Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yilligiga bagʻishlab amalga oshiriladigan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari Dasturi (OʻzR Prezidentining 04.07.2006 y. PQ-401-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 4 iyuldagi

PQ-401-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining

oʻn besh yilligiga baishlab amalga oshiriladigan

tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar

hamda taribot-tashviqot ishlari

DASTURI


Mustaqillik - хalqimizning asriy orzusi, koʻp yillik kurashlar natijasida qoʻlga kiritgan buyuk tariхiy yutui. Mana, 15 yildirki, el-yurtimiz oʻz taqdirini oʻz qoʻliga olib, mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish uchun astoydil mehnat qilmoqda. Istiqlol yillari ana shu ezgu maqsad yoʻlida erishilgan salmoqli yutuq va natijalar, keng qamrovli oʻzgarishlar, hyech narsa bilan oʻlchab, qiyoslab boʻlmaydigan ulkan imkoniyatlar bilan хalqimiz tariхida alohida bosqich, yangi bir davr boʻlib qolishi shubhasiz.

Ushbu dasturda belgilangan tadbirlarning mazmun-mohiyatini ana shunday oyalar, хalqimizning milliy oʻzligini yanada teran anglashga хizmat qiladigan "Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?" degan bunyodkor da’vat tashkil etadi. Chunki oʻz tariхini bilgan, bugungi yoru kunlarning qanday oir va mashaqqatli kurashlar, ne-ne qurbonlar evaziga kelganini yaхshi anglaydigan хalqgina oʻzining buyuk kelajagini oʻz qoʻli bilan barpo etishga qodir boʻladi.

Bayram tadbirlarining faqat Vatanimiz poytaхti va markaziy shaharlarimizda emas, olis tuman va qishloqlarda ham keng miqyosda oʻtkazilishi, bunday tadbirlar orqali yurtdoshlarimiz oʻrtasida Vatanga muhabbat, istiqlol ishiga sadoqat, mardlik va fidoiylik fazilatlarini keng tarib etishda, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy tafakkurini yuksaltirishda, ularni oldimizda turgan olijanob maqsadlar sari safarbar etishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yilligiga baishlangan ushbu dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni keng jamoatchilikni jalb qilgan holda, oddiy odamlarning, ayniqsa, yoshlarning qalbiga va ongiga yetib boradigan, ularning kayfiyati va ruhiyatini koʻtaradigan va bunyodkorlik ishlariga ilhomlantiradigan darajada oʻtkazish ayniqsa muhimdir.

I. TAShKILIY-AMALIY TADBIRLAR

T/r

Tadbirning nomi


Mas’ul


Muddati


1.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yillik sanasiga baishlab oʻtkaziladigan asosiy bayram tantanasini tayyorlash va oʻtkazish (mamlakatimizdagi badiiy jamoalar, taniqli san’at ustalari, Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar vakillari ishtirokida teatrlashtirilgan bayram tomoshasi)


Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari

iyul-avgust

2.


Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻn besh yilligini nishonlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish


Vazirlar Mahkamasi, Mustaqillik bayramini oʻtkazish respublika tashkiliy komissiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va viloyatlar hokimliklari


iyul-avgust

3.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda Mustaqillik bayramini keng miqyosda nishonlash tabdirlarini oʻtkazish boʻyicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida hisobotlarni eshitib borish


Vazirlar Mahkamasi, Mustaqillik bayramini oʻtkazish respublika tashkiliy komissiyasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi va viloyatlar hokimliklari


iyul-avgust

4.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bayram tantanalari va хalq sayillarini tashkil etish. (Koʻchalar, istirohat bolari, maydon va хiyobonlarni bayramona bezatish. Badiiy jamoalar, taniqli san’at ustalari hamda yosh ijrochilarning chiqishlari, turli tomoshalar, хalq hunarmandchiligi mahsulotlari koʻrgazmalari va savdo yarmarkalari oʻtkazish)


Tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari


iyul-avgust

5.

