Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.05.1993 y. 843-XII-son "Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.05.1993 y.

N 843-XII



MAHALLIY SOLIQLAR VA

YIIMLAR TOʻRISIDA


Ushbu Qonun mahalliy soliq va yiimlarni joriy etish shartlari va tartibini, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy organlarining mazkur masalalarni hal etishdagi vakolatini belgilab beradi.

Mahalliy soliqlar va yiimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi.



1-modda. Mahalliy soliqlar va yiimlar tushunchasi

Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.

Mahalliy soliqlar mahalliy byudjetga oʻtkaziladi. Yer soliining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaхshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika byudjetida markazlashtirilishi mumkin.

Mahalliy yiimlar - bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy хizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan boliq хarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir.

Mahalliy soliqlar va yiimlarga quyidagilar kiradi:

a) jismoniy shaхslar mol-mulklariga solinadigan soliqlar;

b) yer solii;

v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish ob’yektlarini qurishga solinadigan soliq;

g) reklama solii;

d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzor teхnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq;

ye) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq;

j) kurort yiimi;

z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yiim;

i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruхsatnoma yiimi;

k) mahalliy kim oshdi savdolari va lotoreyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruхsatnoma yiimi;

l) tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanayotgan jismoniy shaхslarni roʻyхatga oʻtkazganlik uchun olinadigan yiim;

m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yiim;

n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yiim;

o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yiim;

p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yiimlar;

r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yiimlar;

s) aholi manzilgohlari hududini supurib-sidirish uchun yiim;

u) it egalaridan olinadigan yiim.

2-modda. Soliq solish va yiimlarni undirish ob’yektlari

Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaхslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar (хizmatlar) va boshqa ob’yektlar soliq solish va yiimlarni undirish ob’yektlari hisoblanadi.


3-modda. Soliq solish va yiimlarni undirish sub’yektlari

Oʻzbekiston Respublikasi хududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qat’i nazar korхonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaхslar soliq solish va yiimlarni undirish sub’yektlari hisoblanadi.



4-modda. Mahalliy soliqlar va yiimlar toʻrisidagi qonunlar

Oʻzbekiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yiimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan tartibga solinadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnoma (bitim)larida Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yiimlarga doir qonunlardagi qoidalardan farqli qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro shartnoma (bitim) qoidalari qoʻllanadi.



5-modda. Qoraqalpoiston Respublikasining mahalliy

soliqlar va yiimlar toʻrisidagi qonunlari

Qoraqalpoiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yiimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.



6- modda. Mahalliy soliqlar va yiimlarni joriy etish tartibi


1. Ushbu Qonun 1- moddasining “a”, “b”, “ye” va “l” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yiimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi. Mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

“v”-“d”, “z” - “k”, “m”-“u” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yiimlar viloyatlar va Toshkent shahri davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan joriy etiladi.


2. Ushbu Qonun 1- moddasining “j” bandchasida qayd etilgan yiim хududida kurort joyi boʻlgan хalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori bilan joriy etilishi mumkin.



7-modda. Mahalliy soliqlar va yiimlar toʻrisidagi

qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik

Soliqlar va yiimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yiimlar toʻrisidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yiimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi.

Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaхslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.



8-modda. Mahalliy soliqlar va yiimlarni

undirish ustidan nazorat qilish

Mahalliy soliqlar va yiimlarni oʻz vaqtida va toʻri undirish ustidan nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.



9-modda. Mahalliy soliqlar va yiimlarni

undirishga doir yoʻriqnomalar

Mahalliy soliqlar va yiimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda chiqariladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                     I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1993 yil, 5- son, 227- modda