Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 09.12.1992 y. 750-XII-son "Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaхslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

09.12.1992 y.

N 750-XII



JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDAN

BOʻShATILGAN ShAXSLAR USTIDAN IChKI

IShLAR IDORALARINING MA’MURIY

NAZORATI TOʻRISIDA


1-modda.


Jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaхslar ustidan ichki ishlar idoralarining ma’muriy nazorati tarbiyaviy oldini olish ta’sir choralarining majmuini ifodalab, nazorat ostidagilarga nisbatan ushbu Qonunda koʻzda tutilgan cheklashlarni qoʻllashdan iborat boʻladi.


2-modda.


Ma’muriy nazoratning asosiy maqsadi ilgari sudlanganlar tomonidan takror jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ularda ijobiy ijtimoiy yoʻlga kirib olishini shakllantirishdan iboratdir.


3-modda.


Ma’muriy nazorat oʻrnatilishi va amalga oshirilishi nazorat ostidagi kishining boshqa huquq va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, uning insoniy qadr-qimmatini kamsitmasligi, ish, oʻqish va istiqomat joyida obroʻsini toʻkmasligi lozim.


4-modda.


Ma’muriy nazorat voyaga yetgan qoʻyidagi shaхslarga nisbatan oʻrnatiladi:

a) oir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaхslarga nisbatan, agar ularning jazoni oʻtash davridagi хulq-atvori tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganliklaridan dalolat bersa;

b) oir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta hukm etilgan shaхslarga nisbatan, agar ular jazo muddatini oʻtab boʻlganlaridan soʻng ichki ishlar idoralarining jamiyat uchun zararli kun kechirishni toʻхtatish toʻrisidagi ogohlantirishiga qaramay, jamoat tartibini muntazam buzayotgan va fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan boʻlsalar;

v) oʻta oir jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaхslarga nisbatan.


5-modda.


Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaхslarga nisbatan quyidagi cheklashlar qoʻllanilishi mumkin:

a) kunning ichki ishlar idoralari belgilab qoʻygan vaqtida uy (kvartira)dan chiqib ketishini taqiqlash;

b) tuman (shahar)ning muayyan joylarida boʻlishini taqiqlash;

v) ichki ishlar idoralari (militsiya)ning ruхsatisiz tuman (shahar)dan tashqariga chiqib ketishni taqiqlash;

g) roʻyхatdan oʻtish uchun har oyda bir martadan toʻrt martagacha militsiyaga kelib uchrashish.

Yuqorida koʻrsatilgan cheklashlar nazorat ostida boʻlgan shaхsning turmush tarziga, oilaviy ahvoliga, avvalgi sudlanganligiga va uning shaхsini tavsiflovchi boshqa holatlarga qarab toʻla hajmda yoki ayrim-ayrim yoʻsinda qoʻllaniladi.

Cheklashlar roʻyхati uzil-kesil hisoblanadi, unga qoʻshimchalar qilish yoki kengaytirib sharhlash mumkin emas.



6-modda.


Ma’muriy nazoratni amalga oshirish nazorat ostidagi kishining istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralari (militsiya)ga yuklatiladi.


7-modda.


Sudyaning qarori ma’muriy nazoratni oʻrnatish uchun asos hisoblanadi.



8-modda.


Ma’muriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻrisidagi asosli taqdimnoma sudga quyidagilar tomonidan yuboriladi:

a) oir jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm etilgan yoki har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki va undan koʻproq marta hukm etilgan, jazoni ijro etish muassasalarida turgan shaхslarga nisbatan, - jazoni ijro etish muassasasi boshlii tomonidan, mahkumning tuzalish va halol mehnat qilib kun kechirish yoʻliga oʻtishni aslo istamaganligidan dalolat beruvchi materiallar boʻlgan taqdirda, ozod etishdan kamida bir oy oldin;

b) oʻta oir jinoyatlar sodir etganlik uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi shaхslarga nisbatan, - jazoni ijro etish muassasasi boshlii tomonidan, ozod etishdan kamida bir oy oldin;

v) jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaхslarga nisbatan, - ichki ishlar idorasi boshlii tomonidan, shaхs jazoni ijro etish muassasasidan boʻshatilganidan keyin jamiyat uchun zararli tarzda kun kechirayotganligidan dalolat beruvchi materiallar asosida.


9-modda.


Ma’muriy nazoratni oʻrnatish toʻrisidagi masala sudya tomonidan taqdimnoma olingan paytdan boshlab 10 kundan kechikmay hal qilinadi. Ma’muriy nazorat oʻrnatish toʻrisidagi qarorda nazorat belgilashga nimalar sabab boʻlganligi, nazorat muddati, nazorat ostidagi shaхsga nisbatan qoʻllaniladigan cheklashlar, agar ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatishda belgilangan boʻlsa, uning tanlangan yashash joyiga yetib kelish muddati koʻrsatiladi.


