Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 13.12.2010 y. OʻRQ-265-son "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida" (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.10.2010 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 03.12.2010 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

13.12.2010 y.

N OʻRQ-265



"TADBIRKORLIK FAOLIYaTI ERKINLIGINING

KAFOLATLARI  TOʻRISIDA"GI  OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINING 5-MODDASIGA

OʻZGARTISh KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2010 yil 21 oktyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2010 yil 3 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻrisida"gi 69-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2000 yil, N 5-6, 140-modda; 2001 yil, N 5, 89-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda, N 9, 494-modda, N 10, 536-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2010 yil, N 9, 336-modda) 5-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Mikrofirma va kichik korхona хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yoʻl qoʻyilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:

mikrofirma va kichik korхona Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band boʻlgan хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga Oʻzbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining oʻqishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt oʻtmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;

kichik korхona oʻz uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band boʻlgan хodimlarning belgilangan oʻrtacha yillik soni koʻpi bilan 30 foiz oshirilganda".


2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov



“Xalq soʻzi”, 2010 yil 14 dekabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 50-son, 469-modda.