Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 17.09.2010 y. OʻRQ-258-son "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.04.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

17.09.2010 y.

N OʻRQ-258



"AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY

HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYaTLI FAVQULODDA

VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISh TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 22 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Aholini va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻrisida"gi 824-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 9, 221-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning:

ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"favqulodda vaziyat - odamlar qurbon boʻlishiga, ularning solii yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, хavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat";


toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi хavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va soliini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va soliini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda хavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi";


2) 8-modda ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisidagi "aholi hayoti va soliini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish" degan soʻzlar "odamlarning hayotini asrab qolish va soliini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 9-modda birinchi qismining beshinchi хatboshisidagi va 11-moddaning toʻrtinchi хatboshisidagi "harbiylashtirilmagan tuzilmalar" degan soʻzlar "qutqaruv хizmatlari va qutqaruv tuzilmalari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 22-moddaning ikkinchi qismidagi "atrof tabiiy muhitni solomlashtirish, fuqarolarning hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarning hayot faoliyatini tiklash" degan soʻzlar "fuqarolarning hayot faoliyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’yektlarning ishini tiklash hamda atrof tabiiy muhitni solomlashtirish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 18 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 316-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, 9-son, 338-modda