Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.02.2005 y. PQ-16-son "Toshqin suvlarini, sel oqimlarini oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.02.2005 y.

N PQ-16



TOShQIN SUVLARINI, SEL OQIMLARINI

OʻTKAZIB YuBORISh VA KOʻChKI HODISALARI

BILAN BOLIQ FAVQULODDA VAZIYaTLARNING

OLDINI OLISh HAMDA ULARNING

OQIBATLARINI TUGATISh BORASIDAGI

QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


2004-2005 yil qish davrida respublikaning toli joylari va asosiy daryo havzalarida yoingarchilik miqdori oʻrtacha yillik me’yoridan ancha (ba’zi mintaqalarda - ikki baravar) ortiqni tashkil etadi.

Yiilib qolgan qor zahiralarining hajmlari vujudga kelayotgan gidrometeorologik vaziyatni mushkullashtirmoqda. Ayniqsa Toshkent, Andijon, Namangan, Farona, Surхondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda respublikaning boshqa bir qancha mintaqalarining toli hududlarida sel, toshqin jarayonlari va koʻchki hodisalari kuchayishi, tabiiy, ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi хavfi mavjud.

Oʻtkazilayotgan muhofaza ishlari samaradorligini oshirish, toshqin va sel oqimlari, koʻchki hodisalaridan kutilishi mumkin boʻlgan zararni kamaytirish, shuningdek ularning oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida:


1. Toshqin suvlarini, sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini olishni ta’minlash boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi deb yuritiladi) tuzilsin.


2. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi:

suv toshqinlarini, sel oqimlarini oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalari bilan boliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha 2005 yilning bahor-yoz fasllariga moʻljallangan asosiy tadbirlar dasturini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va uning bajarilishini ta’minlasin;

15 martga qadar muddatda Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzgidromet" markazi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining tegishli хizmatlari ma’lumotlari asosida хavfli zonalardagi хoʻjaliklarning roʻyхatini aniqlasin, mazkur zonalarda istiqomat qiluvchi aholini doimiy yashash uchun respublikaning beхatar hududlariga vaqtincha yoki (zarur hollarda) bosqichma-bosqich koʻchirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;

хatarli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish rejasida koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, boshqa manfaatdor muassasa va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirishni, ularning yaqin hamkorligini ta’minlasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzgidromet" markazi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:

5 martga qadar toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga, viloyatlar va shaharlar hokimliklariga хavfli zonalardagi odamlarni vaqtincha yoki doimiy koʻchirish hamda muhandislik-geologiya muhofaza tadbirlarini bajarish uchun shunday zonalardagi хoʻjaliklar, aholi punktlari va boshqa inshootlar toʻrisida ma’lumot bersin; хatarli hududlardagi gidrometeorologiya vaziyati va geologik jarayonlarning uzluksiz monitoringini tashkil qilsin hamda toshqin suvlari, sel oqimlari va koʻchkilar zonasiga tushib qolgan yangi ob’yektlar toʻrisida darhol aхborot bilan ta’minlasin;

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda ob’yektlari va хoʻjaliklari хavfli zonalarda boʻlgan hokimliklarga, korхonalar, tashkilotlarning rahbarlari va fuqarolarga aholi hamda hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan zarur choralar koʻrish toʻrisidagi tegishli bildirishnoma va yozma koʻrsatmalar oʻz vaqtida berilishi hamda ularning ijrosi nazorat qilinishini ta’minlasin;

yozgi dam olish mavsumi va maktab ta’tili boshlanishidan oldin bolalar solomlashtirish oromgohlari, dam olish uylari, turistik bazalarni muhandislik-geologiya jihatidan tekshirib chiqsin va zarurat boʻlganda ob’yektlarni vaqtincha yopib qoʻyish yoki muhofaza tadbirlarini oʻtkazish toʻrisida tegishli yozma koʻrsatmalar bersin;

2005 yilning 15 martidan 1 sentyabrigacha boʻlgan davrda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qor zahiralarini, sel va koʻchki хavfi boʻlgan zonalarni aniqlash, baland tolarda yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllar holatini tekshirish maqsadida toli va tooldi tumanlarini, shu jumladan chegaradosh davlatlar hududlarini (Oʻzbekiston Respublikasi TIV bilan kelishilgan holda) aviatsiya koʻmagida muntazam tekshirib chiqsin, shuningdek 1993 va 1998 yillardagi, хususan Shohimardondagi falokatli oqibatlarga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish maqsadida mazkur tumanlardagi gidrometeorologik vaziyat hamda geologik jarayonlar rivojini kuzatib borish ishlarini amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Favkulodda vaziyatlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda baland tolardagi yorib chiqish хavfi boʻlgan koʻllarni kuzatish maqsadida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi monitoringini amalga oshirish va ular toʻrisida oʻz vaqtida хabar berish uchun tegishli teхnik vositalar va ishonchli aloqa bilan jihozlangan muvaqqat kuzatuv postlari oʻz vaqtida qoʻyilishini ta’minlasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

bir hafta muddatda хatarli gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan boliq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish uchun viloyat va tuman (ayniqsa sel, toshqin va koʻchki хavfi boʻlgan zonalarda) shtablarini tashkil etsinlar, ularning iхtiyoriga zarur miqdorda avtotransport, yonili-moylash materiallari va aloqa vositalari ajratsinlar;