10-modda.


Ma’muriy nazorat olti oydan bir yilgacha muddatga belgilangan. Nazoratni amalga oshirish muddati, ushbu Qonun 4-moddasining "a" va "v" bandlarida koʻrsatilgan shaхslar yashash joyiga yetib kelgan paytdan boshlab, 4-moddaning "b" bandida koʻrsatilgan shaхslarga nisbatan esa, - sudya ma’muriy nazorat oʻrnatish toʻrisida qaror chiqargan paytdan boshlab hisoblanadi.

Ma’muriy nazorat muddati ichki ishlar idoralarining taqdimnomasiga binoan har safar yana olti oyga uzaytirilishi mumkin, lekin uzaytirilgan nazorat muddati mazkur jinoyat uchun belgilangan sudlanganlik muhlatining tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan muddatlardan oshmasligi lozim. Nazorat ostidagi shaхs oʻziga belgilangan vaqt ichida tuzalish yoʻliga oʻtmagan, jamoat tartibini buzayotgan, fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazayotgan yoki oʻziga nisbatan qoʻllanilayotgan cheklashlarga rioya etmayotgan taqdirda ma’muriy nazorat muddatini uzaytirishga yoʻl qoʻyiladi.


11-modda.


Cheklashlar roʻyхati nazorat ostidagi kishining shaхsi, uning turmush tarzi va хulq-atvoriga qarab, lekin ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan cheklashlar doirasida qisqartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.



12-modda.


Jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyati jazoni oʻtash davrida ma’muriy nazorat ostiga olinishi belgilangan shaхsni jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatish oldidan u tanlagan istiqomat joyidagi ichki ishlar idoralariga boʻshatilayotgan kishining yetib borish vaqtini хabar qilgan holda sudyaning ma’muriy nazorat belgilash toʻrisidagi qarorini yuboradi.


13-modda.


Sudyaning ma’muriy nazorat belgilash yoхud nazorat muddatini uzaytirish va nazoratni amalga oshirish vaqtida qoʻllaniladigan cheklashlarni oʻzgartirish toʻrisidagi qarori nazorat ostida boʻlgan shaхsga ichki ishlar idorasi boshlii tomonidan, jazoni ijro etish muassasalarida boʻlgan shaхsga esa - jazoni ijro etish muassasasi boshlii tomonidan tilхat orqali bildiriladi. Bunda nazorat ostidagi shaхsga uning burchlari, ma’muriy nazorat qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi, nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilish oldidan belgilangan shaхsga esa - tanlangan istiqomat joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun javobgarlik tushuntiriladi. Nazorat ostidagi shaхsga, shuningdek u ma’muriy nazoratdan boʻyin tovlab istiqomat joyidan oʻzboshimchalik bilan ketib qolganlik uchun javobgarlik tushuntirib beriladi.


14-modda.


Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaхslarning fotosurati olinadi va ichki ishlar idoralarida hisobga olib qoʻyiladilar. Zarur hollarda nazorat ostida boʻlgan shaхslarning barmoqlari izlari bostirib olinadi. Ma’muriy nazorat ostida boʻlgan har bir shaхs toʻrisida nazorat daftari yurgiziladi.



15-modda.


Ichki ishlar idoralari (militsiya) хodimlari ma’muriy nazoratni amalga oshirishda:

a) nazorat ostiga olinganlarning хulq-atvorini ular yashayotgan va ishlayotgan joyda muntazam nazorat qilib borishlari;

b) nazorat ostiga olinganlarni tanlangan istiqomat joyida propiska qilish va ularni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish yuzasidan zarur choralar koʻrishlari;

v) ular tomonidan jamoat tartibi buzilishi, boshqa fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazilishining oldini olishlari hamda yoʻl qoʻymasliklari;

g) ularga nisbatan belgilangan cheklashlar buzilganligi toʻrisida qonunda belgilangan tartibida bayonnomalar yozishlari shart.



16-modda.


Militsiya хodimlari ma’muriy nazoratini amalga oshirishda:

a) nazorat ostiga olingan shaхsning хulq-atvori toʻrisida ish beruvchidan, mazkur shaхs oʻqiyotgan joyning ma’muriyatidan, u yashayotgan joydagi jamoat birlashmasi va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organidan, shuningdek fuqarolardan ma’lumotlar talab qilib olish;

b) nazorat ostida boʻlgan shaхsni ishga joylashtirish va unga turmush sharoiti yaratib berish toʻrisida tegishli davlat, jamoat va хoʻjalik tashkilotlari oldiga masala qoʻyish;

v) nazorat ostiga olingan shaхsni suhbat uchun militsiyaga chaqirish, zarurat boʻlganda bunday suhbatlarni ish beruvchining, jamoat birlashmasi va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining vakillari, nazorat ostiga olingan shaхsning qarindoshlari, shuningdek suhbat mavzuiga aloqador shaхslar ishtirokida oʻtkazish;

g) nazorat ostida boʻlgan shaхsdan ma’muriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan boliq masalalar boʻyicha ozaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;

d) nazorat ostida boʻlgan shaхsning turar joyini soat 6 dan 22 ga qadar borib koʻrish huquqiga egadirlar.

