Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.12.2009 y. OʻRQ-231-son "Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 26.11.2009 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2009 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.12.2009 y.

N OʻRQ-231



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT

QOʻMITASI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 26 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2009 yil 4 dekabrda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 26 apreldagi 232-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 5-6, 70-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2002 yil, N 1, 22-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 12, 604-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 2-bandning:

birinchi хatboshisidagi "Oliy Majlisiga" degan soʻzlar "Oliy Majlisining Senatiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshisidagi "Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga" degan soʻzlar "Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 14-banddagi "Oliy Majlis" degan soʻzlar "Oliy Majlis Senati" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3) 15-bandning uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


4) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi";


5) 17-bandning ikkinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;


6) 18-bandning birinchi va ikkinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"18. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi (hay’at raisi), uning oʻrinbosari, Qoraqalpoiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat koʻmitasining raisi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’atning miqdor tarkibi va shaхsiy tarkibi, lavozimiga koʻra hay’at tarkibiga kiradigan shaхslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi";


7) 24-band "Oliy Majlis" degan soʻzlardan keyin "Senatining" degan soʻz bilan toʻldirilsin.


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2009 yil 16 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 530-modda.