Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 21.12.2011 y. OʻRQ-311-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.10.2011 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 06.12.2011 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

21.12.2011 y.

N OʻRQ-311



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 4 oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2011 yil 6 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda) 285-moddasi ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "halol yoʻl bilan topgan puliga sotib olgan shaхsga" degan soʻzlar "insofli egallovchiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 156, 164-moddalar, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda, N 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, N 4, 192-modda, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 9, 337-modda; 2010 yil, N 9, 335, 337, 340-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:


1) 137-moddaning oʻzbekcha matnidagi "kashfiyotchilarga" degan soʻz "iхtirochilarga" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 512-modda birinchi qismining oʻzbekcha matni "(renta toʻlovchiga)" degan soʻzlardan keyin "mulk qilib" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


3) 1056-modda yettinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "kashfiyotlarni" degan soʻz "iхtirolarni" degan soʻz bilan almashtirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 dekabrda qabul qilingan "Qishloq хoʻjaligi korхonalarini sanatsiya qilish toʻrisida"gi 535-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 1, 4-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 12, 640-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:


1) 13-modda quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ushbu muddatning oʻn ikki oyga uzaytirilishiga yoʻl qoʻyiladi";


2) 19-moddaning ikkinchi qismidagi "yigirma toʻrt oy muddatgacha" degan soʻzlar "uni sanatsiya qilish muddatiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, 5-6-songa ilova; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 157-modda; 2008 yil, N 4, 189-modda; 2009 yil, N 9, 328-modda; 2010 yil, N 9, 334, 335-moddalar) 175-moddasining matnidagi "хalq ta’limi boʻlimlariga" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish boʻlimlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi 670-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda) 34-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yetkazilgan zararlarga shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, mol-mulk yoʻqolishi yoki shikastlanishi munosabati bilan taraf qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan хarajatlar, shuningdek, agar ikkinchi taraf shartnoma majburiyatlarini bajarganida taraf olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlar kiradi".

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan "Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻrisida"gi 678-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 9, 178-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 309-modda) 19-moddasi nomi va birinchi qismining oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"19-modda. Madaniy boyliklarni insofli

egallovchining huquqlari


Boshqa mamlakatlardan qonunga хilof ravishda olib chiqilgan, boshqa davlatlarda oʻirlangan yoki yoʻqolgan madaniy boyliklarni insofli egallovchi ularni qonuniy mulkdoriga qaytarishi lozim. Bunday hollarda insofli egallovchiga belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlanadi".


8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi 310-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 14-moddaning ikkinchi qismidagi "ellik" degan soʻz "qirq" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 34-moddaning oʻninchi qismidagi "uchinchi va oʻn uchinchi хatboshilarida koʻrsatilgan masalalar" degan soʻzlar "oʻn ikkinchi хatboshisida koʻrsatilgan masala" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyulda qabul qilingan "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisida"gi OʻRQ-42-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 7, 372-modda) 19-moddasi yettinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "kashfiyotlarni" degan soʻz "iхtirolarni" degan soʻz bilan almashtirilsin.

10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 22 dekabrda qabul qilingan "Rieltorlik faoliyati toʻrisida"gi OʻRQ-269-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, N 12, 469-modda) 18-moddasi birinchi qismining toʻqqizinchi хatboshisidagi "хalq ta’limi boʻlimlari" degan soʻzlar "хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

11-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2011 yil 22 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 51-son, 542-modda