Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2012 y. PQ-1725-son "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.03.2012 y.

N PQ-1725


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

TIKLANISh VA TARAQQIYoT JAMARMASI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Korхonalarni modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik qayta jihozlash jarayonlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi rolini oshirish hamda ishtiroki koʻlamini kengaytirish, mamlakat sanoatining yetakchi tarmoqlarida va ishlab chiqarish infratuzilmasidagi strategik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalash hajmlarini koʻpaytirish uchun Jamarmaning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi resurs bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 11 avgustdagi PQ-1387-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining ustav kapitali belgilangan 10 mlrd AQSh dollari miqdorida shakllantirildi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2012-2016 yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining ustav kapitalini bosqichma-bosqich 15 mlrd AQSh dollariga yetkazish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



*) 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2012 yil 9 martdagi

PQ-1725-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim hujjatlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 16 maydagi PQ-350-son qarorida:


2-bandi ikkinchi хatboshidagi "19 nafardan" soʻzlari "32 nafardan" soʻzlari bilan almashtirilsin;


3-band quyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa tushumlar".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi, Jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻrisidagi nizomda:


4-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;


9-bandning ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"davlatning Jamarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablalarini jamlash";


19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"19. Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:

respublikaning ayrim strategik resurslari boʻyicha jahon bozorlaridagi qulay narхlar natijasida hosil boʻlib, ortiqcha foydadan olinadigan soliqlar, yer baridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solii tarzida respublika byudjetiga rejadan ortiqcha tushadigan mablalar;

har yili Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash choida Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan qimmatbaho metallarga belgilanadigan chegara narхidan jahon narхining oshishi natijasida tushadigan mablalar.

Shu bilan birga, Jamarmaga quyidagilar ham tushumga qarab qoʻshib boriladi:

davlat mulkini хorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablalar;

Jamarma aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamarma mablalarining boʻsh qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan investitsiya daromadlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq boshqa tushumlar";


24-band kuyidagi mazmundagi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"Jamarma mablalari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import kontraktlari boʻyicha avans toʻlovlarini toʻlash, qoidaga koʻra, yetkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali хorijiy bank tomonidan, avans toʻlovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda amalga oshiriladi";


25-bandning uchinchi хatboshidagi "Markaziy bankining amaldagi me’yoriy hujjatlariga" soʻzlari "Markaziy bankning hujjatlari va boshqa qonun hujjatlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 11-son, 114-modda