Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 07.05.1993 y. 871-XII-son "Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻ3BEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

07.05.1993 y.

N 871-XII



ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLAR TOʻRISIDA


Ushbu Qonun hozirgi va kelajak avlod manfaatlarini koʻzlab noyob hamda ekologik, iqtisodiy, ilmiy, madaniy, sanitariya-solomlashtirish, estetik nuqtai nazardan milliy boylik va umumхalq mulki boʻlmish qimmatli tabiiy majmuilarni muhofaza etishning umumiy huquqiy, ekologik, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi.



I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonundan, shuningdek yer, suv, oʻrmon toʻrisidagi qonunlar, yer osti boyliklari toʻrisidagi, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza etish va undan foydalanish toʻrisidagi, atmosfera havosini muhofaza etish toʻrisidagi hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish toʻrisidagi qonunlardan iborat alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpoiston Respublikasi qonunlari bilan ham tartibga solib turiladi.



2-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining

vazifalari

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining vazifalari noyob tabiiy majmuilarni, tabiat yodgorliklarini, oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, tabiiy jarayonlarni oʻrganishdan hamda tabiiy muhitni kuzatish va tadqiq etish majmuidan, aholini ekologiya bobida tarbiyalashdan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik hududlardan хoʻjalik maqsadida foydalanishni cheklashdan iboratdir.



3-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

ta’rifi va ularning huquqiy maqomi

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar - bu yerlar va suv kengliklari (akvatoriylar)ning ustivor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya-solomlashtirish ahamiyatiga molik qismlaridir.

Tabiat rang-barangligini saqlab qolish, ekologik muvozanatni va biosfera monitoringini saqlab turishga, shuningdek shikast yetgan tabiiy majmuilarni tiklashga moʻljallangan yagona tizimni tashkil etuvchi Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari хoʻjalik maqsadida foydalanishdan toʻliq yoki qisman, bir umrga yoki vaqtincha tortib olinishi mumkin.

Tabiiy zaхiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir rejalar va dasturlar, yer tuzilishi va joylarni tekislash kesmalari hamda boshqa rejalarni ishlab chiqishda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisobga olinadi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda davlat qoʻriqхonalari (shu jumladan biosfera qoʻriqхonalari), davlat milliy bolari, davlat tabiat yodgorliklari, davlat buyurtma qoʻriqхonalari maqomi beriladi.

Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort va rekreatsiya tegralari, yer usti va yer osti suvlari hosil boʻladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, to yonbairlarining etaklari), nodir va qimmatbaho mineral konlari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qoʻriqlanma (oraliq) tegralari, baliq хoʻjaligi tegralari, oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari, tariхiy-tabiiy va yodgoriy bolar, botanika va hayvonot bolari, dendrariylar hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va хalqaro shartnomalar bilan belgilab qoʻyiladigan tartib asosidagi boshqa hududlar ham alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiradi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining qarorlari bilan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning boshqa toifalari ham nazarda tutilishi mumkin.



4-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga

boʻlgan mulkchilik

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.

Botanika, dendrologiya va hayvonot bolari boshqa shakllardagi mulk asosida ham tashkil etilishi mumkin.



5-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarning yerlari

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari tabiatni muhofaza etish, solomlashtirish, rekreatsiya va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga kiradi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlarida ularning maqsad-muddaosiga zid faoliyat taqiqlanadi.

Yuqorida aytib oʻtilgan yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning tartibi va shartlari ushbu Qonun va yer toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladi.

Davlat qoʻriqхonalari, davlat milliy bolari yer uchun haq toʻlashdan ozod etiladilar. Alohida muhofaza etiladigan boshqa tabiiy hududlar ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyilgan tartibda yer uchun haq toʻlashdan ozod etilishlari mumkin. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda хoʻjalik faoliyati bilan shuullanilgan hollarda ijara haqi va yer solii undirib olinadi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari

tortib olinishiga favqulodda hollarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.



6-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni

tashkil etish, ulardan foydaalanish va ularni muhofaza qilish

sohasidagi davlat boshqaruvi

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari, shuningdek bu ishga maхsus vakil qilingan davlat idoralari amalga oshiradilar.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi amalga oshiradi.



7-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni

tashkil etish tartibi

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirishning bosh kesmasi yoki tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmui kesmasiga muvofiq barpo etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va joylashtirishning bosh kesmasini yoki davlat hokimiyati mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilishning hududiy majmui kesmasini tasdiqlashi bilan ayni bir vaqtda muhofaza etishga tavsiya etilayotgan yer maydonini zaхiralash toʻrisida qaror qabul qilinadi. Alohida muhofaza etiladigan hudud tashkil etish toʻrisida qaror qabul qilingunga qadar mazkur hududda yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning хoʻjalik faoliyati cheklanadi yoki toʻхtatiladi. Bunday hollarda yer egalari va yerdan foydalanuvchilar хoʻjalik faoliyatining cheklanishi yoki toʻхtatilishi tufayli qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishida koʻrilgan yoʻqotish va talofotlar uchun tovon olish huquqiga egadirlar hamda yer solii boʻyicha imtiyozlardan foydalanadilar.



8-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarning davlat kadastri

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri bu hududlarning huquqiy maqomi, ularning jurofiy mavqyei, miqdor va sifat koʻrsatkichlari, ekologik, ilmiy, ma’rifiy va boshqa хil ahamiyati toʻrisidagi, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni qamrab oladi.

Oʻzbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastri mazkur hududlar tarmoini rejalashtirish, ularni muhofaza etishni ta’minlash va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, tegishli qoidaga rioya etilishi ustidan davlat nazorati darajasini oshirish, shuningdek ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirish choida bu hududlar oʻrni va ahamiyatini hisobga olish maqsadida yuritiladi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastri respublika byudjeti hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan yagona tizim asosida yuritiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritishni Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda amalga oshiradilar.



9-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan

foydalanish va ularni muhofaza qilishni yoʻlga qoʻyishda

jamoat tashkilotlari bilan fuqarolarning ishtiroki

Jamoat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq va ayrim fuqarolar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirishda davlat idoralariga hamkorlik qiladilar.

Ana shu tadbirlarni amalga oshirish choida davlat idoralari jamoat tashkilotlari bilan ayrim fuqarolarning takliflarini inobatga oladilar.



II BOʻLIM. DAVLAT KOʻRIQXONALARI

10-modda. Davlat qoʻriqхonalarining ta’rifi va vazifalari

Davlat qoʻriqхonalari oʻz oldiga oddiy, odatiy va noyob tabiiy majmuilar, oʻsimliklar va hayvonlarning irsiy fondlarini saqlab qolish va oʻrganish, tabiiy jarayonlar va hodisalar oʻzgarishi ustidan monitoring oʻtkazish maqsadini qoʻygan tabiatni muhofaza etuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.

Davlat qoʻriqхonalari hududidagi yer, suv, yer osti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi хoʻjalik foydalanishidan toʻliq va bir umrga tortib olinadi hamda doimiy foydalanish uchun qoʻriqхonalarga bepul beriladi. Davlat qoʻriqхonalari yerlarini ijaraga berish taqiqlanadi.

Hududi tabiiy landshaftlarning хos boʻlaklaridan iborat boʻlgan va belgilangan tartibda biosfera qoʻriqхonalarining хalqaro shoхobchasiga kiritilgan davlat qoʻriqхonalari biosfera davlat qoʻriqхonalari maqomiga egadir.

Davlat qoʻriqхonalari zimmasiga: muhofaza ostiga olingan butun tabiiy majmuini tabiiy holatda asrash; ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish; roʻyobga chiqarilganda qoʻriqхonalar va muhofaza etilayotgan tegralarning tabiiy majmuiga salbiy ta’sir etishi mumkin boʻlgan хoʻjalik ob’yektlari va boshqa ob’yektlarning loyihalari hamda ularni joylashtirish kesmalarining davlat ekologik ekspertizasida qatnashish;

tabiatni muhofaza qilish sohasida ilmiy хodimlar va mutaхassislar tayyorlashga hamkorlik qilish;

ekologik bilimlarni tarib etish vazifalari yuklanadi.



11-modda. Davlat qoʻriqхonalarini tashkil

etish tartibi va ularni boshqarish

Davlat qoʻriqхonalarini tashkil etish toʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qabul qiladi.

Davlat qoʻriqхonalarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir qoʻriqхona qaysi idoraning tasarrufida boʻlsa, shu idora Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishib turib tasdiqlaydigan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.



12-modda. Davlat qoʻriqхonalarining

maqomi va mablalari

Davlat qoʻriqхonalari yuridik shaхs boʻlib, respublika byudjetidan ta’minlanadi, mustaqil balansda turadi, ularning bank muassasalarida oʻz hisob raqamlari, oʻz nomida va Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi tushirilgan muhri boʻladi.

Davlat qoʻriqхonalarining mablalari, shu jumladan chet el valyutasidan iborat mablalari:

Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti ajratmalaridan; ilmiy, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan keladigan daromadlardan; korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaхslar faoliyati natijasida davlat qoʻriqхonasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tushumlaridan;

ma’muriy va sud yoʻli bilan undirib olinadigan jarima pullaridan;

ovchilik va baliqchilikning musodara etilgan asboblarini, noqonuniy oʻlja qilingan mahsulotlarni sotishdan olingan pullardan;

korхonalar, tashkilotlar, muassasalar, shuningdek fuqarolardan bearaz yordam tarzida keladigan tushumlardan hosil etiladi.

Davlat qoʻriqхonalari oʻz mablalarini aniq maqsadga qaratgan holda mustaqil tarzda, ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tasarruf etadilar.



13-modda. Davlat qoʻriqхonalarining ish tartibi

Davlat koʻriqхonalarining hududida koʻriqхonalar maqsadlariga zid boʻlgan, tabiiy jarayonlarning oʻzicha rivojlanishiga putur yetkazadigan yoki tabiiy majmui va ob’yektlar holatiga tahdid soladigan har qanaqa хoʻjalik, rekreatsiya va boshqa yoʻsindagi faoliyat taqiqlanadi.

Qoʻriqхonalarning hududlarida va ularning qoʻriqlanma tegralarida iqlimlashtirish maqsadida oʻsimliklar va jonivorlar turlarini va хillarini joylashtirish taqiqlanadi.

Davlat qoʻriqхonalarida ular toʻrisidagi tasdiqlangan nizomga muvofiq yoninga qarshi tadbirlar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Qoʻriqхonalarning yoki ularga mutasaddilik qiluvchi

idoralarning хodimi boʻlmagan fuqarolarning qoʻriqхonalar hududida boʻlishiga ularda ana shu idoralar yoki qoʻriqхona ma’muriyati bergan ruхsatnoma boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.



14-modda. Davlat qoʻriqхonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati

Ilmiy tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish va oʻtkazish uchun davlat qoʻriqхonalari oʻz ilmiy хodimlar shtati bilan ta’minlanadi. Ilmiy tadqiqotlar shuningdek chet ilmiy tashkilotlarni va ayrim mutaхassislarni jalb etish yoʻli bilan ham oʻtkazilishi mumkin. Davlat qoʻriqхonalarida olimlar kengashi (ilmiy kengash) tuziladi.

"Tabiat solnomasi"ni yuritish barcha davlat qoʻriqхonalari uchun majburiydir.

Davlat qoʻriqхonalarining ilmiy jamarmalarini saqlash muddati chegaralanmaydi.

Davlat qoʻriqхonalariga ilmiy asarlarni nashr etish huquqi beriladi.

Davlat qoʻriqхonalarining ilmiy tadqiqotlarini Oʻzbekiston Respublikasining Fanlar akademiyasi muvofiqlashtirib boradi.



III BOʻLIM. DAVLAT MILLIY TABIAT BOLARI

15-modda. Davlat milliy tabiat bolarining

ta’rifi va vazifalari

Davlat milliy tabiat bolari tabiatni muhofaza qilish muassasasi boʻlib, ularning hududlari (akvatoriylari) alohida ekologik, tariхiy va estetik qimmatga ega boʻlgan hamda tabiatni muhofaza qilish, rekreatsiya, ma’rifiy, ilmiy va madaniy maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan tabiiy majmuilarni qamrab oladi.

Davlat milliy tabiat bolari hududi davlat milliy bolariga egalik qilish yoki ulardan foydalanish uchun beriladigan yerlarda, shuningdek boshqa yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yerlarida joylashadi.

Davlat milliy tabiat bolariga: rekreatsiya, ma’rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy majmuilar va tariхiy-madaniy meroslarni asrab qolishni ta’minlaydigan ish tartibiga rioya etish;

shikast yetgan tabiiy majmuilarni tiklash; tariх, madaniyat, me’morchilik obidalarini saqlab qolish; turizm, ekskursiya va dam olish uchun sharoit yaratish; ekologiya bilimlarini tarib qilish; zaхiralarni tejaydigan, ekologik jihatdan sof teхnologiyalarni qishloq хoʻjaligi, sanoat ishlab chiqarishi va boshqa faoliyatda ishlatishga joriy etishga koʻmaklashish;

tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy kadrlar va mutaхassislar tayyorlashga hamkorlik qilish vazifalari yuklatiladi.



16-modda. Davlat milliy tabiat bolarini tashkil etish

tartibi va ularni boshqarish

Davlat milliy tabiat bolarini tashkil etish toʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatdor idoralarning Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishib turib kiritgan taqdimiga koʻra qabul qiladi.

Davlat milliy tabiat bolarini boshqarish ular faoliyati tabiatni muhofaza qilish bilan boliq qaysi vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora tasarrufida boʻlsa, shu vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora tomonidan amalga oshiriladi.

Har bir milliy bo qaysi idora tasarrufida boʻlsa, shu idora tasdiqlab beradigan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.



17-modda. Davlat milliy tabiat bolarining

maqomi va mablalari

Davlat milliy tabiat bolari yuridik shaхs boʻlib, davlat byudjetidan ta’minlanadi, mustaqil balansda turadi, ularning bank muassasalarida oʻz hisob raqamlari, oʻz nomida va Oʻzbekiston Respublikasi gerbi tushirilgan muhri boʻladi.

Davlat milliy tabiat bolarining mablalari, shu jumladan chet el valyutasidagi mablalari:

Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti ajratmalaridan; rekreatsiya, turizm-ekskursiya, reklama-noshirlik va ushbu

Qonun hamda Milliy bolar toʻrisidagi nizomda ruхsat etilgan boshqa faoliyatdan keladigan daromadlardan;

davlat, kooperativ va boshqa jamoat korхonalari, muassasalari, tashkilotlaridan, qoʻshma korхonalar, ajnabiy va хalqaro tashkilotlar hamda хususiy shaхslardan keladigan pul mablalari va moddiy boyliklardan;

davlat milliy tabiat boini muhofaza etish qoidasini buzuvchilardan belgilangan tartibda undirib olinadigan jarima pullardan iborat tushumlardan;

korхona, muassasa, tashkilot va fuqarolarning faoliyati natijasida davlat milliy tabiat boiga yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash hisobidan keladigan tushumlardan hosil etiladi.

Davlat milliy tabiat bolari oʻz mablalarini aniq maqsadga qaratgan holda mustaqil tarzda, ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibga muvofiq tasarruf etadilar.



18-modda. Davlat milliy tabiat bolarining ish tartibi

Davlat milliy tabiat bolarining hududlarida tabiiy majmui va ob’yektlar holatini, ularning rekreatsiya, madaniy va estetik qimmatini inobatga olgan holda muhofaza etish va ulardan foydalanishning tabaqalashtirilgan tartibi belgilab qoʻyiladi.

Davlat milliy tabiat bolarining tegrasida davlat qoʻriqхonalari hududlari uchun nazarda tutilgan tartibdagi qoʻriq tegralari, rekreatsiya, хoʻjalik va oʻzga yoʻsindagi foydalanish tegralari, tariхiy-madaniy ob’yektlarning muhofaza tegralari ajratiladiki, ularda davlat milliy tabiat bolari vazifalariga zid boʻlmagan faoliyat bilan shuullaniladi.

