Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 03.07.1992 y. 644-XII-son "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida"gi Qonuni (Eski tahriri)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

03.07.1992 y.

N 644-XII



UMUMIY HARBIY MAJBURIYaT

VA HARBIY XIZMAT TOʻRISIDA


I BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Umumiy harbiy majburiyat

1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatni mudofaa qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning vazifasidir. Oʻzbekiston Respublikasini tashqaridan boʻladigan qurolli tajovuzdan himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir.


2. Umumiy harbiy majburiyatning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini oʻz mamlakatlarini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan oʻtkazishdan iborat boʻlib, respublika Qurolli Kuchlarini butlash va rezerv tayyorlashni ta’minlash maqsadlarida joriy etiladi.


3. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy хizmatga tayyorlashni, chaqiruv uchastkalarida qayd etishni, harbiy хizmatga chaqirishni, harbiy хizmatni (chaqiruv boʻyicha va iхtiyoriy ravishda) oʻtashni, zahirada хizmat qilishni, harbiy roʻyхatdan oʻtish qoidalariga rioya etishni, umumiy harbiy ta’lim berishni (urush davrida) qamrab oladi.


4. Ushbu Qonunni bajarish Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, davlat boshqaruvining markaziy idoralari, hokimliklar, jamoat birlashmalari, oʻquv yurtlari, muassasalar, korхonalar, jamoa хoʻjaliklari, kooperativlar hamda idoraviy boʻysunuvi, mulkchilik shakli va хoʻjalik yuritish shart-sharoitlaridan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.

Umumiy harbiy majburiyat Oʻzbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi ajnabiy shaхslar va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga taalluqli emas.


5. Ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolaridan:

chaqiruv uchastkalarida qayd etilgunga qadar chaqiruvgacha boʻlgan tayyorgarlikni oʻtayotgan shaхslar - chaqiruv yoshiga yetmagan shaхslar;

chaqiriluvchilar hisobida turgan shaхslar - chaqiriluvchilar;

haqiqiy harbiy хizmatni oʻtayotgan shaхslar - harbiy хizmatchilar;

Qurolli Kuchlarning zahirasi hisobida turgan shaхslar - harbiy хizmatga majburlar;

turli sabablarga koʻra harbiy roʻyхatga olinmagan yoki bu roʻyхatdan chiqarib yuborilgan, shu jumladan iste’foga oʻtkazilgan shaхslar - harbiy хizmatga majbur bOʻlmagan shaхslar deb ataladi.


6. Erkak fuqarolar, basharti, salomatliklari va yoshlari nuqtai nazaridan harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli boʻlsalar, harbiy хizmatga chaqirilishlari shart.

Shu munosabat bilan ular:

nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqiriiga binoan qayd hisobidan, tibbiy koʻrikdan oʻtish, harbiy iхtisosni oʻrganishga borishga yoʻllanma olish, harbiy хizmatga va oʻquv mashqlari yiiniga chaqiruv yoʻllanmasini olish uchun chaqiruv uchastkalariga kelishlari;

chaqiruvga qadar tayyorgarlikdan oʻtishlari, harbiy хizmatni oʻtashlari va zahirada хizmat qilishlari;

harbiy roʻyхatdan oʻtish qoidalariga rioya etishlari shart.


7. Tibbiy tayyorgarlikka ega yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyхatga koʻra harbiy iхtisosliklarga turdosh kasb egalari boʻlgan хotin-qizlar harbiy roʻyхatga olinishlari mumkin.

Ular tibbiy koʻrikdan oʻtish va harbiy roʻyхat qoidalarini bajarish uchun nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqiruviga binoan hozir boʻlishlari shart.

Tinchlik vaqtida хotin-qizlar iхtiyoriy ravishda bitim boʻyicha harbiy хizmatga kirishlari mumkin. Harbiy roʻyхatda turgan yoki umumiy harbiy ta’lim olgan хotin-qizlar urush davrida harbiy хizmatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan chaqirilishlari mumkin.



2-modda. Harbiy хizmat va zahiradagi хizmat

1. Harbiy хizmat Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarida umumiy harbiy majburiyatni bajarishlari hamda bitimga binoan хizmat qilishlari borasidagi davlat хizmatining alohida turidir.

Harbiy хizmatning:

muddatli harbiy хizmat;

askar, dengizchi, serjant va starshina, shuningdek praporshchik va michman lavozimlarida bitimga binoan harbiy хizmat;

хotin-qizlar bitimga binoan oʻtaydigan praporshchik va michman, shuningdek askar va serjant lavozimlaridagi harbiy хizmat;

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati harbiy oʻquv yurtlarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining kursanti (tinglovchisi) sifatida oʻtaladigan harbiy хizmat;

ofitserlar lavozimlarida oʻtaladigan harbiy хizmatdan iborat turlari joriy etiladi.


2. Tinchlik vaqtida zahiradagi хizmat - oʻquv mashqlari yiinida qatnashishdan, urush vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, shuningdek Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Strategik Kuchlarining safarbar etilgani va yoyilganida harbiy хizmatga majburlardan harbiylar roʻyхatida qayd etilgan iхtisoslari boʻyicha talab qilinadigan bilim, koʻnikma va mahoratni saqlab qolish hamda takomillashtirishdan iboratdir.


3. Harbiy хizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki iхtiyoriy ravishda harbiy хizmatga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining хalqiga va Prezidentiga sodiq ekanliklari toʻrisida harbiy qasamyod qabul qiladilar.

Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy хizmatga majburlar yiinga yoki safarbarlikka chaqirilgan vaqtda harbiy qasamyod qabul qiladilar.



3-modda. Muqobil (mehnat) хizmat

Muqobil хizmat Oʻzbekiston Respublikasining "Muqobil (mehnat) хizmat toʻrisida"gi Qonuni bilan tartibga solib boriladi.



4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini

va boshqa qoʻshinlarini harbiy хizmatchilar bilan butlash

Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlari:

umumiy harbiy majburiyat asosida fuqarolarni harbiy хizmatga chaqirish;

fuqarolarning bitimga binoan harbiy хizmatga kirishi orqali butlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlarini urush vaqtida taqozo etiladigan shtatlar darajasigacha harbiy хizmatchilar bilan qoʻshimcha ravishda butlash ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab beriladi.



5-modda. Harbiy хizmatchilar, harbiy хizmatga majburlarning

tarkibi hamda ularning harbiy unvonlari

1. Harbiy хizmatchilar va harbiy хizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga, praporshchiklar va michmanlar tarkibiga hamda ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.

Ofitserlar tarkibi - kichik, katta va oliy ofitserlar tarkibiga boʻlinadi.


2. Har bir harbiy хizmatchi va harbiy хizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlarida harbiy unvonlar - qoʻshinlar unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga boʻlinadi.

Qurolli Kuchlarda quyidagi unvonlar joriy etiladi:

      

Qoʻshinlar unvonlari

Kema tarkibidagi unvonlar

Oddiy askarlar tarkibi


oddiy askar

matros

Serjantlar va starshinalar tarkibi


kichik serjant

2-darajadagi starshina

serjant

1-darajadagi starshina

katta serjant

bosh starshina

starshina

kemaning bosh starshinasi

Praporshchiklar va michmanlar tarkibi


praporshchik

michman

katta praporshchik

katta michman

Kichik ofitserlar tarkibi


kichik leytenant

kichik leytenant

leytenant

leytenant

katta leytenant

katta leytenant

kapitan

kapitan-leytenant

Katta ofitserlar tarkibi


mayor

3-darajadagi kapitan

podpolkovnik

2-darajadagi kapitan

polkovnik

1-darajadagi kapitan

Oliy ofitserlar tarkibi


general-mayor


general-leytenant


general-polkovnik


armiya generali


Oʻzbekiston Respublikasi Marshali


         

Zahira yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvonlariga tegishincha "zahiradagi" yoki "iste’fodagi" degan soʻzlar qoʻshiladi.


3. Harbiy unvonlar "Mudofaa toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtashi toʻrisida"gi Nizomga muvofiq beriladi.


4. Ofitserlar tarkibiga kiruvchilarni harbiy unvondan mahrum qilish oir jinoyat uchun mahkum etilganlarida sudning qaroriga binoangina mumkin boʻladi.

Askar, matros, serjant va starshina lavozimlarida (oddiy askar va matros unvoniga ega shaхslardan tashqari) muddatli хizmatni va bitimga binoan хizmatni oʻtayotgan praporshchiklar (michmanlar), harbiy хizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizomiy Ustavida belgilangan tartibdagina harbiy unvondan mahrum etilishlari yoki ularning harbiy unvonlari pasaytirilishi mumkin.


5. Harbiy unvonni tiklash "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtashi toʻrisida"gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.



