Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 2 dekabrdagi PF-4582-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 06.12.2013 y. 2534-son bilan roʻyхatga olingan moliya vazirining 03.12.2013 y. 111-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 6 dekabrda 2534-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

moliya vazirining

2013 yil 3 dekabrdagi

111-son buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2013 yil 2 dekabrdagi PF-4582-sonli "Ish haqi,

pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini

oshirish toʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni

qayta hisoblash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 2 dekabrdagi "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi PF-4582-sonli Farmonining 4-bandiga muvofiq, pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.


1. 2013 yilning 15 dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 96 105 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 187 970 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 187 970 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 115 340 soʻm miqdorida belgilandi.


2. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlarni (2011 yil 1 oktyabrdan amalga kiritilgan) qoʻllagan holda yangi tayinlanadigan pensiyalar hisoblab chiqariladigan ish haqini tenglashtirish uchun ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdorlari qoʻllaniladi.


3. 2013 yilning dekabr oyi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash qaydnomalari hamda pochta pul oʻtkazmalari, pensiyalar va nafaqalar miqdorlari 1,025 barobarga oshganligini inobatga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tuziladi.


4. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan (96 105 soʻm х 8 = 768 840 soʻm) ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi.


5. Yakka tartibdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz baravari 768 840 soʻm (96 105 soʻm х 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga boliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.


6. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironligi boʻyicha pensionerlar "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 y., 9-son, 338-modda) 7 va 17-moddalariga muvofiq, pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori mavjud stajga mutanosib ravishda belgilanadi.


7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam ish haqidan (96 105 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.


8. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan

eng kam oylik ish haqi

MIQDORLARI

Oʻzgartirishlar sanasi va davri


Belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdori


Soʻmlarda:


01.01.1973 yildan


70,00

01.01.1992 yildan


350,00

01.03.1992 yildan


(350,00 + 550,00) / 2 = 450,00

01.04.1992 yildan


550,00

01.07.1992 yildan


1 000,00

01.09.1992 yildan


1 250,00

01.10.1992 yildan


2 000,00

01.01.1993 yildan


2 500,00

01.04.1993 yildan


3 000,00

01.06.1993 yildan


7 500,00

01.07.1993 yildan


11 250,00

01.09.1993 yildan


13 500,00

01.11.1993 yildan


16 200,00

Soʻm-kuponlarda:


01.12.1993 yildan


24 300,00

01.01.1994 yildan


30 000,00

01.03.1994 yildan


45 000,00

01.06.1994 yildan


70 000,00

Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida (soʻm):


01.07.1994 yildan


70,00

01.08.1994 yildan


100,00

01.03.1995 yildan


150,00

01.09.1995 yildan


250,00

01.04.1996 yildan


400,00

01.09.1996 yildan


550,00

01.12.1996 yildan


600,00

01.07.1997 yildan


750,00

01.07.1998 yildan


1 100,00

01.01.1999 yildan


1 320,00

01.08.1999 yildan


1 750,00

01.08.2000 yildan


2 450,00

01.08.2001 yildan


3 430,00

01.04.2002 yildan


3 945,00

01.08.2002 yildan


4 535,00

01.05.2003 yildan


5 440,00

01.08.2004 yildan


6 530,00

01.05.2005 yildan


7 835,00

01.10.2005 yildan


9 400,00

01.07.2006 yildan


10 800,00

01.11.2006 yildan


12 420,00

01.08.2007 yildan


15 525,00

01.11.2007 yildan


(15525,00 + 18630,00) / 2 = 17 077,50

01.12.2007 yildan


18 630,00

01.04.2008 yildan


20 865,00

01.09.2008 yildan


25 040,00

01.11.2008 yildan


(25040,00 + 28040,00) / 2 = 26 540,00

01.12.2008 yildan


28 040,00

01.08.2009 yildan


33 645,00

01.12.2009 yildan


37 680,00

01.08.2010 yildan


45 215,00

01.12.2010 yildan


49 735,00

01.08.2011 yildan


57 200,00

01.12.2011 yildan


62 920,00

01.08.2012 yildan


72 355,00

01.12.2012 yildan


79 590,00

01.08.2013 yildan


(79 590,00+91 530,00) / 2 = 85 560,00

01.09.2013 yildan


91 530,00

01.12.2013 yildan


(91 530,00 + 96 105,00) / 2 = 93 817,50

01.01.2014 yildan


96 105,00

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 9 dekabr, 49-son, 645-modda