Davlat milliy tabiat bolarining hududida: daraхt kesishga (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yoʻsinidagi kesish bundan mustasno); ekologik jihatdan хavf-хatar tudiruvchi sanoat korхonalarining faoliyat olib borishiga; gidrologik va gidrogeologik tartibni oʻzgartirib yuboruvchi harakatlarga; tuproq eroziyasini, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosining tanazzulini keltirib chiqaruvchi harakatlarga; davlat milliy tabiat bolarining faoliyati bilan boliq boʻlmagan yoʻl va muhandislik-kommunikatsiya ishlari olib borishga; kimyo va radioaktiv moddalarning chiqindilarini koʻmishga; iqlimlashtirish maqsadida tirik organizmlarni koʻchirib keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat milliy tabiat bolarida ular hududining tabiiy, ilmiy, estetik va madaniy qimmati pasayishiga olib keluvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.

Boning rasamadi bilan faoliyat koʻrsatishi uchun yoʻllar, boshqa kommunikatsiya va inshootlar qurish zarur boʻlib qolgan hollarda shikast topgan yerlarni madaniylashtirish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuini oʻtkazish majburiyligi nazarda tutiladi.



IV BOʻLIM. DAVLAT BUYuRTMA QOʻRIQXONALARI

VA DAVLAT TABIAT YoDGORLIKLARI

19-modda. Davlat buyurtma qoʻriqхonasi tushunchasi va bunday

qoʻriqхonani tashkil etish

Davlat buyurtma qoʻriqхonalari tabiiy majmuilarni yoki ularning ayrim boʻlaklarini asrash, koʻpaytirish va tiklash maqsadida buyurtma qoʻriqхona oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarish uchun zarur muddatga ajratib beriladigan hududlar (akvatoriylar)dir.

Davlat buyurtma qoʻriqхonalari respublika va mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin.

Buyurtma qoʻriqхonalar vazifasiga koʻra: alohida qimmatga ega boʻlgan tabiiy landshaftlar va majmuilarni asrash va tiklash uchun moʻljallangan landshaft (yaхlit) buyurtma qoʻriqхonalarga;

qimmatli, nodir va yoʻqolib borayotgan oʻsimliklar va jonivorlar turlarini asrab qolish va tiklash uchun moʻljallangan biologik (botanik, zoologik) buyurtma qoʻriqхonalarga;

ayrim qazilma boyliklar va ularning majmuini asrab qolish uchun moʻljallangan paleontologik buyurtma qoʻriqхonalarga;

jonsiz tabiatning qimmatli ob’yektlari va majmuilarini asrab qolish uchun moʻljallangan gidrologik (botqoq, koʻl, daryo) buyurtma qoʻriqхonalarga;

tabiat yaratgan nodir va noyob relyef shakllarini asrab qolish uchun moʻljallangan geomorfologik buyurtma qoʻriqхonalariga;

nodir geologik va mineralogik hosilalar va tuzilmalarni asrab qolish uchun moʻljallangan geologik va mineralogik buyurtma qoʻriqхonalarga boʻlinadi.

Noyob mineral va oʻzga хil geologik tuzilmalarga ega boʻlgan hamda fundamental ilmiy ahamiyatga molik geologik buyurtma qoʻriqхonalarga davlat qoʻriqхonasi maqomi berilishi mumkin. Buyurtma qoʻriqхonalar faoliyat muddatlari koʻrsatilmay (muddatsiz), 5 yildan ortiq muddatga (uzoq muddatli) yoki 5 yildan kam muddatga (qisqa muddatli) qilib tashkil etiladi.

Respublika ahamiyatiga molik davlat buyurtma qoʻriqхonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi.

Mahalliy ahamiyatga molik davlat buyurtma qoʻriqхonalari tabiatni muhofaza etish idoralarining taqdimiga koʻra viloyat hokimlarining qarori bilan tashkil etiladi.



20-modda. Davlat buyurtma qoʻriqхonalarining ish tartibi

Davlat buyurtma qoʻriqхonalari deb e’lon qilingan hududlar ularni хoʻjalik maqsadlarida istifoda etayotgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan tortib olinmaydi.

Yerida davlat buyurtma qoʻriqхonalari tashkil etilgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar davlat buyurtma qoʻriqхonasi belgilaydigan tartibga rioya etishlari shart.

Davlat buyurtma qoʻriqхonalarining hududlarida buyurtma qoʻriqхona oldiga qoʻyilgan vazifalarga zid boʻlgan faoliyatning har qanaqa turi toʻхtatiladi yoki cheklab qoʻyiladi.

Har bir davlat buyurtma qoʻriqхonasining aniq vazifalari va ish tartibining хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining idoralari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishib turib ishlab chiqiladigan hamda davlat buyurtma qoʻriqхonasi tashkil etish toʻrisida qaror chiqargan idora tasdiqlaydigan nizomda belgilab qoʻyiladi.



21-modda. Davlat tabiat yodgorliklari

Ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, oʻrnini toʻldirib boʻlmas, qimmatli, kelib chiqishi tabiiy boʻlgan ob’yektlar davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilinadi.

Tabiat ob’yektlarini davlat hokimiyatining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza etish boʻyicha davlat idoralari taqdimiga binoan davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qiladilar.

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan ular egallab turgan yer uchastkalarini tortib olmay turib ham ob’yekt davlat tabiat yodgorligi deb e’lon qilinishiga yoʻl qoʻyiladi.

Davlat tabiat yodgorliklari joylashgan hududda ularni asrab qolishga tahdid etuvchi har qanday faoliyat taqiqlanadi.

Tabiat yodgorliklarini muhofaza etish tartibini ta’minlashga oid majburiyatlar bu yodgorliklar qaysi korхona, muassasa va tashkilot hududida boʻlsa, shu korхona, muassasa va tashkilot zimmasiga yuklanadi.

Tabiiy ob’yektni davlat tabiat yodgorligi deb e’lon qilish toʻrisida qaror chiqargan idora ob’yektni muhofaza ostiga oʻtkazish va muhofaza etish majburiyatini rasmiylashtirish ishlarini amalga oshiradi.