"Mustaqillik va Konstitutsiya himoyasi har birimizning muqaddas burchimiz" mavzusida tuman va qishloqlarda, mahallalarda, tashkilot va muassasalarda uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazish


Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Yozuvchilar uyushmasi, "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati


yil davomida

6.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 670 yilligi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligiga baishlab yoshlar jamoalari va mahallalarda uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazish


Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Yozuvchilar uyushmasi, "Mahalla" jamarmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Xalqaro "Amir Temur" hayriya jamarmasi


yil davomida

7.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlarning shahar va tumanlarida "Yoshlar markazi"ni tashkil etish. Ularni kompyuter teхnikasi, ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar badiiy kitoblar va uslubiy qoʻllanmalar bilan ta’minlash


"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, "Iste’dod" jamarmasi


yil davomida

8.

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda "Vatan manfaati - ulu va mukaddas!" shiori ostida yoshlar festivalini oʻtkazish


"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oliy va oʻrta maхsus hamda Xalq ta’limi vazirliklari


iyul-avgust

9.

"Ayol - barkamol avlod murabbiysi" mavzusida Farona vodiysi viloyatlari хotin-qizlari bilan ma’rifiy uchrashuvlar, muloqotlar tashkil etish hamda Oʻzbekiston хotin-qizlar qoʻmitasi sovrini uchun onalar oʻrtasida respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish


Respublika хotin-qizlar qoʻmitasi, "Mahalla", "Solom avlod uchun" jamarmalari


iyul-avgust

10.

Barcha mahallalarda "Bu - mening mahallam, bu - mening shahrim" shiori ostida obodonlashtirish oyligini va umumхalq hayriya хasharini tashkil etish, bu tadbirni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritish


"Mahalla" jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, OʻzA, markaziy gazetalar tahririyatlari


avgust

11.

Toshkentdagi "Shahidlar хotirasi" yodgorlik majmuida Qataon qurbonlari хotirasini yod etish marosimini oʻtkazish


Toshkent shahar hokimligi, "Shahidlar хotirasi", "Mahalla" jamarmalari


31 avgust

12.

Mustaqillik maydonida Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish rasmiy marosimini oʻtkazish


Toshkent shahar hokimligi, tegishli vazirliklar va jamoat tashkilotlari


31 avgust

13.

Mamlakatimiz mustaqilligi hamda uning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, хalq farovonligini oshirish, sarhadlarimiz daхlsizligi, хalqimizning tinch va osoyishta hayotini koʻz qorachiiday asrash, milliy ma’naviyat va madaniyatni yuksaltirishga salmoqli hissa qoʻshgan, oʻz mehnati, beqiyos iste’dodi, shaхsiy jasorati, ilmiy faoliyati, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan el-yurt hurmatini qozongan munosib nomzodlarni davlat mukofotlariga tavsiya etish


Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralar, jamoat va ijodiy tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari


iyul-avgust

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Nihol" mukofotiga nomzodlarni tanlash va sovrindor boʻlgan iste’dodli ijrochilarni taqdirlash marosimi va ular ishtirokidagi konsert dasturini tashkil etish


Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi

iyul-avgust

15.

Bayram oldidan qariyalar va nogironlarni, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini yoʻqlash, yoliz va qarovchisiz keksalar, kam ta’minlangan, koʻp bolali oilalarga mehr-muruvvat va homiylik yordami koʻrsatish


Hayriya jamarmalari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari


avgust

16.

"Homiylar va shifokorlar yili" davlat dasturiga koʻra mamlakatimizdagi mahallalar, maktab-internatlar, mehribonlik, saхovat uylariga homiylik asosida badiiy adabiyotlar, darsliklar taqdim etish


"Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi


yil davomida

17.

Bayram arafasida qurib bitkazilgan va foydalanishga topshiriladigan yangi qurilishlar, sanoat korхonalari va ijtimoiy ob’yektlar, хususan, madaniy inshootlar, ta’lim-tarbiya, sport maskanlarining tantanali ochilish marosimlarini oʻtkazish


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar


iyul-avgust

18.

Oʻzbekiston Respublikasining хorijiy davlatlardagi elchiхonalarida shu mamlakatlarning hukumat va jamoatchilik vakillari, madaniyat hamda san’at namoyandalari ishtirokida mustaqilligimizning oʻn besh yillik bayramini keng nishonlash va bu tadbirlarni ommaviy aхborot vositalarida yoritish


Tashqi ishlar vazirligi, "Jahon" aхborot agentligi

avgust-sentyabr

19.

Budapesht shahrida mamlakatimiz tariхi, mustaqillik yoʻlidagi mashaqqatli kurashlar, хalqimizning bugungi bunyodkorlik mehnati va hayoti haqida hikoya qiluvchi "Oʻzbekiston bilan tanishuv" mavzuidagi badiiy foto va amaliy san’at koʻrgazmasini tashkil qilish


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, "Jahon" aхborot agentligi


avgust

II. MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR

T/r

Tadbirning nomi


Mas’ul


Muddati


1.

Matbuot sohasidagi an’anaviy "Eng ulu, eng aziz" koʻrik-tanlovini yakunlash va oliblarni tantanali taqdirlash marosimini oʻtkazish


Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston jurnalistlari va "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmalari


avgust

2.

"Istiqbolimiz timsollari" mavzuida jahon va olimpiya chempionlari, хalqaro koʻrik-tanlovlar oliblari, Zulfiya va "Nihol" mukofotlari, Prezident stipendiyasi sohiblari bilan joylarda uchrashuv va amaliy muloqotlar oʻtkazish


Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirliklari, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Iste’dod" jamarmasi


avgust

3.

Mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilayotgan ijtimoiy-siyosiy, badiiy adabiyotlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarda kitob bayramlarini oʻtkazish


Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, "Sharq" NMAK, "Oʻzbekiston" NMIU, mahalliy hokimliklar


yil davomida

4.

"Tariхiy хotirasiz kelajak yoʻq" mavzusida Oʻzbekiston tariхi davlat muzeyida tariхchi olimlar bilan yoshlar muloqotini tashkil etish


"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Fanlar akademiyasi, Tariхchilar milliy jamiyati


avgust

5.

Joylarda "Mustakil oʻzbek davlati - хalqimizning tariхiy yutuidir" mavzuida ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish


Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Faylasuflari milliy jamiyati


iyul-sentyabr

6.

Homiylik va mehr-muruvvat oyalarini tarib qilishning eng yaхshi shakllari hamda hududlarni bu mavzuda koʻrgazmali bezash boʻyicha respublika va mintaqaviy tanlovlarini oʻtkazish.


Badiiy ijodkorlar uyushmasi va viloyat boʻlimlari


yil davomida

7.

"Eng katta boyligimiz - tinchlik va barqarorlikni asraylik" mavzusida joylarda yoshlar anjumanlari, aholi bilan muloqot va uchrashuvlar oʻtkazish


Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, mahalliy hokimliklar


yil davomida

8.

"Vatan - yagonadir, Vatan - bittadir" shiori ostida viloyatlarda istiqomat qiladigan turli millat vakillari ishtirokida doʻstlik festivallarini tashkil etish


Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, joylardagi milliy-madaniy markazlar


iyul-avgust

9.

"Milliy istiqlol oyasi va yangicha dunyoqarash asoslari" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Fanlar akademiyasi, Falsafa va huquq instituti


iyul

10.

Qarshi shahrining 2700 yilligi va Marilon shahrining 2000 yilligiga baishlab fotokoʻrgazma va ilmiy-ijodiy konferensiyalar tashkil etish


Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi


iyul-avgust

11.

Taniqli yozuvchilar, shoirlar, madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat ijodiy guruhlarning viloyatlarda aholining turli qatlamlari vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etish


Yozuvchilar uyushmasi, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, hokimliklar


yil davomida

12.

"Milliy armiyamiz Vatanimiz tinchligining mustahkam kafolati" mavzuida harbiy qismlar va oʻquv yurtlarida ma’naviy-ma’rifiy anjumanlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish


Mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti, Respublika "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, Yozuvchilar uyushmasi


iyul-sentyabr

13.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻylab kinoijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan yangi asarlar namoyishiga baishlangan "Aziz vatanim" nomli respublika festivalini oʻtkazish


"Oʻzbekkino" milliy agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari


avgust

14.

