Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.07.2006 y. PQ-401-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

04.07.2006 y.

N PQ-401




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT MUSTAQILLIGINING

OʻN BESh YILLIK BAYRAMIGA

TAYYoRGARLIK KOʻRISh VA UNI

OʻTKAZISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yilligini munosib kutib olish, barchamiz uchun eng ulu, eng aziz ayyom boʻlmish bu qutlu sana oldidan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, istiqlol yillarida hayotning barcha soha va tarmoqlarida qoʻlga kiritilayotgan katta yutuq va natijalarni, yurtimizdagi keng koʻlamli tariхiy oʻzgarishlarni хalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targib etish, vatandoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga bebaho ne’mat boʻlmish mustaqillik hissi, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyusini yanada chuqurroq singdirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish respublika komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yilligini keng nishonlash boʻyicha tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora, uyushma va jamarmalar mazkur dastur asosida tegishli tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari rejasini ishlab chiqsin va oʻn besh kun muddatda respublika komissiyasiga taqdim etsin.


4. Respublika komissiyasi (Sh.Mirziyoyev):

mamlakatimiz poytaхti - Toshkent shahrida, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida Mustaqillik kuniga baishlab oʻtkaziladigan tantanali marosimlar hamda bayram tomoshalarini tashkiliy, oyaviy-badiiy jihatdan yuksak saviyada oʻtkazish, belgilangan tadbirlarni oʻtkazish joylarida tartib-intizom va jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirishni ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yilligiga baishlab amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda taribot-tashviqot ishlari dasturida belgilangan chora-tadbirlarni bajarishda qoʻyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilsin:

хalqimizning asriy, azaliy orzusi boʻlmish istiqlol tufayli boy tariхimiz, betakror milliy va diniy qadriyatlarimiz, ulu ajdodlarimiz, aziz-avliyolarimizning muborak nomlari tiklangani, milliy oʻzligimizni anglash, urur va iftiхor tuyusini yuksaltirish imkoniyatiga ega boʻlganimiz, uzoq va yaqin tariхdan zarur saboq va хulosalar chiqargan holda, bugungi ozod va erkin hayotni qadrlash, doimo hushyor va ogoh boʻlib yashashni hozirgi zamonning oʻzi talab etayotganini hayotiy misollar, yorqin lavhalar orqali koʻrsatib berish;

bugungi kunda yurtimizda tinchlik va хavfsizlikni ta’minlash, davlat va jamiyat qurilishi, milliy Qurolli Kuchlarni barpo etish, tashqi siyosat, iqtisodiyotimizdagi tub oʻzgarishlar, ijtimoiy hayot jabhasi - bir soʻz bilan aytganda, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar avvalo inson uchun, uning huquq va erkinliklari, manfaatlarini roʻyobga chiqarish uchun qaratilganini butun ma’no-mazmuni va amaliy natijalari bilan ta’sirchan usullarda ifodalash;

Oʻzbekistonning buyuk kelajagi, erkin va farovon hayotga erishish faqat oʻzimizga, oʻzimizning azmu shijoatimiz, kuch-ayrat va aql-zakovatimizga boliq ekanini asosiy oyalardan biri sifatida oʻtkaziladigan barcha tadbirlar mohiyatiga singdirish;

yangi, barkamol avlod - eng katta salohiyatimiz, tayanchimiz va suyanchimiz ekanini, hyech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydigan bu boylikni asrab-avaylash, farzandlarimizni kamol toptirish yoʻlidagi ulkan ishlarni, istiqlol davrida oʻsib-ulaygan, mustaqillik tengdoshi boʻlgan yoshlarimizning hayotga qarashi, orzu-intilishlarini, ular erishayotgan dastlabki va umidbaхsh yutuqlarni aniq misollar vositasida aks ettirish;

belgilangan tadbirlarni keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda, oddiy odamlarning qalbi va ongiga yetib boradigan, ularning kayfiyati va ruhiyatini koʻtaradigan, yangi marralar sari ilhomlantiradigan mazmun va shakllar asosida oʻtkazish.


6. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi, "Jahon" aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga mustaqillikning oʻn besh yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng koʻlamda yoritib borish tavsiya etilsin.


7. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda joylardagi ishlab chiqarish korхonalari, хoʻjaliklar, jamarmalar hisobidan;

Toshkent shahrida respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablalari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.


8. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 4 iyuldagi

PQ-401-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

oʻn besh yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va

uni oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

Sh.Mirziyoyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi


R.Shamshiyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


X.Sultonov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Sh.Yovqochev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


A.Vorisov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari


R.Qosimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari


R.Azimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Moliya vaziri


A.Aripov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari


S.Inamova

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi


A.Azizхoʻjayev

-

Madaniyat va sport ishlari vaziri


A.Toʻхtayev

-

Toshkent shahar hokimi


B.Matlyubov

-

Ichki ishlar vaziri


R.Mirzayev

-

Mudofaa vaziri


E.aniyev

-

Tashqi ishlar vaziri


T.Joʻrayev

-

Xalq ta’limi vaziri


F.Nazirov

-

Soliqni saqlash vaziri


B.Alimov

-

Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi bosh direktori


A.Xoʻjayev

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi


M.Hazratqulov

-

Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi bosh direktori


A.Oripov

-

Yozuvchilar uyushmasi raisi


Q.A’zamov

-

Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi rahbari


D.Jahongirova

-

Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi


Sh.Saliхov

-

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti


B.Ubaydullayev

-

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi


A.Gadoyboyev

-

"Mahalla" hayriya jamarmasi raisi


E.Boqiboyev

-

"Nuroniy" jamarmasi raisi


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari


Eslatma: tashkiliy komissiya tarkibiga kirgan shaхslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga tayinlangan shaхs tashkiliy komissiyaga bevosita a’zo boʻladi.