-son, 252-modda