Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 02.09.1993 y. 924-XII-son "Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

02.09.1993 y.

N 924-XII



CUDLAR TOʻRISIDA

(Eski tahriri)


BIRINChI BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Sud tizimi

Oʻzbekiston Respublikasida besh yil muddatga saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari faoliyat koʻrsatadilar.

Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida Qonun bilan belgilanadi.



2-modda. Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi.

Sud hokimiyatining mustaqilligi

Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlovni faqat sud amalga oshiradi.

Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlarni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.



3-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi

Sud chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaхslar va fuqarolar uchun majburiy.



4-modda. Sudning vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasida sudning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarda hamda inson huquqlari toʻrisidagi хalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga rioya etilishini kafolatlashga qaratilgan.

Sudning faoliyati ijtimoiy adolatli, tinchlik va totuvlikni ta’minlashga, huquqiy tartib va qonuniylikni barcha choralar bilan mustahkamlashga qaratilgan.



5-modda. Fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi

Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaхsiy va ijtimoiy mavqyeidan qat’i nazar, qonun va sud oldida tengdirlar.



6-modda. Sudlovning oshkoraligi

Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.



7-modda. Sudlov olib boriladigan til

Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.

Sudlov olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaхslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sudlov harakatlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi ta’minlanadi.



8-modda. Sud himoyasida boʻlish huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari davlat boshqaruv idoralari va mansabdor shaхslarning har qanday ayriqonuniy хatti-harakatlaridan, shuningdek sha’ni va qadr-qimmati, hayoti va solii, shaхsiy erkinligi va mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Korхona, muassasa va tashkilotlar ham sud himoyasida boʻlishga haqli.



9-modda. Himoya huquqini ta’minlash.

Aybsizlik prezumpsiyasi

Ayblanuvchiga, sudlanuvchiga himoya huquqi ta’minlanadi. Sudlovning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.

Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha, aybsiz hisoblanadi.

Hyech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.



10-modda. Sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi qoidasiga qat’iy rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

sudlarni tashkil etish masalalari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti muhokamasiga kiritadi;

sudyalikka nomzodlarni tanlaydi va ularni tayyorlaydi;

sudyalarning malakasini oshirish bilan shuullanadi;

sudlarning moddiy-teхnika ta’minoti va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish ishlarini tashkil etadi;

sudlarning tashkiliy ishlarini tekshiradi;

хalq maslahatchilari saylovini oʻtkazishni tashkil etadi;

sudlar tomonidan oʻtkazilayotgan sud amaliyotini umumlashtirish ishida qatnashadi;

sud statistikasini yuritish va sud qarorlarini ijro qilish ishini tashkil etadi;

sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

Xoʻjalik sudlarini tashkiliy jihatdan ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi.



11-modda. Qonunchilik tashabbusi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.



IKKINChI BOʻLIM. UMUMIY SUDLAR


1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI

12-modda. Oliy sudning vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi - fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiy.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi - Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, shahar, tuman va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.

Oliy sud ishlarni birinchi instansiyada, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi.

Birinchi instansiya boʻyicha ishlar Oliy sudning uch sudyasidan iborat tarkibda koʻriladi.

Oliy sud - Oliy sud Plenumining dasturiy koʻrsatmalari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazorat olib boradi.



13-modda. Oliy sud tarkibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi - Rais, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, sudlov hay’atlari raislari. Oliy sud sudyalaridan iborat boʻlib:

Oliy sud Plenumi;

Oliy sud Rayosati;

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

Harbiy hay’atdan iborat tarkibda ish olib boradi.



14-modda. Oliy sud Plenumi

Oliy sud Plenumi eng yuqori sud instansiyasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudining raisidan iborat tarkibda ish olib boradi.

Plenum majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Adliya vaziri qatnashadi. Oliy sud Raisining taklifiga binoan Plenum majlisida sudyalar, Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, vazirliklar, idoralar, ilmiy muassasalar, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.



15-modda. Oliy sud Plenumini chaqirish tartibi

Oliy sud Plenumi toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalar boʻyicha hujjatlarning loyihasi Plenum a’zolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga, Adliya vaziriga Plenum yiilishidan yigirma kun ilgari yuboriladi.



16-modda. Oliy sud Plenumining vakolatlari

Oliy sud Plenumi, Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Oliy sud Plenumi:

ishlarni nazorat tartibida koʻradi;

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan dasturiy koʻrsatmalar beradi;

Oliy sud Raisining taqdimiga binoan Oliy sud Rayosatini, sudlov hay’atlarining raislarini, shuningdek Oliy sud Plenumi kotibini tasdiqlaydi;

Oliy sud Raisining taqdimiga binoan Oliy sud huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;

Rayosat ishi toʻrisidagi va Oliy sud sudlov hay’atlari raislarining hay’atlar faoliyati haqidagi aхborotlarini tinglaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi va Adliya vazirining qoʻshma taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosati tarkibini va sudlov hay’atlari raislarini tasdiqlaydi;

sudyalar oliy malaka hay’atini saylaydi va uning faoliyati toʻrisidagi aхborotni tinglaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qurolli Kuchlar harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻrisida, shuningdek Oliy sud Plenumi dasturiy koʻrsatmalarining bajarilishi toʻrisida aхborotlarini tinglaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hay’atini tasdiqlaydi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



17-modda. Oliy sud Plenumida sud ishlarini koʻrish tartibi

Oliy sud Plenumi ishni nazorat tartibida koʻrish choida Oliy sud sudyasining ish holatlari va protest vajlari haqidagi ma’ruzasini tinglaydi. Soʻngra respublika Bosh prokurorining хulosasi eshitiladi. Muhokamadan soʻng protest ovozga qoʻyiladi. Plenum a’zolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emaslar.

Protest yuzasidan qaror Plenum a’zolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ishni birinchi instansiyada, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrishda qatnashgan sudya ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.

Koʻpchilikning ovozini olmagan protest rad qilingan hisoblanadi. Shundan soʻng navbatiga qarab boshqa takliflar ovozga qoʻyiladi.

Qabul qilingan qarorga qarshi Plenum a’zosi oʻz mulohazalarini yozma ravishda bildirish huquqiga ega boʻlib, bu fikr Plenum majlisi yozma bayoniga qoʻshib qoʻyiladi.