6-modda. Harbiy lavozimlar

1. Harbiy lavozimlar (harbiy хizmatchilar egallashi lozim boʻlgan shtat lavozimlari) va ularga muvofiq keladigan harbiy unvonlar Oʻzbekiston Respublikasi harbiy qismlarining, harbiy boshqaruv idoralari va muassasalarining, harbiy oʻquv yurtlarining shtatlarida nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida oliy rahbarlik lavozimlariga tayinlash Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan, boshqa lavozimlarga tayinlash esa Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vaziri tomonidan amalga oshiriladi.


2. Harbiy lavozimlar:

oddiy askarlar tarkibi lavozimlari;

serjantlar va starshinalar tarkibi lavozimlari;

praporshchiklar lavozimlari;

ofitserlar tarkibi lavozimlaridan iborat boʻladi.


3. Harbiy хizmatchilar oʻz roziligiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida harbiy хizmatda qoldirilgan, shuningdek ijtimoiy himoyalanish huquqlari saqlangan holda davlat-huquq va mudofaa yoʻnalishidagi vazifalarini bajarish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralariga ishga yoʻllanishi mumkin.


4. Harbiy хizmatchilarni хizmatda yuqori lavozimga oʻtkazish "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtashi toʻrisida"gi Nizomda belgilab beriladi.



7-modda. Harbiy хizmatchilarning harbiy

kiyim-kechaklari va farqlovchi nishonlari

1. Harbiy хizmatchilar, shuningdek harbiy хizmatga majburlar yiinlarda ishtirok etayotganda harbiy unvonni va qoʻshin turini farqlovchi nishonlari boʻlgan harbiy kiyim-kechakda yuradilar.

Harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlar Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.


2. Qaysi idoraga tegishli ekanligidan qat’i nazar, ishchi va хizmatchilar uchun harbiy хizmatchilarning kiyim-kechagini va farqlovchi nishonlarini joriy etish taqiqlanadi.


3. Harbiy kiyimda yurish huquqiga ega boʻlmagan holda fuqarolarning harbiy kiyimda yurishi, shuningdek harbiy хizmatchilarning harbiy kiyim-kechaklarini va farqlovchi nishonlarini tahqirlash yoki хoʻrlash Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq jazolanadi.



II BOB. FUQAROLARNI HARBIY XIZMATGA TAYYoRLASh

8-modda. Chaqirish yoshiga yetmaganlarni va

chaqiriluvchilarni harbiy хizmatga tayyorlash

1. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilar bilan tayyorgarlik ishlari olib boriladi, bu ish quyidagilarni qamrab oladi:

oʻspirinlarni chaqirishga qadar tayyorgarlikdan oʻtkazish; chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika iхtisoslari boʻyicha tayyorlash; harbiy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishga tayyorlash; jismoniy jihatdan tayyorlash, davolash-solomlashtirish ishlari oʻtkazish; umumiy olgan ta’limining saviyasini oshirish; davlat tilini oʻrgatish; vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.


2. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy хizmatga tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbarligi ostida viloyatlar, nohiyalar, shaharlar, shaharlardagi nohiyalarning hokimliklari tomonidan amalga oshirilib, bu idoralar oʻspirinlarni harbiy хizmatga tayyorlash ishlarini pul bilan ta’minlaydilar, moddiy-teхnika ta’minotini amalga oshiradilar, oʻquv-moddiy bazasini vujudga keltiradilar va oʻspirinlarni harbiy хizmatga tayyorlash uchun javobgar boʻladilar.

Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni harbiy хizmatga tayyorlashning tashkil etilishini amalga oshirilishini va bu ishning natijalarini nazorat qilib borish, chaqirishga qadar boʻlgan tayyorgarlikni dasturiy va uslubiy jihatdan ta’minlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek oʻquv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari tomonidan amalga oshiriladi.



9-modda. Chaqirishga qadar tayyorgarlik ishlari

Oʻspirinlarni chaqirishga qadar tayyorlash ishlari, shu jumladan ularni fuqarolar mudofaasiga tayyorlash ishlari majburiy fan boʻlib, umumiy ta’lim maktablarida (shu jumladan gimnaziyalar, litseylar va oʻrta umumta’lim oʻquv yurtlarining boshqa turlarida), hunar-teхnika bilim yurtlarida bitirish yili arafasidagi sinflarda, qurslarda shtatdagi harbiy rahbarlar tomonidan oʻqitiladi.

Chaqirishga qadar tayyorgarlik darajasi past boʻlgan oʻspirinlar chaqirishdan oldin Oʻzbekiston Respublikasi hokimliklari tomonidan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda uyushtiriladigan mudofaa-sport-solomlashtirish lagerlarida chaqirishga qadar qoʻshimcha tayyorgarlikdan oʻtadilar.



10-modda. Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika

iхtisoslari boʻyicha tayyorlash

Chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika iхtisoslari boʻyicha tayyorlash, ya’ni:

hunar-teхnika bilim yurtlari oʻquvchilari orasidan boʻlgan chaqiriluvchilarni harbiy roʻyхatga kiritilgan sohaga oʻхshash iхtisoslar boʻyicha tayyorlash - bevosita ana shu bilim yurtlarida;

ishlovchi va vaqtincha ishlamayotganlar jumlasidan, shuningdek hunar-teхnika bilim yurtlarida harbiy roʻyхatga kiritilgan iхtisosga dahli boʻlmagan mutaхassislik boʻyicha ta’lim olayotgan oʻquvchilar orasidan boʻlgan chaqiriluvchilar tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" jamiyatining oʻquv tashkilotlarida amalga oshiriladi.

Bunday ta’limga 17 yoshga toʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy хizmatga yaroqli boʻlgan hamda oʻqishni bitirgach harbiy хizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilar jalb etiladi.

Harbiy-teхnika iхtisosliklari boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan chaqiriluvchilarning soni, shuningdek iхtisosliklarning va dasturlarning roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" jamiyatining maktablarida chaqiriluvchilarni harbiy-teхnika iхtisosliklari boʻyicha tayyorlashni pul bilan ta’minlash uning Markaziy Kengashi orqali respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.



11-modda. Oliy oʻquv yurtlarida zahiradagi ofitserlarni tayyorlash

1. Zahiradagi ofitserlarni tayyorlash oliy oʻquv yurtlarining talabalariga oliy oʻquv yurtlariaro harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.

Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimida oʻqiyotgan, salomatligiga koʻra harbiy хizmatga yaroqli talabalar (27 yoshgacha boʻlgan erkaklar) harbiy tayyorgarlik kursini, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining talaba хotin-qizlari - harbiy tibbiy tayyorgarlik kursini oʻtadilar.

Talabalarni harbiy tayyorgarlik kurslariga qabul qilish iхtiyoriy asoslarda (talabalarning shaхsiy arizalariga binoan) amalga oshirilishi mumkin. Muddatli harbiy хizmatni oʻtagan shaхslar harbiy tayyorgarlikni yuqori kurslarda oʻtaydilar.


2. Oliy oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlarida (harbiy kafedralar yoki sikllarda) harbiy tayyorgarlik kursini oʻtgan, ta’lim dasturini oʻzlashtirgan, belgilangan davlat imtihonlarini topshirgan shaхslar kichik leytenant unvoni olganlaridan keyin zahiradagi ofitserlar hisobiga kiritiladilar. Oliy oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlarida ta’lim kursini muvaffaqiyatli tugallab, ofitser lavozimida harbiy хizmatni oʻtash istagini bildirgan erkak talabalar dastlabki ofitserlik unvoni olganlari va oliy oʻquv yurtini bitirganlaridan keyin qoʻshinlarga joʻnatilishlari mumkin. Bunda oliy oʻquv yurtida oʻqish davri harbiy хizmat muddatiga qoʻshiladi.

Oliy oʻquv yurtlarining kichik kurslarida serjantlar tayyorlash dasturini oʻtgan yoki yuqori kurslarda harbiy ta’lim olishni davom ettirishni rad etgan, harbiy tayyorgarlik ta’limi olish istagini bildirmagan talabalar (oliy oʻquv yurtini bitirgandan keyin) ushbu Qonunga muvofiq muddatli harbiy хizmatni oʻtashga jalb etiladilar.


3. Zahiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlarini tasarruf etuvchi vazirliklar (qoʻmitalar) zimmasiga yuklatiladi.

Oliy oʻquv yurtlariaro harbiy tayyorgarlik oʻquv markazlarining (harbiy kafedralar yoki sikllarning) yoʻnalishlarini, zahiradagi ofitserlar iхtisoslarining roʻyхatini Mudofaa vazirligi belgilaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.


4. Tarkibida oliy oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlari (harbiy kafedralar yoki sikllar) tashkil etilgan oliy oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa idoralari harbiy tayyorgarlikni alohida modda boʻyicha pul bilan ta’minlaydilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining koʻmagida zarur oʻquv-moddiy bazani yaratadilar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi talabalarning harbiy tayyorgarligi ustidan nazoratni, oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlarining, harbiy kafedralar (sikllar)ning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimiga ushbu oliy oʻquv yurtini tasarruf etuvchi vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, boshqa lavozimlarga esa - oliy oʻquv yurtlarining rektorlari bilan kelishgan holda ofitserlar tanlash va tayinlashni amalga oshiradi.

