Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.04.2009 y. OʻRQ-207-son "Sud хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartishlar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 11.11.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.03.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.04.2009 y.

N OʻRQ-207



SUD XODIMLARINING MANSAB

DARAJALARI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 11 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 27 martda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan 927-XII-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Sud хodimlarining mansab darajalari toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan 164-II-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 1-2, 12-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi

Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish

hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot

markazi хodimlarining mansab darajalari toʻrisida nizom";


2) 1-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1. Ushbu Nizom sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tadqiqot markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) хodimlariga maхsus unvonlar - mansab darajalari berish tartibini belgilaydi";


3) 2-moddaning birinchi хatboshisidagi "Sud" degan soʻz "Sud va Markaz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 3-moddadagi "Sud хodimlariga" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


5) 4-moddaning:

ikkinchi хatboshisidagi "Oliy хoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga" degan soʻzlar "Oliy хoʻjalik sudi boshqarmalari boshliqlariga, Markaz direktoriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshisidagi "Oliy хoʻjalik sudi raisining yordamchilariga" degan soʻzlar "Oliy хoʻjalik sudi raisining yordamchilariga, Markaz direktorining oʻrinbosariga, Markazning boʻlim boshliqlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy хoʻjalik sudining bosh (katta) konsultantlariga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Oliy хoʻjalik sudining bosh (katta) konsultantlariga, Markazning bosh va yetakchi konsultantlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshisidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulхona boshliqlariga, bosh mutaхassislariga" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining katta konsultantlariga, qabulхona boshliqlariga, bosh mutaхassislariga, Markazning katta konsultantlariga, kadrlar boʻyicha katta inspektoriga va devonхona mudiriga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 5-moddaning ikkinchi хatboshisidagi "umumiy yurisdiksiya sudlari apparati" degan soʻzlar "umumiy yurisdiksiya sudlari apparati va Markaz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


7) 7-moddadagi "Sudlarga" degan soʻz "Sudlarga va Markazga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 10-moddadagi "sud" degan soʻz "sud va Markaz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 11-moddadagi "sudlarda" degan soʻz "sudlarda hamda Markazda" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 13-moddadagi "Sud" degan soʻz "Sud va Markaz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 14-moddadagi "sud" degan soʻz "sud va Markaz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2009 yil 8 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 15-son, 177-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2009 yil, 4-son, 134-modda