Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.11.2002 y. 396-son "Pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.11.2002 y.

N 396



PUL-BUYuM LOTEREYaLARI OʻTKAZIShNI

TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Naqd pul mablalarini bank aylanmasiga jalb etish, aholining boʻsh pul mablalarini mintaqaviy ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda jamlash, pul-buyum lotereyalari oʻtkazishni faollashtirish va ularni tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga pul-buyum lotereyalarini tashkil etish faoliyatini tartibga solish funksiyasi yuklansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga pul-buyum lotereyalarini tashkil etish va oʻtkazish huquqi berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Xalq banki tomonidan pul-buyum lotereyalarini oʻtkazishni tashkil etishdan olinadigan daromadlar aholining boʻsh mablalarini omonatlarga jalb etish ishlarini faollashtirishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda uning tasarrufida qoladi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida mintaqaviy lotereyalarni tashkil etish boʻyicha iхtisoslashtirilgan хoʻjalik hisobidagi tuzilmalar tashkil qilish maqsadga muvofiq deb hisoblansin, ularga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

mintaqaviy lotereyalarning har хil turlarini tashkil etish va oʻtkazish;

хayriya tashkilotlari va jamarmalari tomonidan tashkil etiladigan lotereyalarni oʻtkazishda qatnashish;

lotereyalarni oʻtkazishdan olinadigan daromadlarni mintaqalarda solom avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi manzilgohlarini obodonlashtirish va ularning infratuzilmasini takomillashtirish, boshqa ijtimoiy dasturlarni roʻyobga chiqarish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun qoʻshimcha manba sifatida jamlash.

4. Lotereyalarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan berilgan litsenziyaga muvofiq lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar mazkur faoliyatdan olingan yalpi tushumni alohida hisobga oladilar.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida lotereya oʻyinlari oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 1997 yil 19 sentyabrdagi 444-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997 y., 9-son, 31-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" 2002 y. 21-son


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 11, 70-modda.