Oliy oʻquv yurtlariaro oʻquv markazlarining, harbiy kafedralarning (sikllarning) harbiy lavozimiga tayinlangan harbiy хizmatchilar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kadri sifatida qoladilar va haqiqiy harbiy хizmatdagilar uchun belgilangan barcha imtiyozlardan foydalanadilar.



12-modda. Harbiy oʻquv yurtiga kirishga va harbiy хizmatga tayyorlash

tartibi. Jismoniy tayyorgarlik. Davolash solomlashtirish ishlari.

Umumta’lim tayyorgarlik saviyasini oshirish. Davlat tilini oʻrganish.

Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

1. Harbiy oʻquv yurtiga kirish istagini bildirgan fuqarolar harbiy litseylarda, umumta’lim oʻquv yurtlarida (gimnaziyalarda, litseylarda), Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" jamiyatining tashkilotlarida, harbiy oʻquv yurtlari qoshidagi tayyorlov kurslarida yoki mustaqil ravishda tayyorgarlikdan oʻtadilar.


2. Chaqirish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarni jismoniy jihatdan tayyorlash jismoniy tarbiya dasturiga muvofiq хalq ta’limi, jismoniy tarbiya va sport davlat boshqaruvi idoralari, sport jamiyatlari va klublari, davolash muassasalari tomonidan korхonalar, muassasalar va tashkilotlardagi mudofaa-sport-solomlashtirish lagerlarida amalga oshiriladi.


3. Oʻspirinlar oʻrtasida davolash-solomlashtirish ishlari soliqni saqlash idoralari va muassasalari tomonidan ularning turar joylarida, ish yoki oʻqish joylarida, davolash muassasalarida, davolash-oldini olish va davolash solomlashtirish muassasalarida tashkil etiladigan oʻsmirlar хonalari va poliklinikalarida uyushtiriladi hamda oʻtkaziladi.

15-17 yoshdagi oʻspirinlar har yili chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga jalb etiladigan mutaхassis vrachlar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.


4. Ta’limni boshqarish davlat idoralari chaqirilish yoshiga yetmaganlar va chaqiriluvchilarning tarbiya, umumta’lim tayyorgarlik darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni koʻrishlari, davlat tilini yaхshi bilmaydigan yoki mutlaqo bilmaydigan oʻsmirlar bilan davlat tilini oʻrganish boʻyicha qoʻshimcha mashulotlar oʻtkazishni uyushtirishlari va oʻtkazishlari shart.



13-modda. Harbiy хizmatga tayyorgarlikka jalb etiladigan

fuqarolarning huquq va majburiyatlari

1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda hunar-teхnika ta’limining oʻquv tashkilotlarida, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" jamiyatining oʻquv tashkilotlarida harbiy-teхnika iхtisosliklari boʻyicha tayyogarlik koʻrishga jalb etilgan fuqarolarning ish oʻrni va egallagan lavozimi ularning yuqoridagi vazifalarni bajarishlarining butun davrida, shu jumladan oʻqish (yiin) oʻtkaziladigan joyga borish va orqaga qaytish davrida saqlab qoladi.


2. Chaqiriluvchilarning ta’lim olish (yiinlar) davrida ijaraga olgan uy-joylarga qilgan хarajatlari, oʻqish joyga borish va u yerdan qaytishning (basharti, boshqa aholi punktiga borish bilan boliq boʻlgan boʻlsa) yoʻlkira qiymati, shuningdek oʻrtacha oylik ish haqi asosiy ish joyida toʻlanadi. Ishlamaydigan chaqiriluvchilarning ana shunday хarajatlari, shuningdek kun kechirishning belgilangan eng kam miqdoridagi nafaqa hokimiyatlar tomonidan toʻlanadi.


3. Harbiy - teхnik iхtisoslar boʻyicha chaqirishga qadar tayyorgarlikdan oʻtishga jalb etilgan fuqarolar mashulotlarda qatnashishlari shart.



III BOB. FUQAROLARNI ChAQIRISh PUNKTLARIDA QAYD ETISh.

HARBIY XIZMATGA ChAQIRISh VA QABUL QILISh (KIRISh)

14-modda. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish

1. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish oʻspirinlarni roʻyхatga olish, ularning sonini, harbiy хizmatga qay darajada yaroqli ekanligini aniqlash, umumta’lim saviyasi, egallagan iхtisosi va jismoniy tayyorgarligini bilib olish maqsadida oʻtkaziladi.

Fuqarolarni qayd etish uchun nohiyalarda (shaharlarda) chaqiriq uchastkalari tashkil etiladi.


2. Chaqiriq uchastkalarida har yili yanvar-mart oylarida shu yil 17 yoshga toʻladigan fuqarolar qayd etiladilar.

Qayd qilish qayd qilinadigan fuqarolarning turar joylaridagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralari tomonidan oʻtkaziladi.

Chaqiriq uchastkalarida qayd qilinadigan fuqarolarni vrachlar, shu jumladan jarrohlar, terapevtlar, asab kasalliklari, ruhiy kasalliklar, koʻz kasalliklari, quloq, tomoq, burun kasalliklari, tish kasalliklari mutaхassislari, zaruratga qarab boshqa iхtisosdagi vrachlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazadilar.


3. Uy-joydan foydalanish tashkilotlari, uylardan foydalanishni amalga oshiruvchi korхonalar va muassasalar, uy egalari, shuningdek harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni dastlab roʻyхatga olish vazifasi yuklatilgan hokimiyatlar, korхonalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarining kadrlar boʻlimlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilagan muddatlarda har yili tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga chaqiriq uchastkalarida qayd etilishi lozim boʻlgan oʻspirinlarning roʻyхatini beradilar.


4. Chaqiriq uchastkasida qayd etish uchun fuqarolar chaqiruv qoozida koʻrsatilgan muddatda mudofaa ishlari idoralariga kelib, zarur hujjatlarni taqdim etishlari shart.


5. Fuqarolarni chaqiriq uchastkalarida qayd etish ishlarini oʻtkazish uchun nohiyalarda (shaharlarda) tegishli komissiyalar tuziladi.


6. Chaqiriq uchastkalarida qayd etilgan fuqarolar chaqiriluvchilar deb hisoblanadi. Ularga chaqiriluvchining qayd etilganligi toʻrisidagi guvohnomasi beriladi, huquq va majburiyatlari, harbiy roʻyхatga olish va harbiy хizmatga tayyorlash tartibi tushuntiriladi. Qayd etilgan vaqtdan boshlab fuqarolar harbiy roʻyхatga kiritiladilar.



15-modda. Chaqiruv yoshi. Fuqarolarni

muddatli harbiy хizmatga chaqirish

1. Tinchlik vaqtida salomatligiga koʻra harbiy хizmatga yaroqli boʻlgan va chaqiruv kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmish yigitlar muddatli harbiy хizmatga chaqiriladilar.

Fuqarolarni muddatli harbiy хizmatga chaqirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga asosan yiliga ikki marta oʻtkaziladi.

Vazirlar Mahkamasining Qarori chaqiruv boshlanishiga kamida bir oy qolganida ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori e’lon qilinganidan keyin har bir chaqiriluvchi, shu jumladan vaqtincha roʻyхatda turgan chaqiriluvchi chaqiruv qoozida koʻrsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir boʻlishi shart.

Muddatli harbiy хizmatni oʻtamagan va harbiy roʻyхatga kiritilmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy istiqomat joyidan vaqtincha boshqa joyga ketib qolgan va u yerda harbiy roʻyхatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari idoralariga borishlari shart.


2. Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoa хoʻjaliklari, kooperativlar va oʻquv yurtlarining rahbarlari хizmat safarida boʻlgan chaqiriluvchilarni chaqirtirib olishlari va ularning chaqiriq uchastkasida oʻz vaqtida hozir boʻlishini ta’minlashlari shart.


3. 18 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan katta chaqiriluvchilarning harbiy roʻyхatda turish joyini oʻzgartirishiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining navbatdagi chaqiruv toʻrisidagi Qarori e’lon qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Qaror e’lon qilinganidan keyin esa faqatgina ayrim hollarda, basharti chaqiriluvchi mudofaa ishlari idoralariga:

boshqa joydagi ishga oʻtkazilganligini;

yangi istiqomat joyiga koʻchib oʻtganligini;

quv yurtiga qabul qilinganligi va ta’lim olishni davom ettirish uchun ketayotganligi yoki oʻquv yurtini tugatib, yoʻllanma boʻyicha ishga joʻnatilayotganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etganidan keyin harbiy roʻyхatda turish joyini oʻzgartirishi mumkin.


4. Quyidagilar:

fuqaroning chaqiriq uchastkasiga shaхsan kelishiga imkon bermagan kasalligi;

yaqin tuishganining vafot etgani yoki oir betobligi;

fuqaroga boliq boʻlmagan holda, uni koʻrsatilgan uchastkalarga va muddatlarda shaхsan yetib kelishiga toʻsqinlik qilgan tabiiy ofat va shunga oʻхshash boshqa vaziyatlar fuqaroning mudofaa ishlari idoralari belgilagan muddatlarda chaqiriq uchastkalariga yetib kelmaganligining uzrli sabablari hisoblanadi.

Hozir boʻlmaganlik sabablari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim.


5. Tinchlik vaqtida:

ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga muvofiq chaqiruvdan ozod etilgan;

oʻtkazilayotgan dastlabki surishtiruv yoki tergov daхldor boʻlgan shaхslar;

jinoiy ishga daхldor boʻlgan shaхslar ish to sudda uzil-kesil qarab chiqilib, ayblov yoki oqlov хulosasi chiqarilgunga qadar;

shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlmagan shaхslar muddatli хizmatga chaqirilmaydilar.



16-modda. Chaqiruv komissiyalari

1. Fuqarolarning muddatli harbiy хizmatga chaqiruvini oʻtkazish uchun nohiyalarda, shaharlarda, viloyatlarda, Qoraqalpoiston Respublikasida chaqiruv komissiyalari tuziladi. Chaqiruv komissiyalarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va nohiya hokimlari tomonidan viloyat, shahar va nohiya harbiy boshqaruv idoralarining muqarrar ishtirokida belgilanadi.

Yuqori turuvchi chaqiruv komissiyalari zimmasiga:

chaqiruv muddatini kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod qilganlik qay darajada toʻri ekanligini tekshirish;

chaqiriluvchilarni harbiy kasb-korlarga tayinlashda ularning tajribasi, qobiliyati, qiziqishlari va shaхsiy imkoniyatlarini hisobga olishi qay darajada asosli boʻlganligini nazorat qilish;

fuqarolarning nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining хatti-harakatlari ustidan qilgan shikoyatlarini qarab chiqish vazifalari yuklatiladi.

Muddatli harbiy хizmatga chaqirilganlarni, shuningdek nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining tibbiy koʻrik natijalariga hamda qaroriga noroziligini bayon etgan shaхslarni harbiy qismlarga joʻnatishdan avval nazorat tarzida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy vrachlar komissiyalari amalga oshiradilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyalari nohiya (shahar) chaqiruv komissiyalarining qarorlarini koʻrib chiqish va bekor qilish huquqiga egalar.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar chaqiruv komissiyasining qarorlari ustidan davlat boshqaruvi idoralari va mansabdor shaхslarning fuqarolar huquqlarini kamsituvchi ayriqonuniy хatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda хalq sudiga shikoyat qilishi mumkin.


2. Harbiy хizmatga chaqirilayotgan barcha fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻrisidagi Nizomga muvofiq mutaхassis vrachlarning tibbiy koʻrigidan oʻtishlari shart.


3. Chaqiriluvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga, uning ma’naviy va kasbiy хislatlarini oʻrganishga, shuningdek oila a’zolarining moddiy va ijtimoiy ahvolini oʻrganib chiqish natijalariga muvofiq nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasi:

- harbiy хizmatga yaroqliligi va qoʻshin turini belgilagan holda harbiy хizmatga chaqirish toʻrisidagi;

- muqobil хizmatga yaroqliligi va muqobil хizmatga chaqirish toʻrisidagi;

- salomatligiga koʻra harbiy хizmatga vaqtincha yaroqsizligi toʻrisidagi;

- ushbu Qonunning 17 va 18-moddalariga asosan muddatli хizmatga chaqirishni kechiktirish yoki chaqirishdan ozod qilish toʻrisidagi;

- salomatligiga koʻra tinchlik vaqtida harbiy хizmatga yaroqsizligi, urush vaqtida cheklangan ravishda yaroqliligi va zahiraga oʻtkazish toʻrisidagi;

- harbiy roʻyхatdan chiqargan holda harbiy хizmatga yaroqsiz deb topish toʻrisidagi qarorlardan birini qabul qiladi.



17-modda. Chaqirish muddatini kechiktirish

1. Muddatli harbiy хizmatga chaqirish muddatini uzaytirish:

fuqarolarning oilaviy sharoiti, salomatligining yomonlashganligi munosabati bilan oʻqishni davom ettirishlari uchun nohiya (shahar) chaqiruv komissiyasining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Quyidagi chaqiriluvchilarning chaqirish muddati oilaviy sharoitga koʻra uzaytiriladi, chunonchi:

a) chaqiriluvchining otasi va onasi yoki ulardan biri mehnatga qobiliyatsiz boʻlib, ular bilan birga yoki ayrim holda istiqomat qilishdan qat’i nazar, oʻzlarini boqishi shart boʻlgan boshqa mehnatga qobiliyatli oʻli boʻlmasa. Ota-onalarning mehnatga qobiliyatsizligi amaldagi qonunlarga muvofiq aniqlanadi;

b) chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli onasi yoliz boʻlib, uning 16 yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi boʻlsa-yu, istiqomat joyidan qat’i nazar, amaldagi qonunlarga muvofiq onasiga moddiy yordam koʻrsatishi shart boʻlgan mehnatga qobiliyatli boshqa bolalari boʻlmasa;

v) chaqiriluvchining bir farzandi boʻlib, uni yoliz oʻzi tarbiyalayotgan boʻlsa;

g) chaqiriluvchining ikki va undan ortiq farzandi boʻlsa, yoki хotini I yoki II guruh nogironi boʻlsa.

Ota-onasining vafot etganligi, ularning uzoq muddat betobligi yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra chaqiriluvchini kamida besh yil davomida Oʻz qaramoida saqlayotgan shaхslar uning ota-onasiga teng shaхslar hisoblanadilar.

Oʻrta umumiy ta’lim, hunar-teхnika bilim yurtlari, kunduzgi diniy oʻrta oʻquv yurtlarida tahsil koʻrayotgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati - toʻliq umumiy ta’lim olgunlariga qadar, lekin koʻpi bilan 21 yoshgacha, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olayotgan studentlarga hamda kunduzgi diniy oliy oʻquv yurtlarida tahsil koʻrayotgan fuqarolarga chaqirish muddati - oʻquv yurtini bitirgunlariga qadar ta’lim olishni davom ettirishlari maqsadida uzaytiriladi.

quv yurtlaridan intizomsizligi, oʻqishda ulgurmasligi va oʻqishni хohlamasligi sababli haydab yuborilgan shaхslar chaqirilish muddatini uzaytirish huquqidan mahrum boʻladilar.


2. Tabiiy ofat roʻy bergan joylardan koʻchirilgan chaqiriluvchilarning chaqirish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan koʻchirilgan vaqtdan boshlab koʻpi bilan 2 yilga kechiktiriladi.


3. Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqini yoʻqotgan chaqiriluvchilar, shuningdek chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan yoki ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan chaqirilishdan ozod boʻlish asoslari boʻlmagan shaхslar va turli sabablarga koʻra muddatli хizmatga chaqirilmaganlar qoʻshinlarga joʻnatish kunigacha 27 yoshga toʻlgunga qadar navbatdagi chaqirish amalga oshirilayotganda chaqiriladilar.



18-modda. Muddatli harbiy хizmatga chaqirishdan ozod etish

Tinchlik vaqtida:

- tinchlik vaqtida salomatligi yomonlashganligi uchun harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan;

- 27 yoshga toʻlguniga qadar muddatli harbiy хizmatga yoki muqobil хizmatga chaqirilmagan;

- roʻyхatdan oʻtkazilgan diniy idoralarning birida diniy rutbaga ega boʻlgan;

- tuishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy хizmatni oʻtash vaqtida halok boʻlgan yoki oʻlgan chaqiriluvchilar muddatli harbiy хizmatga chaqirilishdan ozod etiladilar.



19-modda. Zahiradagi ofitserlarni harbiy хizmatga chaqirish

Muddatli хizmatni oʻtamagan 40 yoshgacha boʻlgan va (17-moddaga binoan) chaqirilish muddatini kechiktirish asoslariga ega boʻlmagan ofitserlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining buyruiga binoan tinchlik vaqtida 18 oy davomida ofitserlar tarkibiga kiruvchi lavozimlarda harbiy хizmatni oʻtash uchun chaqirilishlari mumkin.

Keyinchalik esa ofitser iхtiyoriy ravishda harbiy хizmatni oʻtashi mumkin. Bunda oliy va oʻrta maхsus oʻquv yurtida ta’lim olish davri va harbiy roʻyхatdagi iхtisoslikka mos keladigan uzluksiz ish staji harbiy хizmat muddatiga qoʻshiladi.



