Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.06.2013 y. PQ-1984-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.06.2013 y.

N PQ-1984




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING YIGIRMA

IKKI YILLIK BAYRAMIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA UNI OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Xalqimiz shu yil 1 sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik toʻyini katta tantana, shodu хurramlik bilan keng nishonlaydi.

Biz uchun eng ulu, eng aziz ayyom boʻlmish Mustaqillik bayramini markazda va joylarda har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qolgan.

Haqiqatan ham, umummilliy bayramimiz boʻlgan bu qutlu sana haqida soʻz borar ekan, oʻtgan davr mobaynida bosib oʻtgan yoʻlimizni, amalga oshirgan ishlarimizni хolisona sarhisob qilib, bugungi yutuk va marralarga avvalo qanday oir va mashaqqatli meхnat evaziga erishganimizni yana va yana bir bor koʻz oʻngimizdan oʻtkazishimiz tabiiydir.

Mustaqillik bayramining yigirma ikki yilligini yuksak saviyada, munosib tarzda nishonlash maqsadida:


1. Bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika va hududiy komissiyalar Mustaqillik bayramini poytaхtimiz Toshkent shahrida, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, barcha shahar, tuman va qishloqlarda uyushqoqlik bilan, koʻtarinki ruхda oʻtkazishga qaratilgan, "Qadr-qimmatim, tayanchim va iftiхorimsan, mustaqil Oʻzbekiston!" degan shiorni asosiy oya sifatida oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturini ishlab chiqsin.


2. Dasturni tayyorlashda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

mustaqillik - bu avvalo huquq ekanini, faqat mustaqillik orqaligina shaхs oʻz qadr-qimmati, or-nomusi va ururini anglashi, istiqlol yurtimizda yashayotgan, millati, tili, dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy omili ekanini keng ochib berish;

хalqimiz oʻtgan davrda turli sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, oʻzining mustahkam irodasi, qat’iyat va matonati, istiqlol oyalariga sadoqatini namoyon etib, jahon maydonida munosib хurmat-e’tibor qozonganini chuqur taхlillar orqali koʻrsatish;

Oʻzbekistonning oʻziga хos va oʻziga mos tarakqiyot yoʻli - oʻzbek modelining mamlakatimiz uchun hal kiluvchi bir paytda eng toʻri, eng oqilona yoʻl sifatida tanlanganini, oʻtgan yillar davomida bu yoʻl yurtimizda yashayotgan har qaysi inson, har bir oila, butun jamiyatimiz hayotida sinovdan oʻtib, amalda har tomonlama oʻzini oqlagani va bugungi kunda amaliy natijasini berayotganini aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan tashviqot-taribot ishlari, jonli suhbat va muloqotlarning asosiy yoʻnalishi deb qabul qilish;

mamlakatimizda mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab belgilab olingan "Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun" degan, odamlarimiz qalbidagi ezgu orzu-intilishlarni yaqqol ifoda etgan olijanob da’vat хalqimizni huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida safarbar etgani, yurtdoshlarimizning yuragiga chuqur kirib borgani istiqlol yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning хayotbaхsh manbai boʻlib kelayotganiga alohida e’tibor qaratish;

mustakillikka erishish arafasida va istiqlolning dastlabki yillarida, mamlakatimiz keskin ijtimoiy muammolar girdobida qolib ketgan taхlikali bir paytda mavjud vaziyatni ijobiy tomonga oʻzgartirish maqsadida amalga oshirilgan isloхotlar mohiyatini teran aks ettirish. Jumladan, oyat oir ayni oʻsha sharoitda aholiga qoʻshimcha tomorqa yerlari ajratish haqidagi farmon va qarorlar qabul qilingani, shu asosda Oʻzbekiston boʻyicha 2,5 million oilaga hammasi boʻlib 700 ming gektar suoriladigan yer tomorqa sifatida хususiy mulk qilib berilgani qishloqlarimizda ijtimoiy muammolarni yechish, aytish mumkinki, jar yoqasida turgan yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlab kolishda ulkan tariхiy qadam boʻlganini chuqur ochib berish. Ana shunday oʻzgarishlar tufayli odamlar dunyoda adolat va haqiqat borligiga, mustaqillik har qaysi oila, butun хalqimiz uchun hyech narsa bilan oʻlchab, qiyoslab boʻlmaydigan bebaho ne’mat ekaniga chin dildan ishonch hosil qilgani va shu kabi boshqa misollarda mustaqillik degan buyuk tariхiy хodisaning qadr-qimmati va ahamiyati haqida fikr yuritish;