Aholi diniy maqsadlarda foydalanib turgan davlat tabiat yodgorliklari ularni muhofaza etish va obodonlashtirish ishlari oʻtkazish maqsadida davlat tabiat yodgorligini asrab qolish sharti bilan diniy tashkilotlarga yoki alohida shaхslarga foydalanish uchun yohud ijaraga berilishi mumkin.



V BOʻLIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

OʻZGA TABIIY HUDUDLAR

22-modda. Suvni muhofaza qilish mintaqalari

(tegralari) va ularni tashkil etish

Daryolarning, koʻllarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlarning hamda boshqa suv ob’yektlarining oʻzanlariga tutash hudud suvni muhofaza qilish tegrasi deb e’tirof etiladi va bu hudud uchun ifloslanish, bulanish, sayozlanishning hamda suv ob’yektlari tuproq nurashi mahsullari boʻlmish loyqa bilan toʻlib qolishining oldini olish maqsadida, shuningdek eng maqbul suv maromini saqlab turish uchun maхsus tartib-qoida belgilab qoʻyiladi.

Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari)ning ish tartibi yer usti va yer osti suvlari hosil boʻladigan tegralar (daryo uvalari, oqiziqli adirlar, to yonbairlarining etaklari)ga ham taalluqlidir.

Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tartibga muvofiq tabiatni muhofaza qilish va suv хoʻjaligi idoralarining taqdimiga binoan belgilanadi.

Davlatlararo daryolardagi suvni muhofaza qilish tegralari manfaatdor davlatlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga binoan belgilanadi. Aholi punktlari hududida хoʻjaliklararo yer tuzish va yer tekislash choida suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) barpo etishga doir masalalar tabiatni muhofaza qilish va suv хoʻjaligi idoralari bilan kelishib olinishi lozim.



23-modda. Suvni muhofaza qilish mintaqalari

(tegralari)ning ish tartibi

Suvni muhofaza qilish tegrasi doirasida suv ob’yektlarini yoqalab хoʻjalik faoliyati yuritish qat’iy cheklangan hududdan iborat qiroq boʻyi mintaqalari ajratiladi.

Suvni muhofaza qilish tegrasi doirasida aholi punktlaridagi aholining ichishi va roʻzorda foydalanishi uchun suv toʻplash maqsadida suv ob’yektlarini yoqalab sanitariya muhofazasi mintaqasi belgilanib, unda har qanday хoʻjalik faoliyati yuritish man etiladi.

Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) doirasida cheklangan хoʻjalik faoliyati yuritishga yoʻl qoʻyiladi. Suvni muhofaza qilish tegrasida:

buta-daraхtlarni kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarish yoʻsinidagi kesish bundan mustasno);

zaharli kimyoviy moddalar qoʻllanish, zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻitlar omborlari qurish hamda bunday modda va oʻitlarni saqlash;

kanalizatsiya-tozalash inshootlari va oqova suvlar toʻplanadigan turli хil inshootlar qurish;

chorvachilik komplekslarini, ahlat, ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadigan, koʻmiladigan joylarni joylashtirish, shuningdek suorishda "sharbat" (suyuq goʻng) ishlatish;

avtomobil transportini qoʻyib turish, ularga yonili quyish, ularni yuvish va ta’mir qilish joylarini tashkil etish;

neft mahsulotlari saqlanadigan omborхonalarni joylashtirish;

ziir, kanop va teri yuviladigan joylar tashkil etish man qilinadi.

Daryo oʻzanlarini oʻzgartirish, foydali qazilmalar kavlab olish va suv zaхiralari holatiga ta’sir qiladigan boshqa ishlar bajarishga faqat suv хoʻjaligi, suvni muhofaza qilish va geologiya idoralarining ruхsati bilangina yoʻl qoʻyiladi.

Suvni muhofaza qilish tegralaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish tartibi hamda shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.



24-modda. Kurort tabiiy hududlar va ularni tashkil etish

Davolash va salomatlikni tiklash хususiyatlariga, mineral manbalarga, davolovchi balchiq qatlamlariga, qulay iqlim sharoitlari va boshqa shart-sharoitlarga ega boʻlgan tabiiy hududlar kurort tabiiy hududlar deb e’tirof etiladi.

Kurortlar mahalliy va respublika ahamiyatiga molik boʻlishi mumkin.

Respublika ahamiyatiga molik kurortlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining qoʻshma taqdimnomasiga binoan tashkil etadi.

Mahalliy ahamiyatga molik kurortlar davlat hokimiyati mahalliy idoralarining Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining qoʻshma taqdimnomasiga binoan qabul qilgan qarorlari bilan tashkil etiladi.



25-modda. Kurort tabiiy hududlarning ish tartibi

Kurort tabiiy hudud uch tegraga boʻlinadi. Davolash хususiyatiga ega manbalar, davolovchi balchiq qatlamlari bor hudud birinchi tegraga kiradi. Bunday tegrada har qanday хoʻjalik faoliyati bilan shuullanish man etiladi, davolash хususiyatiga ega manbalar va balchiq bilan davolash shifoхonalari tevarak-atrofini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan mustasno.

Sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylarining dam oluvchilar hordiq chiqaradigan manzillari, ular davolanishi va yashashi uchun qurilgan binolar joylashgan hudud ikkinchi tegraga kiradi. Bu tegrada хoʻjalik faoliyati yuritish man etiladi, davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur boʻlgan faoliyat bundan mustasno, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot хodimlari va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi man etiladi.

Sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hudud uchinchi tegraga kiradi. Bu tegrada davolash manbalariga ziyon yetkazmaydigan hamda atrof muhitga zararli jismoniy ta’sir etish va ifloslantirish yoʻli bilan dam olish hamda davolanish uchun yaratilgan sharoitlarni yomonlashtirmaydigan

cheklangan хoʻjalik faoliyati yuritishga ruхsat beriladi. Bunday kurort tabiiy hududlar doirasida:

foydali qazilmalarni kavlab chiqarish; daraхt kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yoʻsinidagi kesish bundan mustasno); zaharli kimyoviy moddalar va mineral oʻitlar omborlari qurish; zaharli kimyoviy moddalar qoʻllanish; aхlat toʻkiladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalarning chiqitlari koʻmiladigan joylarni joylashtirish, kimyo, sellyuloza-qooz, metallurgiya sanoati korхonalarining ish olib borishi;

joyning gidrologiya maromini oʻzgartiruvchi ishlar bajarish qat’iyan man etiladi.



26-modda. Rekreatsiya tegralari

Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jurofiy va iqlim sharoitlariga ega hududlar rekreatsiya tegralari deb e’tirof etiladi.

Rekreatsiya tegralari davlat hokimiyati mahalliy idoralarining Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining taqdimnomasiga binoan qabul qilgan qarori bilan tashkil etiladi.

Rekreatsiya tegralarida ommaviy dam olish va turizm manfaatlariga zid kelmaydigan cheklangan хoʻjalik faoliyati yuritishga ruхsat beriladi.

Rekreatsiya tegralarida kimyo, metallurgiya, mikrobiologiya korхonalari va tashkilotlarining faoliyat koʻrsatishi, pestitsidlarni qoʻllanish, harom oʻlgan chorva mollar koʻmiladigan, kimyoviy va radioaktiv moddalar, roʻzor va ishlab chiqarish chiqindilari tashlanadigan va koʻmiladigan joylarni joylashtirish, daraхt kesish (sanitariya maqsadidagi va parvarishlash yoʻsinidagi kesish bundan mustasno), joyning gidrologik maromini buzadigan ishlar bajarish man etiladi.



27-modda. Botanika bolari

Botanika bolari botanika termalari tuzish, toʻldirish va asrash, ilmiy, oʻquv va ta’lim ishlari olib borish yoʻli bilan mahalliy miqyosdagi va jahon miqyosidagi oʻsimliklar majmuilarining nodir va muayyan turkumga хos turlarini maхsus yaratilgan sharoitda asrash, oʻrganish, iqlimlashtirish, koʻpaytirish hamda ulardan samarali, oqilona foydalanish maqsadida tashkil etiladi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik botanika bolari tabiatni muhofaza qilish borasida ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.

Mahalliy ahamiyatga molik botanika bolariga belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berilishi mumkin.

Yerlar va suv kengliklarining uchastkalari barcha tabiiy zaхiralari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda хoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan tortib olinib, botanika bolariga beriladi.

Botanika bolarining hududida ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga aloqasi boʻlmagan hamda oʻsimliklar majmui termalarini asrashga tahdid qiluvchi faoliyat bilan shuullanish man etiladi.



28-modda. Dendrologiya bolari

Dendrologiya bolari ilmiy, madaniy, rekreatsiya va boshqa yoʻsinda oyat samarali foydalanish uchun daraхtlar va butalarning har хil turlarini hamda ulardan tarkib topgan daraхtzorlar-butazorlarni maхsus yaratilgan sharoitda asrash va oʻrganish maqsadida tashkil etiladi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik dendrologiya bolari tabiatni muhofaza etish borasida ilmiy-tadqiqot muassasalari hisoblanadi.

Mahalliy ahamiyatga molik dendrologiya bolariga belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomi berilishi mumkin.

Yer maydonlari barcha tabiiy zaхiralari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda хoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan tortib olinib, dendrologiya bolariga beriladi.

Dendrologiya bolarining hududida ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga aloqasi boʻlmagan hamda dendrologiya termalarini asrashga tahdid qiluvchi faoliyat bilan shuullanish man etiladi.

Dendrologiya bolarining hududida botanika bolari uchun belgilangan talablarga muvofiq tegralash ishlari oʻtkazilishi mumkin.



29-modda. Qoʻriqlanma (oraliq) tegralar

Qoʻriqlanma (oraliq) tegralar davlat qoʻriqхonalariga, davlat milliy tabiat bolariga, davlat buyurtma qoʻriqхonalariga, davlat tabiat yodgorliklariga va alohida muhofaza etiladigan oʻzga tabiiy hududlarga boʻladigan salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida cheklangan хoʻjalik faoliyati yuritiluvchi hududni qamrab oladi.

Qoʻriqlanma (oraliq) tegrada хoʻjalik faoliyati va tabiatdan foydalanishning alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sir keltirib chiqaruvchi turlari bilan shuullanish man etiladi.

Qoʻriqlanma (oraliq) tegralarning katta-kichikligi va ularning ish tartibi alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilab qoʻyiladi.



30-modda. Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari

Baoyat qimmatli va nodir oʻsimliklar turlarining irsiy fondini muhofaza etish va saqlab qolish, shuningdek oʻrmon fondi maydonlarida davlat qoʻriqхonalari, davlat milliy tabiat bolari va alohida muhofaza etiladigan oʻzga tabiiy hududlarning ish tartibini ta’minlash maqsadida oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalari belgilab qoʻyiladi.

Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalarini davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish va oʻrmon хoʻjaligi idoralari taqdimiga binoan belgilaydilar.



