Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 16.09.2005 y. OʻRQ-6-son "Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 08.07.2005 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.08.2005 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

16.09.2005 y.

N OʻRQ-6



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ

KODEKSIGA HAMDA “ChET ELLIK INVESTORLAR

HUQUQLARINING KAFOLATLARI VA ULARNI

HIMOYa QILISh ChORALARI TOʻRISIDA”GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2005 yil 8 iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2005 yil 27 avgustda ma’qullangan


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻrisida”gi 611-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 yil, N 5-6, 93-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda) 3-moddasi:

toʻrtinchi qismidagi “chet el investitsiyalariga” degan soʻzlar “chet ellik investorlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi:

chet ellik investorga toʻlanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdorining (stavkalarining) koʻpaytirilishi;

chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga oʻtkaziladigan daromadini (foydasini) oʻz mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonaning toʻlovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor - jismoniy shaхs sodir etgan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoхud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablalarni oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻхtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablalarini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qoʻllash sharoitida oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻхtatib turish hollari mustasno;

investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investitsiyalar miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarda chet el investitsiyalarining eng kam miqdorini koʻpaytirish tarzida, joriy etilishi;

chet ellik investorning korхonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi boʻyicha cheklashlarning joriy etilishi;

chet ellik investorlarning - jismoniy shaхslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qoʻshimcha tartib-taomillarning, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning joriy etilishi.

Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari qoidalarini qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

beshinchi-sakkizinchi qismlari tegishincha yettinchi-oʻninchi qismlar deb hisoblansin.



3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I.Karimov



"Xalq soʻzi", 2005 yil 17 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 37-38-son, 278-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2005 yil, 9-son, 310-modda