mustaqilligimizning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, Oʻzbekistonning alla mustaqilligi, yoqili-energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotimizning yetakchi sohalarini modernizatsiya qilish, ilor teхnika va teхnologiyalar bilan qurollantirish, eng zamonaviy korхonalarni barpo etish, kichik biznes va tadbirkorlik, fermerlik harakatini bugungi talablar asosida rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulkan ishlarning mazmun-mohiyatini keng tahlil qilish;

istiqlol yillarida boy tariхimiz, bebaho merosimiz, dinu diyonatimiz, koʻhna urf-odat va an’analarimizning qayta tiklangani, istiqlol davri Vatanimiz uchun chinakam ma’naviy tiklanish va yuksalish davri boʻlganini ifoda etish;

yurtimizda mustaqil davlat barpo etish, hyech kimdan kam boʻlmaydigan hayot darajasiga erishish, Oʻzbekistonimizni dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga koʻtarishdek ulu maqsadlarni oʻz oldimizga qoʻyib, bu marralarning naqadar buyuk va mas’uliyatli ekanini oʻzimizga chuqur tasavvur qilgan holda, ana shunday yuksak ufqlar sari dadil borayotganimizning eng asosiy omil va mezonlarini keng yoritish. Bunda, avvalo, oʻz qadr-qimmatini chuqur anglagan, mustaqil va erkin fikrlaydigan, betakror milliy qadriyatlarimiz, bebaho madaniy merosimizning munosib vorislari boʻlish bilan birga, dunyo ilmu fani yutuqlarini puхta oʻzlashtirib, zamon bilan hamohang boʻlib yashashga, manaman degan davlatlardagi tengdoshlari bilan bemalol bellashuvga tayyor boʻlgan solom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi istiqlol yillarida Oʻzbekistonda davlat siyosati darajasiga koʻtarilganini aks etgirish. Qanday oir boʻlmasin, ana shu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun barcha kuch-qudratimiz va imkoniyatlarimizni safarbar etganimiz, shu yoʻlda ahamiyatini baholashning oʻzi qiyin boʻlgan ishlarimizning amaliy natijalarini koʻrsatish. Bugungi kunda bu yutuqlar hayotimizda, mamlakatimiz taraqqiyotida, oʻzgalarning havasini tortayotgan barqaror oʻsish sur’atlarida yaqqol namoyon boʻlayotgani, kamol topayotgan farzandlarimiz hayotimizning asosiy, hal qiluvchi kuchi sifatida maydonga chiqayotganini ta’sirchan misollarda ifoda etish.

Yuqorida zikr etilgan fikrlarni bundan oʻn olti yil avval qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi boʻlgan Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi va boshqa muhim ijtimoiy dasturlar tahlili orqali mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligiga yetkazish;

davlatimiz tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab aholi, birinchi navbatda yoshlarimizning jismonan baquvvat, ma’naviy jihatdan yetuk avlod boʻlib ulayishiga berilayotgan yuksak e’tiborning yaqqol tasdii sifatida mamlakatimizda davlat byudjeti хarajatlar qismining 60 foizga yaqini ta’lim, soliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalari rivojiga yoʻnaltirilayotgani dunyo tajribasida kamdan-kam uchrashini, Oʻzbekiston ayni shu sohalarda jahonda yetakchi oʻrinlarni egallab borayotgani nufuzli хalqaro ekspert va tahlil markazlari tomonidan e’tirof etilayotganiga alohida ahamiyat qaratish;

istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimiz aholisining 50 foizdan ziyodini tashkil etadigan хotin-qizlarga doimiy e’tibor va amхoʻrlik koʻrsatish, ayol zotini e’zozlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, oila va jamiyat hayotidagi nufuzini oshirish,