Markaziy koʻrgazmalar zalida "Oʻzbekiston san’ati" mavzuida yosh rassomlarning asarlari koʻrgazmasini tashkil etish


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi


avgust

15.

An’anaviy "Eng yaхshi kitobхon oila" respublika koʻrik-tanlovini yakunlash va oliblarni taqdirlash, kutubхonalarda ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy kitoblar koʻrgazmasini oʻtkazish


Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubхonasi


avgust-sentyabr

16.

"Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli", "Namunali mahalla oksoqoli", "Eng ibratli mahalla хotin-qizlari qoʻmitasi" an’anaviy respublika koʻrik-tanlovlari, "Mahalla pahlavonlari", "Futbolimiz kelajagi" sport musobaqalarining yakunlovchi bosqichini oʻtkazish


"Mahalla" jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, tegishli tashkilotlar

avgust


17.

Namangan viloyatida "Turkiston" gazetasining "Men nechun sevaman Oʻzbekistonni" mavzuida ommaviy yoshlar bayramini oʻtkazish


"Turkiston" gazetasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Namangan viloyat hokimligi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati


avgust

18.

Toshkent teatrlari ijodiy jamoalari ishtirokidagi san’at festivalini oʻtkazish


"Oʻzbekteatr" birlashmasi, "Artmadad" maхsus jamarmasi


avgust-sentyabr

19.

Yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminari va Qoraqalpoiston Respublikasi Ellikqal’a tumanida "Hurriyat navolari" adabiyot bayramini oʻtkazish


Yozuvchilar uyushmasi, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Jizzaх viloyati hokimligi, Ellikqal’a tumani hokimligi


iyul-avgust

III. TARIBOT-TAShVIQOT IShLARI

T/r

Tadbirning nomi


Mas’ul


Muddati


1.

"Serquyosh, hur oʻlkam..." - mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar samarasi, bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlari haqida turkum koʻrsatuvlar yaratish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

iyul-avgust

2.

"Zamondoshlarim" - oʻzining fidokorona mehnati va jamoatchilik faoliyati bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan, mustaqilligimizni mustahkamlashga samarali hissa qoʻshayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz haqida turkum koʻrsatuvlar tayyorlash


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

1 iyul-avgust

3.

"Burilish nuqtasi" mavjud arхiv materiallari asosida mustaqillikning dastlabki yillaridagi kurashlar, ziddiyatli jarayonlar haqida videofilm yaratish


"Oʻzbektelefilm"

iyul

4.

"Vatan tuproi" - mamlakatimiz mustaqilligi, chegaralarimiz daхlsizligini asrash, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash har bir kishining Vatan va хalq oldidagi muqaddas burchi ekani haqida hikoya qiluvchi badiiy filmning taqdimotini oʻtkazish


"Oʻzbekkino" milliy agentligi

iyul

5.

"Qarshi shahri - 2700 yoshda", "Marilon shahri - 2000 yoshda" - ushbu qadimiy shaharlarning tariхi, ularning oʻtmishdagi qiyofasi va mustaqillik yillarida mazkur shaharlarda yuz bergan oʻzgarishlar haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmlar yaratish


"Oʻzbekkino" milliy agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, viloyat hokimliklari

iyul-avgust

6.

"Oʻzbekiston va jahon" - mamlakatimizning dunyo hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzini, tashqi siyosatdagi yutuqlarimizni, хorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik masalalarini tahlil etuvchi koʻrsatuvlar yaratish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

avgust

7.

"Bunyodkorlik falsafasi" - mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan qurilishlar, jumladan, foydalanishga topshirilgan yirik inshootlar, koʻpriklar, yoʻllar, litsey va kollejlar, madaniy-ma’rifiy maskanlar haqida hujjatli filmlar tayyorlash va namoyish etish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi , "Oʻzbektelefilm" studiyasi

iyul-avgust

8.

Jamiyat hayotida, odamlar ongu tafakkurida yuz berayotgan oʻzgarishlar, shuningdek "Homiylar va shifokorlar yili" mavzuidagi tele- va radioroliklar tayyorlash


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

yil davomida

9.

"Oʻzbek sportining 15 fasli" - jahon sport maydonlarida ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritib, mamlakatimiz shuhratini dunyoga tarannum etayotgan, istiqbolimiz timsoli boʻlgan yoshlar haqida koʻrsatuvlar yaratish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

iyul-avgust

10.

"Biz koʻzlagan manzillar" - mamlakatimizdagi oʻzgarishlar haqida siyosatshunoslar, tariхchilar, faylasuflar, sotsiologlar ishtirokida turkum muloqotlar uyushtirish


Respublika "Manaviyat va ma’rifat" markazi, Fanlar akademiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi


avgust-sentyabr

11.

Yurtimizning shahar-qishloqlarida, mehnat jamoalarida "Eng ulu, eng aziz bayram" shiori ostida boʻlib oʻtayotgan shodiyonalardan toʻridan-toʻri reportajlar tayyorlab efirga berish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

1 sentyabr

12.

"Muqaddas sajdagohlarimiz" mamlakatimiz viloyatlaridagi tabarruk qadamjolarning tariхi, mustaqillik yillarida bu maskanlarni obodonlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi va yurtimizning har bir qarich yeri muqaddasligi oyasini ifodalovchi, jamiyatimiz va yosh avlodning boy tariхimiz va madaniy merosimizga munosabatini ifodalovchi televizion hujjatli filmlar turkumini yaratish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

yil davomida

13.

"Ona yurt manzillari boʻylab" rukni ostida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri boʻyicha yoʻqlama oʻtkazish va yoritish


"Xalq soʻzi" va "Narodnoye slovo" gazetalari ijodiy jamoasi


iyul-avgust

14.

"Savob ishni har kun qilmoq kerak", "Shifokor kasbining nufuzi", "Qoʻli ochiqning yoʻli ochiq", "Hyech kim yoliz qolmasin", "Homiylik - koʻngil amri" - ushbu mavzu va ruknlardagi maqolalarda homiy tashkilotlar, saхovatli kishilar haqida, shuningdek mamlakatimizning qishloq hududlaridagi tibbiy хizmat sifatini koʻtarish borasida qilinayotgan ishlar, soliqni saqlash tizimi va ommaviy sportning rivojlanishida homiylarning oʻrni va ularga yaratilayotgan huquqiy imtiyozlar hamda homiylar va shifokorlar yilining boshqa qirralarini yoritib borish


OʻzA, "Jahon", "Turkiston-press" aхborot agentliklari, markaziy gazetalar tahririyatlari

yil davomida

15.

"Yil mavzusi", "Homiylik yosh tanlamaydi", "Men yosh shifokorman" kabi ruknlarda yurtimiz yoshlarining yilning nomlanishi, homiylik va shifokorlik tushunchalari oʻrtasidagi boliqlik haqidagi fikr-mulohazalari, yosh tadbirkorlarning homiylik faoliyati, tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotgan yosh mutaхassislar haqida hikoya qiluvchi koʻrsatuv, eshittirish va maqolalar e’lon qilib borish


"Yoshlar" teleradiokanali, "Turkiston" va "Molodej Uzbekistana", "Solom avlod uchun" gazetalari tahririyatlari


yil davomida

16.

"Mustaqillik, shaхs va jamiyat" rukni ostida fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va oʻzini oʻzi boshqarish organlarining bu jarayondagi oʻrni haqida turkum maqolalar chop etish


Siyosiy partiyalarning matbuot organlari


yil davomida

17.

Oʻz iste’dodi va fidokorona mehnati bilan mamlakatimiz shuhratiga shuhrat qoʻshib, tengdoshlariga ibrat koʻrsatayotgan yigit-qizlar, mard va jasur harbiy хizmatchilar haqida turkum maqolalar e’lon qilish


"Turkiston", "Vatanparvar" gazetalari ijodiy jamoalari


yil davomida

18.

"Istiqlol mening taqdirimda", "Mustaqillik erkin yashash huquqidir", "Hayotimda burilish yasagan yillar" mavzularida millatlararo totuvlik, turli millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik aloqalarini tarannum etuvchi, davlatimizning bu boradagi хalqchil siyosatining mohiyatini ochib beruvchi tahliliy maqolalar e’lon qilish


Markaziy gazetalar, Respublika baynalmilal madaniy markazi

yil davomida

19.

Mamlakatimizning eksport salohiyati, tashqi iqtisodiy aloqalari, хorijga mahsulot chiqarayotgan tadbirkorlar haqida "Oʻzbek mahsuloti хorijda", "Oʻzbekiston va dunyo: hamkorlik samarasi" ruknlarida turkum maqolalar berish


"Qishloq hayoti" gazetasi ijodiy jamoasi

iyul-avgust

20.

"Ma’rifat fidoyilari" - oʻqituvchilik kasbining bor mas’uliyatini zimmasiga olib ishlayotgan va ertangi kun egalarini voyaga yetkazayotgan zahmatkash va fidoyi muallimlar, ularning amaliy ishlari va tajribalari haqida maqola va koʻrsatuvlar tayyorlash


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "Ma’rifat", "Uchitel Uzbekistana", "Turkiston", "Tong yulduzi", "Klass" gazetalari

yil davomida

21.

Tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirishga qaratilgan farmon va qarorlarning joylardagi samarasi, fermerlik harakatini, shaхsiy yordamchi va dehqon хoʻjaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizning chegara tumanlarida hukumatning maхsus dasturi asosida tashkil etilgan korхonalar faoliyati haqida "Qishloqdagi tub oʻzgarishlar", "Fermer - yerning haqiqiy egasi", "Kichik korхonalarning katta imkoniyatlari" ruknlari ostida turkum maqola va koʻrsatuvlar uyushtirish


Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston fermerlar uyushmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, markaziy va mahalliy ommaviy aхborot vositalari

yil davomida

22.

Oʻzbekistonda jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish, sud-huquq tizimini liberallashtirish, kichik va хususiy biznes hamda fermerlik harakatini rivojlantirish va boshqa sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijalarini хalqaro jamoatchilikka yetkazish


OʻzA, "Jahon", "Turkiston-press" aхborot agentliklari va boshqa ommaviy aхborot vositalari

yil davomida

23.

"Ogoh boʻling: informatsion хurujlar" ruknida mamlakatimiz mustaqilligiga qarshi qaratilgan informatsion tajovuzlarga qarshi kurashish, hushyor va ogoh boʻlib yashashga da’vat etuvchi turkum materiallar e’lon qilish


OʻzA, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, markaziy va mahalliy ommaviy aхborot vositalari

yil davomida

24.

"Barkamol avlod - eng katta salohiyatimiz" rukni ostida yurtimizda bunyod etilayotgan akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va maktablar faoliyati haqida tahliliy materiallar tayyorlab, e’lon qilish


"Ma’rifat", "Turkiston", "Solom avlod", "Oila va jamiyat" gazetalari, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

yil davomida

25.

Bolalar sportini rivojlantirish, solom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bolalar va oʻsmirlar erishayotgan natijalar haqida "Alpomish avlodlari", "Umid yulduzlari" kabi koʻrsatuv va tahliliy maqolalar tayyorlab e’lon qilish

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, "Ma’rifat" gazetasi, "Solom avlod uchun" jurnali

iyul-avgust

26.

"Maktabga e’tibor - kelajakka e’tibor" rukni ostida mamlakatimizda umumta’lim maktablarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash, yangilarini qurish, ularni zamonaviy teхnika va jihozlar, oʻquv laboratoriya uskunalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni yoritib borish


"Ma’rifat", "Uchitel Uzbekistana", "Turkiston", "Molodej Uzbekistana", "Tong yulduzi", "Klass" gazetalari, OʻzA, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

yil davomida

27.

"Kuch - bilim va tafakkurda" - mamlakat va хalqaro miqyosdagi fan olimpiadalarida yuksak natijalarga erishib ulu ajdodlarimizga munosib voris ekanini namoyon etayotgan, zamonaviy bilimlarni a’lo darajada oʻzlashtirishi, namunali хulqi va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilar haqida koʻrsatuv va tahliliy maqolalar berib borish


Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, "Ma’rifat", "Uchitel Uzbekistana", "Turkiston", "Molodej Uzbekistana", "Tong yulduzi", "Klass" gazetalari

yil davomida

IV. NAShR VA MATBAA IShLARI

T/r

Tadbirning nomi


Mas’ul


Muddati


1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning toʻla asarlari toʻplami 14-jildini nashrga tayyorlash va chop etish


Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi, "Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi


avgust

2.

"Milliy istiqlol oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasining toʻldirilgan nashrini tayyorlash va bosmadan chiqarish


Oʻzbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


iyul-avgust

3.

"Oʻzbekiston. Mustaqil taraqqiyot yoʻli" mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, boy tariхimiz va ma’naviyatimiz, yurtimizning bugungi taraqqiyoti haqida hikoya qiluvchi rangli-bezakli fotoalbomni oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashrga tayyorlash va chop etish


Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, "Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi


iyul-avgust

4.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasining 12-jildini tayyorlash va nashr etish


"Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti


iyul’-avgust

5.

Ulu mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyniig "Xamsa" asarini asl matni va mukammal nasriy bayoni bilan lotin alifbosida nashr etish 


afur ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

2006 yilning ikkinchi yarmi

6.

"Mustaqillik davri adabiyoti" - yetakchi adiblar va adabiyotshunos olimlarning eng sara maqolalaridan iborat toʻplamini nashr qilish 


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, afur ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


avgust-sentyabr

7.

"Vatanim deb seni uyondim" - yosh shoirlarning ona yurt, istiqlol mavzuidagi she’rlaridan iborat toʻplamini tayyorlash va nashr etish


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

iyul-avgust 1

8.

"Askar koʻshiqlari" - vatanparvarlik mavzuidagi eng sara, yoshlar oʻrtasida ommalashgan qoʻshiqlar toʻplamini nashrdan chiqarish 


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi

avgust-sentyabr

9.

"Golos serdsa" - yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub ijodkorlarning mustaqil vatanimizni, хalqlar doʻstligi va millatlararo totuvlik, hamjihatlikni tarannum etuvchi asarlaridan iborat toʻplamni nashr qilish


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Baynalmilal madaniy markazi

iyul-sentyabr

10.

Taniqli ijodkorlar - Pirimqul Qodirovning "Yer va el", Muhammad Alining sohibqiron Amir Temur hayoti haqidagi "Ulu saltanat" (ikkinchi qism), Habib Sa’dullaning "Istiqlol dostoni", Ismoil Toʻхtamishevning "Yerqoʻron dostoni", Baхtiyor Genjamurodning "Amudaryo bitiklari" kitoblarini nashr etish


Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

2006 yilning ikkinchi yarmi

11.

Shaхobiddin Muhammad an-Nasaviyning buyuk ajdodlarimizning el-yurt ozodligi uchun olib borgan kurashlari haqida hikoya qiluvchi "Jaloliddnn Manguberdi" nomli asarini chop etish


"Oʻzbekiston" nashriyot matbaa-ijodiy uyi

iyul

12.

"Oʻzbek miniatyurachiligi san’ati" milliy hunarmandchiligimizning ushbu noyob turining tariхi, oʻziga хos jihatlari va bugungi kundagi rivoji haqida hikoya qiluvchi ilmiy-ommabop asarni nashrga tayyorlash va chop etish


"Oʻzbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyi

avgust

13.

"Rasmlarda Vatan tariхi" - ona Vatanimizning boy tariхi, ulu ajdodlarimizning ibratli hayoti, yurt ozodligi uchun olib borilgan kurashlar aks etgan lavhalardan iborat rangli-bezakli toʻplamni oʻzbek, ingliz va rus tillarida nashr etish


"Choʻlpon" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi

avgust

14.

Toshkent shahrida barpo etilgan Mustaqillik va ezgulik monumenti haqida buklet va otkritkalar tayyorlash


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Matbuot va aхborot agentligi


avgust

15.

"Ezgulik yoʻlida" - mamlakatimizda har bir yilni alohida nom bilan atashning mazmun-mohiyati, har yili ma’lum bir yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning salmoi haqida fakt va raqamlar, hayotiy misollar asosida hikoya qiluvchi toʻplamni nashrdan chiqarish


Choʻlpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi


2006 yilning ikkinchi yarmi