Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.04.2009 y. OʻRQ-206-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.03.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 27.03.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.04.2009 y.

N OʻRQ-206



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 4 martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 27 martda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida"gi 154-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 247-modda; 1998 yil, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 496-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda) 4-moddasining toʻrtinchi хatboshisi "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankining" degan soʻzlardan keyin "Mikrokreditbank" aksiyadorlik tijorat bankining" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan "Banklar va bank faoliyati toʻrisida"gi 216-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 54-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 9, 491-modda, N 10, 536-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda) 4-moddasining uchinchi qismi "qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N3, 38-modda, N9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda, N 12, 598, 606, 608-moddalar; 2008 yil, N 9, 489-modda, N 12, 640-modda) 20-moddasining birinchi qismidagi "ellik" degan soʻz "toʻrt yuz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2009 yil 8 aprel


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 15-son, 176-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2009 yil, 4-son, 133-modda