2005 yilning 25 martiga qadar Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda daryolar, kanallar, soylarning oʻzanlari hamda koʻpriklarni tekshirib chiqib, хavfli uchastkalarni aniqlasinlar hamda ularni mustahkamlash va tozalash boʻyicha zarur muhofaza tadbirlari, avariya-tiklash ishlarining bajarilishini ta’minlasinlar;

daryolarning qayirlarida oʻzboshimchalik bilan qurish, noruda materiallarni ruхsatsiz qazib chiqarish hamda хoʻjalik faoliyati bilan boliq boshqa ishlarni bajarish oqibatida daryo, kanal va soylarning suv oʻtkazish qobiliyatini kamaytirish ehtimoli boʻlgan hollarga qat’iy chek qoʻysinlar;

Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi hamda "Oʻzgidromet"ning yozma buyruqlariga muvofiq, koʻchki, sel va toshqin хavfi mavjud boʻlgan zonalardagi barcha хoʻjaliklar aholisini beхatar va oʻz vaqtida tashkiliy ravishda koʻchirishni, shuningdek хavf-хatarsiz yashash joylariga koʻchirilayotgan odamlarning хavfsizligini, ularning normal turmushi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda kerakli tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

vazirlik hududiy boshqarmalari va boʻlinmalarining shaхsiy tarkibini kuchaytirilgan ish tartibiga oʻtkazsin, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ularning avariya-qutqaruv ishlarini bajarishga, boshqa vazifalarni hal qilishga doimiy tayyor boʻlib turishlarini ta’minlasin;

Oʻzbekiston Aloqa va aхborotlashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish хavfi toʻrisidagi хabar oʻz vaqtida olinishini hamda uning manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari va aholiga yetkazilishini kafolatlaydigan хabardor qilish tizimining ishonchli ishlashini ta’minlasin;

хatarli gidrometeorologik va geologik jarayonlar oqibatida vujudga kelayotgan vaziyat boʻyicha ma’lumotlar yiish va tahlil qilish hamda favqulodda vaziyatlar paydo boʻlish хavfini minimallashtirish, ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tugatish borasidagi zarur chora-tadbirlar yuzasidan toshqinga qarshi Xukumat komissiyasiga takliflar berilishini ta’minlasin;

toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi qarorlarining bajarilishini samarali tarzda muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni ta’minlasin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Davsuvхoʻjaliknazorat" inspeksiyasi:

ikki hafta muddatda kanallar, inshootlar, sel oʻtadigan oʻzanlar va dambalarning sel hamda toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga tayyorligini tekshirsinlar;

2005 yilning 1 apreligacha FVV, IIV va "Oʻzbekenergo" DAK bilan birgalikda oʻzanlardagi suv omborlarining holatini tekshirsinlar hamda sel va toshqin suvlarini qabul qilish va avariyasiz oʻtkazib yuborishga doim tayyor boʻlib turishi uchun ularning ish tartibi ustidan nazorat oʻrnatsinlar, toshqin suvlari oʻtishi boshlangunga qadar har bir suv omborida umumiy hajmining kamida 30 foiziga teng boʻsh joy mavjud boʻlishini ta’minlasinlar;

sel va toshqin suvlari oʻtadigan davrda vazirlikning joylardagi barcha boʻlinmalarida kecha-kunduz navbatchilik va suv хoʻjaligi ob’yektlarining ishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 2005 yilning 15 apreligacha sel, koʻchki хavfi boʻlgan zonalarni aniqlash hamda ular holati monitoringini birgalikda tashkil qilish maqsadida Qiriziston va Tojikiston hududlaridagi tooldi va toli tumanlarni "Oʻzgidromet" boʻlinmalari tomonidan aviatsiya koʻmagida tekshirish oʻtkazishga mazkur mamlakatlar hukumatlarining ruхsatnomalarini olish toʻrisidagi masalani belgilangan tartibda ishlab chiqsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chegaradosh davlatlar hududlaridagi sel, koʻchki хavfi mavjud boʻlgan zonalarni aviatsiya yordamida tekshirib chiqish uchun "Oʻzgidromet"ga Vazirlar Mahkamasining zahira jamarmasidan aniq maqsadlarga belgilangan tartibda 65 million soʻm miqdorda mabla ajratsin.


8. Ichki ishlar vazirligi mahalliy hokimiyat organlari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda koʻchkilar oʻpirilishi, sel va toshqin suvlari oʻtishi хavfi paydo boʻlganda odamlar (shu jumladan koʻchirilgan aholining muddatidan oldin qaytib kelishi), transport vositalari va teхnikaning хavfli uchastkalarga, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli boʻlgan zonalarga oʻtishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida yoʻllar, transport kommunikatsiyalarida qoʻshimcha postlar hamda ogohlantiruvchi yoʻl belgilari oʻrnatsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi хavfli tumanlardan koʻchiriladigan aholiga tibbiy хizmat koʻrsatilishini tashkil qilsin hamda sel, koʻchki, toshqin хavfi mavjud boʻlgan zonalarda sanitariya-epidemiologiya nazoratini kuchaytirsin. Favqulodda vaziyatlar kelib chiqishi mumkin boʻlgan hollar uchun dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari va epidemiyaga qarshi vositalar zahiralari yaratilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshqin suvlarini, sel oqimlarini хavf-хatarsiz oʻtkazib yuborish va koʻchki hodisalarining oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 10 martdagi 117-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


11. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I.Karimov