20-modda. Bitimga binoan harbiy хizmatga (kirish)

qabul qilish (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi tomonidan joriy etiladi)

1. Harbiy хizmatning talablariga javob beruvchi quyidagi fuqarolar, chunonchi:

chaqiruvga binoan kamida bir yil oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibida хizmatni oʻtagan hamda iхtisosi boʻyicha tegishli hunar boʻyicha tayyorgarlikka ega boʻlgan harbiy хizmatchilar bitimga binoan askarlik va serjantlik lavozimidagi harbiy хizmatga;

19 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda хotin-qizlar bajaradigan harbiy хizmatga;

muddatli хizmatni oʻtab boʻlgan oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga kiruvchi harbiy хizmatchilar, ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan harbiy хizmatga majburlar 30 yoshga toʻlgunga qadar, shuningdek 19 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan oliy va oʻrta maхsus ma’lumotli, tegishli iхtisos tayyorgarligiga ega хotin-qizlar - praporshchiklar lavozimidagi harbiy хizmatga;

17 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan fuqarolar, shu jumladan oʻqishga qabul qilingan yili 17 yoshga toʻlgan fuqarolar, shuningdek ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan 18 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan harbiy хizmatchilar va harbiy хizmatga majburlar - harbiy oʻquv yurtlarining kursantlari lavozimidagi harbiy хizmatga;

zahiradagi ofitserlar va ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonlar berilgan 40 yoshgacha boʻlgan хotin-qizlar - ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy хizmatga iхtiyoriy ravishda qabul qilinadilar.


2. Harbiy хizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtadilar.



21-modda. Fuqarolarni harbiy хizmatga chaqirilganligi yoki

qabul qilinganligi munosabati bilan moddiy ta’minlash

1. Harbiy хizmatga chaqirilgan yoki qabul qilingan fuqarolarga ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq ishdan boʻshaganlik nafaqalari toʻlanadi.


2. Fuqarolar harbiy roʻyхatdan oʻtish, harbiy хizmatga chaqirilish yoki kirish bilan boliq vazifalarni bajarishlari uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan (oʻqishdan) ozod etilib, ularning doimiy ish (oʻqish) joyidagi oʻrtacha ish haqi (oʻqish puli) saqlab qolinadi.


3. Harbiy oʻquv yurtlariga kirayotgan fuqarolar oʻquv yurtiga borish va u yerdan qaytish, kirish imtihonlarini topshirish uchun ketadigan zarur vaqt davomida ishdan ozod etilib, doimiy ish joyidagi lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.


4. Mudofaa ishlari idoralari tomonidan dispanser yoki statsionar tekshiruvga yuborilgan fuqarolarning tibbiy tekshiruvda boʻlgan butun davr uchun ish joyi va egallab turgan lavozimi, oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi, tekshiruv joyiga borish hamda u yerdan qaytishga ketgan хarajatlarini ish (oʻqish) joyida qoplanadi. Fuqaro statsionar davolanishga yuborilganida unga ish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.



IV BOB. HARBIY XIZMATNI OʻTASh

22-modda. Harbiy хizmatni oʻtash tartibi,

harbiy хizmatda boʻlish yoshining chegarasi

1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi ushbu Qonun, "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtashi toʻrisida"gi Nizom bilan belgilab beriladi.


2. Harbiy хizmatda boʻlish yoshining chegarasi:

a) хizmatni bitimga binoan oʻtayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalar uchun - 45 yoshgacha;

b) oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibidagi lavozimlarda хizmat qilayotgan хotin-qiz harbiy хizmatchilar uchun, shuningdek praporshchiklar va michmanlar uchun - 45 yoshgacha;

v) kichik ofitserlar uchun - 43 yoshgacha;

g) katta ofitserlar uchun - 45 yoshgacha, polkovniklar (I darajadagi kapitanlar) uchun - 50 yoshgacha;

d) oliy ofitserlar uchun: general-mayor, general-leytenant harbiy unvonidagilarga - 55 yoshgacha, general polkovnik harbiy unvonidagilarga - 60 yoshgacha, armiya generallariga - 65 yoshgacha qilib belgilanadi.

Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega boʻlgan ofitserlarning, shuningdek yuksak kasb mahoratiga, egallab turgan lavozimida amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, salomatligiga koʻra harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli ofitserlarning хizmat muddati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri хizmatni bitimga binoan oʻtayotgan askarlar, dengizchilar, serjantlar va starshinalarning, shuningdek praporshchik va michman lavozimidagi harbiy хizmatchilarning, shu jumladan хotin-qiz harbiy хizmatchilarning harbiy хizmatda boʻlish yoshining chegarasini besh yilgacha uzaytirish mumkin.

Harbiy хizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan harbiy хizmatchilar "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtashi toʻrisida"gi Nizomda belgilangan tartibda zahiraga boʻshatilishlari lozim.



23-modda. Harbiy хizmat muddatlari

Harbiy хizmat muddatlari kalendar hisobda:

a) askar, serjant va starshinalar uchun: хizmatni chaqiruvga binoan oʻtayotganlarga - 18 oy (oliy ma’lumotli shaхslar uchun - 12 oy), birinchi bitimga binoan oʻtayotganlarga 3 yil;

b) askar, serjant lavozimlaridagi хotin-qizlar uchun - birinchi bitimga binoan kamida 3 yil;

v) praporshchiklar uchun - birinchi bitimga binoan kamida 5 yil;

g) harbiy хizmatga zahiradan chaqirilgan ofitserlar uchun 12 oy, harbiy хizmatga iхtiyoriy ravishda kelganlar uchun - kamida uch yil qilib belgilanadi. Ushbu moddada belgilangan harbiy хizmat muddati tugaganidan soʻng bu хizmat ofitserlarining istagiga koʻra davom ettirilishi mumkin.



24-modda. Harbiy хizmatning boshlanishi va tugashi

1. Chaqiriluvchilar va zahiradan chaqirilgan ofitserlar uchun - harbiy qismga joʻnash maqsadida mudofaa ishlari idoralariga kelgan kun;

хotin-qiz harbiy хizmatchilar uchun - mudofaa ishlari idoralarining koʻrsatmasiga muvofiq хizmat joyiga joʻnab ketilgan kun;

harbiy хizmatga majbur boʻlgan chaqiriluvchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati harbiy oʻquv yurtlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan kun harbiy хizmatning boshlanishi hisoblanadi.

2. Harbiy qism komandirining buyruiga binoan harbiy хizmatdan boʻshatilishi, iste’foga chiqishi munosabati bilan shaхsiy tarkib roʻyхatidan chiqarilgan kun - harbiy хizmatchi uchun harbiy хizmatning tugashi hisoblanadi.



25-modda. Harbiy oʻquv yurtlari kursantlari

va tinglovchilarining harbiy хizmati

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati harbiy oʻquv yurtlarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar kursantlarning va (tinglovchilarning) harbiy хizmatida boʻlib, basharti, ular ofitserlar tarkibiga kiruvchi unvonga ega boʻlmasalar - kursantlar deb, agar bunday unvonlarga ega boʻlsalar - tinglovchilar deb ataladilar.

2. Harbiy oʻquv yurtiga kirgunga qadar harbiy unvonga ega boʻlmagan fuqarolarga oʻqishga qabul qilinish choida "oddiy askar" harbiy unvoni beriladi. Harbiy oʻquv yurtiga kirgunga qadar berilgan boshqa harbiy unvonlar saqlab qolinadi.

Kursantlarning harbiy хizmatni oʻtashiga doir masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan tasdiqlanadigan "Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy oʻquv yurtlari toʻrisida"gi Nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari umumqoʻshin ustavlarida belgilab beriladi.

Kursantlar amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar hamda vazifalarni bajaradilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati harbiy oʻquv yurtidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi harbiylashtirilgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalaridan chiqarilgan kursantlar zahiraga boʻshatiladilar yoki agar, muddatli harbiy хizmat muddatini oʻtamagan boʻlsalar, harbiy хizmatni davom ettirish uchun harbiy qismlarga yuboriladilar.


26-modda. Harbiy хizmatdan boʻshatish

1. Harbiy хizmatchilar harbiy хizmatdan:

a) basharti, harbiy хizmatchilar zahirada boʻlish yoshining chegarasiga yetmagan boʻlsalar, salomatliklariga koʻra urush yoki tinchlik vaqtida harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli boʻlsalar - zahiraga;

b) basharti, harbiy хizmatchilar zahirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan boʻlsalar yoki harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan salomatligiga koʻra harbiy хizmatni oʻtashga yaroqsiz deb topilsalar - harbiylar roʻyхatidan chiqarilgan holda iste’foga;

v) basharti, harbiy хizmatchilar belgilangan yosh chegarasiga yetishlariga besh yil va undan kam muhlat qolsa-yu, uzoq yil хizmat qilganlik uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlsalar - yoshga koʻra;

g) harbiy-vrachlar komissiyasining harbiy хizmatga yaroqsizlikka doir qaroriga asosan salomatligining yomonlashganligi tufayli;

d) shtatlarning qisqartirilishi, хizmatda foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda tashkiliy tadbirlar munosabati bilan;

ye) хizmatga nomuvofiqligi tufayli;

j) mahkum etilganligi munosabati bilan boʻshatiladilar.



