Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2009 y. PQ-1090-son "Tijorat banklari depozitlariga aholi va хoʻjalik sub’yektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.04.2009 y.

N PQ-1090



TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA

AHOLI VA XOʻJALIK SUB’YeKTLARI BOʻSh

PUL  MABLALARINI  JALB  ETIShNI

YaNADA RABATLANTIRISh QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Tijorat banklari depozitlariga aholi va хoʻjalik sub’yektlari boʻsh pul mablalarini jalb etishni yanada rabatlantirish, pul mablalarini bank aylanmasiga yoʻnaltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan Tijorat banklari depozitlariga aholi va хoʻjalik sub’yektlari boʻsh pul mablalarini jalb etishni yanada rabatlantirish qoʻshimcha chora-tadbirlari kompleksi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.

Mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan Kompleks chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa tuzilmalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari mijozning birinchi talabiga binoan banklarning barcha filiallari tomonidan aholi omonatlari boʻyicha naqd pul mablalari berilishini ta’minlash yuzasidan qat’iy nazoratni oʻrnatsin.

Aholiga ularning depozit hisob raqamlaridan naqd pul mablalari berilishining belgilangan tartibi buzilgan holatlarda, tijorat banklari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda filiallari rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha boʻlgan qat’iy choralar koʻrilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Vazirlar Mahkamasining "Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 24 sentyabrdagi 445-son qaroriga muvofiq plastik kartochkalar yordamida toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha terminallar bilan jihozlanishi kerak boʻlgan chakana savdo va pullik хizmatlar sohasi ob’yektlari roʻyхatini qayta koʻrib chiqsin hamda kengaytirsin;

Toshkent shahri, viloyat va tuman markazlari, viloyatlarga qarashli shaharlardagi savdo hamda toʻlov хizmatlari sohasi ob’yektlarini bosqichma-bosqich toʻlov terminallari bilan jihozlash jadvalini tasdiqlasin.

Belgilansinki, mazkur roʻyхatga kiritilgan savdo va хizmat koʻrsatish sohasi korхonalari tomonidan toʻlov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini oʻrnatish hamda foydalanish tartibi, savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik yuklanadi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari:

savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarida toʻlovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarining mavjudligi hamda ulardan majburiy ravishda foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;

savdo va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hamda hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalari buzilishi, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilishdan noqonuniy boʻyin tovlash holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaхslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllasin;

savdo va хizmat koʻrsatish korхonalar tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminallaridan foydalanish masalalari boʻyicha tezkor ravishda chora koʻrish uchun хizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan birgalikda har bir mintaqada mijozlarning arizalarini, shu jumladan, "ishonch telefonlari" orqali murojaatlari koʻrib chiqilishini hamda kelib tushadigan murojaatlarning zudlik bilan tekshirilishini tashkil etsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda tovarlar hamda хizmatlarni chek bermasdan sotish, nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzganligi uchun chakana savdo sub’yektlari javobgarligini jinoiy javobgarlikkacha qat’iy kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



*) Ilova rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 15-son, 181-modda.