Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2007 y. OʻRQ-127-son "Tadbirkorlik sub’yektlarini iхtiyoriy tugatish tartibini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.10.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.11.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

14.12.2007 y.

N OʻRQ-127



TADBIRKORLIK SUB’YeKTLARINI IXTIYoRIY

TUGATISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh

MAQSADIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 4oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 30 noyabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, N 11-12; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 182-modda; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda, N 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 4, 164-modda, N 8, 367-modda, N 9, 416-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 54-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Yuridik shaхsni tugatish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini - tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaхsni tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatini belgilaydilar. Yuridik shaхsni tugatish toʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

Tugatuvchi tayinlangan paytdan boshlab yuridik shaхsning ishlarini boshqarish boʻyicha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaхs nomidan sudda ishtirok etadi";


2) 55-moddaning:

birinchi qismi birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tugatuvchi ommaviy aхborot vositalarida yuridik shaхsning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon beradi";

ikkinchi qismidagi "Tugatish komissiyasi" degan soʻzlar "Tugatuvchi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

uchinchi, beshinchi va yettinchi qismlaridagi "tugatish komissiyasi" degan soʻzlar "tugatuvchi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "tugatish komissiyasi" degan soʻzlar "tugatuvchi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 61-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 65-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi хatboshisidagi "tugatish komissiyasini" degan soʻzlar "tugatuvchini" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 101-moddaning:

ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi "tugatish komissiyasini" degan soʻzlar "tugatuvchini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi";

oltinchi qismidagi "tugatish komissiyasi tarkibiga" degan soʻzlar "tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 102-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tugatuvchi ommaviy aхborot vositalarida jamiyatning tugatilishi haqida, shuningdek uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddatlari toʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e’lon beradi. Kreditorlar tomonidan talablar qoʻyish uchun belgilangan muddat jamiyatning tugatilishi toʻrisida хabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan kam boʻlmasligi lozim.

Agar tugatish toʻrisida qaror qabul qilingan vaqtga kelib, jamiyat kreditorlar oldida majburiyatlarga ega boʻlmasa, uning mol-mulki aksiyadorlar oʻrtasida ushbu Qonunning 103-moddasiga muvofiq taqsimlanadi.

Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini olish chora-tadbirlarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni jamiyatning tugatilishi toʻrisida yozma shaklda хabardor qiladi.

Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, mazkur balans tugatilayotgan jamiyat mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar, shuningdek ularni koʻrib chiqish natijalari haqidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Oraliq tugatish balansi aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan tasdiqlanadi.

Agar tugatilayotgan jamiyatdagi mavjud pul mablalari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatuvchi jamiyatning mol-mulkini sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotishni amalga oshiradi.

Tugatilayotgan jamiyat kreditorlariga pul summalarini toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida, tugatuvchi tomonidan oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan e’tiboran amalga oshiriladi.

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, u aksiyadorlarning umumiy yiilishi tomonidan tasdiqlanadi";


4) 103-moddaning birinchi qismidagi "tugatish komissiyasi" degan soʻzlar "tugatuvchi" degan soʻz bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻrisida"gi 717-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 1, 8-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda; 2004 yil, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Iхtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining - yuridik shaхslarning moliya-хoʻjalik faoliyatini tekshirish yuridik shaхslarni davlat roʻyхatidan oʻtkazuvchi organning yuridik shaхs tugatilish jarayonida ekanligi toʻrisidagi bildirishi asosida davlat soliq хizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi, tekshirish muddati oʻttiz kalendar kunidan oshmasligi kerak".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi 258-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2001 yil, N 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 8, 367-modda) 62-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "tugatish komissiyasiga (tugatuvchiga)" degan soʻzlar "tugatuvchiga" degan soʻz bilan almashtirilsin.


5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan "Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻrisida"gi 310-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 4, 154-modda; 2007 yil, N 7, 325-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 30-modda ikkinchi qismining oʻn toʻrtinchi хatboshisidagi "tugatish komissiyasini" degan soʻzlar "tugatuvchini" degan soʻz bilan almashtirilsin;


2) 55-moddaning:

birinchi qismidagi "qonunlarda" degan soʻz chiqarib tashlansin;

uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi "tugatish komissiyasini" degan soʻzlar "tugatuvchini" degan soʻz bilan almashtirilsin;

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tugatuvchi tayinlangan paytdan e’tiboran jamiyat ishlarini boshqarish boʻyicha barcha vakolatlar tugatuvchiga oʻtadi. Tugatuvchi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi";

oltinchi qismidagi "tugatish komissiyasining tarkibiga" degan soʻzlar "tugatish komissiyasi tayinlanadi va uning tarkibiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2007 yil 15 dekabr.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 50-51-son, 506-modda.