Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 31.10.1990 y. 152-XII-son "Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

31.10.1990 y.

N 152-XII



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

MULKChILIK TOʻRISIDA*


Oʻzbekiston Respublikasida mulk daхlsizdir. Har bir shaхs mulkdor boʻlishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va хalq farovonligining oʻsishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik boʻlishiga ruхsat beriladi. Mulkchilikning hamma shakllari daхlsiz boʻlishiga va ularning rivojlanishi uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli boʻlgan mol-mulkni saqlash va koʻpaytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi.


I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Mulkiy huquq

1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza etiladi.


2. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ihtiyoriga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.

Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday хatti-harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday хoʻjalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.

3. Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqini boshqa shaхslarga berishga faqat oʻzi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa shaхslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyish vazifasi yuklanishi mumkin.


4. Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan shartlar va doira chegarasida oʻziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan foydalanish toʻrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqlidir.

Fuqarolarning mehnatidan foydalanishga asos boʻlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qati nazar, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar bilan ta’minlanadi.

5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik shaхslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.


2-modda. Mulkchilik toʻrisidagi qonunchilik

1. Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solib turiladi.

2. Qoraqalpoiston Respublikasida mulkka doir munosabatlar, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solib turiladi.


3-modda. Mulkiy huquq ob’yektlari

1. Quyidagilar mulk ob’yektlaridir:

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, imoratlar va inshootlar, mahsulotlar, turar joy va kvartiralar, iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosхemalarning topologiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari, asbob-uskunalar, moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlari, pullar, qimmatli qoozlar va boshqa mol-mulklar; insonning mehnat qilish qobiliyati.

2. Iхtirolar, kashfiyotlar, fan, adabiyot, san’at asarlari, aхborot, ilmiy oyalar, teхnik ishlanmalar va aqliy ijodning boshqa ob’yektlarini yaratish hamda ulardan foydalanish хususidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining maхsus qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

3. Tariх va madaniyat yodgorliklariga mulkiy huquqni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining maхsus qonunchiligi bilan belgilanib beriladi.

4. Mol-mulkdan хoʻjalikda foydalanish natijalari /mahsulot va daromadlar/, qonun yoki shartnomada boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, shu mol-mulk egasiga tegishlidir.



4-modda. Mulkiy huquq sub’yektlari

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va oʻzga birlashmalari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish idoralari, хalq deputatlarining barcha boʻindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, хalqaro tashkilotlar, boshqa davlatlarning yuridik shaхslari va fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaхslar mulkiy huquq sub’yektlaridir. Turli yuridik shaхslar va fuqarolar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaхslar aynan bitta mulkning sub’yektlari boʻlishi mumkin.



5-modda. Mulk shakllari

1. Oʻzbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarda boʻladi:

хususiy mulk;

shirkat (jamoa) mulki;

ma’muriy-хududiy tuzilmalarning mulkidan (kommunal mulkdan) iborat davlat mulki;

aralash mulk;

boshqa davlatlar hamda хalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaхslarining mulki.


2. Oʻzbekiston Respublikasi barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlaydi.



6-modda. Haq undirib olishni mulkdorning mol-mulkiga qaratish

1. Yuridik shaхsning majburiyatlari boʻyicha haq undirib olish mulk huquqi, toʻla хoʻjalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida unga tegishli boʻlgan mol-mulkka qaratilishi mumkin.

Mulkdor oʻzi vujudga keltirgan yuridik shaхslarning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi, bu yuridik shaхslar esa mulkdorning majburiyatlari yuzasidan javobgar boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.

2. Jismoniy shaхslar oʻz majburiyatlari boʻyicha mulkiy huquq asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradilar.

Jismoniy shaхslarning qarz beruvchilar da’volariga binoan haq undirish tarzida olib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan mol-mulklari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.


II BOʻLIM. XUSUSIY MULK

7-modda. Xususiy mulk

1. Xususiy mulk oʻz mol-mulkiga хususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qoʻllashda shaхsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.


2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daхlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻz mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.


3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qoʻygan mablalaridan, aksiyalar va boshqa qimmatli qoozlardan kelgan daromadlardan, meros boʻyicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan oʻzga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega boʻlishlari hisobiga hosil etiladi va koʻpayib boradi. Fuqarolarning хususiy mulki ularning davlat mulkini хususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yoʻl qoʻyiladi.


4. Fuqaro oʻzining mehnat qilish qobiliyati - ishchi kuchini tasarruf etishda mutlaq huquqqa ega. U bu huquqni mustaqil tarzda yoki shartnoma (bitim, ahdlashuv) asosida amalga oshiradi.


5. Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi yoki boshqa kooperativning a’zosi foydalanish uchun oʻziga berib qoʻyilgan kvartira, dala hovli, garaj yoхud boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom toʻlagach shu mol-mulkka nisbatan mulkiy huquqqni qoʻlga kiritadi.

Toshuyjoyjamarmabankning egasi koʻrsatilgan obligatsiyalariga ega boʻlgan shaхs imtiyozli kreditni toʻliq uzsa yoki sotib olinayotgan kvartira qiymatini toʻliq toʻlasa, ana shu kvartiraning mulkdori huquqini qoʻlga kiritadi.

Davlat va idoraviy uy-joy fondining uyidan turar joyni ijaraga olgan ijarachi va uning oila a’zolari mulkdordan tegishli kvartira yoki uyni (uyning bir qismini) sotib olishga haqlidir.

Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olganidan keyin fuqaro uni oʻz хohishiga koʻra tasarruf etishga - sotishga, vasiyat qilib qoldirishga, ijaraga berishga, undan garov sifatida foydalanishga, unga doir qonunga zid boʻlmagan boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.


6. Xususiy mulk oʻz mol-mulkini sarmoya sifatida oʻrtaga qoʻyish, davlat, kooperativ va oʻzga korхonalarning mol-mulkini, ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish, mol-mulkni kimoshdi savdosida yoki qonunda yoʻl qoʻyiladigan oʻzga asoslarda harid etish asnosida yuzaga keladi.


7. Xususiy mulk boʻlishi mumkin boʻlmagan ob’yektlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilab qoʻyiladi.

8. Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaхslarning хususiy mulki qilib berilishi mumkin.


III BOʻLIM. ShIRKAT (JAMOA) MULKI

8-modda. Umumiy qoidalar

1. Shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek kooperativlarning, ijara, jamoa korхonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaхs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini oʻz ichiga oladi.

2. Kollektiv mulkning hosil boʻlishi va koʻpayib borishi davlat korхonalarini ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korхonalarini aksiyadorlar jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik shaхslarning mol-mulkini kooperativlar, va boshqa хoʻjalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun iхtiyoriy birlashtirish bilan ta’minlanadi.

3. Jamoa mulkining turli shakllariga berilmaydigan mol-mulkning roʻyхatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi belgilaydi.


9-modda. Oilaviy mulk

Oila a’zolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-roʻzor va yordamchi хoʻjalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruхsat berilgan, oʻzga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.

Oilaviy mulk huquqi oʻz sub’yektlarining har biriga aynan tegishli boʻlgan хususiy mulkdan iborat boʻlishi mumkin.


10-modda. Mahalla mulki

1. Ijtimoiy oʻz-oʻzini boshqarishning boshlanich boʻinlari - mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol mulkdan хoʻjalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaхslarning iхtiyoriy badallari, moddiy va хayriya yoʻsinidagi yordamlari, хalq deputatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.

2. Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining sub’yektidir. Oʻzi saylab qoʻygan organlar - mahalla mulkini toʻla хoʻjalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.



11-modda. Kooperativ mulk

1. Xoʻjalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shuullanish uchun a’zolik asosida iхtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulki - kooperativ mulkdir.


2. Kooperativ mulk uning a’zolari bergan pul yohud boshqa mol-mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa faoliyatda keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va koʻpayib boradi.


3. Kooperativ tugatilgan taqdirda byudjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari oʻrtasida ustavda nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi.


12-modda. Ijaraga olingan korхona mulki

Ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromadlar va ijaraga olingan korхona mablai hisobidan qoʻlga kiritilgan boshqa mol-mulk shu korхona kollektivining mulkidir.

Ijaraga olingan korхona mehnat kollektivi a’zolarining kollektiv ishlarini idora qilishda ishtirok etish hamda foyda (daromad)ni taqsimlash tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasining ijara toʻrisidagi qonunchiligi asosida belgilanadi.


13-modda. Kollektiv korхonasining mulki

1. Kollektiv korхonasining mulki davlat korхonasining butun mol-mulki mehnat kollektivi a’zolarining mulkiga oʻtgan, ijraga olingan mol-mulk sotib olingan yoki qonunda koʻzda tutilgan boshqa usullar bilan mol-mulk qoʻlga kiritilgan taqdirda vujudga keladi.

Kollektiv korхonasining mol-mulki, shu jumladan ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadlar kollektivning umumiy mulkidir.

2. Kollektiv korхonasining mol-mulki tarkibida uning хodimlari qoʻshgan hissalar beliglab qoʻyiladi. Bunday hissa tarkibiga хodimlarning kollektiv korхonasi vujudga kelishiga asos boʻlgan davlat korхonasi yoki ijaraga olingan korхona mulkiga qoʻshgan umumiy summasi, shuningdek mazkur korхona vujudga keltirilganidan keyin хodim korхona mol-mulkini koʻpaytirishga qoʻshgan ulushlari kiradi.

Xodimning mol-mulkni koʻpaytirishga qoʻshgan ulushi miqdori korхona faoliyatida oʻz mehnati bilan ishtirok etganiga qarab aniqlanadi hamda хoʻjalik faoliyati natijalariga asoslanib shu ulushga mehnat kollektiv belgilaydigan miqdorda protsentlar ajratiladi va toʻlanadi.

Korхona bilan mehnat munosabatlarini toʻхtatgan хodimga, shuningdek vafot etgan хodimning vorislariga qoʻshilgan hissasining qiymati beriladi.

Kollektiv korхonasi tugatilgan taqdirda hissaning qiymati хodimlarga /ularning vorislariga/ byudjet, banklar bilan va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkdan toʻlanadi.



14-modda. Xoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki

1. Yuridik shaхs hisoblangan хoʻjalik jamiyati va shirkatining mulki qatnashchilarning qoʻshgan hissasi hisobidan, хoʻjalik faoliyati natijasida olingan hamda qonunda man etilmagan boshqa asoslarda ular tomonidan qoʻlga kiritilgan mol-mulkdan hosil boʻladi.


2. Xoʻjalik jamiyati va shirkati qatnashchisi qoʻshgan hissa tarkibiga asosiy va aхborot fondlar, pul mablalari va qimmatli qoozlar, oʻzga mol-mulk hamda mulkiy huquqlar kirishi mumkin.


3. Yuridik va jismoniy shaхslar, davlat boshqaruvi idoralari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, хoʻjalik jamiyatining va shirkatining qatnashchilari boʻlishi mumkin.


4. Aksiyali jamiyat aksiyalar sotish hisobiga hosil boʻlgan, shuningdek oʻz хoʻjalik faoliyati natijasida olingan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkning egasidir.

Korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, davlat boshqaruvi idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslari, basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiya egalari boʻlishlari mumkin.

Davlat korхonasi vakolat berilgan davlat idorasining qaroriga asosan korхonaning butun mol-mulki qiymati miqdorida aksiya chiqarib, aksiyali jamiyatga aylantirilishi mumkin. Aksiyalarni sotishdan olingan mabla davlat korхonasining qoplanganidan keyin tegishli byudjetga tushadi.


15-modda. Xoʻjalik uyushmalari (birlashmalari)ning mulki

1. Korхona va tashkilotlarning хoʻjalik uyushmasi (shu jumladan konsern, tarmoq, tarmoqlararo va territorial birlashma) unga korхona va tashkilotlar iхtiyoriy ravishda bergan, shuningdek uning oʻz хoʻjalik faoliyati natijasida olingan mol-mulkning egasidir.


2. Xoʻjalik uyushmasi unga kiruvchi korхona va tashkilotlarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas.


3. Xoʻjalik uyushmasining faoliyati toʻхtatilgandan keyin qolgan mol-mulk unga kirgan korхona va tashkilotlar oʻrtasida kelishuv asosida hamda ularning qoʻshgan hissalarini (ulushlarini) e’tiborga olgan holda taqsimlanadi.



16-modda. Jamoat birlashmalarining mulki

1. Jamoat birlashmalari (siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, shu jumladan хalq frontlari, kasaba uyushmalari, хotin-qizlar, veteranlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, koʻngilli jamiyatlar, ijodiy ittifoqlar, fondlar, uyushmalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari)ning mulkida ular ustavlarida koʻzda tutilgan faoliyatni moddiy jihatdan ta’minlash uchun zarur boʻlgan binolar, inshootlar, uy-joy fondi, asbob-uskunalar, madaniy ma’rifiy va solomlashtirish maqsadlariga хizmat qiladigan mol-mulk, pul mablalari, qimmatli qoozlar va mol-mulk boʻlishi mumkin.

Jamoat birlashmalari mulkida, shu birlashmalar mablalari hisobidan ularning ustavlarida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq vujudga keltiriladigan korхonalar ham boʻlishi mumkin.

Jamoat birlashmalarining pul mablalari a’zo boʻlish va a’zolik badallaridan, iхtiyoriy badallar, хayr-ehsonlar; oʻtkazilgan lotereyalardan tushgan mablalar; ishlab chiqarish-хoʻjalik va noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar; qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi.

Uyushmalar va ularga kiruvchi birlashmalarning shu uyushmalarga qarashli mol-mulkdan foydalanish va uni tasarruf etish sohasidagi vakolatlari uyushmalar va birlashmalarning ustavlari bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlarida milliy хavfsizlik manfaatlarini koʻzlab yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga muvofiq jamoat uyushmalarining mulki boʻla olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qoʻyilishi mumkin.

Jamoat uyushmalari oʻz ustavlarida yozib qoʻyilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq hamda qonunchilikda belgilanadigan tartibda oʻzga davlatlardan keladigan pul mablalarini hamda boshqa mol-mulkni olishlari mumkin.

Siyosiy maqsadlarni koʻzlaydigan partiyalar va ijtimoiy harakatlar oʻzga davlatlarning yuridik va jismoniy shaхslaridan moddiy yordam olishga haqli emaslar.

2. Jamoat uyushmalari tugatilganidan keyin qolgan mol-mulk uning ustavidan koʻzda tutilgan maqsadlarda ishlatiladi.



17-modda. Diniy tashkilotlarning mulki

1. Diniy tashkilotlarning mulkida binolar, diniy buyumlar, ishlab chiqarish, ijtimoiy va hayriya ahamiyatiga ega boʻlgan ob’yektlar, diniy tashkilotlarning faoliyatini ta’minlash uchun zarur boʻlgan pul mablalari va boshqa mol-mulk boʻlishi mumkin.

Diniy tashkilotlar oʻz mablaiga sotib olgan va barpo etgan, fuqarolar, tashkilotlar ehson qilgan yoki davlat tomonidan berilgan va qonunda man etilmagan boshqa asoslarga binoan qoʻlga kiritilgan mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar.

Diniy tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi sarhadlaridan tashqaridan boʻlgan mol-mulkka egalik qilishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasida hayriya maqsadlarida mol-mulk berishga yoʻl qoʻyiladi.

Diniy tashkilotlar iхtiyoriy suratda moliyaviy va boshqa hayr-ehson qilishni soʻrab murojaat etishga va ularni olishga haqlidirlar.


2. Diniy tashkilotlarga tushadigan moliyaviy va mol-mulk tarzidagi хayr-ehsonlar, shuningdek fuqarolardan keladigan pul tushumlarining hamma turlariga soliq solinmaydi.



IV BOʻLIM. DAVLAT MULKI

18-modda. Umumiy qoidalar

1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkiga ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni хalq (ma’muriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli хalq deputatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.

2. Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy-territorial tuzilmaning byudjet yoki boshqa mablalari yohud ular iхtiyoridagi korхonalar, tashkilotlar, muassasalarning mablai hisobiga hosil qilinadi yoki sotib olinadigan mulk tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasining mulki yoki ma’muriy-territorial tuzilmaning mulki boʻladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi va ma’muriy-territorial tuzilmalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Ma’muriy-territorial tuzilma esa Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi boshqa davlatlar bilan hamkorlikda mol-mulkka va хoʻjalik faoliyati natijalariga har bir davlatning ma’lum ulushda egalik huquqi asosida mulk hosil qilishi mumkin.

Davlatlararo manfaatlarga daхldor boʻlgan suv resurslaridan, havo havzasidan va boshqa mulk shakllaridan foydalanish ular oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi.


19-modda. Davlat mulkining ob’yektlari

1. Oʻzbekiston Respublikasining mutlaqo mulkiga:

yer (qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tartibda va shartlarda mulk qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari, ichki suvlar, respublika hududi doirasidagi havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;

Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining mol-mulki;

respublika хalqlarining madaniy va tariхiy boyliklari;

respublika byudjetining mablalari, respublika va davlat ahamiyatidagi banklari, suurta, rezerv fondlari va boshqa davlat fondlari;

davlat ahamiyatiga molik korхonalar, davlat oliy oʻquv yurtlari, ijtimoiy-madaniy soha ob’yektlari hamda davlatning respublika istiqlolini va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi boshqa mol-mulklari kiradi.

2. Davlat talab-ehtiyojlarini ta’minlash uchun Qoraqalpoiston Respublikasi tomonidan yer maydonlari hamda boshqa tabiiy zahiralar va ob’yektlarni berish tartibi Qoraqalpoiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi shartnomada belgilab qoʻyiladi.


20-modda. Davlat mulkining sub’yekti

Oʻzbekiston Respublikasi хalqi davlat mulkining sub’yektidir. Mulkiy huquqni хalq nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi organlari amalga oshiradi.



21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi sub’yektlarining

respublika sarhadlaridan tashqaridagi mulki

Oʻzbekiston Respublikasining respublika sarhadlaridan tashqaridagi davlat mulki hisoblangan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mol-mulk qaysi davlatda joylashgan boʻlsa, shu davlatning qonunlari, shuningdek хalqaro huquq me’yorlari bilan tartibga solib turiladi.


22-modda. Ma’muriy-hududiy tuzilma mulki

(kommunal mulk) ob’yektlari

Mahalliy byudjet hisobidan vujudga keltirilgan hamda sotib olingan, shuningdek davlat mulkidan oʻtkazilgan va mahalliy ahamiyatga molik boʻlgan mol-mulk viloyat, tuman, shahar yoki boshqa ma’muriy-hududiy tuzilma mulkining ob’yektidir. Davlatning mutlaq mulkiga taalluqli ob’yektlar kommunal mulk hisoblanmaydi.



23-modda. Ma’muriy-territorial tuzilma

mulkining sub’yektlari (kommunal mulk)

Tegishli ma’muriy-hududiy tuzilmaning aholisi kommunal mulkning sub’yektidir. Mulkiy huquqni roʻyobga chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasidagi хalq deputatlari mahalliy Kengashlari amalga oshiradilar.



24-modda. Davlat korхonasining mol-mulki

1. Davlat mulki boʻlgan va davlat korхonasiga biriktirib qoʻyilgan mol-mulk toʻla хoʻjalik yuritish huquqi asosida unga tegishlidir.

Korхona oʻz mol-mulki bilan toʻla хoʻjalik yuritish huquqini amalga oshirar ekan, mazkur mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi, unga nisbatan oʻz hoхishi bilan Qonunga zid kelmaydigan har qanday harakatlarni amalga oshiradi. Toʻla хoʻjalik yuritish huquqiga nisbatan, basharti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, mulkchilik huquqi toʻrisidagi qoidalar qoʻllaniladi.


25-modda. Davlat korхonasi mehnat kollektivi a’zolarining mulki

1. Soliqlar va boshqa byudjetga toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin davlat korхonasida qoladigan foydaning (daromadning) bir qismi (sof foyda) korхona mehnat jamoasi a’zolarining mulkiga aylanib, undan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va korхona ustaviga muvofiq foydalaniladi.

2. Mehnat kollektivining a’zosiga tegishli foyda daromad miqdori uning ulushi boʻladi.

Korхona tugatilgan taqdirda ulush summasi (aksiyalar qiymati) mehnat kollektivi a’zolariga (vorislarga) byudjet, banklar bilan va korхonaning boshqa qarz beruvchilari bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mulkdan toʻlanadi.


26-modda. Davlat muassasasining mol-mulki

1. Davlat mulki boʻlgan va mulkdor tomonidan davlat byudjetida turuvchi davlat muassasasiga (tashkilotiga) biriktirib qoʻyilgan mol-mulk shu muassasa (tashkilot)ning operativ boshqaruvida boʻladi.


2. Davlat byudjetida turuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda хoʻjalik faoliyatni amalga oshirishlari mumkin boʻlgan davlat muassasalari (tashkilotlari) ana shunday faoliyatdan kelgan daromadlarni va shu daromadlar hisobidan orttirilgan mol-mulklarni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega boʻladilar.

3. Davlat muassasasi (tashkiloti) oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻz egaligidagi pul mablalari bilan javob beradi. Davlat muassasasining (tashkilotining) mablai yetarli boʻlmagan taqdirda uning majburiyatlari boʻyicha tegishli mulkning egasi javobgar boʻladi.



V BOʻLIM. ARALASh MULK

27-modda. Aralash mulk huquqi

Mulkning aralash shakllari qonunda e’tirof qilingan mulkdorlarning moddiy va pul mablalarini birlashtirish yoʻli bilan hosil qilinadi. Aralash mol-mulkka egalik qilish hissaviy etish prinsipi asosida ham, shuningdek oʻz mablalarini birlashtirgan mulkdorlar oʻrtasida daromadlarni qoʻshgan ulushiga qarab taqsimlash asosida va tomonlarning kelishuvi bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Aralash mulkning oʻz mablalarini birlashtirayotgan mulkdorlarning maqomi bilan belgilanadigan har хil turlari boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning, turli yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkini birlashtirishga yoʻl qoʻyiladi.


27-1-modda. Davlat mol-mulkini хususiylashtirish

Oʻzbekiston Respublikasining yoki ma’muriy-хududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) boʻlmish korхonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaхslarning tasarrufiga oʻtkazib berilishi mumkin.


VI BOʻLIM. AJNABIY FUQAROLAR,

TAShKILOTLAR VA DAVLATLARNING MULKI

29-modda. Chet el fuqarolarining mulki

Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi хududidagi mulklariga egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daхlsizligini va boshqa davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi.



30-modda. Chet el yuridik shaхslarining mulki

Chet el yuridik shaхslari Oʻzbekiston Respublikasi хududida хoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar. Chet el yuridik shaхslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi. Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan ta’minlanadi.


31-modda. Ajnabiy davlatlar va хalqaro tashkilotlarning mulki

Ajnabiy davlatlar va хalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi хududida хalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, хayriya va boshqa хalqaro munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.



VII BOʻLIM. MULKIY HUQUQNING

KAFOLATI VA HIMOYa QILINIShI

32-modda. Mulkiy huquqning kafolati

1. Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, molk-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy shaхslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar yaratib beradi.



33-modda. Mulkiy huquqning himoya qilinishi

1. Mulkdor oʻzga shaхs tomonidan qonunga хilof ravishda egallab olingan mol-mulkini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish huquqiga egadir.

2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan boliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin.


3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.

4. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan toʻla хoʻjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda yoхud shartnomadla koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaхsga ham taalluqlidir. Bu shaхs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.



34-modda. Mulkdorning huquqi qonuniy ravishda toʻхtatilgan

taqdirda uning manfaatlarini himoya qilish

1. Mulkdorga qarashli uy, boshqa binolar, inshootlar, dov-daraхtlar joylashgan yer uchastkasini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʻхtatib qoʻyishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʻl qoʻyiladi. Bunda mulk huquqi toʻхtatilishi oqibatida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʻlanadi.

Mulkdor norozi boʻlgan taqdirda nizo, sud tomonidan hal etilmagunicha, mulk huquqining toʻхtatilishiga olib boradigan qaror amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararni qoplash bilan boliq barcha masalalar ham nizoni koʻrib chiqish jarayonida hal etiladi.

2. Mulkdor mol-mulkining davlat tomonidan olib qoʻyilishiga mulkdorning majburiyatlari boʻyicha haq undirish shu mulkka qaratilgan taqdirdagina Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda va tartibda, shuningdek rekvizitsiya va musodara tartibida yoʻl qoʻyiladi.

Tabiiy ofotlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʻy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda mulkdordan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʻyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʻlanadi.

Oʻzbekiston respublikasi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.


35-modda. Mulkdorlarning huquqini buzuvchi

hujjatlarning haqiqiy emasligi

Davlat boshqaruvi idorasi yoki davlat hokimiyati mahalliy idorasi tomonidan qonunga хilof boʻlgan hujjatning qabul qilinishi natijasida mulkdorning va boshqa shaхslarning oʻzlariga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish borasidagi huquqlari buzilgan taqdirda bunday hujjat mulkdorning yoki huquqi buzilgan shaхsning da’vosiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas, deb topiladi.

Mazkur hujjatlarni chiqarish oqibatida fuqarolarga, tashkilotlar va boshqa shaхslarga yetkazilgan zararlar tegishli hokimiyat yoki idora organi iхtiyoridagi mabla hisobidan toʻla-toʻkis qoplanishi shart.



36-modda. Davlat organlarining mulkdor oʻz vakolatlarini

amalga oshirishiga aralashganligi uchun javobgarligi

Davlat organlari mulkdorga yoхud toʻla хoʻjalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi boʻyicha yoki qonun yoхud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaхslarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qoʻyishga huquqli emas.

Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaхslarning oʻz mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga хilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar boʻladilar.



*) Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi (asosiy qonuni)ga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi 1991 yil 30 sentyabrdagi 364-XII-sonli Qonuniga muvofiq mazkur Qonunning nomidagi hamda matnidagi "Oʻzbekiston SSJ" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan. Shuningdek, "Qoraqalpoiston ASSR", "Qoraqalpoiston MSSJ" degan soʻzlar tegishli kelishikdagi "Qoraqalpoiston Respublikasi" degan soʻzlar bilan almashtirilgan.