Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 24.12.2010 y. OʻRQ-274-son "Soliq va byudjet siyosatining 2011 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 30.11.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.12.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

24.12.2010 y.

N OʻRQ-274



SOLIQ VA BYuDJET SIYoSATINING 2011 YILGA

MOʻLJALLANGAN ASOSIY YOʻNALIShLARI QABUL

QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 30 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 3 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) quyidagi mazmundagi 49-3-modda bilan toʻldirilsin:


"49-3-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik,

homiladorlik va tuish nafaqalarini toʻlash

boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash


Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda toʻlash boʻyicha majburiyatdan boʻyin tovlash -

mansabdor shaхslarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


2) quyidagi mazmundagi 175-5-modda bilan toʻldirilsin:


"175-5-modda. Xodimlar sonini yashirish


Xodimlar sonini yashirish -

fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, -

fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa - oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi";


3) 255-moddaning birinchi qismi "49-2" raqamidan keyin "49-3" raqami bilan toʻldirilsin;


4) 264-moddaning birinchi qismidagi "175-4-moddasida" degan soʻzlar "175-4, 175-5-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi 717-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 598-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"tekshiruvlarni oʻtkazish zarurati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiqqanda".

5-modda. Ushbu Qonun 2011 yilning 1 yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                     I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2010 yil 25 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 51-son, 485-modda.