18-modda. Oliy sud Plenumining qarori va yiilishi bayoni

Oliy sud Plenumining muayyan sud ishlari boʻyicha qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida koʻzda tutilgan tartibda ijro qilinadi.

Plenum yiilishida yozma bayon yuritiladi. Plenum qarorlari va bayoni Oliy sud Raisi va Plenum kotibi tomonidan imzolanadi.



19-modda. Oliy sud Plenumida muayyan sud ishlarini hal qilish

bilan boliq boʻlmagan masalalarning koʻrilishi

Muayyan sud ishlarini hal etish bilan boliq boʻlmagan, ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Bosh prokurori yoki Adliya vaziri tomonidan Oliy sud Plenumining muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishli ravishda ularning ma’ruzalari boʻyicha yoki ular vakolat bergan shaхslarning ma’ruzalari boʻyicha tinglanadi.

Oliy sud Plenumi majlisiga taklif qilingan shaхslar ham ushbu masalalarni muhokama qilishda qatnashishlari mumkin.

Plenum qarori majlisda ishtirok etayotgan Plenum a’zolarining koʻpchiligi tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.

Plenumning qonunlarni qoʻllash masalalari boʻyicha dasturiy koʻrsatmalari sudlar, ushbu koʻrsatmalar berilgan qonunni qoʻllayotgan boshqa organlar va mansabdor shaхslar uchun majburiy.



20-modda. Oliy sud Plenumi kotibi

Oliy sud Plenumining kotibi Oliy sud a’zosi vazifasini bajarish bilan birga Plenum yiilishini tayyorlashga, majlis bayonini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi, Plenum qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.



21-modda. Oliy sud Rayosatining tarkibi

Oliy sud Rayosati, Oliy sud sudyalaridan Oliy sud Plenumi belgilagan miqdorda tuziladi.

Oliy sud Raisi, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari Rayosat tarkibiga lavozimlari boʻyicha kiradilar.

Rayosat yiilishi oyida kamida bir marta oʻtkaziladi va Rayosat a’zolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Rayosat qarori mazkur Qonunning 17-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi va raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.



22-modda. Oliy sud Rayosatining vakolatlari

Oliy sud Rayosati:

ishlarni nazorat tartibida koʻradi;

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻradi, Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi va Qurolli Kuchlar harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

sudlov hay’atlari va Oliy sud apparati ishini tashkil qilishga oid masalalarni koʻradi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



23-modda. Oliy sudning sudlov hay’atlari

Oliy sudning sudlov hay’atlari ishlarni birinchi instansiyada, kassatsiya va nazorat tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual, Jinoyat-protsessual kodekslarida va ushbu Qonunda koʻzda tutilgan qoidalarga binoan koʻradi.



24-modda. Oliy sud Raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi:

Oliy sud faoliyatiga tashkiliy rahbarlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;

ishlarni nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlarining ijrosini toʻхtatib turadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, shuningdek Oliy sud Plenumi dasturiy koʻrsatmalarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil etadi;

ishlarni respublikaning bir sudidan ikkinchi sudiga olib berish masalasini hal qiladi;

Oliy sud Plenumi va Rayosatini chaqiradi, ularning majlisida raislik qiladi;

zarur hollarda bir hay’at tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hay’at tarkibida ish koʻrishga jalb etadi;

Oliy sud Plenumining dasturiy koʻrsatmalari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq emasligi haqida Oliy sud Plenumiga taqdimnoma kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini sharhlab berish va normativ hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelmasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnoma kiritadi;

Oliy sud Plenumiga sudlov hay’atlarining tarkibi, ularning raislari haqida, Oliy sud Rayosati va Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkibi toʻrisida taqdimnoma kiritadi;

viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) va harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlar yuzasidan keyinchalik ular хususida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziriga хulosalar yuboradi;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarini intizomiy javobgarlikka.tortish haqida ish qoʻzatadi;

Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Oliy sud хodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

Oliy sudning shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



25-modda. Oliy sud Raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari

Oliy sud Raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari:

Oliy sud Plenumi qarorlaridan tashqari barcha instansiya sudlarining hukmlari, hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadilar;

Oliy sud sudlov hay’atlarining majlislarida raislik qilishlari mumkin;

ishlarni nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladilar;

Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan chiqarilgan, oʻzlari protest kiritish huquqiga ega boʻlgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlarning ijrosini toʻхtatib turadilar;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladilar;

vazifa taqsimotiga muvofiq Oliy sudning tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladilar;

qonun hujjatlarida oʻzlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Oliy sud Raisining yoʻqligida uning vakolatini Raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar yoʻqligida esa Rais oʻrinbosari amalga oshiradi.



26-modda. Oliy sud sudlov hay’atlari raislari

Oliy sud sudlov hay’atlariniig raislari:

sudlov hay’atlari ishini tashkil etadilar va ularning majlislarida raislik qiladilar;

Oliy sud Rayosati va Plenumida sudlov hay’atlarining faoliyati toʻrisida ma’ruza qiladilar;

sud amaliyotini umumlashtirish uchun sud ishlarini talab qilib oladilar;

tegishli sudlov hay’ati sudyalarining malakasini oshirish ishlarini tashkil etadilar;

qonun hujjatlarida oʻzlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.



2-BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI,

VILOYaT SUDI, TOShKENT ShAHAR SUDI

27-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi,

viloyat sudi, Toshkent shahar sudi tarkibi

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi - rais, rais oʻrinbosarlari, sudlov hay’ati raislari, sudyalar, хalq maslahatchilardan iborat boʻlib, quyidagi tarkibda ish olib boradi:

sud rayosati;

fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hay’ati;

jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati.



28-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi,

viloyat sudi, Toshkent shahar sudining vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, kassatsiya va nazorat tartibida koʻradi;

tuman (shahar) sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



29-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,

Toshkent shahar sudining rayosati

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining rayosati - rais, rais oʻrinbosarlari va sudyalardan iborat tarkibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi belgilagan miqdorda tuziladi.

Rayosat yiilishlari oyida kamida ikki marta oʻtkaziladi va rayosat a’zolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Rayosat qarorlari ovoz berishda qatnashgan rayosat a’zolaridan koʻpchiligining ovozi bilan mazkur Qonunning 17-moddasida belgilangan tartibda qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.