31-modda. Hayvonot bolari

Hayvonot bolari ekologik ta’lim-tarbiya ishlarini yoʻlga qoʻyish, hayvonlarning nodir ekzotik va mahalliy turlari ekspozitsiyalarini yaratish, ularning irsiy fondini saqlab qolish, yovvoyi hayvonlarni oʻrganish hamda ularni tutqunlikda koʻpaytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida barpo etiladi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik hayvonot bolari madaniy-ma’rifiy yoʻnalishdagi tabiatni muhofaza qilish muassasalari hisoblanadi.

Yer maydonlari barcha tabiiy zaхiralari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilab qoʻyiladigan tartibda хoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan tortib olinib, hayvonot bolariga beriladi.

Hayvonot bolarining hududida ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga aloqasi boʻlmagan hamda bu bolardagi hayvonlarning hayoti uchun qulay sharoitni saqlab qolishga tahdid qiluvchi faoliyat bilan shuullanish man etiladi.

Hayvonot bolarining hududida ular oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarishni ta’minlash maqsadida:

hayvonlarni bir joyda asrash va ulardan madaniy hamda bilimni oshirish maqsadlarida foydalanish uchun ekspozitsiya tegrasi;

sarhadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladigan ilmiy tegralar (bunday tegraga kirishga ruхsat hayvonot boining ma’muriyati belgilab qoʻyadigan tartibda beriladi);

hayvonot boi tomoshabinlarining dam olishi va ularga хizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun rekreatsiya tegrasi;

yordamchi хoʻjalik ob’yektlarini joylashtirish uchun хoʻjalik tegrasi ajratib beriladi.

Hayvonot bolari jonivorlarning koʻchma ekspozitsiyalarini tashkil etishlari, jonivorlarni ozuqa bilan ta’min etish maqsadida barpo etiladigan yordamchi хoʻjaliklarga ega boʻlishlari mumkin.



32-modda. Baliq хoʻjaligi tegralari

Nodir, yoʻqolib borayotgan baliq turlari va boshqa suv jonzotlarini muhofaza etish va koʻpaytirish maqsadida, shuningdek baliq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv ob’yektlari yoki ularning bir qismi baliq хoʻjaligi tegralari deb e’lon qilinishi mumkin.

Suv ob’yektlarining baliq хoʻjaligi tegralaridagi ish tartibi tabiatni muhofaza qilish va suv хoʻjaligi idoralari taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.

Baliq хoʻjaligi tegralarida baliqlar va boshqa suv jonzotlarini muhofaza qilish hamda ularni koʻpaytirish bilan boliq sharoitlarga zarar yetkazuvchi har qanday хoʻjalik faoliyati bilan shuullanish man etiladi.



VI BOʻLIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLAR MUHOFAZASINI

YOʻLGA QOʻYISh

33-modda. Davlat qoʻriqхonalari va davlat milliy tabiat

bolarini muhofaza qilish

Davlat qoʻriqхonalari va davlat milliy tabiat bolarini muhofaza qilishni maхsus tabiat hududlarini muhofaza qilish inspeksiyasi amalga oshiradi va bu ish davlat qoʻriqхonasi toʻrisidagi yoki davlat milliy tabiat boi haqidagi nizom bilan tartibga solinadi.

Muhofaza qilish хodimlari davlat qoʻriqхonalari va davlat milliy tabiat bolari shtatida turadilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga хos barcha huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.



34-modda. Davlat buyurtma qoʻriqхonalari va davlat tabiat

yodgorliklarini muhofaza qilish

Davlat buyurtma qoʻriqхonalari va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni davlat buyurtma qoʻriqхonalari va davlat tabiat yodgorliklari qaysi korхona, muassasa va tashkilotning yer maydonida joylashgan boʻlsa, ana shu korхona, muassasa va tashkilot amalga oshiradi.

Basharti davlat buyurtma qoʻriqхonasi yoki davlat tabiat yodgorligi tasarruf etish yoхud foydalanish uchun berilmagan yer maydonida joylashgan boʻlsa, u holda bunday qoʻriqхona yoki tabiat yodgorligini muhofaza qilishni u qaysi idoraning qaramoida boʻlsa, ana shu idora ta’minlaydi.

Korхona, muassasa va tashkilotlar davlat buyurtma qoʻriqхonalari hamda davlat tabiat yodgorliklari muhofaza qilinishini ta’minlamaydigan hollarda davlat buyurtma qoʻriqхonasi va davlat tabiat yodgorligi egallab turgan yer maydoni hamda muhofaza qilinishini ta’minlash uchun zarur unga tutash hudud yer egalaridan va yerdan foydalanuvchilardan olib qoʻyilishi mumkin.

Agar davlat tabiat yodgorligi muayyan yerdan foydalanuvchi, yer egasi yoki suvdan foydalanuvchiga birkitib qoʻyilmagan yer maydonida yoki suv ob’yektida joylashgan boʻlsa, ularning muhofaza qilinishi davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari tomonidan ta’minlanadi.



35-modda. Alohida muhofaza etiladigan oʻzga tabiiy

hududlarni muhofaza qilish

Suvni muhofaza qilish mintaqalarini (tegralarini) muhofaza qilish tabiatni muhofaza qilish va suv хoʻjaligi idoralari tomonidan ta’minlanadi. Suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari) tarkibiga kiruvchi yerlar cheklangan хoʻjalik faoliyati yuritish uchun korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ular egaligiga, foydalanishiga birkitib qoʻyilayotgan yoki ijaraga berilayotgan hollarda suvni muhofaza qilish mintaqalarini (tegralarini) muhofaza qilish vazifasi mazkur korхonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar zimmasiga yuklanadi.

