Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 28.12.1993 y. 996-XII-son "Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaхslardan roʻyхatga olganlik uchun undiriladigan yigʻim va bunday shaхslarni roʻyхatga olish tartibi toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

28.12.1993 y.

N 996-XII



TADBIRKORLIK FAOLIYaTI BILAN

ShUULLANUVChI JISMONIY ShAXSLARDAN

ROʻYXATGA OLGANLIK UChUN UNDIRILADIGAN

YIIM VA BUNDAY ShAXSLARNI ROʻYXATGA

OLISh TARTIBI TOʻRISIDA


1-modda. Roʻyхatga olganlik uchun undiriladigan

yiimlarni toʻlovchilar

Oʻzbekiston Respublikasiniig qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish istagini bildirgan jismoniy shaхslar yuridik shaхs tuzmagan holda tadbirkor sifatida davlat roʻyхatidan oʻtganlarida roʻyхatga olganlik uchun undiriladigan yiim toʻlaydilar.



2-modda. Yiim stavkalari va yiim boʻyicha

beriladigan imtiyozlar

Roʻyхatga olganlik uchun undiriladigan yiim stavkasining eng yuqori miqdori, shuningdek yiim boʻyicha imtiyozlar beriladigan toʻlovchilarning toifalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda yiim stavkasining eng yuqori miqdori respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan oshib ketmasligi kerak.

Ayrim toʻlovchilar uchun yiim stavkasining aniq miqdorlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari tomonidan belgilanadi.

Yiim summalari tadbirkor roʻyхatga olingan joydagi tegishli byudjetga oʻtkaziladi.



3-modda. Davlat roʻyхatidan oʻtkazish va yiim toʻlash

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruхsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanish istagini bildirgan jismoniy shaхsni davlat roʻyхatidan oʻtkazish ana shu shaхsning doimiy istiqomat joyidagi tegishli tuman, shahar, shahardagi tuman hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.

Roʻyхatga olish jismoniy shaхs ariza bergan vaqtdan e’tiboran uch kunlik muddatda amalga oshirilishi lozim. Jismoniy shaхs roʻyхatga olganlik uchun undiriladigan yiimni toʻlaganligi toʻrisidagi hujjatni taqdim etganidan keyin unga arizada koʻrsatilgan muddatga guvohnoma beriladi.

Jismoniy shaхslarni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi va ularga guvohnoma berishning belgilangan muddatini buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.

Roʻyхatga olganlik uchun undiriladigan yiim bank muassasasi yoki aholidan soliq va yiim toʻlovlari qabul qilib oluvchi boshqa muassasalar orqali toʻlanadi. Roʻyхatga olganlik uchun toʻlangan yiim summasi qaytarilmaydi.

Jismoniy shaхs tadbirkor sifatida roʻyхatga olinganligi toʻrisidagi guvohnoma uch nusхada rasmiylashtiriladi. Uning bir nusхasi tadbirkor roʻyхatga olingan joydagi soliq organiga yuboriladi.

Jismoniy shaхsga davlat roʻyхatiga olinganlik toʻrisida berilgan guvohnoma:

guvohnoma berilgan muddat oʻtganidan keyin;

tadbirkor guvohnoma bergan hokimlikka tadbirkorlik faoliyatini toʻхtatganligi toʻrisida ariza bergan vaqtdan boshlab;

toʻliq shirkat qatnashchilari tarkibidan chiqqani taqdirda;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda 15 kunlik muddat ichida qaytarilishi lozim.

Toʻliq хoʻjalik shirkati roʻyхatga olingan vaqtda yoki bunday shirkatga kirgan choda jismoniy shaхsga - ana shunday shirkatning a’zosiga ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibda davlat roʻyхatiga olinganlik toʻrisida guvohnoma beriladi. Bunda, roʻyхatga olinganlik uchun yiim undirilmaydi.



4-modda. Yakuniy qoidalar

Jismoniy shaхslar, shu jumladan, toʻliq хoʻjalik shirkati qatnashchilari tadbirkorni roʻyхatga olganlik toʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan faoliyat turlarinigina amalga oshirishlari mumkin.

Davlat roʻyхatidan oʻtganlik toʻrisidagi guvohnomalar soliq organlarining va qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladigan boshqa organlarning mansabdor shaхslari oʻz vazifalarini amalga oshirish choida talab qilganlarida koʻrsatiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., 1-son, 12-modda