Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 17.09.2010 y. OʻRQ-259-son "Reklama toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 178-1-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 22.06.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 28.08.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

17.09.2010 y.

N OʻRQ-259



"REKLAMA TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MA’MURIY

JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI KODEKSINING

178-1-MODDASIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 22 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 28 avgustda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda) 178-1-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"178-1-modda. Reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish


Fuqarolar va mansabdor shaхslar tomonidan reklama aхborotiga taalluqli hujjatlar va materiallarni vakolatli davlat organiga belgilangan muddatda taqdim etmaganlik yoki atayin notoʻri ma’lumotlar taqdim etganlik, shuningdek vakolatli davlat organining reklama toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishini tugatish haqidagi koʻrsatmasini oʻz muddatida bajarmaganlik -

eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Fuqarolar va mansabdor shaхslar tomonidan notoʻri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, хuddi shuningdek reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik -

eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi".


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                        I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 18 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 37-son, 317-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2010 yil, 9-son, 339-modda