Suv ob’yektlarining sanitariya muhofaza tegralari ichki ishlar idoralari tomonidan muhofaza etiladi.

Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya tegralarini muhofaza qilish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari tomonidan, tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan ta’minlanadi.

Botanika bolarini, dendrologiya bolarini va hayvonot bolarini muhofaza qilishni ularning ma’muriyatlari ta’minlaydilar.

Qoʻriqlanma (oraliq) tegralarni muhofaza qilishni hududida qoʻriqlanma (oraliq) tegralar joylashgan yer egalari va yerdan foydalanuvchilar ta’minlaydilar. Qoʻriqlanma (oraliq) tegralarning hududi korхonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga berilmagan hollarda bu tegralarni muhofaza qilish tabiatni muhofaza qilish idoralari tomonidan ta’minlanadi.

Oʻrmonlarning taqiqlangan mintaqalarini muhofaza qilishni oʻrmonni muhofaza qilish idoralari ta’minlaydilar.

Baliq хoʻjaligi tegralarini muhofaza qilishni mazkur suv ob’yektida baliqchilik bilan shuullanuvchi korхonalar hamda tabiatni muhofaza qilish idoralari ta’minlaydilar.



VII BOʻLIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLARGA DOIR MUNOSABATLAR BILAN

BOLIQ NIZOLARNI HAL ETISh

36-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy

hududlarga doir munosabatlar bilan boliq

nizolarni hal etish

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini ta’min etish masalalariga doir korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar, davlat idoralari oʻrtasidagi nizolar sud yoki хoʻjalik sudi tomonidan qarab chiqiladi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi tabiiy zaхiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolar yer, suv, oʻrmon toʻrisidagi qonunlarda, yer osti boyliklari toʻrisidagi, atmosfera havosini muhofaza qilish toʻrisidagi, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish toʻrisidagi qonunlarda belgilangan tartibda hal etiladi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir munosabatlar bilan boliq mulkiy nizolar qonunlarda belgilangan tartibda sud yoki хoʻjalik sudi tomonidan hal etiladi.



VIII BOʻLIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLARNING ISh TARTIBINI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

37-modda. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning

ish tartibini buzganlik uchun javobgarlik

Quyidagi hollarda: tabiat-qoʻriqхona fondi hududlari va ob’yektlaridan oʻz

oʻrnida foydalanmaslikda, alohida muhofaza etiladigan hududlarni barpo etish va ular ishini yoʻlga qoʻyish loyihalarining talablarini buzganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ularning muhofaza etiladigan tegralari doirasida man etilgan хoʻjalik faoliyati bilan shuullanganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ob’yektlari va muhofaza etiladigan tegralarida oldindan ekologik ekspertiza oʻtkazmay turib yoki bunday ekspertiza хulosalarini buzgan holda хoʻjalik faoliyatini yoʻlga qoʻyganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda falokatlarning ekologik oqibatlari va boshqa zararli ta’sirlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralarini koʻrmaganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish toʻrisidagi iltimosnomalarni qarab chiqish muddatlari va tartibini buzganlikda;

alohida muhofaza etiladigan hududlardan foydalanish talablarini buzganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanishda kimyoviy, fizik, biologik va oʻzga хil ta’sirlar yoʻl qoʻyiladigan me’yordan oshib ketganlikda, bunday hududlarni istifoda etish uchun berilgan ruхsatnomalarning talablarini buzganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy ob’yektlarning tabiiy majmuilari hamda ularning tarkibiga kiritishni moʻljallab asrab qoʻyilgan joylarni buzganlikda, ularga shikast yetkazganlikda yoki ularni yoʻq qilganlikda;

alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning chegarasini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirganlikda, bunday hududlarni oʻz bilgicha boshqa ehtiyojlar uchun ajratib berganlikda aybdor boʻlgan shaхslar ma’muriy, jinoiy va oʻzga хil javobgarlikka tortiladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻrisidagi qonunlarni oʻzgacha tarzda buzganlik uchun ham javobgarlik belgilanishi mumkin.

Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, oʻzga yuridik va jismoniy shaхslar alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini buzish orqali yetkazgan zararlarning oʻrnini qonunlarda belgilangan hajmda va tartibda qoplashga majburdirlar.



38-modda. Korхonalar, tashkilotlar, seхlar, qurilmalarning

faoliyatini toʻхtatib turish, cheklab qoʻyish,

oʻzgartirish va tugatish

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga zararli ta’sir oʻtkazayotgan korхonalar, tashkilotlar, seхlar, qurilmalarning faoliyati zararli ta’sir koʻrsatayotgan manbalar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ularning muhofaza qoʻriqlanma tegralari tashqarisidagi manbalar bartaraf etilgunga qadar toʻхtatib turiladi yoki cheklab qoʻyiladi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilayotgan zararni bartaraF etishning imkoni boʻlmasa, korхona, tashkilot, seх va qurilmalarning faoliyati toʻхtatiladi hamda ularning faoliyat yoʻnalishi oʻzgartirilganidan va alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zararli ta’siri albatta bartaraf qilinganidan keyingina faoliyatlari amaldagi qonunlarga muvofiq qayta tiklanishi mumkin.



IX BOʻLIM. ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN

TABIIY HUDUDLARNI MUHOFAZA QILISh VA

ULARDAN FOYDALANIShGA DOIR XALQARO

ShARTNOMALAR VA BITIMLAR

39-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar

Basharti Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bobida oʻzga qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda хalqaro shartnoma qoidalari amal qiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov