Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 25.12.2008 y. OʻRQ-194-son "Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 19.11.2008 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 04.12.2008 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

25.12.2008 y.

N OʻRQ-194



SAYLOV TOʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISh VA

QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2008 yil 19 noyabrda qabul qilingan.

Senat tomonidan 2008 yil 4 dekabrda ma’qullangan.


1-modda. Oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda) 77-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat".


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 4 aprelda qabul qilingan "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻrisida"gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 4-5, 60-modda) 5-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi bir yuz ellik deputatdan iborat";

quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi";

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.



5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrda qabul qilingan "Siyosiy partiyalar toʻrisida"gi 337-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 2, 36-modda; 1999 yil, N 9, 229-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda) 13-1-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2002 yil, N 12, 215-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻridan-toʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.

Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi";


2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhlarini tuzishga haqli";


3) 25-1-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda, N 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 4-moddaning:

toʻrtinchi qismidagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhlarini tuzishga haqli";


3) 9-1-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 22-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan "Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻrisida"gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 161-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 2-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 4-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi 818-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 9-10, 138-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 163-modda) 4-moddasining ikkinchi va toʻrtinchi qismlaridagi "saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston ekologik harakatidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi toʻrisida"gi 704-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 8-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Deputat oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bolab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bolab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi".



13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 2 dekabrda qabul qilingan "Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish toʻrisida"gi 708-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 1, 12-modda) quyidagi mazmundagi 7-1-modda bilan toʻldirilsin:


"7-1-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan

Qonunchilik palatasi deputatining chaqirib olinishi


Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish uning oliy organi tomonidan amalga oshiriladi".



14-modda. Ushbu Qonun 2009 yil 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2008 yil 27 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 52-son, 510-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 12-son, 637-modda