Oʻzbekiston Respublikasining 07.04.2009 y. OʻRQ-206-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.03.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.03.2009 y. ma’qullangan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
QONUNI
07.04.2009 y.
N OʻRQ-206
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING
AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh
VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 4 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009 yil 27 martda ma’qullangan
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi 154-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 496-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda) 4-moddasining toʻrtinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining" degan soʻzlardan keyin "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida"gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 491-modda, N 10, 536-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) 4-moddasining uchinchi qismi "qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N3, 38-modda, N9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008 yil, N 9, 489-modda, N 12, 640-modda) 20-moddasining birinchi qismidagi "ellik" degan soʻz "toʻrt yuz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
"Xalq soʻzi", 2009 yil 8 aprel
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 15-son, 176-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2009 yil, 4-son, 133-modda