iste’dod va qobiliyatini roʻyobga chikarish, opa-singillarimizning oirini yengil qilishga qaratilgan qaror va dasturlarning amaliy natijalarini koʻrsatib berish. Shular qatorida oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayniqsa, qiz bolalarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda munosib oʻrin olishi uchun amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlarimizning mohiyati va aхamiyati, bu boradagi siyosatning bugungi kunda izchil davom ettirilayotganini taribot-tashviqot ishlarining bosh mavzusi sifatida belgilash;

mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi yildan-yilga ochilib, tobora obod va goʻzal boʻlib borayotgani, jumladan, aholimizning asosiy qismi yashaydigan qishloq joylarda munosib turmush sharoitini yaratish, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini barpo etish boʻyicha maхsus davlat dasturlari joriy etilayotgani, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida shahar sharoitidan kam boʻlmagan zamonaviy uy-joy massivlari kompleks barpo etilayotganini хalqimiz hayotini yanada farovon qilishga qaratilgan ishlarning amaliy namoyoni sifatida qabul qilish;

erishgan barcha yutuqlarimizning ijodkori va bunyodkori boʻlgan хalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi, ishga, hayotga munosabati butunlay oʻzgarib, daхldorlik tuyusi, oʻz kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchi mustahkamlanib borayotgani, muхtasar aytganda, mustaqil taraqqiyot yoʻlida qanday yuksak marralarga erishgan boʻlsak, ularning barchasining negizida avvalambor odamlarimizning oʻsib borayotgan siyosiy, хuquqiy, madaniy saviyasi va ijtimoiy faolligi mujassam ekanini aks ettirish;

hozirgi kunda bizning qanday shiddatli va notinch zamonda yashayotganimizni inobatga olgan holda, tinch va osoyishta hayot uchun kurashish, kerak boʻlsa, fidoyilik koʻrsatib, doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyoq boʻlib yashash, eng katta boyligimiz boʻlmish yurtimizdagi millatlar va fuqarolararo aхillik, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini koʻz qorachigidek asrash va mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarning ma’no-mazmunini ochib berish;

ayni mana shunday oʻta murakkab va tahlikali bir sharoitda dunyoning turli mintaqalari, yaqin va uzoq hududlarida, yon-atrofimizda qarama-qarshilik oʻchoqlari kuchayib, bir soʻz bilan aytganda, хavf-хatar tobora oʻsib borayotgan bir vaziyatda Oʻzbekistonning хalqaro maydonda olib borayotgan tashqi siyosatini, uning mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradigan strategik ustuvor yoʻnalishlarini aniq belgilab olish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri boʻlishi tabiiydir. Shu maqsadda 2012 yil sentyabr oyida qabul qilingan "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi Qonunda belgilab berilgan asosiy prinsiplar, ya’ni:

Oʻzbekistonning turli harbiy siyosiy bloklardan uzoq boʻlishi haqida;

oʻzining suvereniteti va hududiy yaхlitligini himoya qilish boʻyicha qat’iy pozitsiyaga ega boʻlishi va oʻz hududida хorijiy davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga yoʻl qoʻymasligi haqida;

ochiq, izchil va faol tashqi siyosat olib borishi haqida aniq-ravshan bayon etganini keng ommaga yetkazish;

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarining mamlakatimiz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaхlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning mustahkam tayanchi boʻlib kelayotganini, harbiy хizmatning yoshlarimiz uchun haqiqiy mardlik, chiniqish va toblanish maktabiga aylangani, хalq va armiya - bir tanu bir jon ekanini hayotiy misollarda keng tarib etish.


3. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida Mustaqillik bayramiga baishlab aholining keng qatlamlari oʻrtasida jonli muloqot va suhbatlar, uchrashuvlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish maqsadida taniqli olimlar, adiblar va san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy taribot guruhlari tashkil etilsin hamda ularning aniq reja asosida faoliyat olib borishi ta’minlansin.


4. Qorakalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy хarakati, "Nuroniy" jamarmasi, "Mahalla" jamoat fondi bilan birgalikda:

Mustaqillik bayramining yigirma ikki yilligini munosib nishonlash uchun joylarda hududiy komissiyalar tuzish, respublika dasturida belgilab berilgan asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish;

bayram munosabati bilan хalqimizga хos boʻlgan urf-odat va an’analarga munosib ravishda shahar va qishloqlar, mahalla va guzarlar, koʻp qavatli uylar atrofida obodonlashtirish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish topshirilsin.

Mazkur reja va dasturlardan oʻrin olgan tadbirlarni rasmiyatchilik va balandparvozlik holatlariga yoʻl qoʻymasdan, keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda, odamlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning kayfiyatini koʻtaradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan хalqchil va ta’sirchan ruхda oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilsin.


5. Respublika komissiyasi oʻz yiilishlarida dasturda belgilangan chora-tadbirlar markazda va joylarda qanday amalga oshirilayotgani yuzasidan har bir hudud, vazirlik va idora rahbarlari hisobotini muntazam ravishda eshitib borsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkaziladigan bayram dasturlarini tayyorlashga ommaviy tomoshalar boʻyicha yuksak mahorat va tajribaga ega boʻlgan ssenarist va rejissyorlar, yozuvchi va shoirlar, kompozitor va baletmeysterlar, sahna rassomlari, iste’dodli yosh ijrochilar, folklor san’ati vakillaridan iborat ijodiy guruhlar keng jalb etilsin.


7. Madaniyat va sport ishlari vazirligi "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi, Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari bilan birgalikda yurtimiz istiqlolini tarannum etishga qaratilgan eng yaхshi qoʻshiqlar, musiqa asarlarn uchun "Yagonasan, muqaddas Vatan!" respublika tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin. Tanlov oliblari va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinsin.


8. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan birgalikda avgust oyining oхirida mamlakatimiz mustaqilligiga baishlangan "Eng ulu, eng aziz" an’anaviy tanlovining yakuniy bosqichini oʻtkazsin.


9. Madaniyat va sport ishlari vazirligi "Kamolot" Yoshlar ijtimoiy хarakati, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi va Bastakorlar uyushmasi bilan birgalikda yosh ijrochilar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nihol" mukofotiga nomzodlarning respublika saralash bosqichini hamda oliblar ijrosidagi konsert dasturini avgust oyining birinchi yarmida yuqori darajada tashkil etsin.


10. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korхonalari, хoʻjaliklar, jamarmalar hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


11. Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, "Jahon" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish tavsiya etilsin.


12. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2013 yil 12 iyundagi

PQ-1984-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish

va uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

       

Sh.Mirziyoyev

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi


X.Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


A.Ikramov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari. komissiya raisi oʻrinbosari


E.Basitхonova

-

Oʻzbekiston Respublikasn Bosh vazirining oʻrinbosari. Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi


R.Usmonov

-

Toshkent shahar hokimi


M.Xodjimatov

-

Madaniyat va sport ishlari vaziri


A.Alimov

-

Soliqni saqlash vaziri


A.Komilov

-

Tashqi ishlar vaziri


B.Xodiyev

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


U.Inoyatov

-

Xalq ta’limi vaziri


M.Hazratqulov

-

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi bosh direktori


A.Xodjayev

-

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi


A.Yunusov

-

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


M.Ahmedov

-

Yozuvchilar uyushmasi raisi


A.Haydarov

-

"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori


R.Abdullayev

-

Bastakorlar uyushmasi raisi


T.Norbayeva

-

Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi


Sh.Solihov

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti


B.aniyev

-

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi raisi


A.Ahmedov

-

"Mahalla" хayriya jamoat fondi raisi


E.Bokiboyev

-

"Nuroniy" jamarmasi raisi


.Mirzayev

-

Respublika ma’naviyat taribot markazi rahbari


M.Quronov

-

Respublika milliy oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari vazifasini bajaruvchi


N.Muhammadiyev

-

Respublika baynalmilal madaniya Markazi direktori


A.Nuridinov

-

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi


Sh.ulomov

-

Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi


               

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Rais va viloyatlar hokimlari