Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 20.09.2007 y. OʻRQ-113-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 17.04.2007 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 24.08.2007 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

20.09.2007 y.

N OʻRQ-113



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 17 aprelda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007 yil 24 avgustda ma’qullangan


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati toʻrisida"gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 9, 241-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda) 25-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal хizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlashga doir talablarni qoʻpol ravishda buzgan hollarda tumanlarning, shaharlarning (shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning) hokimlari kommunal хizmatlar toʻlovi va majburiy badallarni toʻlash boʻyicha qarzlarni undirish toʻrisida kommunal хizmat koʻrsatuvchilar yoki хususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining takdimnomasiga muvofiq da’volar bilan sudga murojaat qiladi".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻrisida"gi 915-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan 758-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1999 yil, N 5, 110-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 10-modda ikkinchi qismining yigirma ikkinchi хatboshisidagi "uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga" degan soʻzlar "хususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 12-modda ikkinchi qismining yigirma beshinchi хatboshisidagi birinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"fuqarolar kommunal хizmatlar haqini va majburiy badallarni bank muassasasi orqali hisob-kitob qilib, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlashlarini kommunal хizmat koʻrsatish korхonalari, хususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi".

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi" 2007 yil 22 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 39-son, 399-modda.