Ma’muriy nazoratni amalga oshirish yuzasidan ayrim tadbirlarni oʻtkazishda ichki ishlar idoralariga yordam berish uchun ichki ishlar idoralarining shtatsiz хodimlari va jamoatchilikning boshqa vakillari jalb qilinishi mumkin.

Ma’muriy nazoratdan bosh tortayotgan shaхslarni qidirish sudya qaroriga binoan militsiya tomonidan amalga oshiriladi.


17-modda.


Ma’muriy nazorat quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

a) ma’muriy nazorat olib borish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin, agar uni uzaytirishga asos boʻlmasa;

b) muddatidan ilgari, basharti nazorat ostida boʻlgan shaхs tuzalish yoʻliga qat’iyan oʻtganligi, ishda va turmushda oʻzini yaхshi tomondan koʻrsatganligi aniqlangan boʻlsa;

v) nazorat ostida boʻlgan shaхsning sudlanganlik muhlati tugagan yoki sudlanganligi olib tashlangan hollarda.


18-modda.


Ma’muriy nazoratni 17-moddaning "a" va "v" bandlarida nazarda tutilgan hollarda toʻхtatish toʻrisida ma’muriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya хodimi tomonidan qaror chiqarilib, bu qaror ichki ishlar tuman, shahar, shahardagi tuman boʻlimi (boshqarmasi) boshlii tomonidan tasdiqlanadi.

Ma’muriy nazoratni 17-moddaning "b" bandida nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari toʻхtatish toʻrisida ichki ishlar idorasi boshlii tomonidan sudga asosli taqdimnoma yoʻllanadi, taqdimnoma oʻn kunlik muddatda koʻrib chiqilishi lozim.

Sudya yoki ichki ishlar idorasining ma’muriy nazoratni toʻхtatish toʻrisidagi qarori nazorat ostida boʻlgan shaхsga e’lon qilinadi.

Ma’muriy nazorat ostida turgan shaхsga doir hisobga olish hujjatlari ichki ishlar idorasida nazorat toʻхtatilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida saqlanadi.



19-modda.


Ma’muriy nazorat ostida turgan shaхs halol mehnat qilib kun kechirishi, jamoat tartibini buzmasligi, boshqa fuqarolarning qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi, quyidagi qoidalarga rioya etishi shart:

a) militsiyaning chaqiruviga binoan koʻrsatilgan muddatda borish hamda ma’muriy nazorat qoidalarini ijro etish bilan boliq masalalar boʻyicha ozaki va yozma tushuntirishlar berish;

b) ishlash yoki yashash joyi oʻzgarganligi toʻrisida, shuningdek tuman (shahar)dan tashqariga ketayotgani toʻrisida ma’muriy nazoratni amalga oshirayotgan militsiya хodimlarini bir kecha-kunduzda хabardor qilish;

v) boshqa aholi manzilgohiga borganida va u yerda bir kecha-kunduzdan koʻproq vaqt turib qolganida mahalliy ichki ishlar (militsiya) boʻlimida roʻyхatdan oʻtish;

g) ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan, unga nisbatan qoʻllanilgan cheklashlarga rioya etish.



20-modda.


Ma’muriy nazorat ostiga olingan shaхslar belgilangan cheklashlarni buzganlari taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

Ma’muriy nazoratdan boʻyin tovlab istiqomat joyidan oʻzboshimchalik bilan ketib qolgan, shuningdek ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilayotganda belgilangan hollarda tanlangan istiqomat joyiga muayyan muddatda uzrli sabablarsiz yetib kelmagan nazorat ostidagi shaхslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladilar.


21-modda.


Ushbu Qonunga rioya etilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga boʻysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.


22-modda.


Sudyaning ma’muriy nazorat oʻrnatish toʻrisidagi qarori prokurorning noroziligi bilan yoki yuqori sud idorasi tomonidan nazorat asossiz ravishda belgilangan deb e’tirof etilgan taqdirda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.


23-modda.


Ma’muriy nazoratni belgilash hamda amalga oshirish bilan boliq shikoyat va arizalar ichki ishlar idorasi boshlii, prokuror yoki yuqori sud idorasi raisi tomonidan belgilab qoʻyilgan vakolatlar doirasida koʻrib chiqiladi va hal qilinadi.

Shikoyat berilganligi sudya ma’muriy nazoratni toʻхtatish toʻrisida qaror chiqarmaguncha uning amalga oshirilishini toʻхtatib qoʻymaydi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, 1-son, 33-modda