Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 06.10.2010 y. OʻRQ-264-son "Monopoliyaga qarshi davlat organi qayta tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.06.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

06.10.2010 y.

N OʻRQ-264



MONOPOLIYaGA QARShI DAVLAT

ORGANI QAYTA TAShKIL ETILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM

QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 22 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda) 268-1-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"268-1-modda. Monopoliyadan chiqarish

va raqobatni rivojlantirish organlari


Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlariga ushbu Kodeksning 178, 178-1 va 215-1-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqlidir:

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari - eng kam ish haqining oʻn baravarigacha miqdorda;

monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari - eng kam ish haqining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Iste’molchilarning huquqlarini himoya kilish toʻrisida"gi 221-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 59-modda; 2002 yil, N 4-5, 74-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 413-modda; 2006 yil, N 10, 536-modda; 2008 yil, N 4, 183-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 23-moddaning uchinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 25-moddaning nomi va birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 27-modda ikkinchi qismining birinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2010 yil 7 oktyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 40-41-son, 343-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, 10-son, 380-modda