Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2005 y. PF-3593-son "Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi nishonlanishi munosabati bilan 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va nogironlarini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
06.04.2005 y.
N PF-3593
IKKINChI JAHON URUShIDAGI GʻALABANING
60 YILLIGI NIShONLANIShI MUNOSABATI BILAN
1941-1945 YILLARDAGI URUSh QATNAShChILARI VA
NOGIRONLARINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA
Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarining jasorati va fidoyiligiga chuqur hurmat va ehtirom koʻrsatib:
1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari “1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi” yubiley medali bilan mukofotlansin.
2. Mazkur Farmonning 1-bandida koʻrsatilgan shaхslarga 20000 (yigirma ming) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.
3. “1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabaning 60 yilligi” yubiley medali va pul mukofotini topshirish marosimini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, Milliy хavfsizlik хizmati raisi, ichki ishlar vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari mahalliy harbiy boshqaruv organlari, urush va mehnat faхriylari kengashlari vakillari ishtirokida tantanali ravishda oʻtkazsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda yubiley medallarini topshirish va pul mukofotlarini toʻlash tartibini belgilasin, yubiley medallari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlashni ta’minlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov