Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 16.12.2009 y. OʻRQ-233-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 12.08.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

16.12.2009 y.

N OʻRQ-233



"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING

6-MODDASIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh

HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 12 avgustda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 4 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi 818-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda) 6-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


toʻrtinchi va beshinchi qismlar quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Vazirlarning va davlat qoʻmitalari raislarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan хoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.

Davlat boshqaruvi organlari hay’atlarining a’zolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan хoʻjalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi";

oltinchi qism yettinchi qism deb hisoblansin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 17 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 532-modda.