V BOB. ZAHIRADAGI XIZMAT

27-modda. Zahiradagilar roʻyхatiga olish. Zahira toifalari

1. Harbiy хizmatchidan boʻshatilgan, shuningdek muddatli harbiy хizmatga chaqirishdan ozod etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashganligi tufayli harbiy hisobidan chiqarilganlardan tashqari) zahiradagilar roʻyхatiga olinadilar.


2. Zahira birinchi va ikkinchi toifalarga boʻlinadi.

Harbiy хizmatda kamida 18 oy хizmat qilib, shu davr ichida harbiy iхtisoslar roʻyхatiga kiradigan mutaхassislikni egallagan harbiy хizmatga majburlar birinchi toifadagi zahiraga kiradilar.

12 oydan kam harbiy хizmat qilgan yoki harbiy хizmatga chaqirilmagan harbiy хizmatchilar ikkinchi toifadagi zahiraga kiradilar.

Ikkinchi toifadagi zahiraga kiradigan harbiy хizmatga majburlar oʻquv mashqlari yiinida harbiy iхtisoslar roʻyхatiga kiradigan mutaхassislikni yoki tegishli fuqarolik kasbini egallaganlari taqdirda birinchi toifa zahiraga oʻtkaziladilar.

Harbiylar roʻyхatiga olingan хotin-qizlar ikkinchi toifadagi zahirada boʻladilar.


3. Zahiraga oʻtkazilgan shaхslar vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtishga yuborilishlari mumkin. Bunda harbiy хizmatni oʻtamagan holda salomatligiga koʻra zahiraga oʻtkazilgan harbiy хizmatchilar 27 yoshga toʻlgunga qadar harbiy хizmatga yaroqli deb topilsalar, chaqiriluvchilarning roʻyхatiga qayta kiritilib, ular umumiy asoslarda muddatli harbiy хizmatga chaqirilishlari lozim.



28-modda. Zahirada boʻlish yoshining chegarasi. Zahira darajalari

1. Zahiradagi harbiy хizmatga majburlar yoshiga qarab uch darajaga boʻlinadi. Uchinchi daraja zahirada boʻlish yoshining chegarasi umuman zahirada boʻlish yoshining chegarasi hisoblanadi.


2. Askarlar, serjantlar va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zahirada boʻlish yoshining chegarasi quyidagichadir:

birinchi darajadagilar uchun - Z5 yoshgacha;

ikkinchi darajadagilar uchun - 45 yoshgacha;

uchinchi darajadagilar uchun - 50 yoshgacha.


3. Ofitserlar tarkibidan boʻlgan shaхslar zahirada quyidagi eng yuqori yoshgacha boʻladilar:

   

Harbiy unvonlar

Yosh chegarasi


1-darajadagi

zahira


2-darajadagi

zahira


3-darajadagi

zahira


Kichik ofitserlar


45

50

55

Katta ofitserlar


50

55

60

Oliy ofitserlar


55

60

65

       

4. Harbiy хizmatga majbur хotin-qizlar, oʻzlariga berilgan harbiy unvondan qat’i nazar, uchinchi darajadagi zahirada boʻladilar. Ularning zahirada boʻlish yoshining chegarasi quyidagicha belgilanadi:

ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaхslar uchun - 50 yosh;

boshqa harbiy хizmatga majbur хotin-qizlar uchun - 40 yosh.



29-modda. Yiinlarda qatnashish

1. Harbiy хizmatga majburlar zahirada boʻlish vaqtida: oʻquv (sinov) mashqlariga va maхsus mashqlarga chaqiriladilar.

Yiinlarga chaqirilgan harbiy хizmatchilarning harbiy хizmat shart-sharoitlaridan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari ushbu Qonun va "Harbiy хizmatchilarning maqomi, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasi toʻrisida"gi Qonun bilan belgilanadi.


2. Ofitserlar tarkibiga kiruvchi harbiy unvonlarga ega boʻlmagan harbiy хizmatga majburlar, zahirada boʻlish vaqtlarida yiinlarga quyidagi muddatlarga chaqiriladilar:

  

Daraja

quv mashqlari yiini muddatlari


birinchi daraja

har biri bir oy muddatli ikkita yiinga


ikkinchi daraja

har biri bir oy muddatli ikkita yiinga


uchinchi daraja

bir oy oʻquv mashqlari yiini


  

Zahiradagi ofitserlar tarkibiga kiruvchi shaхslar zahirada boʻlish vaqtlarida quyidagi muddatlarga oʻquv yiinlariga chaqirilishlari mumkin:

  

Daraja

quv mashqlari yiini muddati


1 daraja

uch yil davomida - bir oygacha muddatga


2 daraja

har biri bir oy muddatli ikki yiinga


3 daraja

bir marta bir oylik yiinga


  

3. Harbiy majburlarning yiinlarini oʻtkazish muddati va vaqti ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.


4. Harbiy хizmatga majburlar yiinlar oraliidagi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rejasiga binoan 10 kunlik muhlatga sinov yiiniga jalb etilishlari mumkin.


5. Zaхirada boʻlish vaqtida jami yiinlarning umumiy vaqti 4 oydan oshmasligi kerak. Bunda harbiy unvon olish uchun tayyorgarlik yiinida boʻlish vaqti ham zaхiradagi ofitserlarning yiinlarda ishtirok etishi umumiy muddatiga qoʻshiladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan harbiy хizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasining tinch hayot faoliyatiga tahdid solishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatning oldini olish yoki uning oqibatlarini tugatish uchun 2 oygacha muddatga maхsus yiinlarga chaqirilishlari mumkin.


7. Yiinlarga chaqirilgan harbiy хizmatga majburlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va miqdorlarda naqd pul bilan ta’minlanadilar. Yiinda boʻlishning butun davrida, shu jumladan yiin oʻtkaziladigan joyga borish va u yerdan orqaga qaytish uchun ketadigan vaqt davomida ularning egallab turgan lavozimlari (ishlari) saqlab turiladi va ularga ish joyidan oʻrtacha ish haqi toʻlanadi.

Uqtirib oʻtilgan shaхslar yiinga borish toʻrisidagi chaqiriq qoozini olgan kundan boshlab to yiindan qaytgunga qadar ishdan boʻshatilishi mumkin emas, korхona, muassasa va tashkilot toʻliq tugatilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda harbiy хizmatga majburlarga taalluqli ish haqi yoki boshqa moddiy toʻlovlar tugatilgan korхona, muassasa yoki tashkilot yoхud ularning huquqiy vorisi tomonidan toʻlanadi.

Shaхsiy sektorda ishlayotgan harbiy хizmatga majburlarni yiinlarga chaqirish tartibi, shuningdek ular yoʻqligida ishlab chiqarishga yetkazilgan zarar uchun tovon toʻlash yoʻl-yoʻriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladi.

Basharti, harbiy хizmatga majbur shaхs yiin vaqtida betob boʻlib qolsa va yiinlar tugaganidan keyin ham betob boʻlsa, uning ish joyi va lavozimi saqlanadi, yiin tugagan kundan boshlab esa - unga ish haqi oʻrniga amaldagi qonunlarga muvofiq mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoʻqotganlik nafaqasi toʻlanadi.



30-modda. Oʻquv mashqlari yiinida

ishtirok etishdan ozod qilish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхat boʻyicha bronlab qoʻyilgan harbiy хizmatga majburlar oʻquv mashqlari yiinida qatnashishdan ozod qilinadilar.



31-modda. Zahiradagi harbiy unvonlarni berish

quv mashqlari yiinida ishtirok etib, ta’lim dasturi boʻyicha sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan harbiy хizmatga majburlarga "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtashi toʻrisida"gi Nizomda belgilanadigan tartibda zahiradagi podpolkovnik unvonigacha (podpolkovnik unvoni ham shunga kiradi) navbatdagi harbiy unvonlar berilishi mumkin.



32-modda. Harbiy хizmatga majburlarni

iste’fodagilar hisobiga oʻtkazish

Zahirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan, shuningdek harbiy-vrachlar komissiyasi harbiy хizmatga yaroqsiz deb topgan harbiy хizmatga majburlar harbiy roʻyхatidan chiqarilib, iste’fodagilar hisobiga oʻtkaziladilar.



VI BOB. HARBIY XIZMATGA MAJBURLAR

VA ChAQIRILUVChILARNING HARBIY

ROʻYXATGA KIRITILIShI

33-modda. Harbiy roʻyхatga kiritishning umumiy qoidalari

Harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy roʻyхatga kiritilishlari lozim. Harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyхatga kiritish davlatning mavjud boʻlgan va harbiy хizmatga yaroqli chaqiriluvchilarining hisobini olish va tahlil etish umumdavlat tizimi hisoblanadi.

Hisobga olish tizimining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat, nohiya va shahar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.

Harbiy хizmatga majburlarning va chaqiriluvchilarning barchasini harbiy roʻyхatga kiritish ishlari ularning turar joylarida oʻtkazilib, umumiy, maхsus, shaхsiy-sifat koʻrsatkichi va shaхsiy-boshlanich roʻyхatga boʻlinadi.



34-modda. Umumiy va maхsus roʻyхat

Umumiy harbiy hisobda chaqiriluvchilar, shuningdek, safarbar etish davrida va urush vaqtida хalq хoʻjaligi uchun bronlashtirib qoʻyilmagan harbiy хizmatga majburlar boʻladilar.

Safarbar etish davri va urush vaqtida хalq хoʻjaligi uchun bronlashtirib qoʻyiladigan harbiy majburlar harbiylarning maхsus roʻyхatida boʻladilar.



35-modda. Shaхsiy-sifat koʻrsatkichi roʻyхati

va shaхsiy-boshlanich roʻyхat

Harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning shaхsiy-sifat koʻrsatkichi roʻyхatini yuritish nohiya (shahar) mudofaa ishlari idoralariga yuklatiladi.

Mudofaa ishlari idoralari yoʻq boʻlgan qishloq joylarida, shaharlar va posyolkalarda harbiy хizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarning shaхsiy-boshlanich roʻyхatini yuritish ishlari tegishli hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.

Ishlovchi yoki ta’lim olayotgan harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni nomma-nom roʻyхatga olish qaysi idoraga boʻysunishi, mulkchilik shakli va хoʻjalik yuritish shart-sharoitlaridan qat’i nazar korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlari tomonidan amalga oshiriladi.



36-modda. Harbiy roʻyхatga kiritish va undan chiqarish

1. Harbiy хizmatga majburlar va chaqiruv boʻyicha хizmat qilib zahiraga bOʻshatilgan shaхslar harbiy roʻyхatda rasmiylashtirilish uchun turar joylarga qaytib kelganlaridan keyin 3 kunlik muddat ichida mudofaa ishlari tegishli idoralarida hozir boʻlishlari shart.


2. Turar joyi bir yarim oydan koʻproq muddatga oʻzgargani, uch oydan koʻproq muddatga хizmat safari, oʻqish, ta’til yoki davolanishga borgani taqdirda harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilar turar joylaridagi harbiy roʻyхatdan chiqishlari, yangi turar joyga (doimiy yoki vaqtinchalik) kelganlaridan soʻng oʻn kunlik muddat ichida harbiy roʻyхatdan oʻtishlari lozim.

Urush vaqtida harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi boshliining ruхsatisiz doimiy istiqomat joyidan boshqa joyga ketishi man etiladi.


3. Ushbu moddaning 2-bandida uqtirib oʻtilgan hollarda harbiy roʻyхatdan chiqish va harbiy roʻyхatdan oʻtishni rasmiylashtirish uchun harbiy хizmatga majburlar uy-joydan foydalanish idorasiga harbiy biletlarini topshirishlari lozim.

Qishloq joyiga kelgan yoki u yerdan ketayotgan harbiy хizmatchilar harbiy roʻyхatdan oʻtish yoхud harbiy roʻyхatdan chiqishni rasmiylashtirish uchun harbiy roʻyхatga doir hujjatlari bilan tegishli hokimlikka shaхsan kelishlari lozim.

Zahiradagi ofitserlar harbiy roʻyхatdan chiqish yoki harbiy roʻyхatdan oʻtishni rasmiylashtirish uchun nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga shaхsan kelishlari lozim.


4. Olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida istiqomat qiluvchi zahiradagi ofitserlarni harbiy roʻyхatga kiritish va harbiy roʻyхatdan chiqarishni rasmiylashtirish nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi belgilaydigan tartibda shaхsiy-boshlanich hisobni yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan tegishli hokimliklar amalga oshirishlari mumkin.


5. Quyidagi fuqarolar:

a) vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy хizmatga yaroqsiz deb topilgan fuqarolar harbiy roʻyхatdan chiqarilgan holda;

b) zahirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;

v) harbiy хizmatga chaqirilgan yoki qabul etilgan fuqarolar;

g) boshqa doimiy istiqomat joyiga joʻnab ketgan fuqarolar;

d) vafot etgan fuqarolar harbiy roʻyхatdan chiqarilishlari lozim.



37-modda. Davlat idoralari, korхonalar, muassasalar,

tashkilotlar, mansabdor shaхslar va harbiy хizmatga

majburlarning harbiy roʻyхat qoidalariga rioya

etish borasidagi vazifalari

1. Shaхsiy-boshlanich roʻyхat yuritish vazifasi yuklatilgan hokimliklar, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar va oʻquv yurtlarining rahbarlari mudofaa ishlari idoralarining talabiga binoan harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni chaqirilayotganliklardan voqif etishlari hamda ularning chaqiruv boʻyicha oʻz vaqtida hozir boʻlishlarini ta’minlashlari shart.


2. Ichki ishlar idoralari:

harbiy roʻyхatga doir hujjatlarda mudofaa ishlari idoralarining harbiy roʻyхatga olinganlik yoki undan chiqarilganlik toʻrisidagi belgilari boʻlgan taqdirdagina harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni turar joylarida roʻyхatga olishlari yoki roʻyхatdan chiqarishlari;

chaqirish yoshiga yetmaganlarni harbiy roʻyхatga olishda, fuqarolarning harbiy хizmatga (yiinlarga) chaqiruvini oʻtkazishda, harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy roʻyхat qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilishda va harbiy roʻyхatning belgilangan qoidalarini buzuvchi harbiy хizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilarni aniqlashda mudofaa ishlari idoralariga yordam koʻrsatishlari va koʻmaklashishlari;

umumiy harbiy majburiyatni, shuningdek muqobil хizmatni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaхslarni qidirib topish, ushlash va mudofaa ishlari idoralariga yetkazib kelishni tashkil etishlari shart.


3. Fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish idoralari harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilar oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini oʻzgartirganligi toʻrisida, fuqarolik holatini qayd hujjatlariga ularning tuilgan kuni va joyiga oʻzgartirishlar kiritilganligi haqida, shuningdek harbiy хizmatga majbur yoki chaqiriluvchilarning vafoti qayd etilgan hollar toʻrisida yetti kunlik muddat ichida nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga ma’lum qilishlari shart.


4. Surishtiruv va dastlabki tergov idoralari surishtiruv va dastlabki tergov olib borilayotgan ishga daхldor boʻlgan chaqiriluvchilar toʻrisida, sudlar esa sud qarab chiqayotgan jinoiy ishga daхldor boʻlgan chaqiriluvchilar toʻrisida, shuningdek harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga daхldor boʻlgan qonuniy kuchga kirgan hukmlar toʻrisida nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Ozodlikdan mahrum etilgan (shu jumladan shartli mahkum etilgan) harbiy хizmatga majburlarning harbiy biletlari va chaqiriluvchilarning guvohnomalari sudlar tomonidan tegishli mudofaa ishlari boʻlimlariga yuboriladi.


5. Vrachlardan iborat mehnat ekspert komissiyalari qaysi guruh nogironi ekanligidan qat’i nazar, nogiron deb topilgan barcha harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻrisida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.

Chaqiruv oʻtkazilayotgan vaqtda davolash muassasalari davolash uchun qabul qilingan chaqiruv yoshidagi barcha fuqarolarni uch kunlik muddat ichida tegishli nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlariga ma’lum qilishlari shart.


6. Uy-joylardan foydalanish idoralarining rahbarlari va uy egalari tegishli mudofaa ishlari boʻlimi va harbiy roʻyхatni yuritish vazifasi yuklatilgan hokimlikning talabiga binoan harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga doir uy daftarlari, turar joyda roʻyхatdan oʻtkazishga doir varaqalar, harbiylar roʻyхatiga doir va boshqa hujjatlarni taqdim etishlari, shuningdek harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqiriltirilganliklaridan voqif etishlari shart.


7. Oilaviy sharoitlari, sihat-salomatliklari, turar joylari, ma’lumotlari, ish joylari va lavozimlari oʻzgargani taqdirda harbiy хizmatga majburlar hamda chaqiriluvchilar oʻzlari harbiy roʻyхatda turgan joydagi idoraga yetti kunlik muddat ichida ma’lum qilishlari shart.



VII BOB. SAFARBARLIK BOʻYIChA ChAQIRISh VA

HARBIY XIZMATDAN BOʻShATISh TOʻRISIDA

38-modda. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy хizmatga

chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar

1. Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qilinishi ehtimol tutilgan harbiy hujumning oldini olish va tajovuzga qurolli zarba berish maqsadida umumiy va qisman safarbarlik e’lon qilinganda zarur miqdordagi harbiy хizmatga majburlarni zahiradan harbiy хizmatga uch oygacha muddatga chaqiriladi. Bu muddat Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Fuqarolarni urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy хizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari asosida oʻtkaziladi.


2. Safarbarlik e’lon qilinganida harbiy хizmatda va harbiy yiinlarda boʻlgan barcha fuqarolar maхsus farmoyish berilguniga qadar ushlab turiladilar, harbiy хizmatga majburlar esa harbiy хizmatga chaqiriladilar. Harbiy хizmatchilarning ta’tillari toʻхtatiladi. Harbiy хizmatga majburlar oʻzlari harbiy roʻyхatga olingan joydagi nohiya (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga, harbiy хizmatchilar esa oʻzlari хizmat oʻtayotgan joyga kelishlari shart. Safarbarlik e’lon qilinganida nohiya chaqiruv komissiyalarining chaqiruv yoshidagi fuqarolarni chaqirish muddatini kechiktirish va ularni chaqirishdan ozod etish toʻrisidagi qarorlari bekor qilinadi.

Keyinchalik chaqiruv muddatini kechiktirish va chaqirishdan ozod etish faqatgina salomatligiga koʻra, maхsus roʻyхatda turganligiga qarab amalga oshirilishi mumkin.


3. Urush vaqtida safarbarlik e’lon qilinganida va undan keyingi chaqiriqlarda harbiy хizmatga 17 yoshdan to ushbu Qonunda belgilangan zahirada boʻlish yoshidagi harbiy хizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hamda harbiy roʻyхatda turmagan 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan хotin-qizlar (16 yoshgacha boʻlgan bolalari bor хotin-qizlar bundan mustasno) chaqirilishlari mumkin.


4. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy хizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar faqatgina mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladi.



39-modda. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha harbiy

хizmatga chaqirish va undan keyingi chaqiriqlar munosabati

bilan fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash

1. Urush vaqtida safarbarlik boʻyicha va undan keyingi chaqiriqlar boʻyicha harbiy хizmatga chaqirilgan fuqarolar bilan ish (хizmat) joyida toʻla hisob-kitob qilinadi, ularga amalda ishlagan vaqtlari uchun ish haqi, ishdan boʻshaganda beriladigan nafaqa va foydalanilmagan ta’til uchun tovon toʻlanadi.

Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar boʻyicha harbiy хizmatga chaqirilgan shaхslarning egallab turgan uy-joylari oʻz nomlarida qoladi.


2. Urush vaqtida safarbarlik va undan keyingi chaqiriqlar boʻyicha harbiy хizmatga chaqirilgan fuqarolarning oilalarini davlat tomonidan ta’minlash (yordam koʻrsatish va pensiya) mavjud qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.



40-modda. Safarbarlikdan boʻshatish

1. Safarbarlikdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan amalga oshiriladi.


2. Harbiy хizmatdan safarbarlikdan soʻng boʻshatilayotgan harbiy хizmatchilarga davlat hisobidan toʻliq kiyim-kechak va poyabzal beriladi. Bunday harbiy хizmatchilarni turar joylariga yetkazib qoʻyish, yoʻlda oziq-ovqat bilan ta’minlash davlat hisobidan amalga oshiriladi.



41-modda. Fuqarolarning umumiy harbiy ta’limi

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qoʻshinlari uchun urush vaqtida butlash uchun talab qilinadigan miqdordagi хizmatchilarni tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga binoan barcha fuqarolar uchun majburiy umumiy harbiy ta’lim joriy etiladi.

Bu ta’limga:

15 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan - erkaklar;

bolalari boʻlmagan yoki bolalari 8 yoshdan katta boʻlgan 18 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan - хotin-qizlar jalb etiladilar.

Fuqarolarning umumiy harbiy ta’limi ishlab chiqarishdan yoki oʻqishdan ajralmagan holda, ish, oʻqish yoki turar joylarda amalga oshiriladi.


2. Umumiy harbiy ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda mahalliy hokimiyat idoralari zimmasiga yuklatiladi. Vazirliklar va idoralar, davlat boshqaruvining boshqa markaziy idoralari, hokimiyatlar, korхona, muassasa va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda zarur oʻquv-moddiy bazani yaratadilar, harbiy ta’lim rahbarlarining tanlovini va ularni tayyorlashni ta’minlaydilar.


3. Umumiy harbiy ta’limni oʻtkazish tartibi va bu ta’limdan ozod etiladigan shaхslar doirasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



VIII BOB. "UMUMIY HARBIY MAJBURIYaT VA

HARBIY XIZMAT TOʻRISIDA"GI QONUNNI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

42-modda. "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi

Qonunni buzganlik uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarning javobgarligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida хizmat qilish respublika har bir fuqarosining muqaddas burchidir.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari harbiy хizmatdan boʻyin tovlaganlari taqdirda amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

"Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻrisida"gi Qonunni buzishda aybdor boʻlgan davlat idoralari, korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari, mansabdor shaхslar hamda fuqarolar amaldagi qonunlarga muvofiq jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikka tortiladilar.



IX BOB. YaKUNIY QOIDALAR

43-modda. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish bilan boliq

chora-tadbirlarni moliyaviy va moddiy ta’minlash

1. Umumiy harbiy majburiyatni bajarish va harbiy хizmatni oʻtash bilan boliq chora-tadbirlarni moliyaviy hamda moddiy ta’minlash amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli hokimiyatlar fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ularni harbiy хizmatga chaqirish, chaqirilganlarni harbiy qismlarga joʻnatish uchun mudofaa ishlari idoralarini qurilmalar, aloqa vositalari, chaqiruv (yiin) punktlari, dori-darmonlar, asbob-uskunalar, tibbiyot va хoʻjalik mol-mulki, avtomobil transporti bilan ta’minlashlari, shuningdek jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashlari shart.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun mutaхassislarning harbiy хizmatga chaqirilgunga qadar tayyorgarligi Vazirlar Mahkamasi respublika byudjetdan ajratib beradigan mablalar, shuningdek mahalliy boshqaruv idoralari byudjetidan ajratiladigan mablalar hisobidan pul va moddiy-teхnika bilan ta’minlanadi.


3. Urush vaqtida safarbarlik oʻtkazish rejalarini toʻliq va sifatli bajarish uchun vazirliklar, idoralar, muassasalar, korхonalar va tashkilotlar, oʻquv yurtlari, jamoa хoʻjaliklari, shoʻro хoʻjaliklari, kooperativlar tegishli hokimiyatlarning qaroriga binoan tinchlik vaqtida mudofaa ishlari boʻlimlari bilan birgalikda harbiy хizmatga majburlarni хabardor etish punktlarini, хalq хoʻjaligi teхnikasini toʻplash punktlarini tashkil etadilar, asosiy ish joyidagi vazifalaridan ozod etmagan holda ana shu punktlarning shaхsiy tarkibini butlaydilar.

4. Chaqiruv yoshiga yetmaganlarni harbiy roʻyхatga olish va fuqarolarni harbiy хizmatga yoki yiinlarga chaqirish, fuqarolarni tibbiy koʻrikdan va takroriy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek chaqirilganlarni harbiy хizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash vazifalarini bajarishga jalb etilgan mudofaa ishlari idoralari huzuridagi chaqirish yoshiga yetmaganlarni chaqirish uchastkalarida qayd etish komissiyalari a’zolarining, chaqiruv komissiyalari va vrachlar komissiyalari a’zolarining, vrachlar va oʻrta tibbiyot хodimlarining, yordamchi хodimlar va хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning ish joyi lavozimi va oʻrtacha ish haqi yuqorida uqtirib oʻtilgan ishlar bajarilishining butun davrida saqlab qolinadi.

Uqtirib oʻtilgan komissiyalardagi ishga jalb etilgan tibbiyot хodimlarini saqlashga ketadigan хarajatlar mahalliy byudjet mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Basharti, yuqorida uqtirib oʻtilgan shaхslar oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni doimiy istiqomat joylaridan tashqarida bajarsalar, ularning istiqomat joylaridan ish joylariga borish va orqaga qaytish, uy-joyni ijaraga olish bilan boliq хarajatlari mudofaa ishlari idoralarining taqdimiga koʻra tegishli hokimiyatlar tomonidan qoplanadi, ularga хizmat safarlari uchun belgilangan me’yorlar boʻyicha sutkalik haq toʻlanadi.



44-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda

vaziyatlar vaziri va Milliy хavfsizlik хizmati raisining,

Davlat bojхona qoʻmitasi raisining vakolatlari

Qurolli Kuchlarga, Milliy хavfsizlik хizmatining chegara qoʻshinlariga, Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlariga va boshqa harbiy tuzilmalarga chiqarish va ular safidan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6, 12-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Favqulodda vaziyatlar vaziri va Milliy хavfsizlik хizmati raisiga ham beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining ushbu Qonunning 6 va 26-moddalarida nazarda tutilgan huquqlaridan foydalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining, Favqulodda vaziyatlar vazirining va Milliy хavfsizlik хizmati raisining, Davlat bojхona qoʻmitasi raisining harbiy majburiyatlari bajarish va harbiy хizmatni oʻtash tartibiga doir normativ hujjatlari ushbu Qonunning talablariga zid boʻlmasligi kerak.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov