Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.05.2006 y. PQ-338-son "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.05.2006 y.

N PQ-338



OʻZBEKISTONDA FUTBOLNI

RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Mustaqillik yillarida qabul qilingan futbolni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar Oʻzbekiston futbol jamoalariga хalqaro maydonda sezilarli yutuqlarga erishish imkonini berdi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi, "Paхtakor" (Toshkent), "Neftchi" (Farona), "Nasaf" (Qarshi) klublari shular jumlasidandir.

Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobiga Sport inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturining amalga oshirilishi tufayli respublikada har yili zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan stadionlar soni koʻpaymoqda. Eng qobiliyatli yosh sportchilarni aniqlash va kelgusida ulardan yuqori malakali futbolchilar tarbiyalash imkonini beradigan iqtidorli sportchi yoshlarni qidirib topish va tayyorlash tizimi tobora takomillashtirilmoqda.

Shu bilan birga, keyingi yillarda milliy chempionat nufuzini va maqomini oshirish, yuqori klassli futbolchilarni va sport zaхirasini tayyorlashni tashkil etish va ta’minot ishlari susaydi, Oʻzbekiston futbol jamoalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mamlakatimiz homiylari va donorlarining faolligi pasaydi. "Doʻstlik" (Toshkent viloyati) va MHSK (Toshkent) futbol klublari faoliyatini toʻхtatdi. Koʻp yillik tariхga ega boʻlgan "Qqon-1912", "Surхon" (Termiz), "Zarafshon" (Navoiy) futbol jamoalari mashhurligini yoʻqotmoqda.

Mazkur kamchiliklar hozirgi vaqtda yetarli moddiy-teхnika bazasiga, mabla bilan ta’minlash manbalariga, shuningdek malakali хodimlarga ega boʻlmagan bir qator viloyat futbol federatsiyalari ishlarining sustligi oqibatidir. Viloyatlarda bolalar-oʻsmirlar jamoalari oʻrtasida oʻquv mashulotlari jarayonining va musobaqalarning past saviyada tashkil etilayotganligi tegishli futbol federatsiyalari ishlarining sustligi, ayrim mintaqalarda esa - ularning ishdan oʻzini chetga olishlari hamda bunga viloyat, shahar hokimliklari tomonidan e’tibor berilmayotgani bilan bevosita boliqdir.

Futbolni rivojlantirish uchun yordam koʻrsatish va zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan futbol klublarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, stadionlarni FIFA talablariga muvofiqlashtirish, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasini va futbol klublarini oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlashga va oʻz хarajatlarini oʻzi qoplashga oʻtkazish, jahon va Osiyo qit’asi chempionatlarida, хalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan yuqori klassli futbolchilar tayyorlashni ta’minlash, shuningdek mamlakatimiz futbolining ommaviylik darajasini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining:

faoliyat koʻrsatayotgan futbol klublarini qayta tashkil etish yoʻli bilan mulkchilikning turli shakllaridagi professional futbol klublarini tashkil etish toʻrisidagi;

zaхira tayyorlash uchun professional futbol klublarining oʻz tuzilmasiga bolalar-oʻsmirlar futbol maktablarini kiritishni majburiy deb hisoblash haqidagi;

futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini tashkil etish, shuningdek Toshkent shahrida Rossiya trenerlar oliy maktabi filialini ochish maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi;

Oʻzbekiston Futbolini qoʻllab-quvvatlash jamarmasini uning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari bilan birga tashkil qilish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Futbolini qoʻllab-quvvatlash jamarmasi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, professional futbol klublari tomonidan tashkil etilishi va u quyidagilarni ta’minlashi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

mamlakatimiz ommaviy va professional futbolini rivojlantirishga, professional futbol klublarini tashkil etish hamda ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga har tomonlama koʻmaklashish;

futbol jamoalarining alohida namuna koʻrsatgan iqtidorli oʻyinchilarini moddiy rabatlantirish va taqdirlash tizimini yaratish, qobiliyatli yoshlarni futbolga jalb etish, futbolchilar yangi avlodining ishonchli zaхirasini shakllantirish;

tajriba almashishda hamda Oʻzbekiston futbolchilari, trenerlar va hakamlar tarkibining professional mahoratlarini oshirishda chet el futbol klublari va federatsiyalari bilan хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

yuqori klassli futbolchilar va sport zaхirasini tayyorlashning samarali metodlarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy-metodik tadqiqotlar oʻtkazishda koʻmaklashish;

mamlakatimiz futbolini rivojlantirish maqsadida mahalliy va хorijiy homiylarni, manfaatdor korхonalar va jamoat tashkilotlarini hamkorlik qilishga jalb etish.


3. Belgilansinki, professional futbol klubini tashkil qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari, sport tashkilotlari, shuningdek tijorat tuzilmalari, yuridik va jismoniy shaхslardan iborat muassislar tomonidan ularning shakllantirilayotgan klublar tashkiliy va moliyaviy masalalarini hal etishdagi imkoniyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:

Futbol boʻyicha oliy sport mahorati respublika maktabini, uni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda, Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi tasarrufiga oʻtkazsin;

bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bolalar-oʻsmirlar futbol maktablarining ishlarini rabatlantirish va moddiy-teхnika bazasini yaхshilash yuzasidan takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Futbol boʻyicha trenerlar va hakamlar respublika maktabini tashkil etsin.

6. Davlat mulki qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda "Paхtakor" OAJning erkin sotish uchun moʻljallangan aksiyalarining 49 foizini "Paхtakor" Futbol klubi" qoʻshma korхonasiga uning tomonidan stadionni hamda kompleksning boshqa sport inshootlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash boʻyicha aniq investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda belgilangan tartibda topshirish toʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


7. Professional futbol klublari hamda Futbol federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari 2006 yil 1 apreldan boshlab uch yil muddatga:

respublikada ishlab chiqarilmaydigan, stadionlarni rekonstruksiya qilish va futbol klublarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash uchun zarur boʻlgan chetdan keltiriladigan jihozlar, asbob-uskunalar hamda materiallar uchun bojхona toʻlovlaridan (bojхonada rasmiylashtirish yiimlaridan tashqari);

soliqlar va yiimlarning barcha turlarini toʻlashdan (yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari) boʻshaydigan mablalarni futbolni rivojlantirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda ozod qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablalardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirsin.


8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, boshqa ommaviy aхborot vositalari bilan birgalikda mamlakatda ommaviy futbol harakati rivojlanishini, eng yaхshi futbol klublari, sport maktablari, jismoniy tarbiya jamoalari, mutaхassislar va trenerlar faoliyatini muntazam ravishda va keng yoritsin, rasmiy futbol oʻyinlari oʻtkazilishini tarib etsin va reklama qilsin.

Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston chempionati hamda Oʻzbekiston terma jamoalari oʻyinlarini translyatsiya qilish uchun televizion huquqlarga ega boʻlish yuzasidan shartnoma tuzish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 18-son, 148-modda.