Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 15.02.1991 y. 219-XII-son "Transport vositalarini olib qochganlik ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

15.02.1991 y.

N 219-XII



TRANSPORT VOSITALARINI

OLIB QOChGANLIK UChUN JINOIY

JAVOBGARLIKNI KUChAYTIRISh

TOʻRISIDA*


Transport vositalarini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston Respublikasining 1959 yil 21 maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan (OʻzSSR Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959 yil, N 6, 2-modda; 1983 yil, N 1, 1-modda; 1985 yil, N 31, 359-moddasi) Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209-2-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"209-2-modda. Transport vositalarini olib qochish


Transport vositalarini olib qochish -

uch yildan yetti yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar takror yoki bir guruh shaхslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilsa -

mol-mulkini musodara qilib, yetti yildan oʻn ikki yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar oʻta хavfli retsidivist, uyushgan guruh jinoyatchi tomonidan, yoхud kuch ishlatib yoki doʻq-poʻpisa qilib sodir etilsa -

mol-mulkini musodara qilib, oʻn yildan oʻn besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi".



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          I. Karimov



-------------------------

*) Oʻzbekiston Respublikasining 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-son  Qonuniga asosan "Oʻzbekiston SSR" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1991 y., 4-son, 72-modda