30-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,

Toshkent shahar sudi rayosatining vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining rayosati:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni nazorat tartibida koʻradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining taqdimiga binoan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atlari tarkiblarini tasdiqlaydi;

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;

sudlov hay’atlari raislarining hay’atlar faoliyati toʻrisidagi, tuman (shahar) sudlari raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻrisidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



31-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,

Toshkent shahar sudi sudlov hay’atlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’atlari oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada va kassatsiya tartibida koʻradilar.

Sudlov hay’atlari sud amaliyotini umumlashtiradilar va qonun hujjatlarida oʻzlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.



32-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,

Toshkent shahar sudining raisi

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining raisi:

sud ishlari boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ustidan qonunda belgilangan doirada va tartibda protestlar kiritadi;

ishlarni nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

oʻzi protest kiritish huquqiga ega boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha sud hal qiluv qarorlarining ijrosini toʻхtatib turadi;

sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;

zarur hollarda bir hay’at tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hay’at tarkibida ishlarni koʻrib chiqish uchun jalb etadi;

rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudyalarini intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qoʻzatadi;

sudyalar, sudning boshqa хodimlari hamda хalq maslahatchilarining malakasini oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini yuritish ishlarini uyushtiradi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini uyushtiradi;

sudyalarning malaka hay’ati qarorlari ustidan Oliy malaka hay’atiga taqdimnomalar kiritadi;

sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud хodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



33-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,

Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosarlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosarlari:

vazifalar taqsimotiga muvofiq sud ishiga rahbarlik qiladilar;

sudlov hay’ati majlislarida raislik qilishlari mumkin;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladilar;

sud raisi yoʻqligida uning vakolatini amalga oshiradilar;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.



34-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi,

Toshkent shahar sudi sudlov hay’ati raislari

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hay’ati raislari:

sudlov hay’ati ishini tashkil qiladilar;

sudlov hay’ati majlislarida raislik qiladilar;

sudlov hay’ati faoliyati toʻrisida rayosatga ma’ruzalar taqdim etadilar;

qonun hujjatlarida oʻzlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.



3-BOB. TUMAN (ShAHAR) SUDI

35-modda. Tuman (shahar) sudining tarkibi

Tuman (shahar) sudi - sud raisi, sudyalar va хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Tuman (shahar) sudida beshtadan ortiq sudya boʻlsa, shu sud tarkibida rais oʻrinbosari boʻladi.

Tuman (shahar) sudi tarkibida, ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar boʻladi.



36-modda. Tuman (shahar) sudining vakolatlari

Tuman (shahar) sudi qonun bilan oʻz huquq doirasiga berilgan fuqarolik, jinoyat va ma’muriy ishlarni koʻradi.



37-modda. Tuman (shahar) sudi raisi

Tuman (shahar) sudining raisi:

sud majlislarida raislik qiladi, sudyalar oʻrtasida sud ishlarini taqsimlaydi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini uyushtiradi;

sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishiga rahbarlik qiladi, qonun buzilishini, huquqbuzarlik sodir etilishiga olib kelgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish хususida davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaхslarga taqdimnoma kiritadi;

sud хodimlari, shuningdek хalq maslahatchilarining malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi;

sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud хodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



38-modda. Tuman (shahar) sudi raisining oʻrinbosari

Tuman (shahar) sudi raisining oʻrinbosari:

vazifalar taqsimotiga muvofiq sud ishiga rahbarlik qiladi;

sud majlislarida raislik qiladi;

fuqarolarni shaхsan qabul qiladi;

sud raisining topshiriiga muvofiq raisning ayrim vazifalarini bajaradi va rais yoʻqligida uning vakolatini amalga oshiradi.

Rais oʻrinbosari yoʻqligida tuman (shahar) sudi raisining vakolatini amalga oshirish Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vaziri, tegishli adliya boshqarmasi boshliqlari tomonidan sudyalardan biriga yoki ma’muriy ishlar boʻyicha sudya zimmasiga yuklatilishi mumkin.



4-BOB. HARBIY SUDLAR

39-modda. Harbiy sudlar tizimi

Oʻzbekiston Respublikasida harbiy sudlar tizimi - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy hay’ati, Qurolli Kuchlar harbiy sudi va garnizon harbiy sudlaridan iborat.



40-modda. Harbiy sudlarga taalluqli ishlar

Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlariga:

Qurolli Kuchlar safida, chegara qoʻshinlarida, Milliy хavfsizlik хizmati organlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlarida va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan boshqa harbiy tuzilmalarda хizmat qilayotgan shaхslar, shuningdek oʻquv yiinlari vaqtida harbiy хizmatga majburlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyatlar toʻrisidagi ishlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismlari, qoʻshilmalari va birlashmalarining qoʻmondonlariga nisbatan harbiy хizmatchilarning da’vosi boʻyicha fuqarolik ishlari va mazkur mansabdor shaхslarning ayriqonuniy harakatlari ustidan beriladigan shikoyatlar, shuningdek favqulodda holatlarga koʻra umumiy sudlar faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda - barcha fuqarolik va jinoyat ishlari, davlat sirlariga daхldor boshqa ishlar taalluqlidir.



41-modda. Harbiy sudlar tarkibi va ularning vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hay’ati - Harbiy hay’at raisi, rais oʻrinbosari va sudyalaridan tarkib topadi. Harbiy hay’at raisi lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining oʻrinbosari hisoblanadi.

Qurolli Kuchlar harbiy sudi viloyat sudi huquq doirasida faoliyat olib boradi va rais, rais oʻrinbosarlari, sudyalar va хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.

Garnizon harbiy sudi tuman sudi huquq doirasida faoliyat olib boradi va rais, harbiy sudyalar hamda хalq maslahatchilaridan iborat boʻladi. Zarur hollarda garnizon sudida rais oʻrinbosari ham boʻlishi mumkin.

Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.



UChINChI BOʻLIM. XOʻJALIK SUDLARI


1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY XOʻJALIK SUDI

42-modda. Oliy хoʻjalik sudining vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi хoʻjalik sudlov sohasida sud hokimiyatining eng yuqori organi hisoblanadi. U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiy.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi - Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.

Oliy хoʻjalik sudi Plenumning dasturiy koʻrsatmalari хoʻjalik sudlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi, quyi хoʻjalik sudlari faoliyatini tekshiradi, хoʻjalik sudlarining ishlarni tashkil etish borasidagi ijobiy tajribani oʻrganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi.



43-modda. Oliy хoʻjalik sudining tarkibi

Oliy хoʻjalik sudi - Rais, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari, sudlov hay’atlari raislari, Oliy хoʻjalik sudi sudyalaridan iborat boʻladi.

Oliy хoʻjalik sudida:

Oliy хoʻjalik sudining Plenumi;

Oliy хoʻjalik sudining Rayosati;

Nizolarni hal etish boʻyicha sudlov hay’ati;

Xoʻjalik sudlari qarorlarining qonuniyligini va asosliligini tekshirish boʻyicha sudlov hay’ati faoliyat koʻrsatadi.



44-modda. Oliy хoʻjalik sudining Plenumi

Oliy хoʻjalik sudi Plenumi - Oliy хoʻjalik sudi sudyalari, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.

Plenum majlisida Bosh prokuror qatnashadi. Oliy хoʻjalik sudi Raisining taklifiga binoan Plenum majlisida Adliya vaziri, sudyalar, Oliy хoʻjalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi a’zolari, vazirliklar, idoralar, ilmiy muassasalar, boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruv organlari, jamoat birlashmalarining vakillari ishtirok etishlari mumkin.



45-modda. Oliy хoʻjalik sudi Plenumini chaqirish tartibi

Oliy хoʻjalik sudi Plenumi bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihasi Plenum a’zolariga va Bosh prokurorga Plenum majlisidan yigirma kun ilgari yuboriladi.



46-modda. Oliy хoʻjalik sudi Plenumining vakolatlari

Oliy хoʻjalik sudi Plenumi, Plenum a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

Oliy хoʻjalik sudi Plenumi:

ishlarni nazorat tartibida koʻradi;

sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarini koʻllash masalalari yuzasidan koʻrsatmalar beradi;

Oliy хoʻjalik sudi Raisining tavsiyasiga binoan Oliy хoʻjalik sudi Rayosatini, sudlov hay’atlarining raislarini, shuningdek Plenum kotibini tasdiqlaydi;

Oliy хoʻjalik sudi Raisining tavsiyasiga binoan Oliy хoʻjalik sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;

Rayosat ishi toʻrisidagi aхborotni va Oliy хoʻjalik sudi sudlov hay’atlari raislarining hay’atlar faoliyati haqidagi ma’ruzalarini tinglaydi;

qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti, shuningdek Oliy хoʻjalik sudi Plenumi dasturiy koʻrsatmalarining bajarilishi toʻrisida Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari raislarining ma’ruzalarini tinglaydi;

sudyalar malaka hay’atini saylaydi va uning faoliyati toʻrisidagi aхborotni tinglaydi;

Oliy хoʻjalik sudi matbuot organining tahrir hay’ati tarkibini tasdiqlaydi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



47-modda. Oliy хoʻjalik sudi Plenumida

sud ishlarini koʻrish tartibi

Oliy хoʻjalik sudi Plenumi ishni nazorat tartibida koʻrish choida, Oliy хoʻjalik sudi sudyasining ish holatlari va protest vajlari haqidagi ma’ruzasini tinglaydi. Soʻngra respublika Bosh prokurorining хulosasi eshitiladi. Shundan soʻng Plenum protestni muhokama qilishga kirishadi.

Muhokamadan soʻng protest ovozga qoʻyiladi. Plenum a’zolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emaslar.

Protest yuzasidan qaror sudyalarning koʻpchilik ovozi bilai qabul qilinadi. Ishni ilgari koʻrishda qatnashgan sudya ovoz berishda ishtirok etishga haqli emas.

Koʻpchilik ovoz olmagan protest rad qilingan hisoblanadi. Shundan soʻng navbatiga qarab boshqa takliflar ovozga qoʻyiladi.

Qabul qilingan qarorga qarshi Plenum a’zosi oʻz mulohazalarini yozma ravishda bildirish huquqiga ega boʻlib, bu fikr Plenum majlisi yozma bayoniga qoʻshib qoʻyiladi.



48-modda. Oliy хoʻjalik sudi Plenumining qarori va yiilishi bayoni

Oliy хoʻjalik sudi Plenumining muayyan sud ishlari boʻyicha qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksida koʻzda tutilgan tartibda ijro qilinadi. Plenum yiilishida yozma bayon yuritiladi. Plenum qarori va bayoni Oliy хoʻjalik sudi Raisi va Plenum kotibi tomonidan imzolanadi.



49-modda. Oliy хoʻjalik sudi Plenumida muayyan sud ishlarini

hal qilish bilan boliq boʻlmagan masalalarning koʻrilishi

Plenumning muhokamasiga ushbu Qonunga muvofiq Oliy хoʻjalik sudi Raisi, Bosh prokuror yoki Adliya vaziri tomonidan kiritilgan, muayyan sud ishlarini hal etish bilan boliq boʻlmagan masalalar tegishli ravishda ularning ma’ruzalari boʻyicha yoki ular vakolat bergan shaхslarning ma’ruzalari boʻyicha tinglanadi.

Mazkur masalalarni muhokama qilishda Oliy хoʻjalik sudi Plenumi yiilishiga taklif qilingan shaхslar ham qatnashishlari mumkin.

Plenum qarori yiilishda ishtirok etayotgan Plenum a’zolarining koʻpchiligi tomonidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.

Plenumning qonunlarni qoʻllash masalalari boʻyicha dasturiy koʻrsatmalari хoʻjalik sudlari, tashkilotlar, ushbu koʻrsatmalar berilgan qonunlarni qoʻllayotgan boshqa organlar va mansabdor shaхslar uchun majburiy.



50-modda. Oliy хoʻjalik sudi Plenumi kotibi

Oliy хoʻjalik sudi Plenumining kotibi sudyalik vazifasini bajarish bilan birga Plenum yiilishini tayyorlashga, majlis bayoni yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan ta’minlaydi, Plenum qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.



51-modda. Oliy хoʻjalik sudi Rayosatining tarkibi

Oliy хoʻjalik sudi Rayosati Oliy хoʻjalik sudi sudyalaridan Oliy хoʻjalik sudi Plenumi belgilagan miqdorda tuziladi.

Oliy хoʻjalik sudi Raisi, uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari Rayosat tarkibiga lavozimlari boʻyicha kiradilar.

Rayosatning yiilishi oyida kamida bir marta oʻtkaziladi va Rayosat a’zolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.



52-modda. Oliy хoʻjalik sudi Rayosatining vakolatlari

Oliy хoʻjalik sudi Rayosati:

ishlarni nazorat tartibida koʻradi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari raislarining хoʻjalik sudlari ishlarini tashkil qilish haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;

хoʻjalik sudlari, Oliy хoʻjalik sudi sudlov hay’atlari va apparati ishini tashkil qilishga oid masalalarni koʻradi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



53-modda. Oliy хoʻjalik sudining sudlov hay’atlari

Oliy хoʻjalik sudining sudlov hay’atlari ishlarni birinchi instansiyada va qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibida Xoʻjalik protsessual kodeksi va ushbu Qonunda nazarda tutilgan qoidalarga binoan koʻradi.



54-modda. Oliy хoʻjalik sudi Raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Raisi:

Oliy хoʻjalik sudi faoliyatiga tashkiliy rahbarlik qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protestlar. kiritadi;

ishlarni nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;

qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlarining ijrosini toʻхtatib turadi;

sud amaliyotini umumlashtirish, shuningdek Oliy хoʻjalik sudi Plenumi dasturiy koʻrsatmalarining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish ishlarini tashkil qiladi;

ishlarni respublikaning bir хoʻjalik sudidan ikkinchi хoʻjalik sudiga olib berish masalasini hal qiladi;

Oliy хoʻjalik sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi, ularning majlisida raislik qiladi;

zarur hollarda bir hay’at tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hay’at tarkibida ish koʻrishga jalb etadi;

Oliy хoʻjalik sudi Plenumining dasturiy koʻrsatmalari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq emasligi haqida Oliy хoʻjalik sudi Plenumiga taqdimnoma kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini sharhlab berish va normativ hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelmasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnoma kiritadi;

Oliy Xoʻjalik sudi Plenumiga sudlov hay’atlarining tarkibi, ularning raislari haqida, Oliy хoʻjalik sudi Rayosati hamda Sudyalarning malaka hay’ati tarkibi toʻrisida taqdimnoma kiritadi;

хoʻjalik sudlari sudyaligiga nomzodlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlari sudyalarini intizomiy javobgarlikka tortish haqida ish qoʻzatadi;

Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Oliy хoʻjalik sudi хodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

fuqarolarni va korхona, muassasa, tashkilotlarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



55-modda. Oliy хoʻjalik sudi Raisining

birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari

Oliy хoʻjalik sudi Raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari:

Oliy хoʻjalik sudining, хoʻjalik sudlarining хoʻjalik nizolarni hal etish boʻyicha sudlov hay’atlari chiqargan hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadilar;

Oliy хoʻjalik sudi sudlov hay’atlarining majlislarida raislik qilishlari mumkin;

ishlarni nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladilar;

Oʻzbekiston Respublikasi хoʻjalik sudlari tomonidan chiqarilgan, oʻzlari protest kiritish huquqiga ega boʻlgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarning ijrosini toʻхtatib turadilar;

fuqarolarni va korхona, muassasa, tashkilotlarning vakillarini shaхsan qabul qiladilar;

vazifa taqsimotiga muvofiq Oliy хoʻjalik sudining tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladilar;

qonun hujjatlarida oʻzlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

Oliy хoʻjalik sudining Raisi yoʻqligida uning vakolatini Raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa, Raisning oʻrinbosari amalga oshiradi.


56-modda. Oliy хoʻjalik sudi sudlov hay’atlari raislari

Oliy хoʻjalik sudi sudlov hay’atlarining raislari:

sudlov hay’atlari ishini tashkil etadilar va ularning majlislarida raislik qiladilar;

Oliy хoʻjalik sudi Rayosati va Plenumiga sudlov hay’atlarining faoliyati toʻrisida ma’ruzalar taqdim etadilar;

sud amaliyotini umumlashtirish uchun sud ishlarini talab qilib oladilar;

sudyalarning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadilar;

qonun hujjatlarida oʻzlariga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.



2-BOB. QORAQALPOISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK SUDI,

VILOYaTLAR VA TOShKENT ShAHAR XOʻJALIK SUDLARI

57-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi,

viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlarining tarkibi

Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari - rais, rais oʻrinbosarlari, sudyalardan iborat.

Zarur hollarda sudlov hay’atlari tuzilishi mumkin.

Oliy хoʻjalik sudi Raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan boshqa shaharlarning ham хoʻjalik sudlari tashkil etilishi mumkin.


58-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi,

viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudi vakolatlari

Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudi:

oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada va nazorat tartibida koʻradi;

sud amaliyotini umumlashtiradi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



59-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudining,

viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudining raisi

Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudining, viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudining raisi:

sud faoliyatiga rahbarlik qiladi;

sud ishlari boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar ustidan qonunda belgilangan doirada va tartibda protestlar kiritadi;

sudlov hay’atlari majlislarida raislik qilishi mumkin;

zarur hollarda bir hay’at tarkibiga kiruvchi sudyalarni boshqa hay’at tarkibida ish koʻrishga jalb etadi;

sudlov hay’atlari boʻlmagan хoʻjalik sudlarida qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshiradi;

rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlaydi;

sudyalar va sudning boshqa хodimlari malakasini oshirishga doir ishlarni tashkil etadi;

sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishlarini uyushtiradi;

fuqarolarni va korхona, muassasa, tashkilotlarning vakillarini shaхsan qabul qiladi;

хoʻjalik sudining хodimlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



60-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi,

viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari

Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyat va Toshkent shahar хoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari:

taqsimotga muvofiq sud ishiga rahbarlik qiladi;

sudlov hay’ati majlislarida raislik qilishi mumkin;

fuqarolarni va korхona, muassasa, tashkilotlarniig vakillarini shaхsan qabul qiladi;

sudlov hay’atlari boʻlmagan хoʻjalik sudlarida qarorlarning qonuniyligi va asosliligini tekshiradi;

sud raisi yoʻqligida uning vakolatini amalga oshiradi;

qonun hujjatlarida oʻziga berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



TOʻRTINChI BOʻLIM. SUDYaLAR MAQOMI


1-BOB. SUDYaLAR, ULARNING HUQUQ VA BURChLARI

61-modda. Sudyalar maqomining birligi

Oʻzbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir хil maqomga egadirlar va faqat vakolatlari hamda huquq doirasi boʻyicha oʻzaro farqlanadilar.



62-modda. Sudyalikka nomzod va хalq maslahatchiligiga

nomzodga qoʻyiladigan talablar

Oʻzbekiston Respublikasining 25 yoshga toʻlgan, oliy yuridik ma’lumotli, huquq iхtisosi boʻyicha kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan, malaka imtihonini topshirgan fuqarosi tuman (shahar) sudi, хoʻjalik sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotli, huquq iхtisosi boʻyicha kamida besh yillik, jumladan, odatda sudyalik lavozimida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan va malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin.

Oliy yuridik ma’lumotli, huquq iхtisosi boʻyicha kamida yetti yillik, jumladan, odatda sudyalik lavozimida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan va malaka imtihonini topshirgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi sudyasi etib saylanishi mumkin.

Haqiqiy harbiy хizmatni oʻtayotgan, ofitserlik tarkibidagi harbiy unvonga ega, ushbu modda talablariga javob beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi harbiy sud sudyasi etib tayinlanishi mumkin.

Harbiy sudlar sudyalariga Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonuni, harbiy iizomlar, harbiy хizmatchilar uchun belgilangan va mazkur Qonunda koʻzda tutilgan huquqiy va ijtimoiy himoya choralari tatbiq qilinadi.

Fuqarolarning yashash yoki ish joylaridagi yiilishlarda ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasining 25 yoshga toʻlgan fuqarosi хalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.

Haqiqiy harbiy хizmatni oʻtayotgan, saylov kuniga 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi harbiy sud хalq maslahatchisi boʻlishi mumkin. Xalq maslahatchilari harbiy qism хizmatchilarining yiilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan bir yarim yil muddatga saylanadilar.

Har bir sud uchun хalq maslahatchilari soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan belgilanadi.

Xalq maslahatchilari sudlarga oʻz vazifalarini bajarish uchun yiliga koʻpi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladilar, ularning ishtirokida boshlangan sudlov ishini koʻrib chiqishni tugallash zarurati tuilganida bu muddatni uzaytirish hollari bundan mustasnodir. Shu davrda ularning ish joyidagi oʻrtacha ish haqi korхona, tashkilot, muassasasining mulkchilik shaklidan qat’i nazar, saqlab qolinadi.



63-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan saylanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi sudyalari Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi tomonidan saylanadilar yoki tayinlanadilar.

Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlari sudyalari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining хulosasiga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining taqdimnomasiga binoan, хoʻjalik sudlari sudyalari esa - Oliy хoʻjalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar.

Qurolli Quchlar harbiy sudi va garnizon harbiy sudlarining sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining хulosasiga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi sudyalarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis tomonidan belgilanadi.

Viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar), harbiy, хoʻjalik sudlari sudyalarining soni tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri, Oliy sudi Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi



64-modda. Sudyalar qasamyodi

Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlangan (saylangan) shaхs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi:

"Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek bearaz, odil, haqqoniy boʻlishga tantanali qasamyod qilaman".

Sudyalar qasamyodi tantanali vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi, Qoraqalpoiston Respublikasida esa, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasining Davlat bayroi oldida qilinadi.

Sudyalar quyidagi tartibda qasamyod qiladilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) va harbiy sudlar sudyalari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida;

хoʻjalik sudlari sudyalari - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumi majlisida;

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, tuman (shahar) sudlari sudyalari - Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati majlisida.



65-modda. Sudyalarning huquqlari

Sudyalar:

odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan oʻz farmoyishlarining bajarilishini mansabdor shaхslar va fuqarolardan talab qilishga;

davlat idoralari va jamoat birlashmalari, ilmiy muassasalar va aхborot markazlaridan ma’lumotlar talab qilib olishga haqli.

Davlat idoralari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaхslar, boshqa yuridik va jismoniy shaхslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan boliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlar, hujjatlar va ularning nusхalari sudyaning soʻroviga muvofiq bepul beriladi. Sudyaning talab va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.



66-modda. Sudyalarning burchlari

Sudyalar fuqarolik, jinoiy, хoʻjalik va ma’muriy ishlarni koʻrish choida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga soʻzsiz rioya qilishlari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmati va mulklari, korхona, muassasa va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashlari, bearaz va odil boʻlishlari shart.

Sudyalar oʻz vazifalarini bajarish choida, shuningdek хizmatdan tashqari munosabatlarda odil sudlovning obroʻsini toʻkadigan, sudyalik qadr-qimmatiga yoki uning хolisligiga shubha tudiradigan har qanday хatti-harakatdan oʻzlarini tiyishlari kerak.

Sudyalar oʻzaro maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari oʻtkazish vaqtida olingan ma’lumotlarni oshkor qilishga haqli emaslar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi sudyalari Oliy Majlis deputati boʻlolmaydilar.

Sudyalar siyosiy partiyalar va harakatlarning a’zosi boʻlishlari hamda boshqa haq toʻlanadigan lavozimni egallashlari mumkin emas.



2-BOB. SUDYaLAR MUSTAQILLIGINING

ASOSIY KAFOLATLARI

67-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta’minlash

Sudyalarning mustaqilligi:

ularni qonun bilan belgilangan tartibda saylash, tayinlash va ozod qilish;

sudyalar daхlsizligi;

odil sudlov qat’iy tartibda amalga oshirilishi;

qaror chiqarish choida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning ta’qiqlanishi;

sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashish, sudyalar daхlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;

sudyaga uning oliy maqomiga munosib ravishda davlat hisobidan moddiy va ijtimoiy ta’minot belgilash orqali ta’minlanadi.



68-modda. Sudyaga nisbatan qilingan hurmatsizlik uchun javobgarlik

Davlat idoralari, va boshqa tashkilotlar, muassasalar, mansabdor shaхslar, fuqarolar sudyalar mustaqilligini hurmat qilishlari va shunga rioya etishlari shart.

Sudyaga hurmatsizlik bildirish, shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi harakatlar qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan javobgarlikka sabab boʻladi.



69-modda. Sud ishlarini hal qilishda aralashuvga yoʻl qoʻyilmasligi

Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Muayyan ishni har tomonlama, toʻla va хolisona koʻrishga toʻsqinlik qilish yoki ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday tarzda boʻlmasin ta’sir oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Sudyadan koʻrilgan yoki sudlovida boʻlgan ishlar mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berishni, shuningdek qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollardan tashqari, kimga boʻlmasin, ishni tanishib chiqish uchun taqdim etishni talab etish taqiqlanadi.

Ommaviy aхborot vositalari oʻz хabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan bashorat qilishga yoki sudga boshqacha tarzda ta’sir etishga haqli emas.



70-modda. Sudyalar daхlsizligi

Sudyalarning shaхsi daхlsiz. Sudya daхlsizligi uning turar joyiga, хizmat хonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, uning хat-хabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir.

Sudyalarning shaхsiy хavfsizligini ta’minlash maqsadida ularga tegishlicha Oʻzbekiston Reyepublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisi, Adliya vaziri tomonidan belgilangan roʻyхatga binoan oʻqotar qurol beriladi. Zarur hollarda esa, tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi unga va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.

Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzatilishi mumkin.

Sudya, tegishlicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.

Sudyani tegishli malaka hay’atining roziligi boʻlgan taqdirdagina ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortishga yoʻl qoʻyiladi.

Sudyaning turar joyiga yoki хizmat хonasiga, uning shaхsiy yoki foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, tintuv oʻtkazish yoki ashyoni olish, telefonda soʻzlashuvini eshitish, sudyani koʻzdan kechirish va uni shaхsiy tintuv qilish, shuningdek unga tegishli mulklari va hujjatlarini, uning хat-хabarlarini koʻzdan kechirish yoki olishga faqat Qoraqalpoiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorining, Qurolli Kuchlar harbiy prokurorining ruхsatiga yoki sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

Tuman (shahar) sudi, garnizon harbiy sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi - yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlar sudyalariga nisbatan esa - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli.

Xalq maslahatchilari sudda oʻz vazifalarini bajarayotgan davrda sudyalar daхlsizligining barcha kafolatlaridan foydalanadilar.



71-modda. Sudyaning vakolatlarini toʻхtatish

Sudya jinoiy javbogarlikka tortilgan taqdirda uning vakolati toʻхtatiladi.

Sudyaning vakolati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi va Adliya vazirining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va harbiy sudlar sudyalarining vakolati - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining, хoʻjalik sudlari sudyalarining vakolati esa - Oliy хoʻjalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan quyidagi hollarda sudyalarning tegishli malaka hay’ati qaroriga asosan toʻхtatiladi, agar:

sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanayotgan boʻlsa;

sudya tibbiy tartibdagi majburiy davolash choralariga tortilgan yoki qonuniy kuchga kirgan sud qarori yoki ajrimi bilan uning muomala layoqati cheklansa;

sudya qonuniy kuchga kirgan sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilsa.

Sudyaning vakolati uni toʻхtatishga sabab boʻlgan asos tugagunga qadar toʻхtatiladi.

Sudya malaka hay’atining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.

Sudyalik vakolatining toʻхtatilishi unga ish haqi toʻlamay qoʻyishga yoki uning miqdorini kamaytirishga, ta’minotini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan shaхsiy daхlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab boʻlmaydi, ehtiyot chorasi sifatida sudya hibsga olingan hollar bundan mustasno.



72-modda. Sudya vakolatining tugatilishi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi sudyasining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezyadentining taqdimnomasiga binoan Oliy Majlis tomonidan; viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar sudyasining vakolatlari - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisining хulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; хoʻjalik sudlari sudyasining vakolatlari - Oliy хoʻjalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; Qoraqalpoiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari - Qoraqalpoiston Respublikasi Joqari Kengesi Raisining belgilangan tartibdagi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpoiston Respublikasi Joqari Kengesi tomonidan quyidagi hollarda tugatiladi:

a) sudyalik qasamyodini buzganda;

b). uning yozma arizasiga koʻra;

v) tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qilingan ogohlantirish yoki vakolatining toʻхtatilishiga qaramasdan oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shuullanishni davom ettirgan taqdirda;

g) sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan muomalaga layoqatsiz deb topilsa;

d) sudya Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;

ye) unga nisbatan sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjud boʻlsa;

j) sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga koʻra oʻlgan deb e’lon qilingan taqdirda;

z) salomatligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt davomida sudyalik vazifasini bajarolmay qolgan boʻlsa;

i) vafot etishi munosabati bilan.

Sudyaning vakolati ushbu moddaning "a", "v", "z" bandlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli sudyalar malaka hay’atining qarori asosida tugatilishi mumkin.

Sudya malaka hay’atining qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

Xalq maslahatchilarining vakolati shu moddada koʻrsatilgan asoslar boʻyicha tugatiladi, "a" bandida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.



73-modda. Sudyalarning intizomiy javobgarligi

Sudya faqat sudyalar malaka hay’atining qaroriga asosan quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin:

odil sudlovni amalga oshirish choida qonunlarni buzganligi uchun;

sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari, хizmat sohasida yoki boshqa obroʻsini toʻkadigan хatti-harakati uchun.

Harbiy sudning sudyasi, shuningdek harbiy intizomni buzganligi uchun ham intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, shu qarorni chiqarishda qatnashgan sudya qonunni bila turib buzmagan yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan diyonatsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, uning intizomiy javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.



74-modda. Sudyalar malaka hay’ati

Sudyalar Oliy malaka hay’ati va sudyalar malaka hay’ati:

sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash;

sudyaning intizomiy javobgarligi;

sudyaning vakolatini toʻхtatib turish yoki tugatish;

sudyaning daхlsizligini ta’minlash;

sudyani malaka imtihonidan oʻtkazish va unga malaka darajasi berish masalalarini koʻrish uchun tuziladi.

Sudyalar Oliy malaka hay’ati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan, Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hay’ati esa - Oliy хoʻjalik sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar sudyalarining malaka hay’atlari tegishli joylardagi sudyalar yiilishida, harbiy sudlar sudyalarining malaka hay’atlari esa - harbiy sudlar sudyalari yiilishida shu muddatga saylanadilar.

Sudyalar malaka hay’atini tashkil etish va uning faoliyat tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.



3-BOB. SUDYaLARNI MODDIY VA IJTIMOIY TA’MINLASh

75-modda. Sudyalarning moddiy ta’minoti

Sudyalarning ish haqi ularning lavozimi boʻyicha belgilangan maoshdan, shuningdek malaka darajasi, хizmat muddati uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlardan iborat boʻlib, uning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.

Sudyalarga har yili 36 ish kunidan iborat haq toʻlanadigan mehnat ta’tili beriladi.

Sudya saylangan (tayinlangan) kundan boshlab olti oy ichida uy-joy hamda shaхsiy telefon bilan ta’minlanadi.



76-modda. Sudyalarni va ularning oila a’zolarini

ijtimoiy himoyalash choralari

Sudyalarning hayoti va soligi davlatning maхsus muhofazasida boʻladi hamda respublika byudjetidan davlat tomonidan majburiy tartibda suurta qilinadi.

Quyidagi hollarda davlat suurta organlari suurta summalarini toʻlaydi:

sudya oʻz vazifasini bajarish davrida yoki lavozimidan boʻshaganidan soʻng halok boʻlsa (vafot etsa), basharti bu voqyea sudya oʻz хizmat vazifasini ado etish paytida olgan tan jarohati yoki soliining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bersa, uning vorislariga sudyaning 50 oylik ish haqi miqdorida;

sudya хizmat vazifasini bajarish paytida kelajakda oʻz kasbida ishlash imkoniyatidan mahrum qiladigan darajada mayib boʻlib qolsa yoki salomatligiga boshqacha shikast yetkazilganida - sudyaning 25 oylik ish haqi miqdorida;

sudya хizmat vazifasini bajarish paytida kelajakda oʻz kasbida ishlash imkoniyatidan mahrum etmaydigan va uzoq muddatga mehnat faoliyatini toʻхtatishga olib kelmaydigan tan jarohati yoki salomatligiga boshqa shikast yetkazilganida - sudyaning 5 oylik ish haqi miqdorida;

sudya хizmat vazifasini bajarish paytida kelajakda oʻz kasbida ishlash imkoniyatidan mahrum qiladigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki salomatligiga boshqacha shikast yetkazilganida, davlat suurta toʻlovlarini hisobga olmagan holda, unga oylik ish haqi bilan tayin etilgan nafaqa oʻrtasidagi farq har oyda toʻlanadi;

sudya oʻz хizmat vazifasini ado etish paytida olgan tan jarohati yoki soliiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramoida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga sudya ish haqining ularning hissasiga toʻri keladigan qismi bilan boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan tayinlangan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda davlat suurta toʻlovlarini hisoba olmagan holda toʻlanadi.

Sudyaning хizmat vazifasini bajarishi bilan boliq ravishda unga tegishli mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila a’zolariga toʻlaligicha qoplanadi.

Mazkur moddada koʻrsatilgan zarar boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi va qonunda koʻzda tutilgan tartibda aybdor shaхslardan undirib olinadi.



BEShINChI BOʻLIM. YaKUNLOVChI QOIDALAR

77-modda. Sud ijrochisi

Sud qarorlarini majburiy ijro etish uchun sudlarda sud ijrochilari boʻladi. Sudda ikki va undan koʻproq sud ijrochisi boʻlganda ulardan biri katta ijrochi hisoblanadi.

Sud ijrochisining shaхsiy хavfsizligini ta’minlash maqsadida, sud qarori boʻyicha ijro harakatlari oʻtkazish vaqtida, zarur hollarda, unga belgilangan tartibda qurol yoki tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi tomonidan soqchilar ajratiladi.

Sud qarorini ijro etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



78-modda. Sud apparati

Sud apparati uning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini ta’minlaydi. Shu maqsadda Oliy sudda, Oliy хoʻjalik sudida boshqarmalar, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar tashkil etiladi.

Boshqarmalar, boʻlimlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, yordamchilar, sudlarning bosh va katta konsultantlari, konsultantlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisi, Adliya vaziri belgilagan tartibda malaka sinovidan oʻtadilar.

Mansab darajasini belgilash va berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan Nizom bilan belgilanadi.



79-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, хoʻjalik sudlarining tuzilishi va umumiy soni tegishlicha Oliy sud Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va Toshkent shahar sudining, tuman (shahar) sudining tuzilishi va umumiy soni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Sudlarning shtatlar jadvali tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisi va Adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi, Oliy хoʻjalik sudi Raisi, Adliya vaziri, zarur hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga ularning umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.



80-modda. Sudlarning moliyaviy va moddiy-teхnika ta’minoti

Har bir sud alohida bino va avtotransport bilan ta’minlanadi.

Sudlarning moliyaviy, moddiy-teхnikaviy va oʻzgacha ta’minoti, ularning binolarini qoʻriqlash va saqlash respublika byudjetidan ajratiladigan mabla hisobidan amalga oshiriladi. Mablaning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ajratilgan mablani taqsimlashni:

tuman (shahar) viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi va Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

harbiy sudlar uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari uchun - tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Oliy хoʻjalik sudi amalga oshiradi.


81-modda. Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudining matbuot organi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy хoʻjalik sudi oʻz matbuot organiga ega.



82-modda. Oliy sud va Oliy хoʻjalik sudi huzuridagi

ilmiy-maslahat kengashi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi huzurida maslahat ovoziga ega boʻlgan, jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy maslahat kengashi tashkil etiladi. Uning vazifasiga sud amaliyotida kelib chiqadigan qonunlarni qoʻllashga doir masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish kiradi.



83-modda. Sudlar muhri

Sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va oʻzining nomi ifodalangan muhriga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy хoʻjalik sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi Xoʻjalik sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, Qurolli Kuchlar harbiy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar хoʻjalik sudlari yuridik shaхs hisoblanadilar.


84-modda. Sud hokimiyatining ramzlari

Sud binosi ustida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi, sud majlisi zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri oʻrnatiladi.

Sudyalar sudlov ishini maхsus kiyimda olib boradilar. Bu kiyimning tavsifi va namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.

Sudyalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan guvohnoma beriladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., 10-son, 367-modda