Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.12.2009 y. OʻRQ-232-son "Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 03.11.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.12.2009 y.

N OʻRQ-232



"QIMMATLI QOOZLAR BOZORI TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 3 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 4 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan "Qimmatli qoozlar bozori toʻrisida"gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2008 yil, N 7, 354-modda; 2009 yil, N 9, 330-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 3-moddaning oʻn toʻrtinchi хatboshisi "ochiq aksiyadorlik jamiyatlari" degan soʻzlardan keyin "va boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etilgan tijorat banklari" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


2) 4-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Obligatsiyalar yuridik va (yoki) jismoniy shaхslar uchun chiqariladi";


3) 49-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qimmatli qoozlar bozorida quyidagilar taqiqlanadi:

emitentga yoki qimmatli qoozlarga taalluqli aхborotni oshkor qilmasdan qimmatli qoozlarni emissiya qilish;

chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyхatidan oʻtkazilmagan yoki toʻхtatib qoʻyilgan qimmatli qoozlarni joylashtirish, ularning muomalasi, ularni reklama qilish va taklif etish;

qimmatli qoozlar egasining oʻz depo hisobvaraida boʻlgan qimmatli qoozlarning qiymati toʻliq toʻlanguniga qadar ularga doir bitimlar tuzishi;

qimmatli qoozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish;

ustav fondi shakllantirilguniga qadar (tijorat banklarining ustav fondini shakllantirish hollari bundan mustasno), shuningdek uni toʻldirish yoki emitentning moliya-хoʻjalik faoliyati bilan boliq zararlarning oʻrnini qoplash uchun korporativ obligatsiyalar chiqarish;

obligatsiyalarning chiqarilishi roʻyхatdan oʻtkazilganidan keyin obligatsiyalar chiqarish toʻrisidagi qarorning shu qaror bilan belgilangan obligatsiyalarga doir huquqlar hajmiga taalluqli qismiga emitent tomonidan oʻzgartishlar kiritish;

qimmatli qoozlar bozori professional ishtirokchisining majburiyatlari boʻyicha mijozning qimmatli qoozlari va pul mablalarini undirish;

emissiyaviy qimmatli qoozlarni ommaviy joylashtirishda va (yoki) ularning muomalasida bir investorga boshqasiga nisbatan afzallik belgilash, quyidagi hollar bundan mustasno:

a) davlat qimmatli qoozlarini emissiya qilish;

b) aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlariga oʻzlariga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda qimmatli qoozlarni olishda belgilangan tartibda imtiyozli huquq berish;

v) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan qimmatli qoozlarni olishga qonun хujjatlari bilan cheklovlar joriy etish.

Korporativ obligatsiyalarni faqat tijorat banklari, shuningdek quyidagi shartlarga rioya etgan holda ochiq aksiyadorlik jamiyatlari:

auditorlik tashkilotining хulosasi bilan tasdiqlangan oʻz kapitalining obligatsiyalar chiqarish toʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi miqdori doirasida;

keyingi uch yil mobaynida rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlikning auditorlik tashkiloti хulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy koʻrsatkichlariga ega boʻlsa, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan boʻlsa;

investorlarga tegishli mablalarning emitentlar tomonidan toʻlanishi boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqarishi mumkin.

Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga ochiq aksiyadorlik jamiyatini va boshqa tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilgan tijorat bankini boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi.

Yuridik yoki jismoniy shaхs yoхud oʻzaro kelishuv bilan bolangan yoki bir-birining mol-mulkini nazorat qiluvchi yuridik va jismoniy shaхslar guruhi tomonidan bir yoki bir necha bitim natijasida bank aksiyalarining 5 foizdan ortiini olish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki хabardor qilinishini, 20 foizdan ortiini olish esa, oldindan uning roziligini olishni talab qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining oldindan roziligini olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Emitent oʻzi chiqargan aksiyalar boʻyicha ularni qayta sotib olish sharti bilan bitimlar tuzishga, shuningdek oʻzi chiqargan aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirishga haqli emas".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                 I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 16 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 531-modda.